SHO'RLANGAN TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA FITOMELIORANT SIFATIDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA) DAN FOYDALANISH 1Abduraxmanov I.A., 2Toshbekov U.
1,2Guliston davlat universiteti https://doi.ors/10.5281/zenodo.11181549
Annatatsiya. Maqolada shizilmiya yetishtirish tajribasi natijalari va uning har xil darajada sho'rlangan bo'z-o'tloqi tuproqlarning agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlariga va sug'oriladiganyerlarningmeliorativ holatiga shirinmiya o'simliginingfitomeliorativ ta'siri ko'rib chiqiladi. Shirinmiya o'simligi tuproqning umumiy fizik xossalarini yaxshilashi, minerallashgan sizot suvlari satxini pasaytirish hamda tuproqning ikkilamchi sho 'rlanishining oldini olishi, shu bilan birga yem-xashak va formokologik axamiyati xam takidlab o'tilgan.
Kalit so'zlar: Ikkilamchi sho'rlanish, sizot suvlari satxi, agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlar, melioratsiya, shirinmiya, unumdorlikni oshirish, fitomelioratsiya. farmakologik xom ashyo.
Abstract. The article considers the results of an experiment on licorice cultivation and its phytomeliorative effect on the agrophysical and agrochemical properties of saline gray-earth meadow soils of various degrees of salinity and ways of reclamation of irrigated lands. It was noted that licorice improves the general physical properties of the soil, reduces the level of mineralized groundwater and prevents secondary salinization of the soil, and its forage and formocological value is emphasized.
Keywords: secondary salinization, groundwater level, agrophysical and agrochemical properties, melioration, licorice, yield increase, Phytomelioration. pharmacological raw materials.
O'zbekistonda sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 million gektarni tashkil etadi, shundan 60 foizi turli darajada sho'rlangan va agrofizikaviy xossalari yomon. Shu sababli, ushbu yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish uchun ekologik toza, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va uni joriy etish talab etiladi Hozirgi kunda tuproqning ikkilamchi sho'rlanishiga qarshi kurashish, bunday yerlarning umdorligini oshirish va olinadigan mahsulot sifatini yaxshilashning samarali yo'llari va eng oqilona usullari doimiy ravishda izlanmoqda[2,3].
Mualliflar tamonidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida shuni qayd etish mumkinki, tuproq sho'rlanishini kamaytirish yoki ikkilamchi sho'rlanishning oldini olishda qo'llanishi mumkin bo'lgan kam xarjli usullardan biri o'simlik resurslaridan foydalanishdir. Bu o'rinda galofitlarning suvsizlikka chidamliligi, sho'rlangan tuproqlar sharoitida yuqori em-hashak, ozuqalik va dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan massani hosil qilish xususiyatiga egaligi, ulardan har xil darajada sho'rlangan va suv tanqisligiga ega bo'lgan muhitda foydalanishni taqazo etadi [3,4].
Bizga ma'lumki, sug'orish yer osti sizot suvlari sathining ko'tarilishiga va asosan tuproq yuza qatlamidan bug'lanishga sarflanishiga sharoit yaratib beradi, bu o'z navbatida tuproqda ikkilamchi sho'rlanishni yuzaga keltiradi va qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini pasaytiradi. Bunga qarshi kurashda an'anaviy va noan'anaviy ekinlardan foydalangan holda biologik melioratsiyani va xususan, fitomelioratsiyani kengroq qo'llash orqali yuqori samaraga erishish mumkin .
E.B.Dedov tamonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, sho'rlangan tuproqlarning fitomelioratsiyasi o'simliklaming turli xil hayotiy shakllarini (daraxtlar, butalar, ko'p yillik o'tlar) ekish va ekologik ixtisoslashuv kserofitlar, galofitlar, galokserofitlar, mezofitlar, gigrofitlar, freatofitlar kabi ekinlarni tanlashda ularning yashash muhitiga bo'lgan munosabatini, tuproqqa meliorativ ta'sirini, qishloq xo'jaligida mumkin bo'lgan foydalanishni hisobga olish kerak [1].
Bunday o'simliklar orasida shizilmiya - Glycyrrhiza glabra L. mavjud bo'lib, u eng qimmatbaho xom ashyo o'simliklariga tegishli. Shizilmiya eng qimmatli farmakologik xom ashyo bo'lib, uning ildizpoysidan tayyorlangan dorilar bir qator kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi bundan tashqari bu o'simlikdan qishloq xo'jaligida foydalanish uchun stimulyatorlar va fungitsidlar xam olinadi[3,4].
