Научная статья на тему 'SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA EKOLOGIK VA KIMYOVIY TOZA O‘SIMLIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING SAMARALI BIOTEXNOLOGIYASI'

SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA EKOLOGIK VA KIMYOVIY TOZA O‘SIMLIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING SAMARALI BIOTEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mikrozim-2 / Mikroo‘stirgich / Fitobiosol / sho‘rlanish / iqtisodiy foyda.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xusanov T.S., Kadirova G.X., Usmonqulova A.A.

Ushbu tadqiqot jarayonlarida tuproqlar sho‘rlanish stressini keltirib chiqaruvchi Na+, Ca2+, Mg2+ va K+ kationlari hamda SO42-, HCO3-, CO32va NO3-, Clchidamli mikroorganizmlar bilan boyitilgan gumus bilan ishlov berilgan. Bundan tashqari urug‘lar, paxta chin barglar chiqarganda va shonalash davrida sho‘rlanishga nisbatan o‘simlik immunitetini oshiruvchi va fitopatogenlarga qarshi antogonistik xususiyalarda ega bo‘lgan Mikrobiologiya institutda ishlab chiqilgan Mikrozim-2, Mikroo‘stirgich va Fitobiosol biopreparatlari ham qo‘llanildi. Sho‘rlangan tuproqda yetishtirilgan g‘o‘za o‘simlik hosildorligi va o‘sish ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinganda o‘simlik hosildorligi nazoratga nisbatan 17-21% ga va umumiy sof iqtisodiy daromad esa 58% ga oshganligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA EKOLOGIK VA KIMYOVIY TOZA O‘SIMLIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING SAMARALI BIOTEXNOLOGIYASI»

SHO'RLANGAN TUPROQLARDA EKOLOGIK VA KIMYOVIY TOZA O'SIMLIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING SAMARALI BIOTEXNOLOGIYASI 1Xusanov T.S., 2Kadirova G.X., 3Usmonqulova A.A.

1,23O'zRFA Mikrobiologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11185678

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot jarayonlarida tuproqlar sho'rlanish stressini keltirib chiqaruvchi Na+, Ca2+, Mg2+ va K+ kationlari hamda SÜ42-, HCÜ3-, CÜ32- va NÜ3-, Cl chidamli mikroorganizmlar bilan boyitilgan gumus bilan ishlov berilgan. Bundan tashqari urug'lar, paxta chin barglar chiqarganda va shonalash davrida sho'rlanishga nisbatan o'simlik immunitetini oshiruvchi va fitopatogenlarga qarshi antogonistik xususiyalarda ega bo'lgan Mikrobiologiya institutda ishlab chiqilgan Mikrozim-2, Mikroo'stirgich va Fitobiosol biopreparatlari ham qo'llanildi. Sho'rlangan tuproqda yetishtirilgan g'o'za o'simlik hosildorligi va o'sish ko'rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinganda o'simlik hosildorligi nazoratga nisbatan 17-21% ga va umumiy sof iqtisodiy daromad esa 58% ga oshganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Mikrozim-2, Mikroo 'stirgich, Fitobiosol, sho 'rlanish, iqtisodiy foyda.

KIRISH

Bir qator mamlakatlar kimyoviy fungitsidlardan foydalanishdan mikrobiologik preparatlarga o'tmoqda. Kimyoviy moddalardan foydalanishning ortishi endi hosilning ortishiga olib kelmaydi, aksincha, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi sho'rlanish va qurg'oqchilik kabi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ma'lumki, tuproq mikrob xilma-xilligining kamayishi qishloq xo'jalik o'simliklarining o'sishi va mahsuldorligini cheklab, mikrob jamoalarining umumiy funksional salohiyatini kamaytiradi. Masalan, bug'doy atrof muhit iqlimining o'zgarishlariga juda ta'sirchandir. Shunga qaramasdan bug'doy (Triticum aestivum L) va g'o'za dunyoda eng muhim ekinlardan va dunyo aholisining qariyib 35% uchun asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Dunyo miqyosida dasht, cho'l, yarim cho'l tuproqlarda diazotroflar faoliyati natijasida biologik azotning to'planishi 1,5 kg/ga dan (Avstraliya) va 10-100 kg/ga (AQSh) yoki 21-205 kg/ga (Turkmaniston) tashkil etadi. Bevosita azotfiksatsiyalovchi mikroorganizmlar molekulyar azotni o'zlashtirishi xisobiga o'simliklarning atrof muhitning noqulay sharoitlarida oziqa moddalari bilan ta'minlanishi osonlashadi. Bulardan tashqari fitogormonlar, yani indolil-3-sirka kislotasi, gibberellinlar, ASK-dezaminaza fermenti sintezi ta'sirida o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi oshadi. Shuning uchun o'simliklarni himoya qilish, ularning xosildorligini oshirish sohasida biotexnologiya bozorini rivojlantirish kimyoviy pestitsidlardan foydalanishni tartibga solishni, yangi yuqori samarali biopestitsidlarni ishlab chiqishni, biologik preparatlardan foydalanish normalarini yaratishga zamonaviy yondashuvlarni talab qiladi [1,2,3]. Afsuski, mamlakatimizda, ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarda bo'lgani kabi, bunday davlat dasturlari mavjud emas. Bu holat respublika qishloq xo'jaligi sohasining raqobatbardoshligini sezilarli darajada cheklaydi va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini pasaytiradi.

