Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATI TUPROQLARIDAGI BAKTERIOLOGIK TADQIQOTLARI NATIJALARI'

SIRDARYO VILOYATI TUPROQLARIDAGI BAKTERIOLOGIK TADQIQOTLARI NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tuproq / shoʻrlanish / tuproq unumdorligi / mikroorganizmlar / organik massa / bakteriyalar / mikrobiologik faollik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmanov I.A, Xusanov T.S, Tashbekov U.T

Maqolada Sirdaryo viloyati boʻz-oʻtloqi tuproqlarining mikrobiologik faolligiga shoʻrlanish turlari va darajalarining taʼsirini oʻrganish. Bunda turli darajada shoʻrlangan (kuchsiz shoʻrlangan, oʻrtacha va yuqori darajada shoʻrlangan) tuproqlarning mikrobiologik faolligi, ya’ni bakteriyalarning miqdoriy taxlili qiyosiy oʻrganildi va baholandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATI TUPROQLARIDAGI BAKTERIOLOGIK TADQIQOTLARI NATIJALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

SIRDARYO VILOYATI TUPROQLARIDAGI BAKTERIOLOGIK TADQIQOTLARI NATIJALARI

1Abduraxmanov I.A., 2Xusanov T.S., 3Tashbekov U.T.

1GulDU tayanch doktoranti 2O'zR FA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n., katta ilmiy xodim

3GulDU dotsenti, q.x.f.n., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.13842158

Annotatsiya. Maqolada Sirdaryo viloyati bo'z-o'tloqi tuproqlarining mikrobiologik faolligiga sho'rlanish turlari va darajalarining ta'sirini o'rganish. Bunda turli darajada sho'rlangan (kuchsiz sho'rlangan, o'rtacha va yuqori darajada sho'rlangan) tuproqlarning mikrobiologik faolligi, ya 'ni bakteriyalarning miqdoriy taxlili qiyosiy o'rganildi va baholandi.

Kalit so'zlar: tuproq, sho'rlanish, tuproq unumdorligi, mikroorganizmlar, organik massa, bakteriyalar, mikrobiologikfaollik.

Ma'lumki, eroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligini pasaytiradigan omillardan biri bu ularning biologik faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan organik moddalarning kamayib ketishidir, tuproqning organik tarkibiy qismi uning unumdorligini ta'minlaydi. Shu sababli ko'plab tadqiqotlarda tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar va ularning faoliyatini o'rganishga alohida e'tibor qaratiladi. Sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan xududlarning tuproqlari va umuman har qanday tuproqning unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish uchun biokimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlarning axamiyati juda yuqori.

Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatni tashkil etadi: gumus - 85 %, o'simlik qoldiqlari - 10 %, tuproq florasi va faunasi (zamburug'lar, suv o'tlari, bakteriya va aktinomitsetlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar) - 5 % atrofida mavjud bo'ladi [1-3]. Bu nisbatning buzilishi albatta, tuproqning oddiy mikrobiologik jarayonlarning buzilishi bilan bog'liq va bunday tuproqlarda o'simliklarning mineral oziqlanishi elementlarining to'planishi, o'simlik qoldiqlarining parchalanishi, gumus sintezi jarayoni susayishiga sabab bo'ladi. Mana shu jarayonning sodir bo'lishida mikroorganizmlarning ahamiyati juda yuqori bo'lib, bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug'lar ta'sirida tuproqdagi murakkab organik birikmalar nisbatan oddiy birikmalarga parchalanadi. Tuproqqa tushgan o'simlik va hayvonlar qoldig'i hisobiga mikroorganizmlar ko'payadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turiga, fizik-kimyoviy xossalariga va iqlim sharoitiga ko'ra har xil bo'ladi [1-3].

Tadqiqot natijalari ko'rsatishicha, tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hil bo'lmasdan, ular tuproqning kimyoviy tarkibi, namligi, xarorati, pH sharoiti va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi. Tuproq asosiy manba bo'lib, undan mikroblar havo va suvga o'tib turadi [4-6]. Keyingi yillarda Sirdaryo viloyatida sho'rlangan tuproqlarni sho'rsizlantirish, sug'oriladigan sho'rlangan erlarni melioratsiyalash ishlariga juda katta e'tibor berilayotganligiga qaramasdan, bir qator sug'oriladigan maydonlarda sho'rlanish darajasi ortib borayotganligi kuzatilmoqda [4-6].

Shularni hisobga olganda ushbu mikroorganizmlarning tuproq unumdorligiga ta'sirini tadqiq qilishga doir tadqiqot ishi hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Tuproqda turli-tuman bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog'orlar, achitqilar, suvo'tlari va sodda hayvonlar uchraydi. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, 1 ga haydalgan erning 25 sm

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

chuqurligigacha bo'lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriyalar uchraydi [6-7]. Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog'liq bo'ladi [3,6-7].

Tadqiqotlar Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining har xil darajada sho'rlangan bo'z-o'tloqi tuproqlar sharoitida tanlangan G'alaba SIU tajriba maydonida olib borildi va tadqiqot ob'ekti qilib har xil darajada sho'rlangan, sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlari olindi. Ushbu hududda tarqalgan bo'z-otloqi tuproqlarning haydalma va haydalma ostki qatlamlarida suvda oson eriydigan tuzlar 0,6-0,8% bo'lishi bilan ajralib turadi. Yer osti sizot suvlari chuqurligi 1,5-2,2 m. Tuproqning zichligi 1,40 - 1,46 g/sm3. mexanik tarkibiga ko'ra yengil, o'rta va og'ir qumoqdan iborat bo'lib, tuproq propili bo'ylab pastdan yuqoriga tamon yengillashib boradi, zarrachalarning asosiy qismini yirik chang tashkil etadi va bu asosan tuproqning ona jinsi bilan bog'liq.

