Научная статья на тему 'YIRIK SHAHARLARDA TURAR-JOY MASKANLARI UCHUN XUDUDLARNI MUHANDISLIK TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI'

YIRIK SHAHARLARDA TURAR-JOY MASKANLARI UCHUN XUDUDLARNI MUHANDISLIK TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
591
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shahar / bosh reja / relef / yer osti suv sathi / iqlimiy mintaqa / city / general plan / release / groundwater level / climate zone

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Q. T. Usmonov, A. M. Xaydarov

Ushbu maqolada favqulotda vaziyatlarni inobatga olib barpo etiladigan shahar xududini muhandislik nuqtai – nazardan tanlash va obodonlashtirish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar keltirilgan..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR IMPLEMENTATION OF ENGINEERING-PREPARATION AND IMPROVEMENT OF THE TERRITORY OF RESIDENTIAL LANDS OF LARGE CITIES

This article provides an overview of the engineering choice and improvement of urban areas, taking into account emergency situations.

Текст научной работы на тему «YIRIK SHAHARLARDA TURAR-JOY MASKANLARI UCHUN XUDUDLARNI MUHANDISLIK TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI»

YIRIK SHAHARLARDA TURAR-JOY MASKANLARI UCHUN XUDUDLARNI MUHANDISLIK TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI

AMALGA OSHIRISH YO'LLARI

Q. T. Usmonov A. M. Xaydarov

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada favqulotda vaziyatlarni inobatga olib barpo etiladigan shahar xududini muhandislik nuqtai - nazardan tanlash va obodonlashtirish bo'yicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan..

Tayanch so'zlar: shahar; bosh reja;relef; yer osti suv sathi;iqlimiy mintaqa.

METHODS FOR IMPLEMENTATION OF ENGINEERING-PREPARATION AND IMPROVEMENT OF THE TERRITORY OF RESIDENTIAL LANDS OF

LARGE CITIES

ABSTRACT

This article provides an overview of the engineering choice and improvement of urban areas, taking into account emergency situations.

Keywords: city; general plan; release; groundwater level, climate zone.

Shaharsozlik loyihasining asosiy qismlaridan biri bu hududning muhandislik tayyorgarligi bo'yicha olib boriladigan loyiha hujjatlari bo'lib hisoblanadi. Ushbu hujjatda tumanlashtirish rejasi, yangi va rivojlanayotgan shahar, aholi turar joylari, qishloq turar joy maskanlari, sanoat, shahar atrofi va yashilzor maydonlarning bosh reja ishlanmasi hamda shaharning ayrim qismlari va mikrorayonlar hamda bir guruh binolarning aniq rejalari o'z aksini topadi. Tumanlashtirish rejasining shakllari, hududiy rejaviy va shaharsozlik loyihasi o'rtasida loyiha - reja yechimlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tumanlashtirish rejasining loyihalarida joyning sharoitiga qarab, ishlab chiqarish majmualarini va aholi turar joylari taqsimotini ketma - ketlik bilan shakllanishini aniqlash va ularni shakliy yechimlariga aniqlik kiritish ko'zda tutiladi. Bunday loyihalarning dastlabki bosqichi 10 yilga, keyingi bosqichi 20 yilga va demografik iqtisodiy va ekologik hisoblar bo'yicha 40 - 50 yilga tuziladi. SHaharning bosh rejasini ishlab chiqish bosqichida uni tashkil etuvchi omillarning faoliyatiga ko'ra ularni shahar markazlarining belgilanishi, ma'muriy, madaniy ishlab chiqarish ob'ektlarining shahar taqsimotidagi o'rni hisobini olish o'z yechimini topadi. Bosh rejada shaharning yoki boshqa aholi yashash maskanlarining kelgusidagi uzoq

rivojlanishi barcha faoliyatga taaluqli ahamiyatga ega bo'lgan umumjamoaga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar va muhandislik joylashish aniqlanadi.

Bosh rejaning rivojlanishida va belgilanishida alohida tumanlarlarning shaharsozlik majmualarining va shaharninig faoliyat darajasi bo'yicha mintaqalarga bo'linishining aniq reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha bilan bunyodkorlikning arxitekturaviy - majmuaviy yechimlari aniqlanadi va kelgusi yaqin yillarda qayta qurish yechimlari amalga oshiriladi. Aniq reja loyihasi mikrorayonlar, kvartallar, uylarning majmuaviy va guruh holda joylashuv loyihasini bajarishda bunyodkorlik loyihasini shakllanishi asos bo'lib xizmat qiladi. Ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi - qurilishga ketadigan dastlabki mablag'ga bog'liq, ikkinchisi - ishchi harajat hujjatlari.

