FARG'ONA VILOYATINING TABIIY GEOGRAFIK O'RNI VA UNING
TURIZMDAGI AHAMIYATI
Shahnoza G'ayratovna Shomurodova
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Geografiya kafedrasi g.f.f.d (PhD) [email protected]
Ziroatxon Rahmatjon qizi Xoldorova
Chirchiq davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Farg'ona viloyatining tabiiy-geografik o'rni,geologik tuzilishi, relyefi Ba uning xususiyatlari haqida fikr keltirlgan. Shuningdek viloyatningo'ziga xos iqlimi va uning bugungi kundagi turizm sohasiga qaratilayotgan imkoniyatlari haqida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, havo harorati, yog'in miqdori, daryo, soy, shamollar, terrasa, qum barhanlari.
NATURAL GEOGRAPHICAL PLACE OF FERGANA REGION AND ITS
IMPORTANCE IN TOURISM
Shahnoza Gayratovna Shomurodova
Chirchik State Pedagogical Institute Department of Geography (PhD) E-mail: zangori [email protected]
Ziroatkhon Rahmatjon kizi Kholdorova
Chirchik State Pedagogical Institute Master student of Geography
ABSTRACT
The article provides an overview of the natural and geographical location, geological structure, relief and features of the Fergana region. It also describes the region's unique climate and its potential for tourism today.
Keywords: Geological structure, relief, climate, air temperature, precipitation, rivers, streams, winds, terraces, sand dunes.
KIRISH
Bugungi kunda turizmni rivojlantirishga va uni jadal yuksaltirishga butun jahon miqyosida juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar bilan bir qatorda turizm sohasiga qaratilayotgan e'tibor ham quvonarli albatta. Respublikamizda turizm va uning tarmoqlarid a (eko, agro, tarixiy, diniy, ekstremal) xizmat turlarini shakllantirish, hududlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ko'p tarmoqli tur firmalar sonini ko'paytirish va ularning ixtisolashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston jannatmakon o'lka. Uning har bir hududi xushmanzara tabiati bilan kishiga o'zgacha shukuh baxsh etadi. Ana shunday betakror tabiati bilan yurtimizda alohida e'tirofga sazovor bo'lgan ya'ni "Sharq gavhari" hisoblanmish Farg'ona viloyati o'zining geologik va morfologik tuzilishi, serqirra tog'lari, daryo o'zanlarini hosil qilgan betakror manzarasi, turli relyef shakllari bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Bu jihatlari har qanday tashrif buyurgan turistlarni va sayyohlarni e'tiborini tortadi.
Ayniqsa, Farg'ona viloyatining xushmanzara tabiati, takrorlanmas iqlimi, o'ziga xos bo'lgan relyef shakllari, daryo va soylari turizmini rivojlantirishning keng
Imkoniyatlari ekanligidan dalolat beradi.
Farg'ona viloyati turistik jihatidan O'zbekiston gavhari sifatida ham alohida e'tirof etiladi. Farg'ona viloyati Respublikamizning sharqida, Farg'ona vodiysining janubida joylashgan bo'lib, shimolda - Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan - Qirg'iziston, g'arbda esa Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog'oldi hududlari kiradi. Uning umumiy maydoni 6.7 ming kv.kmga teng bo'lib, respublika hududining 1.5% ini tashkil etadi[3].
Farg'ona viloyati hududida Oloy tizmasining Qatronboshi, Xaydarkon, Nazar, Qizilgaza, Olmaliq, Ispisar, Belmazor; Turkiston tizmasining Kampirqoq, Guzan, Burgan, Qizilsuv, Qulantog', Suratboshi, Oqtosh, Qizilqiyoq kabi tarmoqlarining yonbag'irlari joylashgan. Bu tog'larning balandligi 900-2800 mertga boradi. Farg'ona viloyati hududidagi eng baland nuqta So'x tumanidagi Sariqqamish dodvonida (2817 m) joylashgan.
NATIJA
Farg'ona yer yuzasining tuzilishi nihoyatda xilma-xildir. Yer yuzasini bir necha gipsometrik pog'onaga (zonaga) bo'lish mumkin. Uning shimoliy qismi tekislik bo'lib, Sirdaryo oqib o'tadi. Farg'onaning shimoliy qismini Sirdaryoning qayirlari, I, II va III terrasalari ishg'ol etgan bo'lib, baland terrasalar yuzasida ancha yerlarni qum tepalari egallab yotibdi. Ularning balandligi 5-15 metrdan oshmaydi. Bu yerda eng katta qum massivi Yozyavon va Qoraqalpoq cho'lidir. Hozir qum tepalarining ko'pchiligi tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan. Hududni o'rab olgan tog' tizmalaridan bir qancha yirik daryolar boshlanib, ko'pchiligi Sirdaryoga yetmasdan qurib qoladi. Ular o'zlarining quyi qismlarida katta-katta yoyilmalarni hosil qiladi. Yoyilmalar bir-biri bilan tutashib, allyuvial-prolyuvial tekisliklarni hosil qiladi.