Mikrobiologik tadqiqotlarimiz davomida bakteriyalar soni go'sht-peptonli agarda (GPA) aniqlandi, ya'ni organik azotda o'suvchi bakteriyalar hisobga olindi. Ular asosan ammonifikatorlar hisoblanadi. O'rganilayotgan xududning sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlaridagi bakteriyalar soni tadqiq qilinganda aniqlanishicha, sho'rlanmagan bo'z-o'tloqi tuproqlarida turlicha sho'rlangan bo'z-o'tloqi tuproqlaridagidan sezilarli darajada yuqori ko'rsatgichga egaligi kuzatildi.

Sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlar sho'rlanish darajasining tuproqlardagi bakteriyalar

soniga ta'siri, mln./g tuproqda (Boyovut tumani G'alaba)

Kesma, № Qatlam chuqurligi, sm bakteriyalar Tuproqning mexanik tarkibi

bahorda yozda kuzda

Kuchsiz sho'rlangan

1 0-28 13,52 16,31 8,39 yengil qumoq

28-65 8,10 12,79 6,3 o'rta qumoq

65-102 3,70 5,31 2,70 og'ir qumoq

102-148 2,79 5,05 1,98 og'ir qumoq

O'rtacha s îo'rlangan

2 0-28 12,21 15,29 8,78 yengil qumoq

28-65 7,58 11,89 7,03 o'rta qumoq

65-102 3,10 5,20 2,61 og'ir qumoq

102-148 2,91 5,03 2,05 og'ir qumoq

Kuchliroq sho'rlangan

3 0-28 10,21 14,29 6,78 yengil qumoq

28-65 6,78 10,99 6,14 o'rta qumoq

65-102 3,06 5,12 2,31 og'ir qumoq

102-148 2,52 5,03 2,01 og'ir qumoq

Tadqiqotlar ko'rsatishicha sho'rlanish darajasi ortib borishi bilan bo'z-o'tloqi tuproqlarda bakteriyalar soni kamayib bordi. Bakteriyalarning eng kam miqdori kuchli sho'rlangan bo'z-o'tloqi tuproqlarda kuzatildi. Bakteriyalarning soni fasllar bo'yicha ham o'zgardi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Bakteriyalarning eng yuqori miqdori yoz faslida kuztildi. Bu davr o'simliklaming eng rivojlangan davri bo'lib, bu vaqtda o'simlik ildiz ajratmalari maksimal ko'rsatkichga ega bo'ladi. Bu holat mikroorganizmlar, jumladan, bakteriyalarga ijobiy ta'sir qiladi.

Tuproqdagi asosiy fiziologik guruhlari miqdorini o'rganish uchun 0-28, 28-65, 65-102, 102-148 sm chuqurliklardan iborat tuproqning genetik qatlamlaridan namunalar olindi. Olingan tuproq namunalarida taksonomik guruhlar miqdorini, har birini o'z elektiv ozuqa muxitida etiltirib, aniqlandi. Bakteriyalar yuqorida qayd etilganidek, go'sht peptonli agar (GPA) ozuqa muxitida etishtirilib, miqdori tadqiq qilindi.

Shuning uchun mikroorganizmlar, jumladan, bakteriyalar soni o'simliklar rizoplan va rizosferasida eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ladi. Bu holat ildiz ajratmalari tarkibidagi vitaminlar, fiziologik faol moddalar, mono va disaxaridlarning mikroorganizmlarga ijobiy ta'siri oqibatidir. Erta bahorda o'simliklar endi unib chiqqan bo'ladi va ildiz ajratmalari sezilarli ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bu esa mikroorganizmlarga ijobiy ta'sir qila olmaydi. Bakteriyalarning umumiy soni bahor va kuz fasllarida deyarli bir xil darajada bo'ladi, ya'ni sezilarli farq kuzatilmaydi. Lekin kuzda bahor faslidagidan mikroorganizmlar, ya'ni bakteriyalar soni biroz yuqori ekanligi kuzatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Абдурахманов И.А., Ташбеков У.Т., Хусанов Т.С. Микроорганизмларнинг тупрок унумдорлигига таъсири /Табиий бирикмалар асосидаги ресурс тежамкор усуллар, Х,ал;аро илмий- амалий анжумани 2022. 191-193б.

2. Звягинцев Д.Г. Методы почвенной микробиологии и биохимии. Москва: Издательство Московского университета дружбы народов, 1991.-302 с.

3. Раупова Н., Тохиров Б., Ортикова Х. Тупрок биологияси ва микробиологияси. Т.: "Узбекистон Миллий энциклопедияси". 2013. Б.148.

4. Abduraxmanov I.A., Tashbekov O'.T., Xusanov T.S. Sirdaryo viloyati sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarning agromeliorativ monitoringi //O'zbekiston Agrar fani xabarnomasi 4(16)2024. 31-34b.

5. Абдурахманов И.А., Ташбеков У.Т., Хусанов Т.С. Тупрокдаги органик моддаларнинг айланма фаолиятида микроорганизмларнинг роли /Табиий бирикмалар асосидаги ресурс тежамкор усуллар, Х,ал;аро илмий- амалий анжумани 2022. 193-195б.

6. У.Тошбеков, У.Газиев, И.Абдурахманов «Фитомелиорация орашаеемых сераземно-луговых почв», Узбекистон Аграр фани хабарномаси,. № 6(12\2) 2023йил. 191-192б.

7. Кононова М.М. Микробиологическая характеристика почв некоторых районов Средний Азии. Труды АХООС, Вып. 6 1965.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.