DOI 10.5281/zenodo.8199224 UDK: 433,911.3; 911.5;911.9
Tovbayev G.
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
SIRDARYO VILOYATI IQLIMINING GEOGRAFIK -METEOROLOGIK TAHLILI
Annotatsiya. Sirdaryo viloyati iqlimini geografik kenglik qonuniyasti asosida uning 68° sharqiy uzunlikda joylashgan Sirdaryo, Guliston hamda Yangiyer shaharlari misolida geografik - meteorologik tahlili GIS texnologiyasi va statistik-tahlil metodlari yordamida o'rganildi. Viloyat iqlimining asosiy ko'rsatkichlari bo'lgan havo harorati, yog'inlar hamda ularning fasliy taqsimlanishi geografik zonallik va azonallik qonuniyati asosida umumiy tavsifi yoritildi.
Kalit so'zlar: Mirzacho'l, Sirdaryo, Guliston, Yangiyer, iqlim, harorat, yog'in, shamol, antropogen omil, geografik kenglik.
Tovbayev G. doctoral student Gulistan State University
GEOGRAPHICAL AND METEOROLOGICAL ANALYSIS OF THE CLIMATE OF THE SYRDARYA REGION
Abstract. With the help of GIS technologies and methods of statistical analysis, a geological and meteorological analysis of the climate of the Syrdarya region was carried out based on the law of geographical latitude of the cities of Syrdarya, Gulistan and Yangiyer, located at 68° east longitude. A general characteristic of air temperature, precipitation, which are the main indicators of the region's climate, and their seasonal distribution based on geographical zonality and azonal law is given.
Key words: Mirzachol, Syrdarya, Gulistan, Yangiyer, climate, temperature, precipitation, wind, anthropogenic factor, geographic latitude.
Kirish. Mirzacho'l tekisligida joylashgan Sirdaryo viloyati hamma tomonlari ochiq bo'lib, faqat janubiy qismlari Turkiston va Nurota tog' tizmalari bilan o'ralgan. Shu tufayli ham viloyat hududining iqlimiy sharoitlari o'ziga xos xususiyatga ega. Qishda shimoldan sovuq havo massalari hech qanday to'siqsiz tekislikka kirib keladi, yozda esa termik depressiya hukmrondir. O'rtacha yillik harorat shimolida +12,5°C (Sirdaryo shahri), janubda +15,1°C (Ursatevskiy stansiyasi - Xovos shaharchasi). Iyulning o'rtacha harorati shimolda +26 -+27°C, janubda +30°C. Yanvarning o'rtacha harorati shimolida - 3 - - 4°C,
janubida esa 0,8-1,1°C. Atmosfera yog'inlari o'lkada o'rtacha 252-363 mm ni tashkil qiladi, uning shimoli-g'arbida 200 mm dan kam, markaziy qismida 200 -300 mm, janubida tog' etaklarida - 300 mm dan ziyod yog'in tushadi. Yog'in ko'proq bahorda (40%) va qishda (25-35%) yog'adi [1]. Sirdaryoda shamol harakati turlicha: shimoliy qismida shimoliy shamollar (45%, o'rtacha tezligi 1,8-2,9 m/sek), janubi-sharqda janubi-sharqiy shamollar (o'rtacha tezligi 20 m/sek, maksimal 46 m/sek) ustuvor [1]. Lekin Sirdaryo viloyatini GIS texnologiyasi tahlilida asosiy shamollar yo'nalishi janubi-sharqiy qismidan mahalliy shamollar kirib keladi. Ularning yillik tezligi janubi-sharqiy qismida 4,55 m/sek.dan 2,55 m/sek.gacha, markaziy qismlarida2,33 m/sek.dan 3,57 m/sek.gacha, janubi - g'arbi va g'arbi 2,52 m/sek.dan 3,3 m/sek.gacha, shimoli - sharqi va shimolida 2,04 - 2,24 m/sek.dan 2,16 - 2,54 m/sek.gacha o'zgaradi.
