Научная статья на тему 'BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI'

BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
37
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bioremediatsiya / og'ir metallar / kadmiy / bakteriyalar / ifloslanish / biomassa / sinergetik potensial / xlorofill

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Usmonqulova A.A., Kadirova G.X., Sadullayeva M.S., Toraqulova D.E., Shonaxunov T.E

. Ushbu tadqiqot kadmiy (Cd) bilan ifloslangan tuproqlarni qayta tiklashda uchta bakteriya shtammlarining (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis) alohida va assosiasiyadagi sinergetik ta'sirini baholashga qaratilgan. Sinov o`simligi sifatida bug`doydan foydalanilgan. Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 va Bacillus simplex A8 bakteriyalarining kombinatsiyalari bilan ishlov berilgan bug`doy urug`lari Cd ning 3 xil konsentratsiyasini (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg) o'zida tutgan tuproqlarga ekildi va 30 kun davomida o'simlikning o'sishi va rivojlanishi kuzatildi. O'tkazilgan tadqiqotlar yakunida o'simlik balandligi, poya va ildiz biomassasi, xlorofill miqdori aniqlandi. Bakteriyalarning assosiasiyasi qo'llanilganda, yagona shtamm qo`llanilgandagi natijaga nisbatan o'simliklarning o'sish parametrlari sezilarli darajada rag'batlashtirilgani aniqlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tekshirilgan bakteriyalar Cd bilan ifloslangan tuproqlarning bioremediatsiyasini ta`minlashda va o`simlik o'sishini kuchaytirishda sinergetik potensialga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI»

BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI 1Usmonqulova A.A., 2Kadirova G.X., 3Sadullayeva M.S., 4To"raqulova D.E., 5Shonaxunov

T.E

123>4>5OzRFA Mikrobiologiya institute https://doi.org/10.5281/zenodo. 8361809 Annotatsiya. Ushbu tadqiqot kadmiy (Cd) bilan ifloslangan tuproqlarni qayta tiklashda uchta bakteriya shtammlarining (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis) alohida va assosiasiyadagi sinergetik ta'sirini baholashga qaratilgan. Sinov osimligi sifatida bugdoydan foydalanilgan. Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 va Bacillus simplex A8 bakteriyalarining kombinatsiyalari bilan ishlov berilgan bugdoy uruglari Cdning 3 xil konsentratsiyasini (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg) o'zida tutgan tuproqlarga ekildi va 30 kun davomida o'simlikning o'sishi varivojlanishi kuzatildi. O'tkazilgan tadqiqotlaryakunida o'simlik balandligi, poya va ildiz biomassasi, xlorofill miqdori aniqlandi. Bakteriyalarning assosiasiyasi qo'llanilganda, yagona shtamm qo'llanilgandagi natijaga nisbatan o'simliklarning o'sish parametrlari sezilarli darajada rag'batlashtirilgani aniqlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tekshirilgan bakteriyalar Cd bilan ifloslangan tuproqlarning bioremediatsiyasini ta'minlashda va o 'simlik o'sishini kuchaytirishda sinergetikpotensialga egadir.

Kalitso'zlar: bioremediatsiya, og'ir metallar, kadmiy, bakteriyalar, ifloslanish, biomassa, sinergetik potensial, xlorofill

Abstract. This study aimed to evaluate the synergistic effects of three bacterial strains (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis) individually and in association in the remediation of cadmium (Cd) contaminated soils. Wheat was used as an experimental plant. Wheat seeds treated with combinations of Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 and Bacillus simplex A8 bacteria were planted in soils containing 3 different concentrations of Cd (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg) andfor 30 days the plant growth and development were observed. At the end of the conducted research, plant height, stem and root biomass were determined. When the association of bacteria was used, it was found that the growth parameters of plants were significantly stimulated compared to the result when a single strain was used. The results showed that the tested bacteria have a synergistic potential in providing bioremediation of Cd-contaminated soils and enhancing plant growth.

