Научная статья на тему 'IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA TEKISLIK MINTAQASI SHAHARLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY O’ZBEKISTON MISOLIDA)'

IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA TEKISLIK MINTAQASI SHAHARLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY O’ZBEKISTON MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
78
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy sharoit / tabiiy resurs / tabiiy komponentlar / iqlim / shahar / demografik salohiyat / urbanizatsiya / shaharcha / kichik shahar / resurs shaharlar / natural conditions / natural resource / natural components / climate / city / demographic potential / urbanization / town / small city / resource cities

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbonov P.R.

Ushbu maqolada bugungi global iqlim o’zgarishi sharoitida tabiiy komponentlar va tabiiy resurslarning shaharlar rivojlanish jarayoniga ta’siri Janubiy O’zbekiston tekislik mintaqasi misolida tahlil qilingan. Bunda asosiy tabiiy komponet sifatida iqlim omilining ta’sirini baholash va shaharlar rivojlanish jarayonlariga iqlim o’zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE CITIES OF THE PLAIN REGION UNDER THE CONDITIONS OF CLIMATE CHANGE (IN THE EXAMPLE OF SOUTH UZBEKISTAN)

This article analyzes the influence of natural components and natural resources on the process of urban development in the context of today's global climate change on the example of the plain region of South Uzbekistan. In this, proposals and recommendations are given to assess the impact of the climate factor as the main natural component and to reduce the negative impact of climate change on urban development processes.

Текст научной работы на тему «IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA TEKISLIK MINTAQASI SHAHARLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY O’ZBEKISTON MISOLIDA)»

Qurbonov P.R. geografiya fanlari nomzodi, dotsent Qarshi davlat universiteti doktoranti

IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA TEKISLIK MINTAQASI SHAHARLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY

O'ZBEKISTON MISOLIDA)

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi global iqlim o 'zgarishi sharoitida tabiiy komponentlar va tabiiy resurslarning shaharlar rivojlanish jarayoniga ta'siri Janubiy O'zbekiston tekislik mintaqasi misolida tahlil qilingan. Bunda asosiy tabiiy komponet sifatida iqlim omilining ta 'sirini baholash va shaharlar rivojlanish jarayonlariga iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini kamaytirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy sharoit, tabiiy resurs, tabiiy komponentlar, iqlim, shahar, demografik salohiyat, urbanizatsiya, shaharcha, kichik shahar, resurs shaharlar.

Kurbanov P.R., candidate of geography

associate professor Doctoral student Karshi State University

CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE CITIES OF THE PLAIN REGION UNDER THE CONDITIONS OF CLIMATE CHANGE (IN THE EXAMPLE OF SOUTH UZBEKISTAN)

Abstract. This article analyzes the influence of natural components and natural resources on the process of urban development in the context of today's global climate change on the example of the plain region of South Uzbekistan. In this, proposals and recommendations are given to assess the impact of the climate factor as the main natural component and to reduce the negative impact of climate change on urban development processes.

Key words: natural conditions, natural resource, natural components, climate, city, demographic potential, urbanization, town, small city, resource cities.

Hozirgi geoekologik sharoitda shaharlarning milliy iqtisodiyotdagi rolini e'tiborga olgan holda, ularda sanoat korxonalari joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanishning amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan foydalanish alohida hududlarning iqtisodiy samarodorligini oshirish bilan birga, ulardagi mehnat va xom ashyo resurslarining ishga solinishi mavjud shaharlarning kengayib borishi va yangi shaharlar tashkil

topishida muhim o'rin tutadi. Biroq, bunday vaziyatda tabiatning ta'sirini faqatgina bir tomonlama baholamaslik lozim. Masalan turli xil agrotexnik va meliorativ tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida shahar hududidagi tabiiy landshaftlar o'zgarib boradi va madaniy landshaft turlari shakllanadi. Bu o'zgarishlar ayniqsa yirik shaharlar va ular atrofida yaqqol namoyon bo'lib, ularda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, xo'jalik oborotiga kiritish dolzarb masalalardan hisoblanadi (xususan, tog' kon sanoati rayonlarida).

