Научная статья на тему 'GIPSLI TUPROQLAR BIOLOGIK HOLATININING INTEGRAL KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI TO‘G‘RI JOYLASHTIRISH'

GIPSLI TUPROQLAR BIOLOGIK HOLATININING INTEGRAL KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI TO‘G‘RI JOYLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
98
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / mikroorganizm / ferment / gips / biologik faollik / integral ko‘rsatkich / ekologik-biologik holat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxkamova Dilafruz Yuldashevna, Abdullayeva Xumora Boybori Qizi

Gipsli tuproqlar yuqori darajada sho‘rlanganligi, o‘ta zichlashganligi, suv o‘tkazuvchanligining yomonligi, tuproq biologik xossalari sustligi bilan ajralib turadi, bunday tuproqlarda o‘simliklarning ildizi o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada gipsli tuproqlarning umumiy xossa-xususiyatlari, biologik xossalari va ularning biologik holatinining integral ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan. Ushbu ko‘rsatkich qishloq xojalik ekinlarini yetishtirishda, joylashtirishda va hosildorligini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GIPSLI TUPROQLAR BIOLOGIK HOLATININING INTEGRAL KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI TO‘G‘RI JOYLASHTIRISH»

GIPSLI TUPROQLAR BIOLOGIK HOLATININING INTEGRAL KO'RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH VA QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARINI

TO'G'RI JOYLASHTIRISH 1Maxkamova Dilafruz Yuldashevna, 2Abdullayeva Xumora Boybo'ri qizi

1,2Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo. 8359902

Annotatsiya. Gipsli tuproqlar yuqori darajada sho'rlanganligi, o'ta zichlashganligi, suv o'tkazuvchanligining yomonligi, tuproq biologik xossalari sustligi bilan ajralib turadi, bunday tuproqlarda o'simliklarning ildizi o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqolada gipsli tuproqlarning umumiy xossa-xususiyatlari, biologik xossalari va ularning biologik holatinining integral ko'rsatkichlarini ishlab chiqilgan. Ushbu ko'rsatkich qishloq xojalik ekinlarini yetishtirishda, joylashtirishda va hosildorligini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Kalitso'zlar: Tuproq, mikroorganizm, ferment, gips, biologikfaollik, integral ko'rsatkich, ekologik-biologik holat.

Abstract. Gypsum soils are characterized by high salinity, high compaction, poor water permeability, and weak biological properties of the soil, which have a negative effect on the root growth and development ofplants in such soils. In this article, general properties of gypsum soils, biological properties and integral indicators of their biological condition have been developed. This indicator is important in the cultivation, placement and determination of the productivity of agricultural crops.

Keywords:. Soil, microorganism, enzyme, gypsum, biological activity, integral index, ecological biological condition.

Bugungi kunda ma'lumki, Respublikamizning sug'orma dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo'lgan, unumdorligi jihatdan yuqori tuproqlar deyarli hammasi o'zlashtiril gan bo'lib, o'zlashtiriladigan va yaqin yillarda o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan tuproqlar bu - gipslashgan, sho'rlangan, unumdorligi past, meliorativ jihatdan qiyin o'zlashtiriladigan tuproqlar hisoblanadi. Gipsli tuproqlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, asosan Ustyurt platosi, Jizzax, Mirzacho'l, Malikcho'l, Farg'ona vodiysida ko'p tarqalgan bo'lib, asosan gipslashgan tuproqlar sahro zonasining tog' etagi tekisliklarida va och tusli bo'z tuproqlar mintaqasida keng tarqalgan [2,3,4].

So'nggi yillarda, tuproq unumdorligini pasayishi natijasida turli hududlarda bir qator degradatsiya jarayonlari kuzatilgan. Shu munosabat bilan gipsli tuproqlarni bu borada o'rganish juda o'rinli bo'lib, tuproq va turli iqlim sharoitlarida uning degradatsiyaning faol namoyon etadi. Shuning uchun, tuproq xususiyatlarining umumiy ahvoli va uning unumdorligini baholashda diagnostika va ko'rsatilgan biologik usuldan foydalanish zarur [1].

Bugungi kunda dunyoda gipsli tuproqlar 66 560 km2 maydonni, shundan Afrikada 5 774 km2 (54,6 %), Makaziy Osiyoda 16 616 km2 (25,3%), Yevropada 230 km2 (0,4%), Amerikada 78 km2 (0,1%) ni tashkil etadi [5,6]. Hozirgi kunda gipsli tuproqlar Respublikamiz sug'oriladigan yer maydonlarining qarib 383,2 ming gektardan ortiq bo'lib, bu jami sug'orilib dexqonchilik qilinadigan tuproqlarning 10,3 % ni tashkil etadi. Shundan turli darajada gipslashgan tuproqlarning 5,1 % kuchsiz, 3,5 % o'rtacha va 1,8 % kuchli va juda kuchli gipslashgan tuproqlar tashkil qiladi [2]. Ma'lumki, har bir hududning o'ziga xos iqlimi, yer osti sizot suvlarining tuproq yuza qatlamiga yaqin joylashganligi va kuchli minerallashganligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, turli hil darajada sho'rlanishining ortib borishi natijasida yaroqsiz maydonlar miqdori ortib

bormoqda. Tadqiqot olib borilayotgan hudud tuproqlari turli darajada sho'rlanganligi, gips miqdori bo'yicha turli xil bo'lib, bu esa o'z navbatida tuproqlarning biologik xossalariga ta'sir ko'rsatib, integral holatinining yomonlashishiga hamda qishloq xo'jalik ekinlariga salbiy tasir ko'rsatmoqda.