Keywords: bioremediation, heavy metals, cadmium, bacteria, pollution, biomass, synergistic potential, chlorophyll

Аннотиция. Это исследование направлено на оценку синергетического эффекта трех штаммов бактерий (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis) по отдельности и в ассоциации при очистке почв, загрязненных кадмием (Cd). В качестве опытного растения использовали пшеницу. Семена пшеницы, обработанные комбинацией бактерий Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 и Bacillus simplex A8, высевали в почвы, содержащие три различные концентрации Cd (2,4, 4,1, 8,2 мг/кг), и наблюдали за ростом и развитием растений в течение 30 дней. В конце исследований определяли высоту растений, биомассу стебля и корней. При использовании ассоциации бактерий было обнаружено, что параметры роста растений значительно стимулировались по сравнению с результатом, когда использовался одиночный штамм. Результаты показали, что

исследованные бактерии обладают синергическим потенциалом в обеспечении биоремедиации загрязненных Cd почв и усилении роста растений.

Ключевые слова: биоремедиация, тяжелые металлы, кадмий, бактерии, загрязнение, биомасса, синергетический потенциал, хлорофилл

KIRISH

Hozirgi kunda jamiyat uchun eng muhim muammolardan biri bu favqulodda urbanizatsiya va sanoatlashuv natijasida yuzaga kelgan atrof muhitning og'ir metallar bilan ifoslanishidir. Og'ir metallarni zararsiz moddalarga parchalab bo'lmasligi sababli bunday metallarni to'liq olib tashlash ularga qarshi kurashning yagona samarali usuli hisoblanadi [1-3]. Metall ifloslanishining qishloq xo'jaligi dalalariga/tuproqlariga ta'siri oziq-ovqat manbalarining ifloslanishiga va inson oziq-ovqat zanjiriga etib borishiga olib keladi.

Kadmiy (Cd) o'ta zaharli metall bo'lib, tabiiy muhitda kichik nisbatda mavjud, ammo antropogen ta'sirlar tufayli doimiy ravishda ortib boradi. Qishloq xo'jaligi erlarining kadmiy (Cd) bilan ifloslanishi nafaqat tuproq sifatini va ekinlar hosildorligini pasaytiradi, balki atrof-muhit va sog'liq uchun jiddiy xavf tug'diradi, bu esa uni dunyodagi eng muhim ekologik muammolardan biriga aylantiradi [4,5]

Bug'doy butun dunyoda, jumladan O'zbekistonda ham keng tarqalgan va muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kadmiy bilan ifoslangan qishloq xo'jaligi erlarida o'sadigan bug'doy Cd ni o'zlashtira oladi, natijada "Cd bilan boyitilgan bug'doy" ishlab chiqariladi, natijada og'ir metallar kabi zaharli ifloslantiruvchi moddalar o'simlikga va butun oziq-ovqat zanjiri orqali inson salomatligiga ham salbiy ta'sir qilishi mumkin [6] Masalan, bug'doyda to'plangan As yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimlariga, Pb va Cd kabi ifloslantiruvchi moddalar esa asab tizimi va buyraklar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin [7,8].

Ushbu ishning maqsadi Cd(II) kationlari ning turli kontsentrasiyalari bilan ifloslangan tuproqlarda og'ir metallarga rezistent bakteriyalar bilan inokulyasiyalangan bug'doyning o'sishi va rivojlanishini taxlil etishdan iboratdir.

MATERIALLAR VA USULLAR

Cd ionlarining turli konsentrasiyalari qo'shilgan tuproq namunalarini tayyorlash:

Eksperimental tuproq yuqori qatlamdan (0-20 sm) yig'ilgan va yuqori sig'imli avtoklav sterilizatorida (JIBIMED LS-75HV, CHINA) 121 0C da 20 daqiqa davomida sterilizatsiya qilingan. Cd ning eritmalari distillangan suvda. Ekishdan oldin sterillangan tuproqlarga CdCl2 ning 3 xil miqdordagi konsentratsiyasiga tutgan eritmalaridan qo'shildi (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg). tayyorlandi va idishlardagi tuproqqa qo'shilib, yaxshilab aralashtirildi. Nazorat sifatidagi tuproq namunalariga boshqa namunalarga qo'shilgan eritma hajmiga teng holatdagi distillangan suv qo' shildi.

