Научная статья на тему 'TUPROQ MIKROORGANIZMLARINI SHO‘RLANISHGA CHIDAMLILIK XUSUSIYATLAGIGA KO‘RA AJRATISH'

TUPROQ MIKROORGANIZMLARINI SHO‘RLANISHGA CHIDAMLILIK XUSUSIYATLAGIGA KO‘RA AJRATISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sho‘rlanish / tuproq remidiatsiyasi / pestitsidlar / tuproq mikroorganizmlari / bioremidiatsiya / tuproq namunalari / mikroorganizmlar shtammlari / sho‘rlangan tuproqlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Axmedova Zaxro Raxmatovna, Yaxyaeva Munavvar Abdukaxxarovna, Xamraeva Ziyoda Tashtemirovna, Shonaxunov To‘Lqin Erkinovich, Ibragimov Abdulaziz Adxamovich

Maqola, Sirdaryo viloyati sobiq pestitsidlar ombori hamda aerodromlarining ifloslangan va sho‘rlangan tuproqlarini mikrobiologik tadqiqotlari orqali bioremidatsiyalashning biotexnologik usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQ MIKROORGANIZMLARINI SHO‘RLANISHGA CHIDAMLILIK XUSUSIYATLAGIGA KO‘RA AJRATISH»

TUPROQ MIKROORGANIZMLARINI SHO'RLANISHGA CHIDAMLILIK XUSUSIYATLAGIGA KO'RA AJRATISH

1Axmedova Zaxro Raxmatovna, 2Yaxyaeva Munavvar Abdukaxxarovna, 3Xamraeva Ziyoda Tashtemirovna, 4Shonaxunov To'lqin Erkinovich, 5Ibragimov Abdulaziz Adxamovich, 6Xudoyberdieva Sarvinoz Anvar qizi

1O'zRFA Mikrobiologiya instituti "Tabiatni muhofaza qilish biotexnologiyalari" laboratoriyasi

mudiri b.f.d., professor 2'3'4O'zRFA Mikrobiologiya instituti kichik ilmiy xodimi 5O'zRFA Mikrobiologiya instituti izlanuvchi tadqiqotchisi 6O'zRFA Mikrobiologiya instituti PhD doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11473688

Annotatsiya. Maqola, Sirdaryo viloyati sobiqpestitsidlar ombori hamda aerodromlarining ifloslangan va sho'rlangan tuproqlarini mikrobiologik tadqiqotlari orqali bioremidatsiyalashning biotexnologik usullarini ishlab chiqishga bag'ishlangan.

Аннотация. Статья посвящена разработке биотехнологических методов 6uopeMeduatsiu путем микробиологического исследования загрязненных и засоленных почв бывших складов пестицидов и аэродромов Сырдарьинской области.

Abstract. The article is devoted to the development of biotechnological methods of bioremediation through microbiological research of contaminated and saline soils of former pesticide warehouses and airfields in the Syrdarya region.

Kalit so'zlar: sho'rlanish, tuproq remidiatsiyasi, pestitsidlar, tuproq mikroorganizmlari, bioremidiatsiya,tuproq namunalari, mikroorganizmlar shtammlari, sho'rlangan tuproqlar.

Bugungi kunda dunyoda global iqlim o'zgarishlari, ekologiya, qurg'oqchilik, sahrolanish, qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerlarning degradatsiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmayotganligi kabi qator muammolar barchaning diqqat e'tiborini jalb etmoqda. Shuning uchun ham qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash, yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosi bo'lgan tuproq resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir [1].

O'simliklarning hosildorligi sho'rlanish, suv stressi va issiqlik stressi kabi bir qancha omillar bilan cheklanadi. Tuzlilik CO2 assimilyatsiyasining fotosintetik tezligini kamaytirish va sorbsion o'tkazuvchanligini cheklash orqali o'simliklarning fotosintetik mexanizmlariga sezilarli qisqa va uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadi. Ba'zi o'simlik fitogormonlarining yuqori regulyatsiyasi tuproqdagi tuz konsentratsiyasining oshishiga javoban sodir bo'ladi. Bundan tashqari, tuzning turli xil fiziologik va biokimyoviy ta'sir mexanizmlari, spesifiklik, ion tashilishi, so'rilish, gomeostaz, antioksidant fermentlar va osmoprotektorlar sintezida muhim vazifalari mavjud

Ayrim adabiyot manbaalarida keltirilishiga ko'ra respublikamizdagi sug'oriladigan yerlarning maydoni 4297,1 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan 50,5 % sho'rlangan, 19,3 % o'rtacha va kuchli sho'rlangan, ya'ni 800 ming gektardan ortig'i kuchsiz darajada sho'rlangan. Tuproq sho'rlanishi qishloq xo'jaligiga katta zarar keltiradi [2].

Inson xo'jalik faoliyati natijasida sho'rlangan va botqoqlanib tashlandiq holga kelgan yer maydonlarini ekologik jihatdan qayta tiklab, ishlab chiqarishga qaytarishning kam xarjli usullaridan foydalanish muxim ahamiyatga ega [3].