Sirdaryo viloyati iqlim xususiyatiga ko'ra shimoliy mo'tadil iqlim mintaqasining ekstakontinental iqlim o'lkasida joylashgan. Shuning uchun uning iqlimi yozda issiq va quruq, qishda sovuq va nisbatan quruq harakterga ega. Sirdaryo viloyati maydoni nisbatan kichik va relyefida ham o'zgarishlar kam bo'lishiga qaramay iqlim xususiyatlarida farqlar mavjud. Bunda atmosferasidagi asosiy farqlarni yoritib berish uchun geografik kenglik qonuniyatiga binoan shimolida Sirdaryo gidrometeorologik stansiyasi, markazida Guliston gidrometeorologik stansiyasi va janubida Yangiyer meteorologik stansiyalarining so'nggi 5 yillik to'liq ma'lumotlari hamda 1938 -yildan 2023-yilgacha bo'lgan asosiy ma'lumotlari statistik-tahlil, kosmografik, kartografik, GIS, interpolyatsiya metodlaridan foydalanilib o'rganildi.
Asosiy qism. Sirdaryo shahri Sirdaryo viloyatining shimoliy qismida 40.81° sh.k., 68.68° shq.uz.da dengiz sathidan 264 m balandlikda alyuvial tekislikda joylashgan. Iqlimi mo'tadil - ekstrakontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq va nisbatan quruq. Shu sababli yilning 4 fasli aniq namoyon bo'lgan. Atmosfera yog'inlarining yillik miqdori 300 - 330 mm ni tashkil etadi. Yog'inning asosiy qismi bahor (38 %) va qish (40 %) fasliga to'g'ri keladi. Eng kam yog'in yoz (4 %) ga to'g'ri keladi. Sirdaryo hududida eng ko'p yillik yog'in 1969 - yilda 688 mm yog'in yog'gan bo'lsa, oylar ichida 2022 - yilda mart oyida 206 mm yog'in yog'gan. Yillik eng kam yog'in 1982 - yilda 84 mm, oylik eng kam yog'in iyulda 1938 - 1939 - yillarga 0 mm ga to'g'ri keladi (2 - rasm) [2].
O'rtacha yillik havo harorati +14,1 - +15,7 °C ni tashkil etadi. Sirdaryo viloyatida yillik nisbatan eng yuqori harorat 2016 yilda +15,8 °C bo'lgan bo'lsa eng past yillik harorat 1972 yilda +11 °C ni tashkil etgan. Oylar o'rtasida ham o'rtacha havo haroratida ham farqlar katta. 2015 - yildan boshlab eng issiq oy iyul oyining o'rtacha havo harorati +28,7 °C dan 2019 - yilda +30,2 °C, 2022 -yilda +29,1°C ga yetgan. Davrlar mobaynida esa ushbu oylarda +28 °C dan oshgan sanoqli yillar mavud (1944, 1983, 1997, 1998, 2000, 2005, 2007-2009, 2011-2013, 2015-2022). Eng sovuq harorat yanvar oyida kuzatilib o'rtacha oylik havo harorati 0 - + 5 °C ni tashkil etadi. Lekin ayrim yillari shimoldan
Voyeykov o'qi orqali sovuq havo massalari ta'siri natijasida havo harorati manfiy darajada bir necha kun hududni qamrab oladi. Masalan, 1957 - yil yanvar oyida -6,9 °C, 1969 - yilda-10,0°C, 1971-1972 - yillarda -6,6 - -6,8 °C, 1977 - yilda -8,0 °C, 2008 - yilda-10,2 °C va 2023 - yilda -6,6 °C sovuq kuzatilgan (3-rasm). Oylar ichidagi sutalik havo haroratida ham farqlar katta bo'lib, bu ham Sirdaryo viloyatining o'ziga xos iqlim xususiyati belgilaydi. Sutkalik eng yuqori havo harorati 2005 - yilda iyul oyida +43,9 °C, lekin 1988 -yilda iyun oyida +44,6°C kuzatilgan. Sutkalik eng sovuq havo harorati 1984 -yil yanvar oyida -23,5°C, 2023 - yil yanvar oyida -27,2°C hamda 1974 - yil fevral oyida -29°C havo harorati qayd etilgan (1-rasm).
1-rasm. Sirdaryo shahrining 2015-2022 yillardagi chiziqli iqlim(harorat) diagrammasi. https://ru.weatherspark.com/ -xalqaro iqlim internet saytidan
original ko'rinishidan olingan.
Guliston shahri Sirdaryo viloyatining markaziy qismida 40.49°sh.k., 68.78°shq.uz.da dengiz sathidan 273 m balandlikda tekislikda joylashgan. Iqlimi mo'tadil kontinental. Guliston iqlimi viloyatning qolgan qismlariga nisbatan
issiq va quruqroq. Bunga asosiy sabab relyef, yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqinligi va sho'rligi hamda antropogen omil, ya'ni demografik sig'imning qisqa davrda 2 barobarga ortib ketganligi. Gulistonda yoz issiq, quruq va tiniq, qishi esa juda sovuq, qorli, ba'zan bulutli bo'ladi.