Farg'ona viloyati geologik tuzilishi hududini tashkil etuvchi jinslarning tarkibi murakkab va rang-barang bo'lib, tog'lar va qoyalar tasmasi shaklida turli xil xususiyatga ega. Farg'ona viloyatining geologik tuzilishida har qanday yoshdagi yotqiziqlar (paleozoydan to hozirgi to'rtlamchi davrgacha) ishtirok etadi. Eng qadimgi paleozoy shakllanishlari baland tog'larda va baland tog' etaklarida paydo bo'ladi. Balandliklarning pasayishi bilan qadimgi jinslarning yosh qatlamlarga o'zgarishi kuzatilmoqda. Paleozoy tizimi silur, devon, karbon va perm shakllanishlari bilan ifodalanadi. Silur davri cho'kindilari Turkiston va Oloy tizmalarida qayd etilgan va rang-barang litologik tarkibga ega bo'lib, bular quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Ohaktosh qo'shilishi bilan Ordovikning gil slaneslari (qalinligi 800 m gacha);
-quyi Silurning qum-slanes-ohaktosh qatlamlari (qalinligi 700m gacha); qattiq
joylashgan va metamorflashgan, intruziv jinslarning yorilishi bilan;
- Quyi Devon bazalt va kremniyli slaneslardan iborat (qalinligi 1500m gacha);
- loy slanesli qatlamli ohaktoshlar (qalinligi 1000dan 5000m gacha ). Yotqiziqlar esa yorilib - yorilib ketgan[2].
MUHOKAMA
Toshko'mir davri yotqiziqlari Devon tog' jinslari topilgan joyda Xo'ja-Baqirg'on-Isfara oqimi oralig'i, Isfara-So'x, Qatrantov tog'larida hamda O'sh shahrining g'arbiy qismida joylashgan. Quyi karbon ohaktoshlarining umumiy qalinligi g'arbdan - sharqqa qarab 800-3000 m. Filit slaneslari, shag'al, ohaktosh-gil-slaneslari o'rta va yuqori karbonning qalinligi 400-2000 m gacha bo'lgan bo'lib, Farg'onaning janubiy qismida joylashgan[2].
Viloyatining hududi yuqori seysmik zona hisoblanib, iqlimi kontinentaldir. Yozi quruq va davomli issiq, qishi mo'tadil, birmuncha yumshoq, havo harorati ancha barqaror. Bu uning o'ziga xos geografik joylashishiga bog'liqdir. U Yevrosiyo
materigining ichkarisida joylashganidan tashqari, hamma tomondan tog' tizmalari bilan o'ralgan. Bu uning g'arbiy qismida joylashgan tekisliklarga nisbatan iqlimning bir oz keskin kontinental bo'lmasligiga sababchi bo'lgan.
Farg'ona viloyati iqlimining shakllanishida g'arbdan kelayotgan havo oqimlarining ahamiyati kattadir. Bu oqimlar bahor faslida tez-tez esib, ba'zan nam havo keltirsa, ba'zan quruq havo keltiradi [1]. Uning hududida kuchli shamollar bo'ladi. "Qo'qon" shamoli o'lka hududida oktabrdan - martgacha kuchli esadi. Uning tezligi sekundiga 25 metrga yetadi. Shamollar ayniqsa, qishda havo haroratining sovib ketishi natijasida kuchayadi. Bundan tashqari viloyatda tog'-vodiy va fyon shamollari ham tez-tez esib turadi [3].Bu shamollar natijasida viloyat hududida joylashgan Yozyavon va Qoraqalpoq qumli cho'llarida o'zgacha relyef shakllari ya'ni, qum barhanlari, tepaliklar, do'ngliklar yuzaga kelgan. Bu ham o'zgacha manzara kasb etib, bir qarashda kishi e'tiborini tortadi. Shu bilan birga bu joylarda insonlar tomonidan kuchli o'zgartirilgan va o'zlashtirilgan hududlar ham talaygina.
Farg'ona viloyatining shimoliy qismini halqa shaklida adirlar o'rab olgan. Ular yer yuzasining ikkinchi yuqori pog'onasini hosil qilgan. Bu pog'onada, asosan, to'rtlamchi davrda yotqizilgan allyuvial-prolliyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan. Aynan mana shu adir mintaqasidagi hududlar yerlari juda serhosil, unumdor bo'lib, mevali bog'lar juda katta maydonni egallagan. Bu esa turizm rivojlanishi uchun keng yo'l ochish imkoniyatlaridan biridir.
Farg'ona viloyati tabiiy sharoiti jihatdan turizmning barcha ko'rinishlarini o'zida mujassam etgan va uni turistlar, sayyohlar uchun taqdim etish imkoniyatiga ham ega.