Tuproq qimmatli va qayta tiklanmaydigan ekologik tizim bo'lsada, u doimo antropogen ta'sirlar tufayli keng ko'lamli degradatsiyaga uchragan. Qayta tiklash faoliyati muqarrar ravishda

xom ashyo va energiyaning bir qismini iste'mol qilishni o'z ichiga oladi va ko'p hollarda ta'sir qiluvchi kimyoviy mahsulotlar yoki jarayonlardan foydalanishga tayanadi. Bu nojo'ya ta'sirlarni hisobga olmasdan, ifloslanishni bartaraf etish uchun amalga oshirilganda, aralashuvning barqarorligini xavf ostiga qo'yishi yoki hatto uning ijobiy tomonlarini inkor etishi mumkin, bu esa allaqachon buzilgan ekologik vaziyatga yanada ta'sir qiladi. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun atrof -muhitga zararli texnologiyalarni ya'ni mikrobial biotexnologiyadan foydalanish, nafaqat ifloslanish va sho'rlanishni yo'q qilish yoki kamaytirish, balki atrof-muhitga ta'sirni kamaytirishga qaratilgan barqaror yechimlar bilan almashtirish bo'yicha chora tadbirlar olib borilishi muhim bo'lib qolmoqda. [4].

Hayotiy siklga salbiy ta'sir ko'rsatish (kanserogenez, mutagenez, toksik ta'sir, stress, radiatsiya, quyosh nurlari va boshqalar) nafaqat odamlarda, balki o'simliklarda, oddiy mikroorganizmlarda, hayvonlarda va yerdagi barcha tirik mavjudotlarda ham uchraydi. Atrof-muhitning yaxlitligi va tabiiy ijobiy hamkorligini saqlash, shuningdek, aholining turmush darajasi va sog'lig'ini rivojlantirish uchun ifloslangan muhitning tabiiy holati va funksiyalarini tiklash, ifloslangan joylarni tiklash va ularni zararsizlantirish muhim ahamiyatga ega.

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanining markaziy va shimoliy-g'arbiy hududi hamda Jizzax viloyatining Mirzacho'l, Do'stlik va Zafarobod tumaning janubiy-sharqiy hudulari Markaziy Mirzacho'l tekisligida joylashgan. Sardoba tumani O'rta osiyo subtropik tog'oldi-yarim cho'l mintaqasida joylashga bo'lib iqlimi kontinetal va kam yomg'irli,yozi issiq va quruq, qishi mo'tadil, kunlik va yillik harorat o'rtasida katta hrorat tebranishi mavjud. Tumanning o'rtacha yillik havo harorati +13,3-15,0°S atrofida. Haroratnig eng yuqori ko'rsatkichi iyun-iyul oylarida bo'lib, +27,2-29,0°S ga,eng sovuq kunlar yanvar oylarida bo'lib,-0,3-2,3° S atrofidadir,qishda haroratning pasayib ketishi Farg'ona vodiysidan va shimoliy sovuq havo oqimlarining kirib kelishiga bog'liq.Tuproq harorati yanvar oyida o'rtacha 0,2 -2,0°S bo'lib tuproqning yuza qatlami muzlaydi bu, tuproqni shudgorlashda va yuvishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Atmosferadan tushadigan yillik yog'ingarchilik miqdori 300mm bo'lib asosiy qismi qish va bahor oylariga to'g'ri keladi. Tuproqdan yillik bug'lanishning miqdori 1600 m m ni tashkil qilgan holda, tushadigan yog'ingarchilik miqdoridan bir nech baravar ko'pdir. Havoning nisbiy namligi nisbatan pastroq ko'rsatkichlarda kuzatiladi, eng kam nisbiy namlik iyun -avgust oylarida qayd etiladi, yillik o'rtacha havo namligi esa 31-48% atrofida tebranib turadi. Yoz oylarida havo haroratini ko'tarilishi namlikni ko'proq bug'lanishiga olib keladi, bu o'z navbatida atmosfera yog'inining yillik o'rtacha me'yoridan ancha ko'pdir. Tabiatning bu ko'rinishi, tuproqni sho'rlanishiga va ekinlarni suvga bo'lgan talabini ortishiga olib keladi. [2].

Tuproqning sho'rlanishi yekinlarning o'sishi va unumdorligini cheklaydigan holat bo'lib, galofit o'simlik ildizlaridan tuproqda yashovchi bakteriyalar tuz stressiga dosh berish uchun foydali strategiya bo'lishi mumkin. O'simliklarning me'yorida o'sib rivojlanishi tuproq mikroorganizmlarining faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Tuproq tarkibida juda ko'p va turli -tuman mikroorganizmlar uchraydi, ular orasida o'simliklar uchun zarurlari va zararlilari mavj ud. Dexqonchilikda bakterial preparatlar tuproq mikroorganizmlarining tarkibi va miqdorini ko'paytirish hamda ular faoliyatini kuchaytirish maqsadida qo'llaniladi. Tuproq mikroorganizmlari har qanday tuproq elementlarining tarkibiga, ular bilan birga tuzlar konsentratsiyasiga juda sezgir.