Ma'lumki, tuproqning zamonaviy diagnostikasida qilishda uning morfologiyasi, kimyosi, fizikasi va tuproqlarning mineralogiyasi haqida ma'lumotlaridan foydalanib, tuproqshunoslikning barcha bo'limlarida foydalanadi. Tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, tuproq bir "xotira" sifatida, nisbatan konservativ to'plangan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tuproq biologiyasi (""uproq-vaqt", "tuproq-hayot") dinamik xususiyatlari ko'rsatkichlariga ega va tuproq zamonaviy rejimi ko'rsatkichi hisoblanadi.

Inson ta'siri tufayli tabiiy ekotizimlarning degradatsiyasini aniqlash uchun maqbul usullarni ishlab chiqish zarurligiga olib keldi. Tuproq unumdorligini chuqur o'rganish, tobora ko'proq e'tiborni tortmoqda, deyarli barcha ko'rsatkichlar-morfogenetik baho, kimyo, fizika, biologiya, mineralogiya va tuproqlarning biologik omillar asoslarini rivojlantirishdagi asosiy holatida tuproqqa zamonaviy tashxis ishlatiladi. Shu munosabat bilan, tuproq biologik xususiyatlari bilan "tuproq-hayot", deb nomlanuvchi dinamik xususiyatlari kabi ko'rsatkichlariga ega va tuproqning hozirgi holati nozik ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Gipsli tuproqlarni biologik faoliyatini o'rganish, tuproq unumdorligini saqlab qolish, biologik asoslarini rivojlantirish imkonini beradi [5].

Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, fermentlar faolligi bo'yicha katalaza, polifenoloksidaza, peroksidaza kabi fermentlar taxlil qilindi. Olingan natijalarga ko'ra, gips miqdori bo'yicha 2% dan kam bo'lgan tuproqlarda fermentlar faoligini eng yuqori ko'rsatqich aniqlandi. Gips miqdorining ortib borishi shu bilan birga sho'rlanish darajasining ortib borishi natijasida fermentlar faolligi ham pasayib bordi. Eng past ko'rsatkich, gips miqdori juda ko'p tuproqlarda kuzatildi.

Mikrobiologik faollik bo'yicha ammonifikatorlar, nitrifikatorlar, sellyuloza parchalovchilar, aktinomitsentlar hamda zamburug'lar taxlil qilindi. Olingan natijalar ko'ra tuproqlardagi gips miqdori, sho'rlanganlik darajalarining ta'siri turlichaligi aniqlandi. Gips miqdori bo'yicha gipslashmagan-kam-o'rtacha-ko'p-juda ko'p tuproqlar yo'nalishida biologik faollikning kamayishi kuzatildi (1-rasm).

35

30

-A-v___

25

- -

20

15 — --

—-

10

5 -—___

0 *-

Gips miqdori 2% dan kam tuproqlar Gips miqdori Gips miqdori kam tuproqlar o 'rtacha tuproqlar Gips miqdori Gips miqdori ko'p tuproqlar juda ko'p tuproqlar

Katalaza -□—Polifenoloksidaza —Peroksidaza

6000 5000 4000 3000 2000 1000

Gips miqdoriGips miqdoriGips miqdori Gips miqdori Gips miqdori 2% dan kam kam o'rtacha ko'p juda ko'p

tuproqlar tuproqlar tuproqlar tuproqlar tuproqlar

1-rasm. Jizzax cho'li gipsli tuproqlarining biologik faollik (BF) ko'rsatkichlari Olingan natijalarning ko'rsatishicha, tuproqlarning tarkibida mikroorganizm miqdori gips miqdoriga, sho'rlanish darajasiga, tuproq gorizontlarining joylashish chuqurligiga, yil mavsumlariga bog'liq bo'ladi. Jumladan, mikroorganizmlar gips miqdori kam bo'lgan tuproqlar tarkibida nisbatan ko'p miqdorda bo'lishi aniqlandi, bu holat ushbu tuproqlarda gumus va ozuqa elementlarining nisbatan ko'p bo'lishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin (2-rasm).