Yillar/oylar Yanvar Fevral Mart Apre I May iyun iyul Avgust Sentabr Oktabr Noyabr Dekabr Yillik
1938 15 58 38 13 5 2 1 0 0 14 18 26 190
1939 59 30 20 23 12 0 0 0 0 22 25 29 220
1940 20 23 33 0,3 24 0,5 2 0 0 48 9 17 176,8
1941 67 30 56 73 18 3 0 0 0 4 30 37 31S
1942 47 34 98 61 55 7 0 0 0 8 66 21 397
1943 43 39 107 34 46 0 0 0,9 0 56 30 39 394,9
1944 17 26 11 36 0 0 0 0 0 12 3 1 106
1945 19 27 97 13 26 25 0 0 0 5 43 46 301
1946 20 48 23 19 0,3 6 0 0,3 5 26 2 59 208,6
1947 43 34 18 53 28 7 4 0 4 7 18 15 231
1948 34 41 47 95 15 3 0 0 5 0 18 42 300
1949 30 31 78 74 61 15 0 G 0 5 18 14 334
1950 61 11 17 7 23 3 0,9 0 0 28 15 20 185,9
1951 50 35 31 25 50 5 6 0 0 53 16 35 306
1952 18 63 63 50 54 10 3 0 0 0 40 16 317
1953 39 55 104 34 38 5 0 0 0 65 90 83 513
1954 28 27 59 49 5 5 2 6 0 0 56 18 255
1955 7 22 123 27 10 2 5 0 0 10 22 37 265
1956 21 85 43 64 12 2 0 0 2 5 6 66 306
1957 33 20 34 7 4 17 2 0 0 52 49 23 241
1958 51 24 74 122 37 0,8 4 10 0 9 29 70 430,8
1959 20 76 111 34 8 10 0 0 0 8 40 53 360
1960 54 38 77 34 68 0 0 0 2 3 52 9 337
1961 9 18 48 112 2 6 0 0 0 19 0,9 18 232,9
1962 25 33 18 33 35 17 0 0 0 32 51 43 287
1963 9 53 48 56 15 5 0,8 0 0,3 11 68 54 320,1
1964 20 39 48 0 25 4 3 0 0 1 16 24 180
1965 58 39 26 29 4 0 5 0,8 3 52 48 15 279,8
1966 55 0 65 10 13 0 0 2 2 21 9 28 205
1967 25 46 44 80 19 5 1 0 1 35 59 23 338
1968 20 12 88 48 12 58 3 0 0 24 23 78 366
1969 110 37 152 86 92 18 31 0 14 64 48 35 687
1970 18 41 28 44 18 0 0 0 0 3 27 85 264
1971 24 39 29 64 0,9 0 0 0 0 8 26 44 234,9
1972 69 27 68 23 37 1 0 0 0,4 14 25 58 322,4
1973 46 38 72 53 14 0 0 0,2 12 0,1 15 2 252,3
1974 37 15 3 87 38 0,6 0,5 1 4 0 9 9 204,1
1975 37 57 68 3 2 3 0 0 0 6 32 42 250
1976 26 41 41 67 39 1 0,9 0 0 76 14 15 320,9
1977 49 17 22 7 32 2 0 0 0 31 10 100 270
1978 22 16 71 58 31 0 10 0 0 12 67 68 355
1979 84 32 31 59 21 8 0 0 1 16 1 48 301
1980 17 61 32 59 12 10 0 0 22 14 6 0,5 233,5
1981 9 14 69 39 15 6 1 0 10 10 29 8 210
1982 13 3 4 8 13 0 3 0 3 6 20 11 84
1983 21 19 3 4 3 0 0 0 0 0 2 141 193
1984 0,5 35 27 1 0,1 0 0 0 0 9 13 13 98,6
1985 46 34 62 46 26 2 0 3 0 19 5 30 273
1986 42 13 30 6 10 1 6 0 8 26 14 59 215
1987 22 16 124 112 10 5 0 0,5 4 58 16 18 385,5
1988 40 24 74 30 25 0,5 0 0 7 14 11 33 258,5
1989 42 28 22 17 25 0,9 0 0 1 10 43 69 257,9
1990 54 37 25 70 25 0,7 3 0 0 59 16 42 331,7
1991 48 23 53 27 33 3 2 0 0,5 6 20 104 319,5
1992 24 39 20 40 20 17 0 1 2 13 5 76 257
