Научная статья на тему 'CHO‘L MINTAQASI TUPROQLARIDA MIKROORGANIZMLARNING TARQALISH QONUNIYATLARI SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA FERMENTLAR FAOLLIGINING MAVSUMIY DINAMIKASI'

CHO‘L MINTAQASI TUPROQLARIDA MIKROORGANIZMLARNING TARQALISH QONUNIYATLARI SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA FERMENTLAR FAOLLIGINING MAVSUMIY DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mikrobiologik faollik / tuproq mikrofaunasi / tabiiy-iqlim sharoitlar / tuproq unumdorligi / o‘simlik qoldiqlari / sho'rlanish darajasi / cho‘l tuproqlari / tuproq profili.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Saidova Munisa Ergashevna, Ko‘Chimova Madinabonu Botir Qizi, Umarxo‘Jaeva Ruxsora Shuxrat Qizi, Maxmudjonova Muxlisa G‘Ulom Qizi

Maqolada cho‘l mintaqasi tuproqlarining mikrobiologik faolligini aniqlashga oid natijalar keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida sho‘rlanish jarayoni turli xil mikroorganizm guruhlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va sho‘rlanishning intensiv davom etishi tuproqda mikroorganizmlarning kambag‘allashishiga olib keladi degan xulosaga kelish mumkin. Aniqlangan tuproq mikroorganizmlari miqdorining mavsumiy dinamikasi bahor faslida o'zining eng yuqori nuqtasiga egaligi, yozda va kuzda ular miqdorining sezilarli darajada kamayib borishi namoyon bo‘ldi. Shuningdek, ta’kidlash joizki, cho‘l mintaqasi tuproqlarining mikrobiologik faolligi o‘ziga xos xususiyatga ega, bunda o‘rganilgan tuproqlarning optimal sharoitlarida mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida tuproqlar struktura holatining yaxshilanishiga va unumdorligining oshishiga sharoit yaratadi. Shunday qilib, sho'rlanish darajasi ortgan sari, profil bo‘ylab chuqurlashgan sari mikroorganizmlar miqdorining kamayib borayotganini kuzatish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHO‘L MINTAQASI TUPROQLARIDA MIKROORGANIZMLARNING TARQALISH QONUNIYATLARI SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA FERMENTLAR FAOLLIGINING MAVSUMIY DINAMIKASI»

CHO'L MINTAQASITUPROQLARIDA MIKROORGANIZMLARNING TARQALISH QONUNIYATLARISHO'RLANGAN TUPROQLARDA FERMENTLAR FAOLLIGINING

MA VSUMIY DINAMIKASI

Saidova Munisa Ergashevna, b.f.d. (DSc), professor, munisa.saidova@mail.ru Ko'chimova Madinabonu Botir qizi, Umarxo'jaeva Ruxsora Shuxrat qizi, Maxmudjonova Muxlisa G'ulom qizi.

Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11506478 Annotatsiya. Maqolada cho'l mintaqasi tuproqlarining mikrobiologik faolligini aniqlashga oid natijalar keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida sho'rlanish jarayoni turli xil mikroorganizm guruhlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi va sho'rlanishning intensiv davom etishi tuproqda mikroorganizmlarning kambag'allashishiga olib keladi degan xulosaga kelish mumkin. Aniqlangan tuproq mikroorganizmlari miqdorining mavsumiy dinamikasi bahor faslida o'zining eng yuqori nuqtasiga egaligi, yozda va kuzda ular miqdorining sezilarli darajada kamayib borishi namoyon bo'ldi. Shuningdek, ta'kidlash joizki, cho'l mintaqasi tuproqlarining mikrobiologik faolligi o'ziga xos xususiyatga ega, bunda o'rganilgan tuproqlarning optimal sharoitlarida mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bu esa o'z navbatida tuproqlar struktura holatining yaxshilanishiga va unumdorligining oshishiga sharoit yaratadi. Shunday qilib, sho'rlanish darajasi ortgan sari, profil bo'ylab chuqurlashgan sari mikroorganizmlar miqdorining kamayib borayotganini kuzatish mumkin.

Tayanch so'zlar: mikrobiologik faollik, tuproq mikrofaunasi, tabiiy-iqlim sharoitlar, tuproq unumdorligi, o'simlik qoldiqlari, sho'rlanish darajasi, cho'l tuproqlari, tuproq profili. Аннотация. В статье представлены результаты определения микробиологической активности почв пустынного региона. По результатам проведенных исследований можно сделать вывод, что процесс засоления оказывает негативное воздействие на различные группы микроорганизмов, а интенсивное продолжение засоления приводит к обеднению микроорганизмов в почве. Показано, что сезонная динамика определяемого количества почвенных микроорганизмов имеет наибольшее количество в весенний период и значительное снижение их количества летом и осенью. Также стоит отметить, что микробиологическая активность почв пустынного региона имеет свои особенности, при которых в оптимальных условиях изучаемых почв создаются благоприятные условия для развития микроорганизмов. Это, в свою очередь, создает условия для улучшения структуры почвы и повышения продуктивности. Таким образом, по мере увеличения уровня солености можно наблюдать, что количество микроорганизмов уменьшается по мере углубления профиля.