Tadqiqotlar 2020-2021 yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining har xil darajada sho'rlangan bo'z-o'tloqi tuproqlar sharoitida tanlangan G'alaba SIU tajriba maydonida olib boriladi va tadqiqot ob'ekti qilib har xil darajada sho'rlangan, sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlar olingan. Ushbu hududda tarqalgan bo'z-otloqi tuproqlarning haydalma va haydalma ostki qatlamlarida suvda oson eriydigan tuzlar 0,6-0,8% bo'lishi bilan ajralib turadi. Yer osti sizot suvlari chuqurligi 1,5-2,2 m. Tuproqning zichligi 1,40 - 1,46 g/sm3\ mexanik tarkibiga ko'ra yengil, o'rta va og'ir qumoqdan iborat bo'lib, tuproq propili bo'ylab pastdan yuqoriga tamon yengillashib boradi, zarrachalarning asosiy qismini yirik chang tashkil etadi, bu asosan ona jinsi bilan bog'liq.
Degradatsiyaga uchragan tuproqning biologik mahsuldorligini oshirishni taminlavchi muhim parametrlardan biri bu o'simlik ildiz tizimining jadal o'sishi va natijada tuproqda organik qoldiqlarning to'planishi hisoblanadi. Shizilmiya o'simligi tuproq qatlamining tuzilishini tiklash qobiliyatiga ega.. Shirinmiya yetishtirish natijasida tuproq qatlamining strukturasini tiklash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, shirinmiya uchun tajriba maydonida olib borilgan tadqiqotlar davomida tuproq zichligi 0-32 sm qatlamda 0,20, g/sm3 va metrda 0,06 g/sm3 ga kamaydi (1 - jadval).
Shirinmiyani yetishtirish kam va o'rtacha sho'rlangan bo'z -o'tloqi tuproqlarning umumiy g'ovakliligi va zichligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, uning fitomeliorativ axamiyatga ega ekanligini ko 'rsatadi.
Fenologik kuzatuvlarning ko'rsatishicha, yetarli namlik sharoitida, hattoki, o'rtacha sho'rlangan yerlarda ham shirinmiya ildizlari yaxshi rivojlandi. Shirinmiya freotofit bo'lganligi sababli namli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi, ildizi qanchalik jadal rivojlansa, yer ustki qismi ham shunchalik yaxshi rivojlanadi. Shirinmiya o'simligi hayotining 2-chi yilida, ildiz tizimining tez o'sishi sodir bo'ldi, shu bilan birga tajriba maydonining samarali qoplamasi 60% dan 90% gacha oshdi. Shirinmiya ildiz tizimining kirib borish chuqurligi (45-145 sm. hayot yiliga va tajriba variantiga qarab) oshib bordi. Ildiz tizimining sezilarli darajada o'sishi natijasida tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli agregatlari soni (0,25-10 mm) ko'payadi, bu esa tuproq zichligining pasayishiga va g'ovaklikning oshishiga olib keladi (1 - jadval).
1 - jadval
Tuproqning agrofizik ko'rsatgichlari dinamikasi
Qatlam chuqurligi, см. Tuproq qismi г/см3 qattiq zichligi, Zichlik, г/см3 G'ovaklik,
2020 2021 2020 2021 2020 2021
0-32 2,68 2,64 1,42 1,32 48,0 50,0
32-61 2,71 2,70 1,46 1,42 47,0 48,0
61-87 2,72 2,72 1,40 1,39 49,0 49,0
87-114 2,71 2,72 1,40 1,41 49,0 48,0
Tajriba maye
onlarida sizot suv c
;huqurligi yoz davrida 1,4 - 1,6 m., kuzda esa 2,1 - 2,65 m. atrofida o'zgarib, minerallashganlik darajasi 4 dan 6 g/l gachani tashkil qildi.
Sizot suv sathining kamayishiga shirinmiyaning ahamiyatini yana shunda ko'rsatish mumkinki, o'simlik ildiz qismi bilan sizot suvlarini tortib olib, yer ustki yashil massasi asosida bug'latishi bilan uning chuqurlashib borishini yuzaga keltirishi tuproqni yuza qatlamidan bug'lanishini kamaytirishga sabab bo'ladi. Shuningdek, yer ustki yashil massasi tuproq yuzasini qoplab olishi bilan ham suvni tuproq yuzasidan to'g'ridan to'g'ri bug'lanishini kamaytiradi.
