Научная статья на тему 'TARIXIY SHAHARLARNI QAYTA QURISH VA SHAHARSOZLIK JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

TARIXIY SHAHARLARNI QAYTA QURISH VA SHAHARSOZLIK JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
1254
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaharsozlik / var / Ark shahriston / robot / konsentrik / kompleks / klassifikatsiya / magistral. / urban planning / var / arc shahristan / robot / concentric / complex / classification / trunk.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Toshpulatova, Barchinoy Ravshanovna, Nurmatov, Doniyor Olimjon Ugli, Juraboyev, Asilbek Tolibjon Ugli

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy shaharlar, ularni qayta qurish jarayonlari, tarixiy joylarning me’moriy qiyofasi o’zgarishi jarayonida tarixiy ko‘cha va maydonlarni yangilash zarurati hamda tarixiy mahallalarni qayta qurishdagi loyihalash muammolari o‘rganilib chiqilgan va mulohazalar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECONSTRUCTION OF HISTORICAL CITIES AND IMPROVEMENT OF URBAN PLANNING PROCESSES

This article examines and comments on historical cities in Uzbekistan, the process of their reconstruction, the need to renovate historic streets and squares in the process of changing the architectural appearance of historical сites, as well as design problems in the reconstruction of historic neighborhoods.

Текст научной работы на тему «TARIXIY SHAHARLARNI QAYTA QURISH VA SHAHARSOZLIK JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 3 Published: http://alferganus.uz

Citation:

Volume: 2 31.03.2022

Toshpulatova, B. R., Nurmatov, D.O., Juraboev, A. T. (2022). Reconstruction of historical cities and improvement of urban planning processes. SJ

International journal of theoretical and practical research, 2 (3), 81-87.

Toshpo'latova, B.R., Nurmatov, D.O., Jo'raboyev, A.T. (2022). Tarixiy shaharlarni qayta qurish va shaharsozlik jarayonlarini takomillashtirish. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 81-87.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503641

DOI 10.5281/zenodo.G503641

ISSN 2181-2357

T. 2. №3. 2022

ISJIF 2022:5.962 QR-Article

Barchinoy Ravshanovna, Toshpulatova

assistant Department of Architecture, Fergana Polytechnic Institute

Doniyor Olimjon ugli, Nurmatov

assistant Department of Architecture Fergana Polytechnic Institute

Asilbek Tolibjon ugli, Juraboyev

Department of Architecture Basic

Doctorate, Fergana Polytechnic Institute UDC 721.021

RECONSTRUCTION OF HISTORICAL CITIES AND IMPROVEMENT OF URBAN PLANNING PROCESSES

Annotation: This article examines and comments on historical cities in Uzbekistan, the process of their reconstruction, the need to renovate historic streets and squares in the process of changing the architectural appearance of historical cites, as well as design problems in the reconstruction of historic neighborhoods.

Keywords: urban planning, var, arc shahristan, robot, concentric, complex, classification, trunk.

TARIXIY SHAHARLARNI QAYTA QURISH VA SHAHARSOZLIK JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Barchinoy Ravshanovna, Toshpo'latova

"Arxitektura" kafedrasi assistenti Farg'ona politexnika instituti

Doniyor Olimjon o'g'li, Nurmatov

"Arxitektura" kafedrasi assistenti Farg'ona politexnika instituti d. nur m at ov@ferpi. uz

@ ©

81

Asilbek Tolibjon o'g'li, Jo'raboyev

"Arxitektura" kafedrasi tayanch doktaranti, Farg'ona politexnika instituti

Anotatsiya: Ushbu maqolada O 'zbekiston hududida joylashgan tarixiy shaharlar, ularni qayta qurish jarayonlari, tarixiy joylarning me'moriy qiyofasi o'zgarishi jarayonida tarixiy ko'cha va maydonlarni yangilash zarurati hamda tarixiy mahallalarni qayta qurishdagi loyihalash muammolari o'rganilib chiqilgan va mulohazalar kiritilgan. Kalit so'zlar: shaharsozlik, var, Ark shahriston, robot, konsentrik, kompleks, klassifikatsiya, magistral.

РЕКОНСТРУКЦИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ГОРОДОВ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГРАДОСТРОИТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА

Барчиной Равшановна, Тошпулатова

ассистент кафедры Архитектуры, Ферганский политехнический институт

Дониёр Олимжон угли, Нурматов

ассистент кафедры Архитектуры, Ферганский политехнический институт

Асилбек Толибжон угли, Журабоев

аспирант кафедры Архитектуры, Ферганский политехнический институт

Аннотация: В данной статье рассматриваются исторические города Узбекистана, процесс их реконструкции, необходимость обновления исторических улиц и площадей в процессе изменения архитектурного облика исторических объектов, а также проблемы проектирования при реконструкции исторических кварталов.

Ключевые слова: градостроительство, вар, Арк шахристан, рабат, концентрический, комплекс, классификация, магистраль.

Tarixiy shaharlarni qayta qurish jarayonlarini takomiüashtirish mavzusini yoritishdan avval shaharsozlik tushunchasini keltirib o'tish maqsadga muvofiq.Shaharsozlik (shahar qurish) me'morlikning yirik sohasi, shahar bunyod etish nazariyasi va amaliyoti aholi yashaydigan hududlar (turar joylar)ni loyiha asosida rejalashtirish.Shaharsozlik ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya gigiyena, qurilishtexnika, badiiy me'moriy masalalar majmuini qamrab oladi.Shaharsozlik majmui me'morlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy o'ziga xosligi bilan belgilanadi.Shaharsozlik o'z navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft

@ ®

82

me'morligi, bog' barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga bo'lingan.Shaharsozlikda turar joylarning nafaqat me'moriy badiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga yo'llar, ayniqsa, avtomobil yo'llarita, infratuzilma (suv, oqava-kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar muhandislik ta'minotlari)ga katta e'tibor beriladi. shaharsozlikda yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), me'moriy majmualar ko'proq turar joy mavzelarini bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim o'rin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali Shaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va loyihalash institutlarida bajariladi. Toshkentda O'zbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy tekshirish instituti (O'zLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish instituti va boshqalar shunga o'xshash institutlar faoliyat ko'rsatadi.Shaharsozlik qadimiy tarixga ega. Mil. av. 3-ming yillik o'rtalari 2-ming yillik boshlarida qadimiy madaniyat davrida aholi kent manzillarini qurishda muntazam rejalashtirish xususiyatlaridan foydalanilgan (Qad. Xitoy, Misr, Eron va boshqalar). Yunoniston shaharlar siyosiy va diniy markazlarni ajratgan holda rejalashtirilgan bo'lsa (akropol va boshqalar), qadimiy Rimda shaharlarni to'g'ri burchakli dahalarga bo'lish uslubi qo'llanilgan (Pompey, Ostiya va boshqalar), Sh. nazariyasi paydo bo'lgan (Vitruviy risolasi, mil. av. I asr). O'rtaasrlar Yevropasiga shaharlarni stixiyali, qal'a devorlari atrofida chiziqli va aylanahalqali rejalashtirish xos bo'lgan (Nyordligen Germaniyada, Krakov Polshada, Praga Chexiyada va boshqalar). Rossiyada shaharlar tepaliklarda, daryolar kuyiladigan joylarda bunyod etilgan (Kiyev, Chernigov, Novgorod, Pskov va boshqalar), hamma ko'cha (yo'l)lar shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib borgan. Aylanahalqali rejalash shahrining mumtoz namunasi o'rta asrlardagi Moskvadir.

O'zbekiston hududida joylashgan shaharsozlik na'munalarini qadimdan hozirgacha bo'lgan rivojlanish jarayonini kompozitsion jixatdan beshta turga bo'lish mumkin:

1. Atrofi yo'lakli devor bilan o'ralgan, ichida aytarli imoratlari bo'lmagan, shahar sahnida barcha binolar chodirdan tiklangan "chodirli" shaharlar (ba'zi manbalarda "var" ko'rinishidagi shaharlar)

2. Markazidan shaharning asosiy ko'chasi kesib o'tuvchi, shahar to'rida ma'muriy, savdo, jamoat binolari joylashgan, bir darvozali to'rtburchak shaklidagi dual shaharlar.

3. Ark shahriston va robbotdan tashkil topgan uch qismli shaharlar.

4. Eski va yangi qismlardan iborat bo'lgan ikki tuzilmali shaharlar.

5. Texnika taraqqiyoti natijasida modernizatsiyalashayotgan shaharlar. Shaharlar konsentrik, sektorli va ko'p yadroli rivojlanish modellariga ega bo'lgan.

