DOI 10.5281/zenodo.10599440
Qilichev Z. T.
GulDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi o'qituvchisi
Qurbonova Ch. T.
GulDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi talabasi
SIRDARYO VILOYATI TABIIY SHAROITI VA UNING AHOLI
SALOMATLIGIGA TA'SIRI
Annotatsiya. Sirdaryo viloyati joylashgan geografik o'rni, rel'efi, iqlimiy xususiyatlari uning tabiiy sharoitini shakllantiradi. Tabiiy geografik sharoitlar, xususan nozoiqlimiy omillar (tuproq, suv, havo harorati, shamol tezligi) yig'indisi esa, bu erda yashovchi kishilar salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Respublikamiz iqlimidagi o'ziga xos jihatlardan biri - bu fasllar almashinuvidagi holatlardir. Har bir fasl o'z tabiiy xususiyatlari jihatidan muayyan kasalliklarning avj olishi, ayrimlarining kamayishi bilan farqlanadi. Jumladan, qish faslida havo harorati keskin pasayib ketishi oqibatida yuqumli kasalliklar birmuncha kamayadi, aksincha, kishilarda haroratdagi keskin o'zgarishlar oqibatida shamollash holatlari ortadi.
Kalit so'zlar: landshaft, nozoiqlimiy omillar, topologik, tabiiy sharoit, dasht, irrigatsiya eroziyasi.
Kilichev Z.T. teacher
"Ecology and Geography " department
GulSU Kurbanova Ch. T.
student
"Ecology and Geography" department
GulSU
NATURAL CONDITIONS OF SYRDARYA REGION AND ITS IMPACT
ON POPULATION HEALTH
Annotation. The geographical location of the Syrdarya region, relief and climatic features shape its natural conditions. The combination of natural and geographical conditions, especially non-climatic factors (soil, water, air temperature, wind speed) affects the health of people living here. One of the unique features of the climate of our republic is the change of seasons. Each season is distinguished by its natural characteristics: outbreaks of certain diseases and the decline of others. In particular, in the winter season, due to a sharp drop in air temperature, infectious diseases decrease somewhat; on the contrary, cases of colds in people increase due to sudden temperature changes.
Key words: landscape, non-climatic factors, topological, natural conditions, steppe, irrigation erosion.
Kirish. Aholi orasida tarqalgan kasalliklarni tarqalishi hududning joylashgan geografik o'rni va tabiiy sharoiti alohida ahamiyatga ega. Sirdayo viloyatidagi asosiy tabiiy geogarfik xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Hududining geografik o'rni 400 25' shimoliy kenglik va 680 40' sharqiy uzunlikda joylashgan;
2. Hududning okeandan uzoqligi 1000 km ekanligi iqlimini shakllanishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir;
3. Sirdaryo viloyati O'zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo'lib, Sirdaryoning chap qirg'og'idan boshlanuvchi Mirzacho'lning kattagina maydonni egallagan. Tabiiy sharoiti, rel'efi, asosan, to'lqinsimon tekislik bo'lib, janubidan shim. g'arbga pasayib boradi. Mirzacho'l dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Balandlik shimolida 230 m, markaziy qismida 400-450 m, janub va janubi g'arbda 600-650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, cho'kindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Sho'ro'zak, Mirzaobod, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil bo'lgan, ba'zi joylarini ko'l, botqoq va sho'rxok erlar egallagan.
Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, cho'l o'zlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bog' va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor erlar va yaylovlardan iborat. Ob-havosi keskin o'zgaruvchan va quruq. Yillik o'rtacha temperaturasi 14°. Yanvarning o'rtacha temperaturasi shimolida -6°, janubida -2°. Qishda havo tez soviydi va harorat -30° gacha (Gulistonda -35°) pasayadi. Ba'zan, qish o'rtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech ko'klamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib, o'simlikning o'sish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning o'rtacha temperaturasi 27-29°. Yozda temperatura 32-45° gacha ko'tariladi. Ko'pincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va o'simliklar rivojlanishiga yomon ta'sir qiladi.
Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yog'in 180-220 mm, asosan, qishda yog'adi. Yozda kuchli bug'lanish sababli er osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprog'ini sho'r bosadi. Noyabrdan martgacha tez-tez esib turadigan "Bekobod shamoli" tezligi 20-25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga etadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan g'o'zalarni ba'zan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan bo'z tuproq bo'lib, kam va o'rtacha sho'rlangan, mexanik tartibiga ko'ra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda sho'rxok va sho'rxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuqurligi 5-6 m. SHo'ro'zak massivida, hali o'zlashtirilmagan pastqam joylarda sho'rxoklar keng tarqalgan. Sug'oriladigan erlarning 32% sho'rlangan, 25% kuchsiz sho'rlangan, 16% sho'rxoklardan ibo rat.