1993 16 100 48 56 34 26 0 12 2 16 74 58 442
1994 27 60 20 55 45 41 0 0 22 1 42 60 373
1995 34 8 37 11 20 2 0 0 0 19 3 24 158
1996 9 59 54 53 22 7 0 26 22 3 10 9 274
1997 49 33 27 43 76 10 0 0 0 0 49 37 324
1998 60 83 62 70 52 2 13 2 7 8 52 30 441
1999 54 70 47 26 33 6 10 6 10 11 58 9 340
2000 40 17 30 20 6 3 0 0 1 58 30 24 229
2001 17 40 40 28 0 0 3 10 19 54 28 62 301
2002 42 72 61 85 56 10 1 0 0 0 5 94 426
2003 20 62 82 78 33 31 0 0 0 5 91 45 447
2004 55 24 93 31 22 0,1 19 1 0 13 74 83 415,1
2005 48 50 55 29 26 0,5 0 1 0 8 38 25 280,5
2006 63 22 48 39 2 0,5 5 0 3 24 43 44 293,5
2007 29 50 70 66 36 0,8 2 0 0 2 13 73 341,8
2008 32 49 16 30 33 0 3 0 17 19 33 39 271
2009 24 67 77 87 32 11 0,3 2 7 0,8 9 62 379,1
2010 46 106 25 86 55 23 2 0,3 5 5 18 8 379,3
2011 16 53 46 20 9 11 0 0 2 25 143 24 349
2012 25 58 69 17 22 0 0 0 0 5 40 44 280
2013 30 28 112 52 6 4 0 2 0,4 12 22 54 322,4
2014 69 30 82 48 15 4 0 0 0 34 53 21 356
2015 59 94 42 15 27 10 0 2 0,2 72 44 19 384,2
2016 45 1 66 36 36 15 7 0 0 32 21 61 320
2017 39 93 57 43 21 9 0 0 11 14 21 33 341
2018 2 58 52 34 11 14 0 0 0 39 36 42 288
2019 40 14 35 116 8 4 0 0 12 5 21 17 272
2020 33 66 12 71 53 0,6 3 11 0 0 39 11 299,6
2021 12 27 107 11 6 0,7 0,4 0 0 14 7 27 212,1
2022 29 28 206 10 74 7 0 0 0 47 66 15 482
2023 27 95 25 17 8 172
2-rasm. Sirdaryo shahrining 193S-2023 yillardagi oylik va yillik yog'in miqdorlari http://www.pogodaiklimat.ru - xalqaro iqlim internet saytidan
original ko'rinishidan olingan.
Yillar/oylar Yanvar Fevral Mart Apre I May iyun iyul | Avgust Sentabr Ofctabr Noyabr D e ka с г Yillik
1938 -0,2 4,4 6 16,7 23 24,6 25,4 24,1 18,3 10,9 4 -0,6 13,1
1939 1,2 2,1 6,7 11.7 21,2 26,9 27,2 23,1 18,3 11,1 6 4,1 13,3
1940 -0.2 3.9 6.3 16,9 20 26,3 27,8 23,9 18,7 14,6 5.9 3.7 14
1941 -1,6 5.7 10,3 15,7 22,4 26,8 25,5 24,9 18,9 14,7 5.8 2 14,3
1942 0,1 -0,5 7,8 13,3 20,8 25,5 27,3 23,5 17,5 13 2.3 13,2
1943 -2 -1,2 5.2 13,9 20,3 24,3 27,5 24,4 17,7 10,4 4.3 1.5 12,2
1944 1,4 5.2 12,1 15,8 22,8 25,5 28,3 24,3 17,8 11,9 5,1 -7,8 13,5
1945 -3,3 -4,1 5,1 15,6 19,9 24,8 26,1 26,3 18,8 13,7 3,6 1 12,3
1946 0,1 5,5 8,6 15,1 23 24,1 25,7 23,6 19,2 13,8 2 -7,6 12,8
1947 -2.4 2.3 12,1 15,6 19,7 23,4 25,1 24,8 19,1 12,6 8,2 0 13,4
1948 1,9 3.7 6,9 13,3 21,1 25,1 27,4 24,4 17,6 11,2 4,8 -3.5 12,8
1949 -4,4 2 6.5 14,4 19,4 23,9 25,9 24,1 16,7 9 2.7 -1.5 11,6
1950 6,2 9,2 13,6 23,1 26 26,6 24,2 18,2 12,1 -0.7 -9,9 12