Shaharlarning kengayib borishi natijasida ular bir turdan boshqasiga o'tib borgan. Shuningdek shaharlar maydoni ulov turlariga ham bevosita bog'liqdir. Masalan tarixiy shaharlar 4-5 km kenglikdagi o'lchovga ega bo'lgan. Bunda kishilarning piyoda shaharning bir chetidan markaziga borishining eng maqbul vaqti inobatga olingan. XIX-XX asrlarda ulov turlarining rivojlanib borishi bilan shahar hududi ham kengaya borgan. Shu tariqa hozirda zamonaviy shaharlar hududi 20-30 km atrofida kengaygan.

@ ®

B3

Tarixiy shaharlarni qayta qurish loyihalarini bajarishdan oldin ushbu hududlarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonidagi evolutsion o'zgarishlarni tub mohiyatini tahlil etish katta ahamiyatga ega. Bunda tarixiy shaharlarning ikki asosiy jihatlarini: o'zak va to'qima kabilarni ajratgan holda, ayni vaqtda kompleks tarzda tahlil etish maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatimiz zaminidagi ko'plab shaharlar uzoq tarixga ega. Ushbu shaharlarning aksariyatida hozirgi kunda ham hayot davom etmoqda va yangidan-yangi zamonaviy binolar qurilmoqda. Bu jarayon ayniqsa mustaqillik yillarida yanada keng avj oldi. Bunday huduhlarda turli tarixiy va badiy qiymatlarga ega qadimgi bino va inshootlar ham mavjud. Zamonaviy sharoitda ularning ba'zilari saqlanadi, qiymatga ega bo'lmaganlari esa buzilib, o'rniga yangi imoratlar tushadi. Tarixiy joylarning me'moriy qiyofasi o'zgarishi jarayonida tarixiy ko'cha va maydonlarni yangilash zarurati paydo bo'ladi. Chunki ular zamonaviy talablar parametrlariga mos kelmay qoladi. Shaharda doim dinamik jarayonlar, ya'ni o'zgarishlar bo'lib turadi. Shaharlarning fazoviy rivojlanishini nazorat qilish qadimiy shaharlar paydo bo'lgandan boshlab mavjud bo'lib kelgan. Sanoat revolutsiyasiga qadar shaharlarni mudofaa devorlari muhofaza qilib turgan. Keyinchalik yashil xalqalar paydo bo'lgan.

Tarixiy shaharlarning rivoji (qayta qurilishi) jaryonida uch asosiy holat kuzatiladi:

1. Shahar bir hududdan boshqa, yaqin hududga ko'chadi (masalan, qadimgi (Shosh) va ilk o'rta asrlarda (ming o'rik)gi Toshkent) ;

2. Shaharning bir qismida tarixiy tizim o'zgartiriladi (masalan, Qo'qonning janubiy-g'arbiy qismi (Rus shahri));

3. Shaharga tutash holda yangi hudud qo'shiladi (XIX asrning 2- yarmidagi Toshkent, Samarqand shaharlari ).

Shaharlar (yoki uning qismlari) hayotidagi o'zgarishlar asosan 4 shakldagi jarayon sifatida o'tishi mumkin: shaharning kengayish jarayoni; shahar sifatlarining yuksalish jarayoni; shaharning bir joyidan boshqa joyiga ko'chish jarayoni; shahar (yoki qismi) ning tanazzuli. Shaharning me'moriy -badiiy muhitini qayta qurish kompleks tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda shaharning qadimiy markazini tarixiy meros sifatida qarash lozim bo'ladi va uni mumkin qadar o'z holicha saqlagan ma'quldir. Qayta qurish loyihalarida muhandislik tarmoqlarini ham e'tiborga olish asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy rekonstruksiyada arxitekturaviy me'rosni saqlash, ularni muhofaza zonalariga ehtiyotkorlik bilan munosbatda bo'lish muhim ahamiyatga egadir.

Qayta qurilayotgan hududlar ko'rinishida tarixiy shahar markazlari qurilmalarining o'ziga hosliklari saqlanshi lozim. Tarixiy shahar markazini qayta qurishda, birinchi navbatda, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruktsiya qilinadigan asosiy bino sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Shunda tarixiy hududlarda ishlab chiqarish obyektlari o'rnida obodonlashtirish, dam olish zonasi va transport qurilishini kehgaytirish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu albatta, ushbu hududning ekologik muhitini yaxshilaydi va turizm imkoniyatlarini oshiradi.