Sirdaryo viloyati joylashgan geografik o'rni, rel'efi, iqlimiy xususiyatlari uning tabiiy sharoitini shakllantiradi. Tabiiy geografik sharoitlar, xususan nozoiqlimiy omillar (tuproq, suv, havo harorati, shamol tezligi) yig'indisi esa, bu erda yashovchi kishilar salomatligiga ta'sir ko'rsatadi. Respublikamiz iqlimidagi o'ziga xos jihatlardan biri - bu fasllar almashinuvidagi holatlardir. Har bir fasl o'z tabiiy xususiyatlari jihatidan muayyan kasalliklarning avj olishi, ayrimlarining kamayishi bilan farqlanadi. Jumladan, qish faslida havo harorati keskin pasayib ketishi oqibatida yuqumli kasalliklar birmuncha kamayadi, aksincha, kishilarda haroratdagi keskin o'zgarishlar oqibatida shamollash holatlari ortadi.
Iqlimning global va regional o'zgarishlari O'zbekiston hududida Shuni ko'rsatmoqdaki, 20-30 yillarda respublikamizda o'rtacha yillik haroratshimoliy hududlarda 2-30° C ga, janubiy mintaqalarda esa 100 S ga ko'tarilishikutilmoqda (Chub V. E., 2003). Bu esa ayrim xastaliklarning avj olishiga sabab bo'ladi. Qishning iliq kelishi tufayli aholi orasida Shu fasl bilan bog'liq kasalliklar (shamollashlar) kamaysada, biroq bahor kelishi bilan yuqumli kasalliklar salmog'i keskin ortadi. Qish faslida respublikamiz aholisi orasida nafas olish a'zolarining shamollashi bilan bog'liq yuqumli kasalliklar, poliartrit, havo-tomchi yuqumli kasalliklar (gripp, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko'p uchraydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, havodagi kislorod miqdori, havo bosimi, harorat va namlikning o'zgarishi gipertoniya (qon bosimining ko'tarilishi) kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog'liq turli asoratlarni vujudga keltiradi. Ma'lumotlar Shuni ko'rsatadiki, qishda O'zbekistonda ob-havoning keskin o'zgarib turishi tufayli aholi orasida xastaliklar salmog'i ortadi, xususan, barometrik bosimning kunlik o'rtacha miqdori sezilarli ravishda o'zgarib turadi. Insult bilan og'rigan bemorlarning soni aynan Shu bosim pasayganda ko'payishi qayd qilingan. Atmosferadagi kislorod miqdori asosan havo bosimi, harorat va namlikka bog'liq. Kislorod miqdorining oshishi yilning sovuq davrida sodir bo'ladi. Bu hol gipertoniya xastaliklari va miya insultlarining ko'payishiga ta'sir ko'rsatadi (Rafiqov A., Azimov SH., 2000). Bahor faslida o'rtacha sutkalik harorat 5oS dan yuqori bo'ladi. Bu fasl respublikamizda sernam hisoblanib, uning tekislik qismida yillik yog'inning 4043 foizi, tog' oldi hududlarida esa 40-50 foizi Shu faslga to'g'ri keladi. Bahorda kunlarning birdan isib ketishi mamlakatimizda epidemiologik jihatdan zaruriy chora-tadbirlarni talab etadi. CHunki, mazkur holat ko'pgina yuqumli-parazitar xastaliklarning rivojlanishiga imkon tug'diradi. Bu davrda mamlakatimizning ayniqsa tog' va tog' oldi tumanlarida, Shuningdek, ko'proq chorvachilikka ixtisoslashganmintaqalarida quturish, brutsellyoz, qizamiq singari yuqumli kasalliklar keng uchraydi.
Ushbu kasalliklarning barchasi uchun ko'proq bahor fasli uyg'onish davri hisoblanadi. Ba'zi yillari mamlakatimizda yoz faslida harorat nihoyatda ko'tarilib, hatto ayrim hududlarda 480 S ga ham etadi. Bu hol respublika mintaqalariaholisi orasida qon aylanish tizimi bilan bog'liq xastaliklarning avjolishiga sabab bo'ladi. Atmosferada kislorod miqdorining kamayishioqibatida
kishilarning kayfiyati, asab tizimi va ichki a'zolarining faoliyati o'zgaradi, ishtahasi pasayadi, modda almashinuvi bilan bog'liqjarayonlar buziladi va ichak yuqumli xastaliklarga chalinish holatlari kuchayadi.
