Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYATI YOZYOVON TUMANI O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARIDAN AJRATIB OLINGAN FOYDALI REZOBAKTERIYALAR'

FARG‘ONA VILOYATI YOZYOVON TUMANI O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARIDAN AJRATIB OLINGAN FOYDALI REZOBAKTERIYALAR Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘rtacha sho‘rlangan tuproq / ildiz / bakteriya / B.pumilus / B. cereus / Mass spectrometry EXS 2600.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xaydarova Ozodaxon Turg‘unovna, Xo‘janazarova Mo‘tabar Qo‘shoqovna, Aliyev Zafar Zokirovich

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan “Alijon Muhammad Diyor’’ fermer xo‘jaligidagi paxta ekilgan maydonlarining o‘rtacha sho‘rlangan tuprog‘i mikrobiologik tahlil qilindi. Bunda labaratoriya sharoitida rezobakteriyalarni sof holda ajratib olindi hamda izolyatlar MALDI-TOF Mass spectrometry EXS 2600 (Zybio) uskunasi yordamida Bacillus pumilus, Bacillus cereus bakteriyalari identifikatsiyasi aniqlandi . Aniqlangan izolyatlarning kaloniya hosil qilishi, vegitatsiya davri, spora hosil qilish davrilari keltirilgan. Fusarium va Rhizoctonia avlodi zamburug’lariga antifungal xususiyatlari mavjudligi aniqlangan keyingi tadqiqotlarda morfokultural xususiyatlarini aniqlash rejalashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYATI YOZYOVON TUMANI O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARIDAN AJRATIB OLINGAN FOYDALI REZOBAKTERIYALAR»

FARG'ONA VILOYATI YOZYOVON TUMANI O'RTACHA SHO'RLANGAN TUPROQLARIDAN AJRATIB OLINGAN FOYDALI REZOBAKTERIYALAR

1Xaydarova Ozodaxon Turg'unovna, 2Xo'janazarova Mo'tabar Qo'shoqovna, 2Aliyev

Zafar Zokirovich

1Toshkent davlat agrar universiteti, ''Qishloq xo'jaligi biotexnalogiyasi, standartlashtirish va

sertifikatlash'' magistranti, Toshkent 2Toshkent davlat agrar universiteti, ''Qishloq xo'jaligi biotexnalogiyasi, standartlashtirish va

sertifikatlash'' kafedrasi dotsenti.

3O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Mikrobiologiya ilmiy tadqiqod

instituti, kichik ilmiy xodim.

2https://orcid.org/0000-0003-4400-5818 https://doi.org/10.5281/zenodo.11185591

Annotatsiya. Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan "Alijon Muhammad Diyor'' fermer xojaligidagi paxta ekilgan maydonlarining o'rtacha sho'rlangan tuprog'i mikrobiologik tahlil qilindi. Bunda labaratoriya sharoitida rezobakteriyalarni sof holda ajratib olindi hamda izolyatlar MALDI-TOF Mass spectrometry EXS 2600 (Zybio) uskunasi yordamida Bacillus pumilus, Bacillus cereus bakteriyalari identifikatsiyasi aniqlandi . Aniqlangan izolyatlarning kaloniya hosil qilishi, vegitatsiya davri, spora hosil qilish davrilari keltirilgan. Fusarium va Rhizoctonia avlodi zamburug'lariga antifungal xususiyatlari mavjudligi aniqlangan keyingi tadqiqotlarda morfokultural xususiyatlarini aniqlash rejalashtirilgan.

Kalit so'zlar: O'rtacha sho'rlangan tuproq, ildiz, bakteriya, B.pumilus, B. cereus, Mass spectrometry EXS 2600.

Аннотация. Проведен микробиологический анализ среднезасоленной почвы хлопковых полей фермерского хозяйства «Алиджон Мухаммад Диор», расположенного в Езёвонском районе Ферганской области. При этом ризобактерии выделяли в чистом виде в лабораторных условиях и идентифицировали бактерии Bacillus pumilus, Bacillus cereus с использованием MALDI-TOF масс-спектрометрического оборудования EXS 2600 (Zybio). Представлены колониеобразование, вегетационный период и периоды спорообразования выявленных изолятов. Морфокультурные особенности грибов родов Fusarium и Rhizoctonia планируется определить в следующих исследованиях, в ходе которых будет установлено, что они обладают противогрибковыми свойствами.