O'z o'rnida tabiiy sharoit, ya'ni joyning relefi, iqlim, tuproq, yer usti va grunt suvlari, seysmik holati shaharlar to'g'ri va aholi joylashuviga, arxitektura-loyihalashtirish ishlarining olib borilishiga, aholi punktlarining tashqi qiyofasiga ta'sir qilsa, tabiiy resurslar foydali qazilma konlari, gidroenergiya, rekreatsiya, fitoresurslar shahar manzilgohlarda sanoat tarmoqlarining shakllanishida ijobiy rol o'ynaydi. Shuningdek tabiiy sharoitning qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvida yetakchi o'rin tutishi, ushbu tarmoq mahsulotlarini asosan shahar joylarda qayta ishlanishi ham shaharlar rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, respublikada yetishtiriladigan paxta, pilla, meva, qorako'l va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari qayta ishlash uchun shaharlarga yuboriladi hamda ular agroindustrial markaz sifatida rivojlanib boradi.

Tabiiy sharoitni shaharsozlik nuqtai nazaridan o'rganishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish va umumlashtirilgan xulosalar berish, shaharlarda murakkab infratuzilma va xo'jalik tarmoqlarini joylashtirishda ahamiyati katta. Shaharlar rivojlanishining tabiiy geografik jihatlari bilan sobiq Ittifoq iqtisodiy geograflari V. V. Pokshishevskiy (1952, 1963), Yu.G. Saushkin (1953), V.V. Vladimirov, A.S. Kryukov (1963), A.M. Kolotiyevskiy (1962), mamlakatimiz olimlaridan N.V. Smirnov, T. Raimov, A. Soliyev, G'. Pardayev, A.Soatov va boshqalar shug'ullanishgan. Ularning ilmiy ishlarida ayrim shaharlar shakllanishiga tabiiy geografik tavsif, shaharlarning geomorfologiyasi va mikro iqlimiga ta'rif berilgan. Ammo respublikani shaharsozlik nuqtai nazardan tabiiy rayonlashtirish ishlari global iqlim o'zgarishlarini hisobga olgan holda mukammal darajada yakunlanmagan. Buning uchun iqtisodiy va tabiiy geograflar, iqlimshunoslar, gidrologlar, geologlar, geomorfologlar va boshqa tegishli soha vakillari birgalikda tabiiy sharoit holatini tadqiq qilgan holda hududni shaharsozlik maqsadida tabiiy rayonlarga ajratish shaharlarni to'g'ri joylashtirish va rivojlantirishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar shaharlar shakllanishi va rivojlanishining eng asosiy omili sanaladi. Qadim zamonlarda ham shaharsozlikda joyning tabiiy sharoiti hisobga olingan. Shahar manzilgohlari yoki qo'rg'onlar harbiy-strategik jihatdan qulay bo'lgan tepaliklarda, qattiq tog' jinslaridan iborat bo'lgan daryo qirg'oqlarida, serhosil allyuvial tuproqli yerlarda, sug'orma dehqonchilik madaniyati bilan bog'liq shaharlar daryolarning quyilish qismida joylashgan. Ana shunday tabiiy sharoiti qulay bo'lgan hududlarda joylashgan shaharlargina zamonlar silsilasiga dosh berib hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. Ayni vaqtda, u yoki bu tabiiy geografik komponentlarning

noqulayligi yoki ularni e'tiborga olinmasligi sababli qator qadimiy shaharlar (Nasaf, Tuproqqal'a, Pop, Axsi va boshqalar) vayronaga aylangan.

Shaharsozlik nuqtai nazaridan eng avvalo joyning relefi, iqlimi yer usti va yer osti suv manbalarining ta'siri va ahamiyati juda katta. Shunga o'xshash tabiiy landshaft xususiyatlari va ularning aholi punklarining vujudga kelishi, arxitektura planirovkasiga ta'siri kabi munosabatlarini urboekologiya o'rganadi [1].