Joy relefi va uning shakllarini o'zgartirilishi natijasida yer usti suvlarining tabiiy oqishi qiyinlashishi oqibatida zaminning fizik jarayoni o'zgaradi. Natijada hududlarda yer osti suv sathi ko'tarilishi hamda botqoqliklar hosil bo'lishi kuzatiladi. SHuning uchun ham muhandislik tadbilrlarining asosiy vazifalaridan biri relefni o'zgartirmaslikni ta'minlashdan iboratdir. Navbatdagi vazifa "noqulay" joylardan shaharsozlikning biror bir maqsadida foydalanishidir. SHaharlar muhandislik tadbirlarini obodonchilik va yer osti muhandislik jihozlarini loyihalash bilan uzviy bog'liqdir.

Muhandislik tayyorgarlikning asosiy chora - tadbirlaridan biri bu muhandislik obodonlashtirish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan jarliklarni ko'kalamzorlashtirish, tikka rejalashtirish ishlarini amalga oshirishdir. Muhandislik tayyorgarligi shaharning sanitariya - gigiena sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan botqoqliklar tugatiladi, sug'orish tizimi va suv havzalarining atroflari obodonlashtiriladi. Muhandislik tadbirlari shahar relefidan unumli va oqilona foydalanish imkonini beradi. Bunda turar joy maskanlari hududida noqulay va yaroqsiz joylar qisman yoki butunlay bartaraf qilinadi. SHahar hududidan unumli foydalanish, shaharning ixcham joylashishini ta'minlaydi, bu esa ko'chalarning va jamoat transporti harakati uzunligini qisqartirish imkonini yaratadi, ular o'z navbatida shahar hayot faoliyatida katta iqtisodiy foyda beradi.

Muhandislik chora - tadbirlar qurilish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi, bunda atrof - muhit holatini saqlab qolish maqsadida qo'llaniladigan inshootlar, me'morchilik va bosh reja g'oyalari talablariga javob berishi inobatga olinadi. Bunda turli qiyaliklarni shakillantirishda tikka rejalashtirish, tirgak devorlar, zinapoya, pandus va boshqa turdagi muhandislik obodonlashtirish elementlari qo'llanilishi asosida ko'kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. Muhandislik tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi:

a) yer qazish, suruvchi mashinalar va gidromexanizatsiya yordamida tuproqni surish, o'ra va chuqurlarni to'ldirish, tepaliklarni tekislash;

b) ochiq yoki yopiq (yashirin) shakldagi oqova suvlarni qochirish tizimini qo'llash;

v) sug'orish tizimini tashkil etish;

g) sizot suv sathini pasaytiruvchi drenaj tizimini qo'llash;

d) relefning o'zgarmasligini ta'minlovchi va boshqa maqsadlarda foydalanuvchi inshootlarni qurish (tirgak devorlar, damba va hokazolar);

e) turli xil tabiiy va sun'iy qiyaliklarni mustahkamlash.

Har bir shaharning o'ziga hos tabiiy shart - sharoitlari mavjud. Ushbu shart -sharoitlar jihatdan yaqin bo'lgan hududlarda ham bir - biriga o'xshamaydi.

Mamlakat hududi iqlim sharoitiga qarab 4 ta iqlim mintaqasiga bo'linadi, har bir mintaqa, o'z navbatida, 4 tadan iqlim tumaniga bo'linadi. SHaharlarni loyihalash meteorologik ma'lumotlariga asoslanadi. Bunda yil davomidagi o'rtacha oylik yog'ingarchilik va uning shiddati, qor yog'in vaqti va uning qalinligi, davr bo'yicha ob - havoning darajasi (past yuqori, o'rtacha va bir kecha-kunduzgi o'zgarish miqdori); shamolning kuchi, yo'nalishi va qaytarilishi (yil davomida va fasllar bo'yicha); havoning namligi, tumanning qalinligi va qaytarilishi, yil davomidagi quyoshli kunlar soni va hokazolar.