Bug'doy o'simligini og'ir metallarga rezistent bakteriyalar bilan inokulyasiya qilish:

Enterobacter cloacae Uz_5, Bacillus simplex va Bacillus licheniformis shtammlari o'simlik o'sishi va rivojlanishini rag'batlantiruvchi xususiyatlariga ko'ra tanlandi va mos ravishda A11, A8 va A10 sifatida belgilandi. Eksperimentda bakteriya shtammlari va ularning kombinatsiyasining to'rtta tasodifiy shakllari qo'llanilgan (A8, A10, A11, A8&A10&A11). Tuproq namunalariga bitta bakteriyaning 106 KSHB (koloniya shakllantirish birligi) ml-1 ni o'z ichiga olgan suspenziyasidan 15 ml o'simliklarning (bug'doy) rizosferasiga qo'shildi. Uchta

bakteriya kombinatsiyasi qo'shiladigan variantlarga esa har bir kultura suspenziyasidan 5,G mldan qo'shilgan [9]. Nazorat variantlariga sterillangan pepton bulyonidan 15 ml qo'shdik [1G].

Bir xil o'lchamdagi sog'lom urug'lar 1% li natriy gipoxlorit eritmasi bilan o'n daqiqa davomida sirt sterilizatsiya qilindi. Keyin sterillangan distillangan suv bilan yuvildi. Urug'lar oddiy suvda nish hosil qilgancha qoldiriladi. Nish chiqargan urug'lar 5 gramm etanol bilan dezinfektsiyalangan plastik idishlardagi (diametri 17 sm, chuqurligi 1G sm) tuproqqa ekildi va faol kulturalar suspenziyasi qo'shildi. Namunalar quyida keltirilgan: Tl. Nazorat

T2. 2,4 mg/kg Cd + urug'

T3. 2,4 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A8

T4. 2,4 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A1G

T5. 2,4 mg/kg Cd tuproq + urug'+ All

T6. 4,1 mg/kg Cd tuproq + urug'

T7. 4,1 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A8

T8. 4,1 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A1G

T9. 4,1 mg/kg Cd tuproq + urug'+ All

T1G. 8,2 pdk Cd tuproq + urug'

Tll. 8,2 pdk Cd tuproq + urug'+ A8

T12. 8,1 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A1G

TD. 8,2 mg/kg Cd tuproq + urug'+ All

T14. 2,4 mg/kg Cd tuproq + urug'+ A8&A1G&A11

T15. 4,lmg/kg Cd tuproq + urug'+ A8&A1G&A11

T16. 8,2lmg/kg Cd tuproq + urug'+ A8&A1G&A11

Har bir namuna З ta takroriy nusxada tayyorlandi. O'simlikni o'stirish davrida tuproq nisbiy namligi 5З-57%, saqlanish xarorati kunduzi/kechasi 27/2loC, yorug'lik intensivligi 1GG-2GG mkmol m-2 s-1 va atrofdagi CO2 darajasi 3GG-41G mkmol mol-1 bo'lishi ta'minlandi. 3G kundan so'ng har bir idishdahi bug'doy o'simliklari yigfib olindi. Keyin ularning poya va ildiz uzunligi, ho'l biomassasi Vernier kalibrlari va elektron analitik tarozi (EP214C 224S-CW, Switzerland) yordamida o'lchandi Ildiz va poyaning quruq vazni namunalari olti kun davomida quritish pechida 70 °C da quritilib, keyin massasi aniqlandi [11]. Xlorofill miqdori har bir o'simlik bargining uchta joyidan olingan namunani SPAD-5G2 Plus analizatorida o'lchash orqali aniqlangan.

NATIJALAR VA ULARNING MUXOKAMASI

O'rtacha va yuqori Cd kontsentratsiyasiga ega bo'lgan tuproqlarda o'stirilgan o'simliklarda barglarning sarg'ayishi, biomassa og'irligi va uzunligining nazoratga nisbatan kam ekanligi kuzatildi. Uchta (A3&A4&A7) bakteriya suspenziyalari qo'shilgan o'simlik xossalarida bitta bakteriya suspenziyasi qo'shilgan o'simlikka nisbatan sezilarli darajadagi ijobiy holatlar namoyon bo'ldi (1-jadval).