Ключевые слова: микробиологическая активность, почвенная микрофауна, природно-климатические условия, почвенное плодородие, растительные остатки, степень засоления, пустынные почвы, почвенный профиль.

Annotation. The article presents the results of determining the microbiological activity of soils in the desert region. Based on the results of the studies, we can conclude that the salinization process has a negative impact on various groups of microorganisms, and intensive continuation of

salinization leads to the depletion of microorganisms in the soil. It has been shown that the seasonal dynamics of the determined number of soil microorganisms has its highest point in the spring and a significant decrease in their number in summer and autumn. It is also worth noting that the microbiological activity of soils in the desert region has its own characteristics, in which, under optimal conditions of the studied soils, favorable conditions are created for the development of microorganisms. This, in turn, creates conditions for improving soil structure and increasing productivity. Thus, as the salinity level increases, it can be observed that the number of microorganisms decreases as the profile deepens.

Key words: microbiological activity, soil microfauna, natural and climatic conditions, soil fertility, plant residues, degree of salinity, desert soils, soil profile.

Ma'lumki, tuproqda kechadigan mikrobilogik jarayonlarning xarakteri va jadalligi bevosita tuproq mikroorganizmlarining miqdori va turiga bog'liqdir. Tuproq

unumdorligini oshirish va o'simliklar uchun oziqa elementlarining oson o'zlashtiriladigan shaklga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan muhim jarayonlar aynan mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Xususan, ammonifikatorlar, aktinomitsetlar, zamburug'lar va boshqa mikroorganizmlar tuproqdagi organik moddalarni mineralizatsiyasida va o'simliklar o'zlashtira oladigan ammoniyli azotni ajralib chiqishida ishtirok etadi.

Tuproqning suv, havo va oziqa rejimini o'zgarishi uning mikrobiologik xususiyatlarida o'z aksini topadi, ya'ni tuproqda mavjud mikroorganizm guruhlari o'rtasidagi o'zaro nisbat, ularning miqdoriy dinamikasi va mikrobiologik jarayonlarning jadalligi o'zgaradi, va bu esa o'z navbatida tuproq unumdorligining o'zgarishiga sabab bo'ladi. Shu bois, qishloq xo'jaligi yerlari unumdorligini oshirish maqsadida agrotexnologik tadbirlarni qo'llash tartiblarini belgilashda tuproq mikrobiologiyasini o'rganish zaruriy sharoitlardan hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda butun sayyoramiz bo'ylab sho'rlanish jarayonining kuchayib borishi kuzatilmoqda. Sayyoramizdagi tuproqning 25% dan ortig'i sho'rlanish miqdori bilan tavsiflanadi. O'zbekiston hududi bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, sug'oriladigan yerlarning 53 % turli darajada sho'rlanganligi bilan izohlanadi. Bu holatni Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida o'ta og'irligi, e'tiborni jalb etmasdan qolmaydi, qaysiki bu yerda sho'rlangan yerlarning aksariyati turli darajada sho'rlanganligi bilan tavsiflanadi.

Ko'p sonli izlanishlar natijasida tuproqlar biologik xususiyatining o'zgarishiga o'g'itlash, qayta ishlash, melioratsiya va boshqa agrotexnik vositalarni qo'llanilishining qabul qilinishi sabab bo'lishi to'g'risida ko'p ma'lumotlar to'plangan. Muhim ekologik faktorlardan biri hisoblangan tuproqning sho'rlanishi mikrobiologik va biologik faollikka salbiy ta'sir ko'rsatishi bilan alohida e'tibor talab etadi. Shunday qilib, sho'rlanish jarayoni qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini limitlovchi, tuproqning biologik parametrlariga har taraflama chuqur ta'sir ko'rsatuvchi muhim omil sifatida e'tirof etiladi [1, 4, 6, 8].

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tadqiqotlarimiz davomida qator tuproq mikroorganizmlarining (ammonifikatorlar, zamburug'lar, aktinomitsetlar) miqdorini aniqladik. Tuproqqa hayvonlar va o'simliklarning hayot faoliyati natijasida tushadigan azot saqlovchi organik birikmalar birinchi mikrobiologik jarayon, ya'ni ammonifikatsiyaga duch keladi. Ammonifikatorlarning ko'p miqdorda bo'lishi tuproqlarda o'simlik qoldiqlarini parchalanish jarayonlari jadal borayotganligidan dalolat beradi va natijada o'simliklarni azot bilan oziqlanishi yaxshilanadi [3].

Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, o'rganilgan tuproqlarda ammonifikatorlar miqdori sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlangan eskidan va yangidan sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarda eng yuqori ko'rsatkichlarda namoyon bo'ldi. Bu yerda ular miqdori 965-1670 ming donani tashkil etdi. Keyingi o'rinni yangidan sug'oriladigan o'rta darajada sho'rlangan tuproqlar egalladi va bu yerda ular miqdori 702-853 ming dona/1g tuproq hisobidani tashkil etdi. Ularning eng kam miqdori kuchli va juda kuchli darajada sho'rlangan yangidan sug'oriladigan tuproqlarga to'g'ri keldi, bu yerda ular miqdori 1g tuproqda 700-815 ming hisobida bo'ldi. Ya'ni, bu holat ushbu tuproqlarning gumus va oziqa elementlari miqdori bilan kam ta'minlanganligiga bog'liq holda namoyon bo'lgan. Hududda tarqalgan sho'rhoklarning ammonifikatorlar miqdori bo'yicha qolgan tuproqlardan keskin farqlanishi qayd etildi. Bu yerda ammonifikatsiyalovchi bakteriyalar miqdori 284-713 ming dona atrofida ekanligi kuzatildi, qaysiki bunday taqsimlanish ushbu tuproqlar sho'rlanish darajasining nihoyatda yuqoriligi va mexanik tarkibining juda yengilligi bilan izohlanadi (1-rasm).

Tuproq mikroskopik zamburug'lari (mikromitsetlar) tuproq unumdorligida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning ko'p turlari o'simlik va hayvon qoldiqlarining tuproqda parchalanish jarayonida faol ishtirok etadi [1, 2, 5, 6, 7]. O'rganilgan tuproqlarda zamburug'lar miqdorining sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlangan eskidan va yangidan sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarda eng yuqori ko'rsatkichlarda namoyon bo'ldi. Bu yerda ular miqdori 1 g tuproqda 84124 ming dona atrofida tebrandi. Keyingi o'rinni yangidan sug'oriladigan o'rta darajada sho'rlangan tuproqlar egalladi va bu yerda ular miqdori - 58-85 ming donani tashkil etdi. Zamburug'larning eng kam miqdori kuchli va juda kuchli darajada sho'rlangan yangidan sug'oriladigan tuproqlarga to'g'ri keldi, bu yerda ular miqdori 50-70 ming donaga teng bo'ldi. Zamburug'larning juda kam miqdori sho'rhoklarda kuzatildi. Bu yerda ular miqdori bahorgi mavsumda 32-42 ming dona, yozda 21-35 ming dona, kuzga borib esa 26-36 ming dona/1g tuproq hisobidani tashkil etdi, qaysiki bu holat tuproqning juda kuchli darajada sho'rlanganligi va o'simliklar qoplamining kam bo'lishi bilan izohlanadi.

1650 1500 1350 1200 1050 900 750 600 450 300 150 0

70

1111

976 819

849

133

sho'rlanmagan

eskidan sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial

118

710

75

r

368

63

305

38

kuchsiz sho'rlangano'rtacha sho'rlangan kuchli sho'rlangan sho'rhok, tashlandiq

eskidan yangidan yangidan yer

sug'oriladigan sug'oriladigan sug'oriladigan

o'tloqi-allyuvial o'tloqi-allyuvial o'tloqi-allyuvial

□ Zamburug'lar

□ Aktinomitsetlar

» Ammonifikatorlar

1-rasm. Mikroorganizmlar miqdorining sho'rlanish darajalari ta'sirida o'zgarish (mavsumiy dinamika bo'yicha o'rtacha, 1g/ming dona).

Aktinomitsetlarning asosiy xususiyatilaridan biri tuproqni mineral oziqa elementlari bilan ta'minlanishini ko'rsatadi. Aktinomitsetlar murakkab organik birikmalar transfarmatsiyasi

jarayonida, turli xil fermentlar, aminokislotalar va biologik faol moddalarning sintezlanishida ishtirok etadi [3]. Ular muhitning turli xil noqulay sharoitlariga moslasha olishi va chidamliligining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Aktinomitsetlar miqdorini o'rganish bo'yicha olib borilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, o'rganilgan tuproqlarda ular miqdorining yuqori ko'rsatkichlari sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlangan eskidan va yangidan sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarga to'g'ri keldi (1-rasm). Bu yerda ular miqdori 1 g tuproqda 732-1090 ming donani tashkil etdi. Keyingi o'rinni yangidan sug'oriladigan o'rta darajada sho'rlangan tuproqlar egalladi va bu yerda ular miqdori 463-742 ming donani tashkil etdi. Aktinomitsetlarning eng kam miqdori kuchli va juda kuchli darajada sho'rlangan yangidan sug'oriladigan tuproqlarga to'g'ri keldi, bu yerda ular miqdori 430-543 ming dona atrofida tebrandi. Sho'rhoklarda ular miqdori 275362 ming donani tashkil etdi, qaysiki bu holat aktinomitsetlarning noqulay sharoitlarga moslashuvchanligi va chidamliligi bilan izohlanadi.