Turar joylarning o'rni shamolning asosiy yo'nalishiga qarab tanlanadi. Bunda ko'chalarning asosiy vazifasidan tashqari ular shaharni shamollatishda ham tabiiy yo'lak - koridor vazifasini o'tashi inobatga olinadi.Iqlim sharoiti alohida omillarning majmuasidan iborat bo'lib, shaharsozlik nuqtai - nazaridan eng muhim ahamiyat kasb etadi va ular quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:

• relef - shaharsozlikda eng katta va muhim ahamiyatga ega bo'lib, shaharni rejalashtirish, sug'orish kabi bir qator ishlar uning holati bilan chambarchas bog'liq;

• qor - yomg'ir suvlari ta'sirida pastqam joylarni suv bosishi natijasida ayrim joylar botqoqlikka aylanishi va muhandislik obodonchilik ishlariga zarar yetkazadi;

• yer osti sizot suvlar sathining ko'tarilishi natijasida bino yoki inshootning poydevorlari va yer to'lalarini suv bosishi, qurilish - tiklash ishlarini qiyinlashtiradi;

• daryo, ko'l, suv havzalari va suv omborlari sathining ko'tarilishi yoki pasayishi natijasida qirg'oqlari buziladi yoki o'piriladi.

Relefni shakllanishida tabiatdagi o'zgaruvchan tabiiy jarayonlarni hosil qiluvchi suv, shamol va inson faoliyatining ta'siri muhim ahamiyatga ega. SHu sababdan shahar qurilishi uchun yer tanlash quyidagi muxim tabiiy jarayonlarni hisobga oladi:

• shahar xududidagi ayrim joylarini qor-yomg'ir yoki daryo suvlarining bosishi;

• jarliklarning paydo bo'lishi;

• ko' chki, (er j insining silj ishi va qulab tushishi);

• sel oqimlarining paydo bo'lishi;

• karstlarning mavjudligi va yerning cho'kishi;

• suv va shamol tasirida relef yuzasining erroziyaga uchrashi.

• Inson faoliyati bilan bog'liq jarayonlarga quyidagilar kiradi:

• er osti boyliklarini qazib olish natijasida relefning buzilishi;

• suv xavzalarining qurilishi va yer osti suvlarining ko'tarilishi natijasida axoli

yashaydigan joylarni suv bosish havfining paydo bo'lishi va shu kabilar.

Aniq joyning tabiiy shart-sharoitini o'rganishda uning relefi shakliga, zamin holatiga, xususan qor-yomg'ir suvlarining miqdoriga bog'liq bo'ladi. SHahar maydonlarini taqsim qilishda, magistral yo'llarni rejalashtirishda, transport xarakatining uzviy bog'liqligini ta'minlashda va ko'kalamzor maydonlarni tanlashda tabiiy shart-sharoitlarning xususiyatiga qarab xal qilish muxim axamiyat kasb etadi.

Relefda topografik rasm asosida geodezik xarita shaklida joyning tasviriy ko'rinishi tasvirlanib, unda daryo, ko'l, ko'kalamzor, botqoqliklar va xokazolar va sun'iy xosil qilingan inshootlar (turar joy maydonlari, aloxida turgan bino, avtomobil, temir yo'l, to'g'on, ko'prik va xokazolar) ko'rsatiladi.

Geomorfologik sharoitlar - bu relefning nishabligi, uning shaklan ko'rinishi va qiyaliklari to'g'risidagi tushunchadir.

Geologik sharoitlar - bu zaminning (grunt) fizik-mexanik xususiyatlari va ularning o'zgarish qonuniyatlarini belgilovchi tushuncha bo'lib, imoratlar qurishda joydagi zamin jinslari tarkibi, fizik va mexanik xossalari, ularning o'zgarish qonuniyatlarini o'rganadi. Maydonlarning muhandislik tayyorgarligi ishlarida zamin-litologik xarita muxim xujjat bo'lib xisoblanadi va relef satxining shahar qurilishi uchun yaroqli yoki yaroqsiz, yoxud umuman yaroqsiz ekanligi aniqlab beriladi.

Gidrologik sharoit - yer satxida joylashgan daryo, ko'l, suv xavzalari, soylar va botqoqliklar ta'sirida yuzaga keladigan xolat va jarayonlardir. Bu xolat gidrogeologik shart-sharoit va boshqa tabiiy jarayonlar bilan uzviy xolda tadqiqot qilinib, suv paydo bo'lishining asisiy manbaalari, ular xarakatining qonuniyatlari, kimyoviy va bakteriologik tarkibi, qirg'oqning, ko'l tubining geologik xolati xaqida ma'lumotlar beradi.

Gidrogeologik sharoit - sizot suvlarining bor yoki yo'qligini ularning miqdorini, vaqti vaqti bilan paydo bo'lishi yoki doim mavjud bo'lgan suv qatlamlari, ularning rivojlanishi va xarakat faoliyatini o'rganadi. Bularning xammasi litologiya bilan uzviy bog'liq xolda taxlil qilinadi. CHunki sizot suvlari tarkibida bino poydevoriga salbiy ta'sir qiluvchi turli kimyoviy aralashmalar bo'lishi mumkin. Agar sizot suvlar yer satxiga yaqin bo'lsa, qurilish ishlari ancha murakkablashadi va bunda ular satxini pasaytirish lozim bo'ladi, bu esa qurilishga sarflanadigan xarajatlarni oshishiga sabab bo'ladi.