2-jadval
Tuproq tarkibidagi suvda oson eruvchi tuzlar miqdorining tajriba o'tkazilgan yillar davomida o'zgarish miqdori, mg/ekv va % hisobida
Namun
Tajriba maydonlari a olingan qatlam, sm Quru q qoldi HCO3-, mg-ekv/100 g. SO42-, mg-ekv/100 g. Cl, mg-ekv/ 100 g. Na, mg-ekv/ 100 g. Ca, mg-ekv/100 g. Mg, mg-ekv/100g.
q, %
2020
1- 0-15 0,890 2,32 24,79 2,39 4,98 14,92 9,61
maydoncha 15-50 1,010 2,63 24,88 2,32 5,27 15,00 9,56
50-100 1,510 2,48 24,83 2,36 5,13 14,96 9,59
2- 0-15 0,910 0,85 10,9 2,76 3,48 6,48 4,55
naydoncha 15-50 1,300 1,35 15,63 2,65 4,38 9,16 6,09
50-100 2,160 1,35 15,63 2,65 5,34 14,8 12,19
2021
1- 0-15 0,841 0,44 10,85 1,26 10,00 6,29 2,06
maydoncha 15-50 0,779 0,39 10,47 0,76 12,17 8,58 2,38
50-100 0,638 0,39 10,47 0,76 12,17 8,58 2,38
2- 0-15 0,999 0,29 13,89 0,73 0,87 9,13 3,06
naydoncha 15-30 1,131 0,34 14,68 2,00 1,30 5,54 5,35
50-100 1,062 0,39 13,99 1,41 0,87 2,54 2,14
Bunda sizot suvlarining pasayishi bilan suvda eriydigan tuzlar ham tuproqning pastki qatlamlarida qoladi. Undan tashqari shirinmiyaning ustki yashil massasidan ikkinchi yildan boshlab chorva mollari uchun oziqa tayyorlash imkoniyati yuzaga keladi.
Tuproq sho'rlanishining 2020-2021 yillardagi solishtirma tahlillari ko'rsatishicha, suvda eruvchi tuzlarning 0-100 sm. qatlamdagi miqdori kamaygan.
Bu ko'rsatgich tadqiqotlarning dastlabki bosqichida o'rtacha quruq qoldiq bo'yicha 0,890
- 2,160 % atrofida o'zgarsa 2020 yilning oxiriga kelib ular 0,638 - 1,131 % gacha kamaygan (2.
- jadval)
Sho'rlanish tufayli foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta tiklashda shirinmiya o'simligidan foydalanish asosida olib borilgan tadqiqotlar quyidagi natijalarni berdi:
Birinchidan, shirinmiya ildizlari orqali sizot suvlarini tortib olib, yer usti yashil massasi orqali bug'latishi tufayli uning sathini pasaytirishi va tuproq yuza qatlamlaridagi suvda eruvchan tuzlar miqdorini kamaytiradi.
Ikkinchidan, shirinmiya ildizining farmakologik ahamiyatga egaligi, er ustki yashil massasidan oqsilga boy dag'al hashak tayyorlanishi bilan fermerlar uchun qo'shimcha daromad manbai hamda iqtisodiy va ekologik tomondan katta ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1. E. B. Dedov Qalmog'istonning sho'rlangan yerlarida uning agrofitotsenozini moslashtirishda sho'rlangan bug'doy o'tining fitomeliorativ mexanizmlarining ta'siri / /. Quyi Volga agrouniversitet majmuasi yangiliklari: fan va oliy kasb-hunar ta'limi.- Volgograd, 2012. 124-132b.
2. У.Тошбеков, И.Рахмонов. "Шурланган тупрокларда захдрли тузлар микдорининг узгаришига ширинмия усимлигининг таъсири", Узбекистон Аграр_фани_хабарномаси, №6/2(84),.2020, 221-224б.
3. У.Тошбеков, У.Газиев, И.Абдурахманов «Фитомелиорация орашаеемых сераземно-луговых почв», Узбекистон Аграр фани хабарномаси,. № 6(12\2) 2023йил. 191-192б.
4. U. Toshbekov, B. Xudayberdiyeva "Phyto melioration of irrigated Gray-Earth Meadovw soils", Texas jurnal of Agraculture and Biological Sicencis, https: \\ zienjournals. Com, 2023, 54-56p