XULOSA
Bugungi kunda yurtimiz bo'ylab faoliyat olib borayotgan sayyohlik tashkilotlarining 15 dan ortig'i viloyatda joylashgan.
Mutaxassislar o'rganish jarayonida shunga guvoh bo'ldilarki, Farg'onaning qulay shart-sharoiti turizmni rivojlantirish uchun juda qulay. Ayniqsa, Sirdaryo sohillari, atrofidagi so'lim go'shalar, unga tutash hududlarda tarqalgan o'simliklar, osmonga bo'y cho'zgan manzarali daraxtlar, tog' yonbag'irlari bo'ylab o'sayotgan dorivor giyohlar, to'qayzorlar, tabiiy o'rmonlar, baliqchilik xo'jaliklari, muhofazaga olingan hayvonot dunyosi, turli xil tabiat yodgorliklari bilan tanishish nafaqat mamlakatimiz balki, xorijlik turistlarni ham befarq qoldirmaydi.
REFERENCES
1. Shomurodova Shahnoza Gayratovna Chimyon-Chorvoq dam olish zonasi bilan qoplangan Tyanshan tog'laridagi tabiiy ko'llar // Evropa ilmiy sharhi. 2018. №9-101. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (data obrazcheniya: 18.01.2021).
2. Shernaev, A. O. (2020). GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA ATLAS VA XARITALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI. Academic research in educational sciences, (4), 657-662.
3. Ражабов, Ф. Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences,(3), 674-686.
4. Jurayeva, L. V., & Yeshinbetova, G. A. (2020). NOZOOGEOGRAFIK VAZIYATNI YAXSHILASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI O'RGANISH PRINSIPLARI. Academic research in educational sciences, (4), 630-638.
5. Джумабаева, С. К. (2020). ГЕОГРАФИЯ ФАНИНИ У^ИТИШ МЕТОДИКАСИ ФАНИНИ У^ИТИШДА НОАНЪАНАВИЙ МЕТОДЛАРНИНГ УРНИ ВА АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.
6. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.
7. Sherzod Ibroimov, & Muhayyo Madaminova (2020). MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О^ШН SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО'LLASH. Academic research in educational sciences, (1), 54-60. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00009
8. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШЕУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ ^ИЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.
9. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) THE USE OF THE MOUNTAIN KARS IN THE TOURISM SPHERE IN CORT AND RECREATION ZONE OF CHIMGAN-CHARVAK. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481. doi:10.31838/jcr.07.03.87
10. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Гулчехра Курдашевна Юсупова (2021). БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ
УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (ТАБИАТШУНОСЛИК ФАНИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 370-378.
11. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.
12. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Махмуджон Жалолитдинович Болтаев (2020). УЗБЕКИСТОН TOF-ВОДИЙЛАРИНИНГ ЭКОТУРИСТИК ИМКОНИЯТЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. Academic research in educational sciences, (1), 21-26. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00004
13. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АДАМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.
14. Иброимов, Ш. Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИ ОНГИДА РЕКРЕАЦИЯ ТУШУНЧАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences,(3), 146-151.
15. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 11891196. doi:10.31838/jcr.07.06.214
16. Иброимов, Ш. И. У. Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). ЁШ АВЛОДГА ЭКОЛОГИК ТУРИЗМНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИНИ ЕТКАЗИШ. Academic research in educational sciences,(3), 275-279.
17. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.
18. Шерзод Иброим Угли Иброимов (2020). РЕКРЕАЦИЯ ВА ЭКОТУРИЗМ ЖИХДТЛАРИ (САМАРКАНД ВИЛОЯТИ) МИСОЛИДА. Academic research in educational sciences, (4), 486-491.
19. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.
20. Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, & Abdurauf Abdurahim Ogli Yusubaxmedov (2020). O'ZBEKISTON HUDUDINI TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASH USULLARI. Academic research in educational sciences, (4), 418-424.
21. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in
Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.
22. Шерзод Иброим Угли Иброимов (2020). ГЕОГРАФИЯ ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ НАЗОРАТ КДЯИШ УСУЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 412-417.
23. Ibroimov, S. I. (2020). BUGUNGI KUNDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNI TARIX DARSLARIDA QO'LLANILISHI. Academic research in educational sciences, (4), 59-63.
24. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).
25. Abdimurotov, OU (2020). XALQARO PISA DASTURI UChUN KELAJAKLARGA GEOGRAFIYA O'QITUVCHILARINI TAYYORLAShNING MUHIMI. Iqtisodiyot va sotsium , (5-1), 3-8.
26. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Актути Араповна Туйчибекова (2021). БОШЛАНЕИЧ СИНФ УКДГУВЧИСИ ФАОЛИЯТИДА МУЛОКОТ МАДАНИЯТИ ВА ПСИХОЛОГИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ (ТАБИИЙ ФАНЛАР МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 456-471.