Mukammal ishlangan muhandislik tayyorgarligi rejasida tikka rejalashtirish, qor-yomg'ir suvini qochirish, sug'orish, yer osti suvlarini shahar tashqarisiga oqizish va muhandislik tayyorgarligi bilan bog'liq bo'lgan boshqa maxsus inshootlar ko'rsatiladi. Bunda masshtab 1:1000-1:2000 qilib olinadi, qurilish loyixasida (M 1:500-1:1000) muhandislik tayyorgarligi ishlariga aniqlik kiritiladi.

Joy relefi va uning shakllarini o'zgartirilishi natijasida yer usti suvlarining tabiiy oqishi qiyinlashishi oqibatida zaminning fizik jarayoni o'zgaradi. Natijada xududlarda yer osti suv satxi ko'tarilishi xamda botqoqliklar xosil bo'lishi kuzatiladi. SHuning uchun xam muhandislik tadbirlarining asosiy vazifalaridan biri relefni o'zgartirmaslikni ta'minlashdan iborat. Navbatdagi vazifa "noqulay" joylardan shaharsozlikning biror bir maqsadida foydalanishdir. SHaharlar muhandislik tadbirlarni obodonchilik va yer osti muhandislik jixozlarini loyixalash bilan uzviy bog'liqligidir.

Muhandislik tayyorgarlikning asosiy chora-tadbirlaridan biri bu muhandislik obodonlashtirish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan jarliklarni ko'kalamzorlashtirish, tikka rejalashtirish ishlarini amalga oshirishdir. Muhandislik tayyorgarligi shaharning sanitariya-gigiena sharoitini yaxshilashda muxim axamiyat kasb etadi. Undan botqoqliklar tugatiladi, sug'orish tizimi va suv xavzalarining atroflari obodonlashtiriladi. Muhandislik tadbirlari shahar relefidan unumli va oqilona foydalanish imkonini beradi. Bunda turar-joy maskanlari xududida noqulay va yaroqsiz joylar qisman yoki butunlay bartaraf qilinadi. SHahar xududidan foydalanish, shaharning ixcham joylashishini ta'minlaydi, bu esa ko'chalarning va jamoat transporti xarakati uzunligini qisqartirish imkonini yaratadi, ular o'z navbatida shahar xayoti faoliyatida katta iqtisodiy foyda beradi.

Muhandislik chora-tadbirlar qurilish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi, bunda atrof muxit-xolatini saqlab qolish maqsadida qo'llaniladigan inshootlar, me'morchilik va bosh reja g'oyalari talablariga javob berishi inobatga olinadi. Bunda turli qiyaliklarni shakllantirishda tikka rejalashtirish, tirgak devorlar, zinapoya, pandus va boshqa turdagi muhandislik obodonlashtirish elementlari qo'llanilishi asosida ko'kalamzorlashtrish ishlari olib boriladi. Muhandislik tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi:

a) yer qazuvchi, suruvchi mashinalar va gidromexanizatsiya yordamida tuproqni surish, o'ra va chuqurlarni to'ldirish, tepaliklarni tekislash;

b) ochiq yoki yopiq (yashirin) shakldagi oqava suvlarni qochirish tizimini qo'llash;

v) sug'orish tizimini tashkil etish;

g) sizot suv satxini pasaytiruvchi drenaj tizimini qo'llash;

d) relefning o'zgarmasligi ta'minlovchi va boshqa maqsadlarda foydalanuvchi inshootlarni qurish (tirgak devorlar, damba va xokazolar);

e) turli xil tabiiy va sun'iy qiyaliklarni mustaxkamlash.

Ushbu ma'lumotto asosida ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlarni 3 turga bo'lib o'rganamiz:

1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning xolati o'zgarishi bilan bog'liq vaziyatlar: xaloqatli ko'chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog'ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining opirilishi, siljishi; Tuproq va yer sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og'ir metallar, neft maxsulotlari, shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog'lig'i uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo'llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaxarli ximikatlar mavjudligi.

2. Atmosfera (xavo muxiti) tarkibi va xossalri o'zgaishi bitlan bog'liq bo'lgan vaziyatlar: Xavo muxitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:

- Oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog'ligiga xavf soluvchi kontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar.