1951 -3 -5,8 4,1 15,7 21,2 23 26,6 24,4 20 13,5 5,8 3,5 12,4
1952 1,2 5,9 7.6 14,4 19,7 24,8 27,5 25,3 18,3 11,7 0 -3,1 12,8
1953 1,2 5,7 7,1 13,9 21,2 25 27,3 24,2 18,9 10 2,3 -1 13
1954 -1,2 -1.5 2,9 15,7 20,1 23,4 26,8 24,6 19,7 13,6 2.7 -3,7 11,9
1955 -0,2 4.8 6,8 12,4 21,2 26 27,2 25,6 19,1 10,9 7,7 3.2 13,7
1956 -3,6 0.3 6,4 16 22,1 24,1 27,8 24,3 18,4 12,6 7,5 -1.5 12,9
1957 -6,9 -4.2 7,9 12,4 20,4 25,5 25,5 23,7 19,2 11,4 3.1 0,2 11,5
1958 2,3 5 10 13,7 18,1 25,9 27,6 23,6 18,4 11,9 2,4 2,6 13,5
1959 0,5 -0,8 6,5 17,3 20,5 25,4 25,6 24,8 20,9 12,8 4,4 -4,9 12,8
1960 0,2 4,9 2,6 12,7 18,1 26,2 25,5 24 18,7 13 4,8 -0,3 12,5
1961 0,1 1,3 8,6 15,5 24 25,4 27,1 24,4 18,9 10,1 5,6 2,9 13,7
1962 -0.9 5.7 11,8 14 21,1 25 27,6 24,4 17,3 11,9 2.8 -2,6 13,2
1963 1 7 8,8 16,5 21 26,9 26,6 23 18,1 14,3 6 -0.8 14
1964 -6,1 1.3 9,9 13,7 20,1 25,2 26,3 23,9 18,1 10,2 6,6 -3.2 12,2
1965 -1,8 -0.4 7,6 15,4 22,6 25,6 27,1 23,9 18,4 13,S 1,8 13,5
1966 3,1 5,8 8,6 14,7 20,2 27,4 27,1 25,4 19,2 11 1,6 1,2 13,8
1967 -1,5 -0,1 9,1 15,3 20,6 25,1 26 23,6 18,4 11,6 6,6 3,1 13,2
1968 1,6 1,8 9,7 12,7 20,3 25,2 26 23,9 18,5 11,9 5,9 -0,7 13,1
1969 -10 -10,3 6,4 14,7 20 24,9 25,1 23,1 18,4 12,3 5 5.7 11,3
1970 -2 4.9 7,9 16,7 22,2 24,8 25,6 24,4 18,4 12,9 6.2 -0.8 13,4
1971 -6,6 0,5 11,1 14,8 21,6 26,4 26,6 23,1 19,1 13,7 9.7 5.3 13,8
1972 -6,8 -9,8 4,1 15,2 20,5 24,8 24,4 22,1 18,4 13,1 7,8 -2.1 11
1973 -5,5 2.7 7.9 16,2 20,7 26,2 26,7 24,7 16,7 11,6 6,7 1,2 13
1974 -6,3 -5,7 7,4 15 22,2 25,5 27,6 22,6 19,4 12,9 5,7 -2,6 12
1975 0,1 ° 10,4 16,3 22,1 26,3 27,7 24,3 19,1 10,8 2,3 0,4 13,3
1976 2,4 0,7 6 15,4 22,1 25,2 26,9 24,4 18,6 10,7 1,6 -1,4 12,7
1977 -8 -0,5 11,2 17,5 22,7 27,4 26,1 24,3 19,6 12,4 9,5 1.4 13,6
1978 -0.9 -2.5 7,4 16,6 20,3 25,7 27,1 21,5 20,3 13,8 5 5.5 13,3
1979 -2.1 2.6 8,3 16,1 18,4 24,7 26,9 24,4 19 15,2 4,1 4.3 13,5
1980 -0,7 -2 6,8 17,6 22,2 25,6 27,4 24,5 19,4 13,2 10,4 4.3 14,1
1981 3,6 3,7 10,6 15,5 21,2 24,9 27,2 24,7 19,2 11,2 7,1 3,2 14,3
1982 -0,1 2,4 7,6 17 22,1 25,2 26,1 24,4 18,9 13,3 2 -2,4 13
1983 -0,1 4,7 7,6 17 21,2 26,3 28,5 25,9 19,5 12,3 9,1 1,1 14,4
1984 -0.9 -7,9 7.2 15,2 21,7 26 28 25,8 18,1 12,4 7,7 -10,2 11,9
1985 -3 3.8 6.2 17,3 21,1 26,5 27,5 24 20,1 11,6 4,1 2 13,4
1986 2.9 4,1 5,1 15,1 23,1 25,3 26,9 24,1 20 13,3 5,9 1,1 13,9
1987 3 4.7 9,8 13,4 21,2 24,6 26,1 25,6 19,4 9.6 5.7 3.9 13,9
1988 0,4 2,4 8,1 17,8 19,9 27,4 28,3 24,5 19,8 12,3 9,4 4.1 14,5