■ Gips miqdori 2% dan kam tuproqlar ■ Gips miqdori kam tuproqlar

Gips miqdori o'rtacha tuproqlar ■ Gips miqdori ko'p tuproqlar

■ Gips miqdori juda ko'p tuproqlar

2-rasm. Gipsli tuproqlarining umumiy nisbiy biologik faolligi (NBF) (maksimalga nisbatan % hisobida)

-Zamburug'lar

-Aktinomitsetlar

-Sellyuloza parchalovchilar

-Nitrifikatorlar

-Ammonifikatorlar

Gipsli tuproqlarda biologik faollik (BF) darajasi baholandi, majmuaviy-solishtirma tahlillarni amalga oshirish va tuproq asosiy xossalarining ayrim gips darajasining tuproqlar nisbiy biologik faolligiga (NBF) ta'siri o'rganildi.

Turli xil fizik-kimyoviy, mikrobiologik va biokimyoviy xossalarga ega bo'lgan, shuningdek tuproq kesimi bir xilda tuzilishga ega bo'lmagan, gipsli tuproqlarning BF qiymatini majmuaviy ravishda o'rganish orqali, ularning genetik xossalari shuningdek, tabiiy omillarning tuproqlar unumdorligiga ta'siri darajasiga oydinlik kiritishi mumkin. Olingan natijalar asosida gipsli tuproqlar uchun degradatsiya indikator me'zonlarilari tavsiya etildi.

Olingan integral ko'satkich qiymatiga ko'ra, o'rganilgan tuproqlarning umumiy biologik faolligi darajasi baholandi. Baholash natijalariga ko'ra, tuproqning biologik faolligiga gips miqdori tasirida o'ziga xos xossa-xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Hudud sug'oriladigan tuproqlarning gips miqdori bo'yicha integral ko'rsatichlari % hisobda (yuqori qatlam) nisbatan olingan

Gumus UBF UFF Integral ko'rsatkich

Gips miqdori 2% dan kam tuproqlar

95 100 100 98

Gips miqdori kam tuproqlar

100 55 85 79

Gips miqdori o rta tuproqlar

86 36 58 59

Gips miqdori ko'p tuproqlar

78 30 35 48

Gips miqdori juda ko'p tuproqlar

65 9 18 31

Integral ko'rsatkich har bir tuproqning turli darajada sho'rlanishi tasiri, gips miqdori, umumiy BF ini aniqlash, tuproq mintaqalari spektrini solishtirish-geografik tahlil qilish hamda tuproq unumdorligiga degradatsion jarayonlarning ta'sir darajasini tavsiflash, shuningdek, o'rganilgan tuproqlarning umumiy biologik faolligi darajasini o'zaro taqqoslash imkonini beradi.

O'rganilgan xududning iqlim sharoitlari, gumus, mikroorganizmlar miqdori, fermentlar faolligi, tuproq nafas olish jadalligi ko'rsatkichlarini inobatga olgan holda tuproqlarning biologik holatining integral ko'tsatkichlari qiymati asosida gips miqdoriga ko'ra o'zgarishi aniqlandi. Eng yuqori ko'rsatkich gips miqdori 2% dan kam tuproqlarga to'g'ri keldi. Gips miqdori juda ko'p tuproqlartuproqlarda esa aksincha kamayganligi aniqlandi.

Tuproqlarning asosiy xossa-xususiyatlari va tuproq biologik holatining integral ko'rsatkich qiymatlarini majmuaviy ravishda o'rganish, tuproq unumdorligiga ta'siri darajasiga oydinlik kiritish mumkin. Shu bilan birga sho'rlangan, gipsli, degradatsiyaga uchragan tuproqlar integral ko'rsatkichin tuproqlarning xossa-xususiyatlarini inobatga olgan holda, qishloq xo'jalik ekinlarini joylashtirish, ekinlar hosildorligini belgilash va yerlarni noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun ajratishda, tuproqlardan oqilona foydalanish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Gafurova L.A., Madrimov R.M., Razakov A.M., Nabiyeva G.M., Makhkamova D .Yu., Matkarimov T.R. Evolution, Transformation And Biological Activity Of Degraded Soils. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 28, no. 14, (2019), pp. 8899.

2. Kurdashev K.D. Gipslanish jarayonining tuproq unumdorligiga tasiri. Science and innovation international scientific. Journal volume 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337.

3. Makhkamova D. Mechanical composition of gypsum virgin land and irrigated soils Zarbdar district of Jizzakh region. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, Volume 2 Issue 10, 2020 -P. 12-16.

4. Makhkamova D., Gafurova L. Seasonal dynamics of the amount of ammonifying bacteria in the soils of Djizzak steppe. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, 2017. №1112. -Р.3-8.

5. Makhkamova D., Gafurova L., Nabieva G., Makhammadiev S., Kasimov U., Julie M. _Integral indicators of the ecological and biological state of soils in Jizzakh steppe, Uzbekistan. sustainable management of Earth resources and Biodiversity IOP Conf . Series : Earth and Environmental Science 1068 (2022) 012019 IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/1068/1/012019.

6. Махкамова Д.ЮАкгиномицеты в гипсоносных почвах Джизакской степи. Л0М0Н0С0В-2017. - C. 33-34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.