Ilmiy izlanishlarimiz davomida Sirdaryo viloyatining sobiq pestitsidlar ombori va aerodromlarining ifloslangan tuproqlaridan kelitirilgan namunalaridan mikrobiologik tadqiqot usullari orqali ko'plab mikroorganizmlar shtammlari ajratib olindi. Ajratilgan hamda

laboratoriyamiz kolleksiyasida mavjud shtammlarning ayrim pestitsidlar va tuzlarga sezgirligi va yashovchanlik barqarorligi o'rganildi.

Olib borilgan tadqiqotlarimizda natriy xlorid va natriy sulfat tuzlarining 15 %, 20% va 25% konsentratsiyalarida o'zining yashovchanligini namoyon eta olgan mikroorganizmlar shtammlari mikrobiologik ekish usullaridan foydalangan holda ekilib, olingan natijalar quyida keltirilgan jadvalda keltirilgan.

Pestitsidlar bilan ifloslangan tuproqlardan ajratilgan ayrim mahalliy shtammlarning tuzga chidamliligini o'rganish shuni ko'rsatdiki, ular orasida yuqori tuz konsentratsiyasiga (20% va 25% natriy xlorid va natriy sulfat) bardosh bera oladigan kulturalar ham borligi aniqlandi.

1-jadval

t/r Mikroorganizm shtammlari NaCl, % Na2SO4, %

15 20 25 15 20 25

1 Streptomyces sp 1 - - - - - -

2 Streptomyces sp 2 - - - - - -

3 Kocuria rosea - - - + - -

4 Pseudoarthrobacter oxydans - - - - - -

5 Pseudomonas xanthomarina + + + - - -

6 Klebsiella pneumaniae - - - + - -

7 Arthrobacter crystallopoietes + + + - - -

8 Bacillus cereus - - - - - -

9 Citrobacter braaki - - - + + -

10 Providencia retgeri - - - - - -

Yuqorida keltirilgan 1-rasmda kontaminatsiyalangan tuproq namunalaridan ajratilgan kulturalarning tuzga chidamliligini o'rganish shuni ko'rsatdiki, sinovdan o'tgan 10 ta kulturaning hammasi ham 15%, 20% va 25% konsentratsiyalarda tuzli muhitda o'sish qobiliyatini namoyon etmagan. Masalan, Pseudomonas xanthomarina va Arthrobacter crystallopoietes kulturalari barcha tuz konsentrasiyalarida yuqori yashovchanlik qobiliyatini namoyon etganligini ko'rish mumkin. Citrobacter braaki kulturasi NaCl li eritmalarning barcha konsentrasiyalarida (15%, 20% va 25%) o'smaganligiga qaramay, Na2SO4 tuzining 15% va 20% li tarkibli muhitlarida yashovchanligi va o'sishda yuqori natijalarni ko'rsatgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, sho'rlanish sayyoramiz ekotizimlarining barqaror ri vojlanishiga ta'sir qiluvchi muhim global ekologik muammo bo'lib, tuzga chidamli galofitlar ko'pincha sho'rlangan tuproqlarni davolash uchun istiqbolli yondashuv sifatida qo'llaniladi. Olingan natijalar sho'rlanishga qarshi kurashda texnologiyalarni yaratish uchun mikroorganizmlarning barqaror kulturalaridan bioremidatsiyada foydalanish imkoniyatini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. N.N. Qalandarov U.X.Mamajanova, I.J.Ruzieva, A.J.Ismonov "Lalmi tuproqlarning morfogenetik xususiyatlari" Qishloq xo'jaligida ekologik muammolar va ularning yechimi mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to'plami Buxoro, 2020 y. 164-166 b.

2. D.Yu.Maxkamova. Unumdorligi past shurlangan gipeli tuproklarda azotofiksator bakteriyalarning faellar buyicha uzgarishi. Qishloq xo'jaligida ekologik muammolar va ularning yechimi mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to'plami Buxoro, 2020 y. 146-148b.

3. I.U.Urazbaev, N.K.Masharipov, O.I.Xolmatov, B.M.Umarov. Sardoba tumani tuproqlarining sho'rlanish manbalari «Bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish» Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani, Guliston 2020 y. 268-271 b.

4. Sh. Bobomurodov, 3. Baxodirov Tuproq sho'rlanishi holatini xaritalashda geografik axborot tizimi texnologiyalaridan foydalanish. Dokladi Akademii Nauk Respubliki Uzbekistan, 1-2017, 77-81 b.

5. A.U.Yuldashov Shirinmiya o'simligidan kuchli sho'rlangan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilashda foydalanish istiqbollari. «Bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish» Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani, Guliston 2020 y. 271-274.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.