1989 -3,3 -1,8 10,3 13,4 19,8 25,7 27,4 24,9 18,1 14 5,7 5,3 13,3
1990 -1,6 3,8 9,1 15 21,6 27,9 26,7 25,2 19,9 12,5 0,6 14
1991 -2,2 2.9 7,9 16,6 20,6 25,1 27,7 23,8 19,6 13,4 6,1 3.2 13,7
1992 2 5.1 7,1 15,8 17,9 25,1 27 23,7 18,1 12,2 8,5 4,6 13,9
1993 0.3 3.4 7,6 15,2 18,6 25,6 27,5 23,9 19,1 11,5 3.8 -0.7 13
1994 -0,2 -1.6 9,5 13,1 21,7 27,4 27,2 25,4 17 13,3 10,5 2 13,8
1995 -0,5 3,6 8,4 15,8 21,2 26,6 28,3 25,4 19,7 12,2 8,9 0 14,1
1996 -1,4 -0,2 6,5 13,8 20,5 26 27,3 24,2 20,3 12,6 4,3 3,6 13,1
1997 2 ri 9,4 17,1 20,7 27,4 28,2 24,8 20 16,5 4,2 1,4 14,4
1998 -0,2 -0,2 7.2 16,7 19,5 26 28,5 26,4 20,7 13,3 3.1 3.8 14,2
1999 1,1 7,4 7.2 14 21,7 25,6 27,1 27,2 20,6 15,1 6,1 2.1 14,6
2000 1,8 2.6 9,1 18,8 22,8 26,1 28 26,4 20,2 11,2 5.9 3.4 14,7
2001 -1.2 4,1 10,8 17,1 25 27,8 26,8 25,2 18,8 12,4 8,5 2.6 14,8
2002 2,9 5,2 11 14,6 19,8 25,3 27 26,3 20,3 15,7 8,5 -4,2 14,4
2003 3,2 4,6 8,5 13,4 19,3 25,2 27,6 25,7 20,5 15,4 7,7 1 14,3
2004 4,1 7,3 9,8 14,7 22,4 26,9 27,1 25,9 20,9 12,5 10,9 2,9 15,5
2005 1,6 -1 12,2 16 21,1 28 28,5 25,6 21,8 14,3 7.2 2,8 14,8
2006 -3.1 5.9 11,4 17,2 23,9 27,2 27,2 25,7 19,7 16,9 8,9 -1,1 15
2007 0.4 5.3 8,8 18,3 21,6 27,5 28,3 25,9 20,3 11,4 8,4 1.7 14,8
2008 -10,2 -2.1 14,4 17,3 23,8 28,2 29 26,9 20 14,5 6,9 2.4 14,3
2009 1.5 6.7 11,1 13,5 21,2 25,2 28 25,7 21 14,4 7,1 3.7 14,9
2010 4 2,6 11,3 17,4 21,7 26,9 27,9 27 20,8 16,5 7.8 1.3 15,4
2011 0,3 2,6 9,2 17,8 23,9 27,8 28,2 26,9 21,1 15 5,2 -1,2 14,7
2012 -0,9 -1,4 7,3 19,9 23 27,5 28,2 27,2 20,2 14 6,2 -1,8 14,1
2013 2.3 4.8 11,5 15,7 22 27,1 28,3 26,1 22,3 14,2 2.4 15,4
2014 1,1 -4,6 9,1 14,2 23,3 27,6 26,9 26,3 20,6 12,7 4,9 1,6 13,6
2015 1.7 6.2 8,1 17,8 23,4 28,1 29,1 25,6 20,1 14,1 7,4 4,4 15,5
2016 4.6 6.5 12,9 16,4 23,1 27,5 28,7 27 23,3 11,3 4,4 3.9 15,8
2017 2 2,1 8,1 15,3 24,4 27,5 28,7 25,7 20,7 14,7 0.7 14,9
2018 0,7 2,8 13,2 16,3 21,4 27 29,4 25,8 20,2 13,2 4,9 2,8 14,8
2019 4,2 5,5 12,4 16,3 22,4 26,3 30,2 26,2 20,5 15,1 4,8 4,7 15,7
2020 1,6 6.4 11,6 16,5 22,6 27 28,9 26,1 19,4 12,1 3.5 -0.6 14,6
2021 0,6 7.3 9,6 16,4 24,5 28,5 29,9 27,3 21,7 11,4 5.4 5 15,6
2022 4 6.2 9,1 20,4 22,4 28,1 29.1 25,3 22,4 14 8,4 -1,6 15,7
2023 -6,6 5,6 14,8 17,7 22,8
3-rasm. Sirdaryo shahrining 1938-2023yillardagi oylik vayillik o'rtacha haroratlar http://www.pogodaiklimat. ru - xalqaro iqlim internet saytidan
original ko'rinishidan olingan.