Shu sababli ushbu tadqiqotda tuproqlarning unumdorligini oshiruvchi, o'simliklarning stress sharoitlariga moslashuvini taminlab xosilorligini yaxshilovchi arzon, samarali va ekologik toza usul bolgan mikroorganizmlarga asoslangan biotexnologiyani amalga oshirilgan.

MATERIAL METODLAR:

Tuproqni tavsiflash va tajribaga tayyorlash

Sho'rlangan tuproq maydoni va o'simlik sug'oriladigan suv tarkibidagi sho'rlanish darajasi va tipi zamonaviy usullar yordamida aniqlandi [4,5]. Sho'rlanish darajasi o'rtacha bo'lgan tuproqlarni mikroorganizmlar soni hamda NPK miqdorilari tahlil qilinadi. Tahlil asosida tuproqqa solinadigan mikroorganizmlar hamda mineral tuzlar miqdorlari o'simlikning vegetatsiya davrida ishlatilish tartibi belgilab olindi.

Bakteriya suspenziyalarini tayyorlash

O'simlik o'sishi va rivojlanishini rag'batlantiruvchi Mikrozim-2, Mikroo'stirgich va Fitobiosol biopreparatlari tarkibidagi Azotobacter chroococcum, Bacillus megaterium, Bacillus subtilis, Aspergillus terreus va Pleurotus ostreatus shtammlari xususiyatlariga ko'ra tanlandi va quyidagi oziqa muhitlarida 500 ml hajmli kolbalarda o stirildi: peptonli bulyon (PB)g/l: L-glyukoza -20; K2HPO4 - 0,5; MgSO4x7H2Ü - 0,5; NaCl - 0,5; pepton - 10. Bakteriyalar 28 ° C da 48 soat davomida inkubatsiya qilindi. Pepton bulyonida o'stirilgan bakteriyalar tuproq maydonlariga yetkazib berish uchun melassa ozuqa muhitida ko'p miqorlarda o'stirildi. Tuproq maydonlarining gektariga bitta bakteriyaning 106 CFU ml-1 ni o'z ichiga olgan suspenziyasidan 5 l miqdorini 1000 marta suvda suyultirib o'simliklarning rizosferasiga qo'shildi [6,7]

O'simlikni ekish va o'sish sharoitlarini tayyorlash

Paxta ekilishidan oldin urug'larni sho'rlanishga nisbatan o'simlik immunitetini oshiruvchi va fitopatogenlarga qarshi antoganist xususiyatiga ega Trichoderma harzianum, Bacillus subtillis va Aspergillus terreus shtamlari bo'lgan Mikrobiologiya institutda ishlab chiqilgan Mikrozim-2 va Mikroo'stirgich biopreparatlari suspenziyasi bilan inkubatsiya qilib ekiladi. Paxta unib chin barglar chiqqanda Fitobiosol biopreparati (fuzarioz kasalligiga qarshi va tuproqni erkin azotni to'plovchi, tuproqni tarkibidagi kompleks fosforni parchalovchi hamda ekstrimal shurlanishga moslashgan mikroorganizmlar) va paxta shonalash davrida tarkibida Mikrozim-2 va Fitobiosol biopreparatlari bilan ishlov beriladi hamda sho'rlangan tuproqda yetishtirilgan g'o'za o'simlik hosildorligi va o'sish ko'rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi.

OLINGAN NATIJALAR:

Olingan natijalar tajriba olib borilgan maydonda 70-100 sm bo'lgan qismining sho'rlanmaganligi va qolgan qismlardagi sho'rlanish miqdori dastlabkiga nisbatan kamayganligi ma'lum bo'ldi. Nazorat maydondagi xolatda esa o'rtacha sho'rlanganligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu o'tkazilgan tekshiruvlar asosida gumus miqdori tajriba maydonida 1,2 dan 1,3 % oshganligini va fosfor, kaliy miqorlari kamayganligi hamda azot miqdorining ko'payganli yaqqol ko'ringan. Ushbu xolatda fosfor o'zlashtiruvchi bakteriyalar ko'payganligi va fosforni o'simlik olib berishi ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari azotning 2 barobarga oshishi azot to'plovchi bakteriyalar yaxshi ko'payganligini ko'rsatadi (1-rasm).