Olingan natijalarni batafsil ko'rib chiqib tadqiqot olib borilgan hududlarda tuproq mikroorganizmlarining taqsimlanishi bo'yicha xulosa qilish mumkinki, sho'rlanish jarayoni turli xil mikroorganizm guruhlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi va sho'rlanishning intensiv davom etishi tuproqda mikroorganizmlarning kambag'allashishiga olib keladi.

Ma'lumki, tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati tuproq sharoitlari bilan uzviy bog'liq. Ushbu sharoitlar qanchalik qulay bo'lsa, tuproq mikroorganizmlarining rivojlanishi va faoliyati shunchalik jadal bo'ladi. Shunga bog'liq holda, tadqiqotlar davomida o'rganilgan tuproqlarning madaniylashganlik holati va sug'orish davri davomiyligining tuproq mikroflorasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Bunga ko'ra, eskidan sug'oriladigan o'rtacha madaniylashgan o'tloqi-allyuvial tuproqlarning yangidan sug'oriladigagn kam madaniylashgan tuproqlarga hamda qo'riq sho'rhoklarga nisbatan ammonifikatorlar miqdori bilan yuqori ta'minlanganligi ma'lum bo'ldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aniq aytish mumkinki, tuproqda hech bir jarayon yo'q-ki unda mikroflora ishtirok etmaydigan. Lekin, qishloq xo'jaligi yerlaridan jadal foydalanish oqibatida antropogen omilning tuproqqa bo'lgan ta'siri tobora ortib bormoqda va bu holat tuproqning oziqa, suv va havo rejimlarining o'zgarishi bilan ifodalanmoqda. Ushbu o'zgarishlarni o'rganishning muhimligi esa tuproq unumdorligini saqlash va oshirish masalalariga borib taqaladi.

Tadqiqotlar davomida tuproq sho'rlanishining mikrobiologik faollikka ta'siri sho'rxoq tuproqlarda yaqqol nomoyon bo'ldi, bu tuproqlarda namlikning yetishmasligi va ildiz o'sadigan qavatda tuz to'planishi asosiy faktorlar hisoblanadi. Bu tuproqlarda barcha aniqlangan profillar bo'yicha mikroorganizmlar miqdori kamligi bilan tavsiflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Вухрер Э.Г., Абдужалалова М.У. Микробиологическая и биохимическая активность пустынных почв Каршинской степи, её роль в плодородии // Ташкент, «ФАН», 1977. С.30-71.

2. Гафурова Л.А. Почвы, сформированные на третичных красноцветных отложениях их экологическое состояние и плодородие: Дис. ... докт. биол. наук. - Ташкент, 1995. - С.331-351.

3. Мишустин Е. Н., Емцев В. Т. Микробиология. - М.: Агропромиздат, 1987. - 386 с.

4. Saidova M.E. Orolbo'yi hududi sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarining ekologik-biologik holatini diagnostikasida zamonaviy yondashuvlar (Amudaryo va Chimboy tumani tuproqlari misolida). Biol.fan.dokt.....diss.avtoref. Toshkent, 2019. - 62 b.

5. Sheraliev A. Mikromitsetlarning yil fasllari bo'yicha tuproqda tarqalishi. Tuproqshunoslik va agrokimyo fani XXI asrda. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. 9-10 oktyabr, 2004, Toshkent, 2004. - B. 484-487.

6. Yuldasheva X.E. Har xil darajada sho'rlangan taqirli tuproqda mikroorganizmlar faolligi // O'zR FA ma'ruzalari. Toshkent, 2005. №12. - B. 54-56.

7. Юлдашева Х.Е. Микробиологические процессы и свойства почв Каршинской степи, их изменение при длительном орошении и пути биовосстановления плодородия. Автореферат докт. дисс. на соискание ученой степени д.б.н. Ташкент, 2008. - 42 с.

8. Юсупов Б.Ю. Микроорганизмы, минерализующие труднодоступные органофосфаты и их эффективность. Автореф. дис. ... канд. биол. наук. Т.: 2004. - 26 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.