Yil davomida harorat odatda -4 °C dan +37 °C gacha o'zgarib turadi va kamdan-kam hollarda -11°C dan past yoki +40°C dan yuqori bo'ladi. Issiq mavsum 3,7 oy davom etadi, 22-maydan 13-sentyabrgacha, maksimal o'rtacha kunlik harorat +30°C dan yuqori. Gulistonda yilning eng issiq oyi iyul bo'lib, o'rtacha harorat eng yuqori +37°C va eng past harorat +21°C. Sovuq mavsum 3,4 oy davom etadi, 21- noyabrdan 2- martgacha, minimal o'rtacha kunlik harorat +11°C dan past. Gulistonda yilning eng sovuq oyi yanvar bo'lib, o'rtacha sovuq harorat maksimal -3°C va minimal +4°C (4-rasm).
4-rasm. Guliston shahrining 2015-2022 yillardagi chiziqli iqlim(harorat) diagrammasi. https://ru.weatherspark.com/ -xalqaro iqlim internet saytidan
original ko'rinishidan olingan.
Atmosfera yog'inlarining yillik miqdori 162,5 - 220 mm ni tashkil etadi. Yog'inning asosiy qismi bahor (46%) va qish (26%) fasliga to'g'ri keladi. Yomg'irli mavsum 28-oktabrdan 27-maygacha 7 oy davom etib, bu davrdagi kunning namlik darajasi 11% dan ortiq. Quruqroq mavsum 27-maydan 28-oktyabrgacha 5,0 oy davom etadi. Eng kam yog'in yoz (7%) ga to'g'ri keladi.
Gulistonda yilning tiniq qismi 18-maydan boshlanadi va 5,0 oy davom etadi va 17-oktabrda tugaydi. Gulistonda yilning eng tiniq oyi avgust bo'lib, bu davrda osmon o'rtacha musaffo, 97% i ochiq yoki qisman bulutli bo'ladi. Yilning bulutli qismi 17-oktyabrdan boshlanadi va 7,0 oy davom etadi va 18-may atrofida tugaydi. Gulistonda yilning eng bulutli oyi yanvar bo'lib, bu vaqtda osmon o'rtacha 62% bulutli yoki ko'p bulutli bo'ladi [3].
Yangiyer shahri Sirdaryo viloyatining janubiy qismida 40.220sh.k., 68.830shq.uz.da dengiz sathidan 317 m balandlikda allyuvial tekislikda joylashgan. Iqlimi mo'tadil-ekstrakontinental. Yangiyerda yoz issiq, quruq va tiniq, qishi esa juda sovuq, qorli, ba'zan bulutli bo'ladi. Yil davomida harorat odatda ^C dan +360C gacha o'zgarib turadi va kamdan-kam hollarda ^C dan past yoki +40°C dan yuqori. Shu sababli yilning 4 fasli aniq namoyon bo'lgan. Issiq mavsum 3,7 oy davom etadi, 23-maydan 12-sentyabrgacha, maksimal o'rtacha kunlik harorat +300C dan yuqori. Yangiyerda yilning eng issiq oyi iyul bo'lib, o'rtacha harorat +36°C, eng pasti esa +21°C (5-rasm).
Sovuq mavsum 3,5 oy davom etadi, 21 noyabrdan 4 martgacha, minimal o'rtacha kunlik harorat +1PC dan past. Yangiyerda yilning eng sovuq oyi yanvar bo'lib, o'rtacha sovuq harorat maksimal ^C, minimal +50C.