Xususan, A3&A4&A7 bakteriyalar suspenziyasi qo'shilgan variantlarda poya uzunligi 33 sm ni, faqat bitta A8 bakteriya suspenziyasi qo' shilgan namunada poya uzunligi 26 sm ni tashkil etdi. Bakteriyalar suspenziya qo'shilmagan nazorat variantida o'simliklarning balandligi eng past (22 sm) va biomassa miqdori ham kam ekanligi kuzatildi (1-jadval). Bundan tashqari, natijalar Cd stressining o'simlikning umumiy balandligiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. O'simliklar poya uzunligida Cd ning turli konsentratsiyalarida sezilarli darajada farq kuzatilgan. Bunda nazorat tuproqda poya

uzunligi eng yuqori - 22 sm va 8,4 mg/kg konsentratsiyali tuproqda eng past - 13 sm bo'lishi aniqlandi. Cd ning zararli toksik tasirini kamaytirishda bakteriyalarning sezilarli tasirini o'simlik o sish parametrlari va biomassa miqdoridagi ozgarishlarida kuzatildi. 1-jadval. Cd ning turli konsentratsiyalarida o'stirilgan bug'doy poya va ildizining uzunligi

Poya uzunligi, sm

Cd mg/kg 0 2,4 4,2 "84- 0 2,4 - 8,2

Nazorat 22 19,6 16 13 22,5 19,6 16,5 12

A8 26 22 20 18 23 21 18 16

A10 29 24 18 16 24 22 18 16

A11 29 25 21 18 26 24 21 17

A8&A10& A11 33 27 24 21 30 27 25 19

Ildiz uzunligi, sm

Cd ning 8,4 mg/kg konsentratsiyali ' namunasida hech qanday bakteriya suspenziyasi qo'shilmagan holatda bugdoy poya va ildiz uzunligi mos ravishda 13, 12 sm hamda bakteriyalarning A11 shtammi suspenziyasi qo'shilgan namunada esa 18, 17 sm ni hosil qildi (1-rasm). Poya va ildiz uzunligi Cd ning 8,4 mg/kg konsentratsiyasidagi namunasida A3&A4&A7 bakteriyalar assosiasiyasi suspenziyasi qo'shilgan holatda mos ravishda 21, 19 smni tashkil etdi. Ma'lumki Bacillus cereus, B. atrophaeus, B. pumilus, B. amyloliquefaciens, B. tropicus, B. subtilis, B. halotolerans, B. vallismortis va Enterococcus mundtii bakterialari og'ir metallar bilan ifloslangan tuproqlardagi o'simliklarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish xususiyatlariga ega [25] Bu natijalardan shunday xulosa qilish mumkinki, Cd ning o'simlik o'sish parametrlariga zararli tasirini kamaytirishda bir necha bakteriyalar jamoasidan foydalanish maqsadga muvofiq.

A B

1-rasm. Cd turli konsentratsiyasida ostirilgan bug doy poyasi va ildizining umumiy ko'rinishi: A) Cd ning 2,4 mg/kg konsentratsiyasi; B) Cd ning 4,1 mg/kg konsentratsiyasi

3 ta shtammni oz ichiga olgan bakteriyalar assosiasiyasi suspenziyasi qollanilgan namunalardagi o'simliklar biomassasi, bitta bakteriya suspenziyasi qollanilgan variantlarga nisbatan yuqori natijani qayd etdi. Cd ionlarini tutmagan tuproqlarda A8&A10&A11 shtammlar assosiasiyasi suspenziyasi qo'llanilganda poya va ildizning hol vazni sezilarli darajada yuqori bo'lgan (0,69; 0,27 gr). Cd ning turli xil konsentratsiyalarini tutgan tuproqlarga shtammlar alohida qo'llanilganda, eng yuqori samaradorlikni A11 shtammi namoyon etdi, ya'ni Cd ning 2,4 mg/kg

kontsentrasiyasida poya vazni - G,55 gr va ildiz - G,18 gr bo'lishi kuzatildi. Cd ning 8,2 mg/kg konsentratsiyasida poya va ildizning eng kam vazni A1G shtammi suspenziyasi qo'llanilgan namunada qayd etildi.

Bug'doy poyasi va ildizining quruq biomassasi ham Cd konsentratsiyasi ortib borishiga proporsional ravishda kamayib borgan. Cd G mg/kg bo'lganda A8 kulturasi shtammi suspenziyasi inokulyatsiya qilinganda poyaning quruq biomassasi G,18 gr bo'lsa, Cd 8,2 mg/kg konsentratsiyada G,G4 gr ni tashkil etdi. Cd ning 8,2 mg/kg konsentratsiyasida nazorat variantidagi o'simlik ildizining quruq biomassasi G,G2 mg/kg ni, All kulturasi qo'shilganda ildizning quruq biomassasi 3 marta ortgani kuzatildi.