Ключевые слова: среднезасоленная почва, корень, бактерии, B. pumilus, B. cereus, масс-спектрометр EXS 2600.

Abstract. A microbiological analysis of the moderately saline soil of the cotton fields of the Alijon Muhammad Dior farm, located in the Ezevon district of the Fergana region, was carried out. In this case, rhizobacteria were isolated in pure form in laboratory conditions and the bacteria Bacillus pumilus, Bacillus cereus were identified using MALDI-TOF mass spectrometric equipment EXS 2600 (Zybio). Colony formation, growing season and sporulation periods of the identified isolates are presented. The morphocultural characteristics of fungi of the genera Fusarium and Rhizoctonia are planned to be determined in the following studies, during which it will be established that they have antifungal properties.

Keywords: moderately saline soil, root, bacteria, B. pumilus, B. cereus, EXS 2600 mass spectrometer.

Kirish. Dunyoda sug'oriladigan hududlardagi ikkilamchi sho'rlanishga uchragan maydonlarning kengayishi, qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinadigan hosilning keskin kamayishi tuproq sho'rlanishini oldini olish va ayniqsa, ekinlarni sho'rga chidamliligini oshirishda yangi samarador biotexnologik usullarni ishlab chiqishni talab etmoqda [1]. Bu o'rinda, ayniqsa, turli tuproq sho'rlanishi sharoitlarida yashashga moslashgan rizobakteriyalar alohida ahamiyatga ega bo'lib [2], ularni o'simliklarni sho'rga chidamliligini oshirishdagi biotexnologik potensialini baholash va rizobakteriyalar ajratib olish asosida raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [3].

Tadqiqot uslublari va materiallari: Olib borilayotgan tadqiqotlar vazifalaridan biri, Respublikamizda paxta yetishtirish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanidagi paxta ekilgan maydonlari tuprog'ining mikrobiologik tahlilini qilish, tuproq tarkibidagi foydali rezobakteriyalarni sof holatda ajratib olish hamda identifikatsiya qilish.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi: Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida joylashgan "Alijon Muhammad Diyor" nomli fermer xo'jaligida ekiladigan "Andijon 35" nomli paxta maydoni tuprog'idan kuzgi namunalari o'rganildi.

Tuproqdan namuna olish. Tuproqning 15-20 sm unumdor qatlamidan konvert usulida navbati bilan olinadi. Chuqur kovlab bo'lingan zahoti na'muna olinadi [4]. Tuproq profili ta'riflab bo'lingach, yuqoridagi qatlamlardan namunalar olinadi. Eng oxirida ustki qatlamdan na'muna olinadi.

Mikroorganizmlarni ekish usullari.

Tuproq bakteriyalarini o'stirish ozuqa muhiti tarkibi keltirilgan.

Standart peptonli ozuqa muhiti (PB) (%): Pepton-1,0; glyukoza- 0,6; NaCl-0,5; K2HPO4 -0,05; MgSO4-0,02, (pH-7,0) [5].

Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi muhitga ekish yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-tez amalga oshirilib turiladi (1-rasm). Bu mashg'ulotlarni bajarib, aseptika texnikasi qoidalarini amalda qo'llashni o'rganish lozim. Probirkadan probirkaga ekishda quyidagi ishlar bajariladi:

1. Mum qalam yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhining raqam soni yoziladi. 2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho'g' holatigacha flambirlanadi va 10 daqiqa davomida sovutiladi, lekin stolga qo'yilmaydi. 3. Chap qo'l bilan kulturali probirka olinadi va ilmoq ushlagan qo'lni bo'sh barmoqlari bilan probirkani tiqini olinadi, lekin tiqin stolga qo'yilmay ushlab turiladi. Probirkaning og'zi alangada qisqa vaqt qizdiriladi. 4. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan olinadi, bunda ilmoq probirkaning ichki tomoniga tegmasligi kerak. 5. Probirkani og'zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga qayta qo'yiladi. 6. Bo'sh qo'l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagidek ochilib, og'zi sterillash uchun qizdiriladi. 7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so'ng aralashtiriladi.

8. Ilmoqdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani ichidagi suyuqlik tugagan joyiga tekkiziladi. 9. Ilmoq asta chiqariladi va probirkani og'zi bilan tiqin flambirlanadi, probirka yopiladi va shtativga qo'yiladi. 10. Ilmoq cho'g' holatigacha qizdiriladi.