A B

1-rasm. Turli ozuqa muhitlarida hosil bo'lgan mikroorganizmlar: A-biopreparat qo'llashdan oldingi tuproq mikroorganizmlari; 2- biopreparat qo'llashdan keyingi tuproq mikroorganizmlari

Mikroorganizmlarning miqdorini aniqlashga qaratilgan mikrobiologik preparatlardan oldin analizlar javoblari bilan ancha farq borligi ko'rinib turibdi. Fosforni parchalovchi bakteriyalarning ko'payganligi, aktinomitsetlar, azot to'plovchi va sellyulozani parchalovchi bakteriyalarning oshganligi aniqlangan. Tajriba maydonidagi paxta xosilini yig'ish jarayoni kuzatib borildi va nazoratga nisbatan hisoblanganda ya'ni nazoratda 37 sentner, tajribada 42 sentner hosil terilganligi ma'lum bo'ldi. Tajriba maydonida xar gektarida 500 kg ortiqcha hosil yetishtirilganligi ma'lum bo'ldi (2-rasm).

A B C

1-rasm. Tajriba mayonida yetishtirilgan g'o'zaning morfometrik xossalarini aniqlash; B-C- biopreparat yordamida yetishtirilgan hosil (1,4) va nazorat (2,3)

Bundan tashqari tajriba moydonimizda nazoratga nisbatan bir marta kam suv iste'mol qilganligi hamda mineral o'g'itlarning sarfini 50 % ga qisqarishga erishilganligini aloxida takidlashimiz joiz. Jami olingan natijalarga ko'ra fermer xojaligi tomonidan 1 gektar maydonda paxta xosilini yetishtirishdan olingan sof iqtisodiy daromad nazoratga nisbatan 58 % ga oshganligi va ekologik toza, eksportbop mahsulot yeti shtirilganligi ushbu biotexnologiyaning samaradorligini yaqqol namoyon etadi.

XULOSA

Shunday qilib, muammoni bartaraf etish uchun eng munosib yechim, ya'ni qishloq xo'jaligi o'simliklarini atrof muhitning noqulay sharoitlarida o'sishi va rivojlanishini rag'batlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda sho'rlanish va qurg'oqchilikka chidamli samarali galofill, galotolerant, rizobakteriyalar, azotfiksatsiyalovchi, fosforlarni parchalovchi, ferment va oqsillarni hosil qiluvchi mikroorganizmlar asoslangan biologik preparatlardan foydalanish hisoblanadi. Biz loyiha davomida ishlatayotgan mikroorganizmlar shtammlari xorijda ishlab chiqarilgan anologlariga nisbatdan ustunligi bu shtammlar maxalliyligi hisolanadi va qo'llanish jarayonida esa mikroorganizmlar ketma ketligiga alohida yondashilgan xolda amalga oshiriladi.

Biostimulyatorlarni, samarali mikroorganizmlarga asoslangan ishlab chiqarish bo'yicha tadqiqotlar yo'nalishi hozirgi kunda jadal rivojlanmoqda, bu esa ularning jahon bozorida sotilishining o'sishidan dalolat beradi. Biostimulyatorlar bozorining yillik o'sishi 10% va undan ortiq bo'lib, mutaxasislarning fikricha Yevropada 200 mln yevro va dunyo miqyosida 800 mln yevroni tashkil etadi. Biroq, Respublikamizda tuzga chidamli azotfiksatsiyalovchi, fosfor-

mobilizatsiyalovchi mikroorganizmlarga asoslangan biopestitsidlarning, biostimulyatorlarning

ekologik noqulay sharoitlarda don, sabzavot va sanoat ekinlarining barqarorligi va

mahsuldorligiga ta'siri kam o'rganilganligi tufayli laboratoriya tadqiqotlari darajasida qolmoqda.

REFERENCES

1. Sharma V, Singh A, Sharma D, et al. (2021) Stress mitigation strategies of plant growth-promoting rhizobacteria: Plant growth-promoting rhizobacteria mechanisms. Plant Science Today, 8:25-32.

2. Verma S, Saharan BS (2020) 16S rRNA phylogenetic analysis of heavy metal tolerant plant growth promoting rhizobacteria. Nature Environment and Pollution Technology .19(4): 17631766

3. Gong Q, Li Z, Wang L, et al. (2020) Exogenous of indole-3-acetic acid application alleviates copper toxicity in spinach seedlings by enhancing antioxidant systems and nitrogen metabolism. Toxics. 8(1): 1.

4. Raimbaeva G.Sh., Raximova G.X. "Tuproqshunoslik va agrokimyo" fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy qo'llanma. Toshkent 2019 y.

5. Karimov M., Musaev B, Udaev A., B. Kasimov. Agrokimyo. Darslik. Toshkent 2020 y

6. Duraisamy P, Sekar J, Arunkumar AD, et al. (2020) Kinetics of Phenol Biodegradation by Heavy Metal Tolerant Rhizobacteria Glutamicibacter nicotianae MSSRFPD35 From Distillery Effluent Contaminated Soils. Frontiers in Microbiology.

7. Yankey R, Karanja JK, Okal EJ, et al. (2021) A consortium of plant growth-promoting rhizobacteria strains synergistically assists jujuncao (Pennisetum giganteum) to remediate cadmium contaminated soils. Applied Ecology and Environmental Research.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.