Natijalarga ko'ra xlorofill miqdori Cd konsentratsiyasi bilan teskari bog?liqlikka ega edi, ya'ni o'simliklarda eng yuqori bo'lgan (23,3) xlorofill miqdori G mg/kg Cd konsentratsiyasida va eng past (14,7) qiymat 8,4mg / kg Cd konsentratsiyasida qayd etilgan. Xlorofill miqdori turli xil Cd konsentrasiyalarida bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. o'simliklardan A8A1GA11 bakteriyalar suspenziyasi ta'sirida maksimal o'rtacha xlorofill miqdori (35,5) G mg/kg Cd konsentratsiyasida va (23,4) minimal xlorofill miqdori 8,4 mg / kg Cd konsentratsiyasida hech qanday bakterial suspenziya qo'llanilmagan variantda aniqlandi.

Bir qator tadqiqotlarda rizobakteriyalar tuproq toksinlari va ifloslantiruvchi moddalarni tuproqdan olib tashlashda hamda turli abiotik stresslar ostida o'simliklarning o'sishini rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi [12,13]. Bitta shtamm suspenziyasi o'simlikning biomassa hosil qilishini rag?batlantirgan bo'lsa-da, uchta shtamm jamoasi qo'llanilgandagi kabi yuqori samaradorlik kuzatilmadi. Bir nechta tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Klebsiella pnevmoniya va Klebsiella sp yuqori miqdorda indolyl-3-sirka kislotasi (ISK) kabi o'simliklarning o'sishini rag'batlantiruvchi fitogormonlar va o'simlik o'sishini etilenga bog?liq tartibga solish tizimining asosiy fermenti 1-aminosiklopropan-l-karboksilat-deaminaza (ASK-deaminaza) ishlab chiqarishi hosil bo'lgan yuqori biomassaga sabab bo'lishi mumkin [14]. Ba'zi mualliflar og'ir metallarning bioremediatsiyasida alohida olingan bitta shtammdan ko'ra bir nechta bakterial shtammlar qo'llanilishi samaraliroq bo'ladi deb ta'kidlashgan [15-17]. Klebsiella sp va Enterobacter sp ning yuqori Cd kontsentratsiyasiga chidash qobiliyati og'ir metallar bilan ifoslangan tuproqlarda o'simliklarning o'sishiga yordam beradi [12,18]. Ularning og'ir metallarga chidamliligi, metallarning toksikligi va metall turlarini o'simlik uchun kamroq zaharli va eruvchan shakllarga o'zgartirishi, o'simliklarning o'sishini rag?batlantirishi stress sharoitida ham o'simlik biomassasining ko'payishiga olib keladi. Tuproq mikroorganizmlari azotni tartibga solishda, o'simliklar va hayvon qoldiqlarini parchalash orqali yer ekotizimlarida uglerod aylanishida ham muhim rol o'ynaydi [19].

XULOSA

Tuproqda Cd konsentratsiyasi ortib borishi bilan, o'simlik o'sish parametrlari, shu jumladan o'simlik poya va ildiz uzunligi, ularning ho'l va quruq vazni sezilarli darajada kamayadi. Biroq, o'simliklar bakteriyalar suspenziylari bilan inokulyatsiya qilinganda o'lchangan o'sish parametrlari ortishi kuzatildi. Bakteriyalarni alohida va birgalikda (assosiasiyada) qo'llash natijasida o'simlik o'sish parametrlari va xlorofill miqdorida sezilarli farqlar aniqlandi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, metall konsentratsiyasining oksidativ stress ta'siriga qarshi bir nechta mikroorganizmlar suspenziyasini qo'llash yakka mikroorganizm suspenziyasini qo'llashga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekan. Og'ir metallarga nisbatan yuqori qarshilik va rezistentlikka ega bo'lgan

mikroorganizmlar va ularning sinergetik qobiliyatlaridan bioremediatsiya jarayonini amalga

oshirishda foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Bian Z, Sun L, Tian K, et al. (2021) Estimation of Heavy Metals in Tailings and Soils Using Hyperspectral Technology: A Case Study in a Tin-Polymetallic Mining Area. Bulletin of Environmental Contamination and Toxicology.

2. He Z, Xu Y, Yang X, et al. (2022) Passivation of heavy metals in copper-nickel tailings by in-situ bio-mineralization: A pilot trial and mechanistic analysis. Science of The Total Environment 838: 156504.