Qayta qurish va shaharning tarixiy hududlarini obodonlashtirish ishlari quyidagilarni o'z ichiga olgan tizimli vazifa sifatida yechilishi kerak.

- Arxitektura- qirilish loyihalarini samarali va tizimli amalga oshirish uchun uzoq davrga mo'ljallangan tarixiy shaharlar bosh tarxlarini ishlab chiqish;

84

- Madaniy me'ros obyeektlarini hisobga olish, baholash va ulardan samarali foydalanish yo'llarini belgilash;

- Zamonaviy obyektlarni tarixiy hududlarda joylashtirishda an'anaviy uslublardan va shakllardan foydalanish;

- Rekonstruktsiya qilinadigan hududlarning muhim klassifikatsiya belgilari ularning shahar hududida joylashgan joyi hisoblanadi. Qoidaga ko'ra, hududlarning asosiy uchtasini ajratish mumkin; markaziy, shahar cheti va o'rta qismida joylashgan. Bu yerda shuningdek, hududlarning transport magistrallari va ko'chalarga yaqin joylashganligini ham e'tiborga olish kerak.

Hududlarning eng ko'p tarmoqlangan klassifikatsiyasi, ularning fazoviy- rejaviy tuzilishi hisoblanadi. Jumladan, hududlar qavatlarga qarab (kam qavatli, o'rta qavatli, ko'p qavatli); zichligiga qarab (ekstensiv, yuqori zichlikda); capital qurilganligiga qarab (avariya holatida, eskirgan holatida, yaroqli va boshqalar); rejaviy tashkillashtirilishi va obodonlashtirish darajasiga bog'liqligi bilan harakterlanadi.

Har qanday hududni rekonstruksiya qilishning strategik maqsadiga ekologik jihatdan havfsizlikni va hayot sifatini, madaniy me'rosni saqlashni shuningdek barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash, shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Tarixiy shaharlar har - hil rejaviy strukturada: erkin, to'g'ri burchakli, radial, nursimon, aralash va boshqa rejalarda bo'lishi mumkin. Shu sababli hududlarni quyidagi jixatlarga qarab qayta qurish mumkin: qurilgan davriga qarab; tarixiy madaniy qiymatiga qarab; shaharda joylashgan joyiga qarab; fazoviy-rejaviy parametrlariga qarab; funksional ahamiyatiga qarab; ijtimoiy demogrfik belgilariga qarab.

Bugungi kunda zamonaviy shaharlarda transport tizimini takomillashtirish shaharlarni shakllantirish omili bo'lib qolmoqda. Ko'pchilik tarixiy shaharlar rejasida hozirgi kunda zamonaviylashgan shaharning kamchiligiga aylangan bir nechta jihatlar mavjud:

1. Tarixiy shaharlar sxemasida barcha transport turlari markaz orqali harakatlanadi. Bu ushbu hududda tirbandliklarni keltirib chiqaradi;

2. Shaharlarda ko'chalar tizimini aniq differensiyasi, ya'ni darajalanishi mavjud emas. Transportlar uchun avtoturagohlarning yo'qligi ;

3. Intensiv harakatdagi ko'chalrning turli - hil sathlar orqali kesishuvi yetarli darajada emas. Transport oqimi to'la piyodalardan ajratilmagan;

4. Magistral ko'chalar yonidagi uylar to'laligicha shovqindan, gazdan va changdan himoyalanmagan, amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, shahar markazining memoriy badiy muhitini qayta qurish kompleks tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Bunda markazni tarixiy me'ros sifatida qarash lozim bo'ladi va uni mumkin qadar o'z holicha saqlagan ma'quldir. Qayta qurish loyihalarida muhandislik tarmoqlarini ham e'tiborga olish asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy rekonstruktsiyada arxitekturaviy merosni saqlash, ularning muhofaza zonalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish muhim ahamiyatga egadir. Shahar markazlaridagi tig'iz qurilmalar tufayli asosiy e'tibor, ularning ekologik holati muammosini yechishga qaratilishi lozim. Tarixiy mahallalarni qayta qurishdagi loyihalash muammolari quyidagi vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin-qoriqxona tashkil etish zarurati tug'ilgan vaziyatda;-tarixiy ko'chalarni kengaytirish