1-rasm. Tuproqdan ajratilgan toza bakteriya kaloniyalari va identifikatsiyaga tayyorlangan.

Izolyatlar mikroskopiya qilindi (2-rasm). Bakteriya kaloniyalarining morfokultural xususiyatlari va mikroskopik tahlilga ko'ra 2 turdagi bakteriya ekanligi qayd etildi hamda Mass spectrometry EXS 2600 (Zybio) uskunasi yordamida ham ikki turdagi bakteriyalar ekanligi aniqlandi

4 W v f*. If ■-J'I t - .A - ■ • - • • : • > . :-.K l oV»- *37 * • ^ «À • •**< ♦ « , ' • ' -T c- '. V-

A B

2-rasm. A-Bacilluspumilus B- Bacillus cereusning mikroskopik ko'rinishi

Labaratoriya sharoitida rezobakteriyalarni sof holda ajratib olindi hamda izolyatlar MALDI-TOF Mass spectrometry EXS 2600 (Zybio) uskunasi yordamida Bacillus pumilus va Bacillus cereus bakteriyalari identifikatsiyasi aniqlandi. 1-jadval

Kuzgi tuproqdan ajratib olingan bakteriyalar identifikatsiyasi

Spot Sam ple ID Patient ID Organism Score

B2 1 Bacillus pumilus 1.78

B4 2 Bacillus pumilus 2.10

B5 3 Bacillus pumilus 2.13

B6 4 Bacillus cereus 2.38

Bacillus pumilus - ko'pincha tuproqda uchraydigan gramm-musbat, aerob, spora hosil qiluvchi tayoqcha. Bacillus pumilus shtammi yuqori tuzga chidamliligi va birgalikda ekilganida dengiz patogenlari, jumladan Vibrio alginolyticusning o'sishiga to'sqinlik qilishi aniqlandi. Bacillus pumilus shtammi GB34 qishloq xo'jaligi fungitsidlarining faol moddasi sifatida ishlatiladi. Bakteriyaning o'simlik ildizida o'sishi rizoktoniya va fusarium sporalarining unib chiqishini oldini oladi.

Hozirgacha zamburug'li fitopatogenlarga qarshi bionazorat xususiyatini ko'rsatadigan bir qator Bacillus pumilus shtammlari tavsiflangan, masalan, Bacillus pumilus HR10, PTB180, B. pumilus SS-10.7, Bacillus pumilus MCB-7, Bacillus pumilus INR7, B. pumilus SE52, SE34,

SE49, Bacillus pumilus RST25, Bacillus pumilus JK-SX001 va Bacillus pumilus KUDC1732. Bacillus pumilus shtammlari Arthrobotrys conoides, Fusarium solani, Fusarium oxysporum, Sclerotinia sclerotiorum, Rhizoctonia solani va Fagopyrum esculentum kabi fitopatogenlarni bostirishga qodir. Muhimi, Bacillus pumilus mahalliy mikrobiotani o'zgartiradimi yoki yo'qmi, o'simliklarning o'sishiga yordam berishi mumkin. Biroq, uning samaradorligini oshirish uchun, mahalliy mikrobiota va Bacillus pumilus o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirish uchun hali ham tadqiqotlar talab etiladi. Shunga qaramay, Bacillus pumilus shtammlari ekologik toza va tijorat jihatdan samarali bionazorat agentlari bo'lish uchun yaxshi nomzodlar degan xulosaga kelish mumkin.

XULOSA:

Olib borilgan tadqiqot natijasiga ko'ra Farg'ona viloyati Yozyovon turmanida joylashgan "Alijon Muhammad Diyor" fermer xo'jaligidagi paxta ekilgan maydonlaridan olingan tuproqning kuzgi namunasi o'rganildi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, paxtachilikda kimyoviy o'g'itlar gerbitsid, pestitsid va fungitsidlardan keng foydalaniladi. Zamonaviy ziroatchilik tizimida PGP mikroorganizmlari asosida ekinlarning hosildorligini va ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, o'sishi va rivojlanishini jadallashtirish, kasalliklardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Rizosfera o'simlik ildizi bilan juda yaqin bo'lgan hududni o'z ichiga olganligi uchun, ozuqa elementlariga boy bo'lgan qism bo'lib, bu yerda mikroorganizmlarning faolligi eng yuqori bo'ladi Ildizdagi bakteriyalarning muvaffaqiyatli faoliyatiga javobgar genlar va oqsillarning o'ziga xosligi bir qator Bacillus pumilus bakteriyalari misolida yaxshi o'rganilgan. Rizobakteriyalar vakillarining o'simlik patogenlariga nisbatan antagonistik faol va stimullovchi vosita sifatida qo'llanilib kelinayotgan turlari ko'plab topiladi. Ular ildiz atrofini makon qilib, o'sha joyda introduksiyalanib, koloniallanish xususiyatiga ega bo'lishi bilan bir qatorda, ushbu ekologik makonda ozuqa manbai bo'lgan uglerod va energiya manbai uchun raqobatga kirishadi hamda turli xil metabolitlar yoki zamburug'larning hujayra devorini parchalovchi fermentlar ajratib chiqarish qobiliyatiga ega bo'lib, hozirgi kunda qishloq xo'jalik amaliyotida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

G'o'za patogenlari paxtachilikda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Chigitni unish davrida bir qator zamburug'li va bakterial kasalliklar ziyon yetkazadi.

Olib borilgan tadqiqot natijasiga ko'ra Farg'ona viloyati Yozyovon turmanida joylashgan "Alijon Muhammad Diyor" fermer xo'jaligidagi paxta ekilgan maydonlaridan olingan tuproqning kuzgi namunasi o'rganildi. Bu tuproq tarkibida Bacillus pumilus, Bacillus cereus bakteriyalari borligi aniqlandi. Ushbu bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, o'simlikning o'shishi, rivojlanishi va kasalliklarga qarshi kurashishida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan olib borilgan tadqiqod natijasida Bacillus pumilus turkumi vakillari keng tarqalganligining guvohi bo'ldik.

REFERENCES

1. M.K.Khojanazarova, S S Murodova, S F Sanakulov J M Turdaliev O'zbekistonda tuproq sho'rlanishi sharoitida "Zamin-M" biopreparatining g'o'za o'simliklariga (gossypium hirsutum) ta'siri. - 2021, Tashkent, Uzbekistan.

2. Khaydarova Ozoda Turgunovna, Khjanazarova Mutabar Koshakovna, Khalmuminova Gulchehra Qulmuminova. Isolation of Rhizobacteria from the Cotton Rhizosphere in Medium

Salinity Soils and Creation of a Basis for the Preparation of the Preparation (in the Example of Yazyovon District, Fergana Province). ISSN:2833-5376. VOLUME 2 |No| JUN.2023.

3. Javid A. Parray, Sumira Jan, Azra N. Kamili, Raies A. Qadri, Dilfuza Egamberdieva va Parvaiz Ahmad.- "O'simliklarning o'sishiga yordam beruvchi rizobakteriyalarning hozirgi istiqbollari". O'simliklar o'sishini tartibga solish jurnali. 1-mart -2016 yil

4. Муродова С.С., Давранов К. Биотехнология производства стресс устойчивого, конкурентоспособного препарата на основе местных штаммов ризобактерий с комплексными свойствами // Сборник тезисов Республиканской научной Конференции «Современные проблемы генетики, геномики и биотехнологии». Ташкент, 2018 yil

5. Муродова С.С., Давранов К.Д., Ташматова М.А., Собирова М.Б. Эффективность использования новых агробиотехнологий на основе микробных препаратов на засоленных почвах Узбекистана // Вестник аграрной науки Узбекистана. Т. 2018 yil.

6. S.S.Murodova, and M.Q.Khujanazarova. Ist International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering. October 14th 2020 Tashkent, O'zbekistan.

7. M K Khojanazarova, S S Murodova, S F Sanakulov, and J M Turdaliev. Influence of Ыоргерагайоп ^атт-M' on cotton pknts (gossypium hirsutum) under soil salinization in Uzbekistan. Tashkent State Agrarian University, University str., 2, Tashkent province, Uzbekistan, 100140. Decibar 17. 2021.

8. M K Khojanazarova, S S Murodova, S F Sanakulov, and G K Khalmuminova Investigating the cultural-morphological features of rhizobacteria and allocating it from the cotton plant (Gossypium hirsutum): in the example of irrigated meadow soils of Uzbekistan. 1Tashkent State Agrarian University, University str., 2, 100140 Tashkent province, Uzbekistan. Decibar 17. 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.