3. Usmonkulova A, Shonakhunov T, Kadirova G (2022) Activity of nitrogen-fixing cyanobacteria under salinity and heavy metals stress. Journal of Pharmaceutical Negative Results 13: 355-363.

4. Dad K, Nawaz M, Ibrahim M, et al. (2021) A Review on the Adverse Impacts of Cadmium on Ecosystem and its Refinement Strategies. Pakistan Journal of Agricultural Research.

5. Sizmur T, Richardson J (2020) Earthworms accelerate the biogeochemical cycling of potentially toxic elements: Results of a meta-analysis. Soil Biology and Biochemistry 148: 107865.

6. Zhou J, Zhang C, du B, et al. (2020) Effects of zinc application on cadmium (Cd) accumulation and plant growth through modulation of the antioxidant system and translocation of Cd in low- and high-Cd wheat cultivars. Environmental Pollution 265: 115045.

7. An FQ, Li HH, Zhao QQ, et al. (2020) Study on isolation, identification and lead biosorption capability of a lead-tolerant penicillium sp. Pb-g from contaminated soil. Applied Ecology and Environmental Research.

8. Yang YY, Zhang JX, Xiao X, et al. (2021) Speciation and Potential Ecological Risk of Heavy Metals in Soils from Overlapped Areas of Farmland and Coal Resources in Northern Xuzhou, China. Bulletin of Environmental Contamination and Toxicology.

9. Duraisamy P, Sekar J, Arunkumar AD, et al. (2020) Kinetics of Phenol Biodegradation by Heavy Metal Tolerant Rhizobacteria Glutamicibacter nicotianae MSSRFPD35 From Distillery Effluent Contaminated Soils. Frontiers in Microbiology.

10. Yankey R, Karanja JK, Okal EJ, et al. (2021) A consortium of plant growth-promoting rhizobacteria strains synergistically assists jujuncao (Pennisetum giganteum) to remediate cadmium contaminated soils. Applied Ecology and Environmental Research.

11. Badawy IH, Hmed AA, Sofy MR, et al. (2022) Alleviation of Cadmium and Nickel Toxicity and Phyto-Stimulation of Tomato Plant L. by Endophytic Micrococcus luteus and Enterobacter cloacae. Plants (Basel) 11: 2018.

12. Pramanik K, Mitra S, Sarkar A, et al. (2018) Alleviation of phytotoxic effects of cadmium on rice seedlings by cadmium resistant PGPR strain Enterobacter aerogenes MCC 3092. J Hazard Mater 351: 317-329.

13. Rajendran SK, Sundaram L (2020) Degradation of heavy metal contaminated soil using plant growth promoting rhizobacteria (PGPR): Assess their remediation potential and growth influence of Vigna radiata. L. International Journal of Agricultural Technology.

14. Gupta K, Chatterjee C, Gupta B (2012) Isolation and characterization of heavy metal tolerant Gram-positive bacteria with bioremedial properties from municipal waste rich soil of Kestopur canal (Kolkata), West Bengal, India. Biologia 67: 827-836.

15. Cao X, Luo J, Wang X, et al. (2020) Responses of soil bacterial community and Cd phytoextraction to a Sedum alfredii-oilseed rape (Brassica napus L. and Brassica juncea L.) intercropping system. Science of the Total Environment.

16. Mafiana MO, Kang X-H, Leng Y, et al. (2021) Petroleum contamination significantly changes soil microbial communities in three oilfield locations in Delta State, Nigeria. Environmental Science and Pollution Research.

17. Varjani S, Upasani VN, Pandey A (2020) Bioremediation of oily sludge polluted soil employing a novel strain of Pseudomonas aeruginosa and phytotoxicity of petroleum hydrocarbons for seed germination. Sci Total Environ 737: 139766.

18. Chakraborty S, Das S, Banerjee S, et al. (2021) Heavy metals bio-removal potential of the isolated Klebsiella sp TIU20 strain which improves growth of economic crop plant (Vigna radiata L.) under heavy metals stress by exhibiting plant growth promoting and protecting traits. Biocatalysis and Agricultural Biotechnology.

19. Ahmad M, Naseer I, Hussain A, et al. (2019) Appraising endophyte - Plant symbiosis for improved growth, nodulation, nitrogen fixation and abiotic stress tolerance: An experimental investigation with chickpea (cicer arietinum L.). Agronomy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.