85

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2. №3. 2022

ISJIF 2022:5.962

lozim bo'lgan vaziyatda-tarixiy majmualarni qayta qurish va ularning hududlarini kengaytirish bilan bog'liq bo'lgan vaziyatda;-mahallani buzib, o'rnida yangi mahalla barpo etish lozim bo'lgan vaziyatda. Xozirgi kunda tarixiy shaharlarni qayta qurishda bir qancha transport muammolari paydo bo'lmoqda. Jamoat transporti, avtoturargoh ko'chalar tizimi va shaxsiy transport vositalari tizimlarini takomillashtirish va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu muammolar shaharlarning rivojlanish sharoitlarini bir muncha murakkablashtirmoqda. Shaharlarda transport xarakati ko'p jihatdan uning rejaviy strukturasiga ko'chalarning tig'izligiga choraxalar masofalariga, transport tugunlarining murakkabligiga bevosita bog'liqdir. Tarixiy hududlarni qayta qurish loyihasining to'g'ri yechimi uchun me'moriy yodgorliklarga yoki majmualarga, ayniqsa shahar markazida joylashganlariga ustuvor ahamiyat berish talab etiladi. Chunki ular kompozitsion jixatdan butun shaharni ushlab turgan bo'lishi mumkin.Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, keyingi yillarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari Toshkent, Andijon, Farg'ona, Namangan, Qo'qon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura qiyofasini butunlay o'zgartirib yubordi. Tasdiqlangan bosh rejalar bo'yicha Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish yuqori sur'atlar bilan olib borilmoqda.Qishloq joylarda na'munaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda, ijtimoiy-bozor infratuzilmasining rivojlangan tarmog'i yaratildi.Shu bilan birga shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo'pol ravishda buzishning ko'pdan-ko'p faktlari aniqlandi.Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari o'rtasida funksiya va vakolatlarning aniq chegaralab qo'yilmaganligi shaharlar va boshqa aholi punktlarini reja asosida rivojlantirish hamda kompleks ravishda qurishga jiddiy zarar yetkazayotgan asossiz va shoshma-shosharlik bilan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinishiga, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari va qurilish sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak qadimiy, tarixiy shaharlarni hamda xozirda qurilayotgan yangi zamonaviy shaharlar bir biridan ancha farq qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi faoliyatining butun tizimini tubdan qayta tashkil etishni, shaharsozlikning normativ-huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirishni, shaharsozlik hujjatlari sifatini oshirishni taqozo etmoqda. Moddiy-texnika bazasi yuqori darajada bo'lgan va o'z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan loyiha tashkilotlarining keng miqyosli hududiy tarmog'i mavjud emasligi, ilg'or xorijiy tajriba, arxitektura va dizayn sohasidagi yutuqlardan, shuningdek, innovatsion dasturiy yechimlardan yetarlicha foydalanilmasligi shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bularning hammasi qurilish sohasida davlat mablag'lari va resurslaridan nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda.Ushbu kamchiliklarni tuzatish ushbu sohaning rivojlanishiga, kengayishiga hamda davlat byudjetini o'sishi olib keladi.

86

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Raxmonov, D., & Toshpo'Latova, B. (2021). Preservation of historical monuments of ferghana region. Scientific progress, 1(6), 458-462.

2. Isamuhamedova, D.U., Mirzayev, M.K. "Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi".

3. Nurmatov, D. O., Botirova, A. R., & Omonova, Z. (2021). Landscape solutions around the roads.

4. Toshpolatova, B. R., & Nurmatov, D. O. (2021). Combination of landscape compositions with architectural styles. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(12), 1-7.

5. Салимов, О. М., & Журабоев, А. Т. (2018). Роль рекреационных зон в городской структуре (на примере города Ферганы). Проблемы современной науки и образования, (12 (132)), 107-110.

6. Жураев, У. Ш., & Турсунов, К,. К,. (2020). ФарFOна вилояти тарихий шахдрларидаги турар-жой биноларида ганч ва ёFOч уймакорлигининг шакилланиши ва ривожланиши. Science and Education, 1(3), 264-267.

7. Sagdullayevich, R. S., & Adilov, Z. H. (2021). Landscape Works in the Aral Sea Region Effective Organization. Middle European Scientific Bulletin, 19, 41-45.

8. Косимов, С., Урмонов, Б., & Рах,монов, Д. (2021). Туристское районирование территорий основной фактор развития туризма. Scientific progress, 2(3), 125-128.

9. Adilov, Z. X., & Akromova, M. S. (2021). Landscape solutions about highways. Экономика и социум, (5-1), 36-38.

сс

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

®

87

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.