Atmosfera yog'inlarining yillik miqdori 336,4-350 mm ni tashkil etadi. Yog'inning asosiy qismi bahor (26 %) va qish (53,2 %) fasliga to'g'ri keladi. Eng kam yog'in yoz (3 %) ga to'g'ri keladi. Yangiyerda yilning tiniq qismi 18 -mayda boshlanadi va 5,0 oy davom etadi va 18-oktabrda tugaydi. Yangiyerda yilning eng tiniq oyi avgust bo'lib, bu davrda osmon o'rtacha musaffo, ko'proq musaffo yoki 98% qisman bulutli bo'ladi. Yilning bulutli qismi 18 oktyabrda boshlanadi va 7,0 oy davom etadi va 18-may atrofida tugaydi. Yangiyerda yilning eng bulutli oyi fevral bo'lib, bu vaqtda osmon o'rtacha 59 % bulutli yoki ko'p bulutli bo'ladi [3].
4-rasm. Yangiyer shahrining 2015-2022 yillardagi chiziqli iqlim(harorat) diagrammasi. https://ru.weatherspark.com/ -xalqaro iqlim internet saytidan
original ko'rinishidan olingan.
Xulosa. Sirdaryo viloyati relyefi nisbatan tekis bo'lgan allyuvial va prolyuvial tekislikda yotganligi [4] hamda janubdan tog' oldi tekisligidan shimolga nishabligini hisobga olib, uning iqlimini (havo harorati va yog'inlar) 68° meridian o'qida joylashgan geografik kenglik omilida 3 ta kuzatuv meteorologik stansiya ma'lumotlari tahlil qilindi. Ushbu tahlil natijasiga ko'ra Sirdaryo viloyatining eng shimolidagi Sirdaryo shahrida o'rtacha yillik havo harorati +14,1 - +15,7 °C, yog'in miqdori va fasllar bo'yicha taqsimlanishi 300330 mm ni tashkil etib, asosiy yog'inning eng ko'p qismi qish (53,2 %) va bahor (26 %) fasllarida yog'gan. Sirdaryo viloyatining markaziy qismida, Sirdaryo shahridan 40 km janubda joylashgan Guliston shahrida o'rtacha yillik havo harorati +14,8 - +21 °C, yog'in miqdori va fasllar bo'yicha taqsimlanishi 162,5 - 220 mm ni tashkil etib, asosiy yog'inning eng ko'p qismi aksincha, bahor (46 %) va qish (26 %) fasllarida yog'gan. Sirdaryo viloyatining eng janubiy
qismida, Guliston shahridan 24 km janubda joylashgan Yangiyer shahrida o'rtacha yillik havo harorati +15,3 - +20,9°C, yog'in miqdori va fasllar bo'yicha taqsimlanishi 336,4-350 mm ni tashkil etib, asosiy yog'inning eng ko'p qismi qish (53,2 %) va bahor (26 %) fasllarida yog'gan. Sirdaryo viloyatining masofalari ko'p farq qilmaydigan 3 ta sharidagi gidrometeorologik stansiyalardagi ob-havoning ko'p yillik kuzatilishi natijasida olingan ma'lumotlar tahlili natijasida harorat va yog'inlarning farq qilishi, birinchi navbatda antropogen omil (Guliston va Yangiyer shaharlari misolida yillik havo haroratining ustunligi) ta'siri ortib bormoqda. Oqibatda shaharlardagi inson omili ta'siridagi mahalliy geoekologik muammolar global iqlim o'zgarishi kabi global geoekologik muammolarga o'z xissasini qo'shmoqda [5].
Fodalanilgan adabiyotlar:
1. P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Toshkent "O'qituvchi" 2002-333b.
2. http://www.pogodaiklimat.ru/history/38583.htm - Xalqaro Ob-havo va iqlim internet-tahlil rasmiy web-sayti
3. https://ru.weatherspark.com/ -Xalqaro iqlim internet rasmiy web-sayti
4. Zulkaynar o'g T. G. et al. SIRDARYO VILOYATI GEOGRAFIK O 'RNI, CHEGARALANISHI VA UNING GIS TAHLILI //World scientific research journal. - 2023. - Т. 16. - №. 1. - С. 12-16.
5. Tovbayev G. Z. GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO 'LLARI //Экономика и социум. - 2022. - №. 5-2 (92). - С. 279-283.