Ma'lumki, tabiiy komponentlar orasida eng muhim omillardan biri iqlim hisoblanadi. Iqlimning shaharlar tashkil topishi va rivojlanishida ta'siri yuqori bo'lib, bunda ayniqsa, havo harorati va namligi, shamol rejimi va yo'nalishi, atmosfera yog'inlari singari iqlimning eng muhim elementlarining o'rni katta. Respublika iqlimining shakllanishida eng asosiy omil quyosh radiatsiyasi bo'lib, ushbu omil iqlimshunos olimlar tomonidan mamlakatimiz xududini cho'l-dasht, tog' oldi, tog' iqlim zonalariga ajaratilishida ham asosiy mezon sifatida xizmat qilgan. Binobarin, joyning iqlim xususiyatlari shaharsozlikda qurilish materiallarining turlariga, binolarining pastbalandligiga, shahar ko'chalarining yo'nalishiga ta'sir etadi. Shu bilan birga, sanoat mujassamlashuv darajasining va aholi zichligining yuqoriligi bois, shaharlarda, ayniqsa yirik shaharlarda o'ziga xos mikro iqlim shakllanadi. Mazkur jihatni Samarqand shahri iqlimi misolida G'. Pardayev o'zining nomzodlik dissertatsiyasida yoritib bergan (Pardayev G'., 1977). Tabiiyki, O'zbekiston Respublikasi kabi keskin kontinental iqlim mintaqasida joylashgan davlatlarda aholi joylashuvi, sanoat, qishloq xo'jaligini kabi iqtisodiyot sohalarining normal faoliyat yuritishi yog'inlar miqdori va namlik katta ahamiyat kasb etadi. Suv manbalari, xususan tekislik (cho'l) hududlarida shaharlarning joylashishi va vujudga kelishiga yanada kuchliroq ta'sir etadi. Qolaversa, bunday sharoitda hududning iqtisodiy negizini nafaqat shaharlar va yo'llar (Baranskiy N.N.,1980), balki gidrografik to'r ham belgilab beradi. Gidrografik omilda daryo va soylar, ularning gidrografik rejimi, o'zani, qiyaligi, uzunligi va havzasining eni, oqim tezligi, suv hajmi kabilar joyning demografik sig'imini, shaharlarning katta - kichikligini belgilab beradi. Janubiy O'zbekiston shaharlari ham aynan ushbu gidrografik omillar asosida shakllangan. Janubiy O'zbekiston tekislik zonasini tabiiy xo'jalik nuqtai nazardan farq qiluvchi Sandiqli cho'li, Quyi Qashqadaryo va Surxon Sherobod zonachalariga ajratiladi. O'z navbatida, Quyi Qashqadaryo va Surxon Sherobod tekislik kichik zonalari qadimdan sug'oriladigan daryo vodiylari hamda qishloq xo'jaligida yangi o'zlashtirilgan yerlarni (Qarshi va Surxon Sherobod cho'llari) o'z ichiga oladi. Mazkur zona yer usti tuzilishi, ba'zi qoldiq tog'lar va platolarni hisobga olmaganda, deyarli tekis bo'lib, u Qashqadaryo viloyatida g'arbdan sharqqa, Surxondaryo viloyatida janubdan shimoli - sharqqa ko'tarilib boradi. Qarshi va Sherobod cho'llaridagi yerlar meliorativ holatining yomonlashuvi yer osti suvlari va ularning minerallashuv darajasining ko'tarilib borishiga, pirovardida tuproqning ikkilamchi sho'rlanishiga olib kelmoqda. Bunday tuproqlardan shaharsozlikda binokorlik materiallari sifatida ham foydalanib bo'lmaydi. Tekislik zonasining qadimdan foydalaniladigan qismi mintaqaning daryo

vodiylariga to'g'ri kelganligi bois suv taqchilligi sezilmagani holda, uning yangi o'zlashtirilgan hududlarida doimiy oqar suvlarning deyarli yo'qligi aholi va qishloq xo'jaligining suvga bo'lgan talabini asosan kanallar va suv omborlari hisobiga qondirilishiga olib keladi. Ammo hozirgi vaqtda Qarshi cho'li (Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Kasbi) tumanlarida suv, ayniqsa toza ichimlik suvi muammosi keskinlashib bormoqda.