Iqlim sharoitining aholi salomatligiga ta'sirini o'rganish tabiiy muhitning tibbiy-geografik xususiyatlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Turli davrlarda Rusanov V. I, Bashalxanova L. B, Loginov V. F, Isaev A. A, Arkhipova I. V va boshqalar iqlimning inson salomatligiga ta'sirini o'rganishdi [22]. Iqlim sharoitlari orasida Sirdaryo viloyatida aholi orasida kasalliklarni tarqalishiga ta'sir etuvchi omillar sifatida suvning geokiyoviy tarkibi kuchli shamol kunlar soni, yanvar va iyul oylarida shamol tezligi, o'rtacha yillik havo harorati, yanvar va iyul o'rtacha harorat, yuqori namlik qayd etilgan kunlar soni, yomg'irli kunlar soni, bulutli kunlar soni, qishda ob-havoning qattiqligi, atmosfera qurg'oqchiligi kunlari soni iqlim sharoitlarining aholi salomatligiga ta'sirini o'rganish tabiiy muhitning tibbiy va geografik xususiyatlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Arkhipova I. V ishida Oltoy o'lkasining iqlimiy qulayliklari va alohida iqlim sharoitlarining taxminiy ko'rsatkichlari keltirilgan. Ob-havoning qattiqligini baholash uslubiga ko'ra, > 3, 5 qattiqlik ko'rsatkichi bo'lgan iqlim sharoitlari "qattiq" (Arkhipova, 2006) deya tavsiflanadi. [3]. Bioklimatalogiya bo'yicha sovuq mavsumda odamning issiqlik holati asosan past havo harorati va o'rtacha shamol tezligi bilan belgilanadi. Bu omillar tahliliy natijasidan tananing himoyalanmagan qismlarining sovishi, nafas olish organlari kasalliklari, insult kabi kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi hamda sohilbo'yi hududlarda nisbiy namlik va sovuq harorat turli stress holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Ob-havoning qattiqlik darajasi o'rganiladi va turli usullar yordamida aniqlanadi. Bular orasida eng keng ko'p qo'llaniladigan usul Bodman usuli bo'lib, ob-havoning qattiqlik darajasi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: S = (1 - 0, 04* t) *(1 + 0, 272* v) bu erda S-qattiqlik ko'rsatkichi, ball t-havo harorati v- o'rtacha shamol tezligi
Bodman formulasiga ko'ra, S<1, bo'lsa qish qattiq emas, yumshoq;1 -2 past qattiqlikdagi qish; 2-3 o'rtacha qattiq; 3-4 qattiq; 5-6 juda qattiq; 6 yuqori qattiqlik ballari orqali ifodalanadi [22].
Sirdaryo viloyatida olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, hududda ob havo qattiqlik darajasiga ko'ra, ikkita nozoiqlimiy okrukka ajaraladi. Bular:
1. Janubiy-g'arbiy okrug-Yangiyer, Guliston, SHirin shaharlari hamda Xovos, Guliston va Boyovut ma'muriy birliklari jamlangan nozoiqlimiy o'lka. Bu hududda ob havoning qattiqlik darajasi eng yuqori r-5. 59 ga teng bo'ldi va bu ball Bodman usuliga ko'ra qishning bu okrugda juda qattiq ekanlini ko'rsatadi. Bu o'lkada yanvar oyining eng past kunlik harorati -5. 7 gradus, iyul oyining o'rtacha haraorati +29. 3 gradus C, shamolning o'rtacha tezligi 17-20 m/s eng yuqori tezlik 30-35 m/s ni havoning o'rtacha nisbiy namligi 40-55% ni tashkil etadi. Bunday iqlimiy tabiiy sharoitda aynan Shu hududlarda yashovchi aholi
orasida eng ko'p uchrivchi kasallik turlari qon bosimi, nafas olish azolari kasaliklari, jumladan branxit, surunkali va aniqlanmagan bronxit, emfizema, bodomsimon bezlar va adenoid surunkali kasalliklar ulushi yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. (1-rasm.)
1-rasm. Sirdaryo viloyatida 2020-yilda nafas olish a'zolari kasalliklar bilan ro'yhatga olingan bemorlar(hududlar kesimida)
SHimoliy-sharqiy okrug-Sirdaryo meteorologik stansiyasi hududiga tegishli Sirdaryo, Sayxunobod, Oqoltin, Sardoba, Mirzaobod tumanlarini o'z ichiga oladi. Bu okrugning ob-havo qattiqlik ko'rsatkichi Bodman formulasiga asoslangan holda eng yuqori r-3. 4 ko'rsatkich bilan baholandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axmedov A. U., Abdullaev S. A., Parpiyev G'. T. Tuproqlarning meliorativ holati. To'plam. Sirdaryo va Jizzax viloyatining sug'oriladigan tuproqlari. T., «Fan», 2005. B. 122-157.
2. Alimqul o'g'li U. O., Muhammadjon o'g'li I. X. SIRDARYO VILOYATI QISHLOQ XO'JALIGINING BUGUNGI RIVOJLANISH HOLATI //SHARQ FALSAFASI. - 2023. - С. 213.
3. O'G'Li U. O. A. Nozoekologik holat va sog'lomlashtirish maskanlarini joylashtirish muommolari (Jizzax viloyati misolida) //Ta'lim fidoyilari. - 2022. -№. 19. - С. 172-177.
4. Tovbayev G. SIRDARYO VILOYATI IQLIMINING GEOGRAFIK-METEOROLOGIK TAHLILI //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-2 (109). -С. 535-544.
5. Qilichev Z. SIRDARYO TURIZMI HAQIDA //Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar. - 2022. - Т. 1. - №. 20. - С. 4-7.