- Keng ko'lamda kislotali xududlar xosil bo'lishi va ko'p miqdorda kislota chiqindilari xosil bo'lishi:

- Radiatsiyaning yuqori darajasi:

3. Gidrosfera xolatining o'zgarishi bilan bog'liq vaziyatlar: Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi oqavalari:

Neft maxsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan, tarkibida og'ir metallar, xar xil zaxarli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori jarajada ifloslanishi;

Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi;

Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.

Xozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti - BMT bo'yicha favqulotda vaziyatlarning tavsifiga yana qo'shimcha qilib:

a) ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi favqulotda vaziyatlar

b) xarbiy tavsifdagi favqulotda vaziyatlarni kiritish mumkin.

REFERENCES

1. I.S. Shukurov, "Основы инженерно-технического обустройсва городских территори (Учебное пособие) М.: Издателство АСВ, 2015

2. I.S. Shukurov, A.T. Xotamov, Shahar hududini injenerlik tayyorlash

3. Xotamov A.T., Usmonov Q.T., "Shahaг hududlarini kompleks obodonlashtirish". Toshkent : TAQI 2014y

4. A.P.Kudzis. Reinforced concrete and stone constructions. M., Vysshaya shkola, 1989.Ogli, A. U. A., Ogli, X. A. M., & Mirzajonovich, Q. G. (2020). Hazrati Imam Architecture The Complex Is A Holiday Of Our People. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 46-49.

5. Mirzajonovich, Q. G., Ogli, A. U. A., & Ogli, X. A. M. (2020). Influence Of Hydro Phobizing Additives On Thermophysical Properties And Long-Term Life Of Keramzit0betona In An Aggressive Medium. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 101-107.

6. Ogli, X. A. M., Ogli, A. U. A., & Mirzajonovich, Q. G. (2020). Ways Of Implementation Of Environmental Emergency Situations In Engineering Preparation Works In Cities. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 108112.

7. Djurayevna, T. N. (2020). Influence Of Surface Additives On Strength Indicators Of Cement Systems. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 81-85.

8. Djurayevna, T. N. (2020). Building Materials Determined In The Architectural Monuments Of Central Asia. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 77-80.

9. Xaydarov Abduxalil Mutalib Ogli, Development of effective cement additives for the production of heat-resistant concrete based on technogenic waste "International Journal of Researchculture Society" India (2019. 12. 12)

10. Mirzaahmedov, A. T. (2020). Accounting For Non-Linear Work Of Reinforced Concrete In The Algorithms Of Calculation And Design Of Structures. The American Journal of Engineering and Technology, 2(11), 54-66.

11. Mirzaahmedov, A. T. (2020). Algorithm For Calculation Of Multi Span Uncut Beams Taking Into Account The Nonlinear Work Of Reinforced Concrete. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 26-35.

12. Akhmedov T. (2021). Ancient greek and ancient rome architecture and urban planning. The American Journal

13. Ashurov M., Sadirov B.T., Xaydarov A.M.,Ganiyev A.A.,Sodikhonov S.S., Khaydarova Kh.Q.(2021). Prospects for the use of polymer composite fittings in building structures in the republic of Uzbekistan. The American Journal

14. Gulomiddinov S.G. Qodirov G.M., Sadirov B.T., Xaydarov A.M. (2021). Corrosion state of reinforced concrete structures. The American Journal

15. Nabiev M., Gulomiddinov S.G. Qodirov G.M., Sadirov B.T. (2021). Reception of improving the microclimate in the houses of the fergana valley. The American Journal

16. Gayradjonovich, G. S., Mirzajonovich, Q. G., Tursunalievich, S. B., & Ogli, X. A. M. (2021). Corrosion State Of Reinforced Concrete Structures. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 88-91.

17. Ogli, X. A. M. (2021). Construction Of Flexible Concrete Elements In Buildings. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 101-105.

18. Tolqin, A. (2021). Ancient greek and ancient rome architecture and urban planning. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 82-87.

19. Tolkin, A. (2020). Reconstruction of 5-storey large panel buildings, use of atmospheric precipitation water for technical purposes in the building. The American Journal of Applied sciences, 2(12), 86-89.

20. Makhkamov Y. M., Mirzababaeva S. M. RIGIDITY OF BENT REINFORCED CONCRETE ELEMENTS UNDER THE ACTION OF SHEAR FORCES AND HIGH TEMPERATURES //Scientific-technical journal. - 2021. - Т. 4. - №. 3. - С. 93-97.

21. Махкамов Й. М., Мирзабабаева С. М. Прогибы изгибаемых железобетонных элементов при действии поперечных сил и технологических температур //Проблемы современной науки и образования. - 2019. - №. 12-2 (145).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.