Jadval

Janubiy O'zbekiston shahar aholi manzilgohlarining tekislik (500

Hududlar Jami shahar joylar Shu jumladan, tekislik mintaqasi bo'yicha:

Soni, ta Aholisi, Jami shahar Jami shahar aholisi

ming kishi joylarga nisbatan soniga nisbatan

soni foizda ming kishi foizda

Janubiy 249 2508,4 162 65,1 1640,5 65,4

O'zbekiston

Surxondaryo 120 1016,8 95 79,1 562.9 75,2

viloyati

Qashqadaryo 149 1491,6 67 51,9 636.0 57.9

viloyati

Jadval statistik ma'lumotlar asosida muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.

Janubiy O'zbekiston tabiiy geografik o'rnini shaharsozlik nuqtai nazardan qulay yoki noqulay ekanligini belgilashda uning yer usti tuzilishi, relefi bilan birga hududning foydali qazilma konlari bilan qanday ta'minlanganligi ham katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, shaharlarning ikki asosiy shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi (ichki yo'lovchi transporti, shahar aholisiga xizmat qiluvchi tarmoqlar) funksiyalari mavjud. Shahar hosil qiluvchi omillarga transport, ilmu-fan, dam olish maskanlari, bank-moliya, har xil foydali qazilmalari konlari, turizm kabilar kiradi. Ular orasida tabiiy sharoit va resurslar omili eng muhimi bo'lib, ushbu omil asosida shakllangan shaharlar "resurs shaharlar" deb ataladi.

Umuman olganda, tekislik zonasida kuchli zilzilalar va sel hodisalarining kamdan-kam kuzatilishi, katta miqdorda mineral xom ashyo zahiralarining aniqlanganligi, yer ustining tekisligi shaharlar shakllanishiga ijobiy ta'sir etsa, ichimlik suv manbalarining yetarli emasligi, iqlimning turli noqulayliklari bunga aks ta'sir qiladi.

Ayni vaqtda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining cho'l zonasi, ya'ni Qarshi va Surxon Sherabod cho'llari namgarchilik va suv resurslarining yetishmasligi sababli aholi joylashuvi va shaharsozlik nuqtai nazardan qulay emas. Xususan, global iqlim o'zgarishi natijasida tobora isib borayotgan hududning jazirama issiq va quruq havosi shaharlar qurilishi va aholi yashashi uchun katta qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda[2]. Shaharlardagi yashil

maskanlar va daraxtzorlar maydonining qisqarib borishi, keng ko'lamli qurilish ishlari, avtomobillar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazining miqdori ortib borishi Termiz, Qarshi, Muborak, Koson, Yangi-Nishon va boshqa shaharlarda yoz oylarida harorat rekordlari har yili yangilanib bormoqda. Bu esa tekislik hududlarda joylashgan shaharlarning investion jozibadorligi, ichki qishloq-shahar migratsiya jarayonlariga, pirovardida iqtisodiy rivojlanishi va aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida, butun respublikada, jumladan Janubiy O'zbekiston shahar manzilgohlarida quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- issiqxona gazlarini kamaytirish uchun birinchi navbatda yirik ishlab chiqarish korxonalarini shahar atrofiga ko'chirish, sanoat korxonalarida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik toza transport vositalarini ko'paytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay bo'lgan veloyo'lakchalar tashkil etish;

- ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish orqali shaharlarning qulay mikroiqlimini yaratish, tabiiy drenaj hisoblangan ko'p yillik daraxtlar kesilishini mutlaq taqiqlash;

- suv resurslaridan oqilona foydalanish, kanalizatsiya va sug'orish tizimlarida suvni qayta ishlab foydalanishni yo'lga qo'yish;

- energiyatejamkor, resurstejamkor, chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalardan foydalanishni joriy etish ya'ni yashil iqtisodiyotga o'tishni tezlashtirish;

- qayta tiklanuvchi energiya manbalari

- quyosh, shamol energiyalaridan foydalanish orqali atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini oldini olish orqali iqlim o'zgarishlari oqibatlarini ma'lum bir darajada kamaytirish mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Владимиров В. В., Микулина Е. М., Яргина З. Н. Город и ландшафт: (проблемы, конструктивные задачи и решения). - М.: Мысль, 1986. - 238 с.

2. бурбонов П.Р. Жанубий Узбекистонда урбанизация жараёнлари. Монография. -Т.: «МЦМТО/ SOZ». 2019 йил. - 180 б.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti. www.stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.