Научная статья на тему 'SIFAT VA RAVISHLARDAGI KO’P MA’NOLILIKNI TARJIMA ASARLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH'

SIFAT VA RAVISHLARDAGI KO’P MA’NOLILIKNI TARJIMA ASARLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
217
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sifat / ravish / ko`p manolilik / tarjima / qiyosiy / tahlil. / adjective / adverb / the meaningful / translation / comparative / analysis.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Janarabonu O’ktamovna Po’latova

Ushbu ilmiy maqoladan ko’zlangan maqsad ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida sifat va ravishlardagi ko’p ma’nolikni tahlil qilish va uni qanday hal qilish usullarini muhokama qilish

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ANALYSYS OF MEANINGFUL OF ADJECTIVES AND ADVERBS AND THE FORM ON THE BASIS OF TRANSLATED WORKS.

The purpose of this scientific article is to analysze the meaningful of adjectives and adverbs and the forms in the procces of translation from Englsh into Uzbek and discusses how to solve it

Текст научной работы на тему «SIFAT VA RAVISHLARDAGI KO’P MA’NOLILIKNI TARJIMA ASARLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-181-184

SIFAT VA RAVISHLARDAGI KO'P MA'NOLILIKNI TARJIMA ASARLARI

ASOSIDA TAHLIL QILISH

Janarabonu O'ktamovna Po'latova

Termiz Davlat Universititeti, talabasi

E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqoladan ko'zlangan maqsad ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida sifat va ravishlardagi ko'p ma'nolikni tahlil qilish va uni qanday hal qilish usullarini muhokama qilish

Kalit so'zlar: sifat, ravish, ko'p manolilik, tarjima, qiyosiy, tahlil.

THE ANALYSYS OF MEANINGFUL OF ADJECTIVES AND ADVERBS AND THE FORM ON THE BASIS OF TRANSLATED WORKS.

ABSTRACT

The purpose of this scientific article is to analysze the meaningful of adjectives and adverbs and the forms in the procces of translation from Englsh into Uzbek and discusses how to solve it

Keywords: adjective, adverb, the meaningful, translation, comparative, analysis.

KIRISH

Har bir tilning boshqa tillardan farq qiladigan jihatlari mavjud. Bu grammatik tuzilishi, tipologik tuzilishi va kelib chiqishi turlicha bo'lgan O'zbek, Rus va Ingliz tillariga ham xosdir. Bizga ma'lumki, o'zbek tiliga chet el adabiyati namunalari asosan rus tili orqali tarjima qilingan bo'lib, bunday tarjimalar asosan mustaqilllikkacha bo'lgan davrda amalga oshirilgan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, tarjima nazariyalari va tarjimachilikka oid ko'plab ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Jahon adabiyotidan qilingan ko'plab tarjimalar garchi rus tilidan o'zbek tiliga o'girilgan bo'lsada ularning badiiy qiymati yuksak hisoblanadi. Chet tilidan rus tiliga,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-181-184

rus tilidan o'zbek tiliga o'girilgan asarlarni qiyosiy tarjima tahlilini o'rganish o'zbek tarjimashunosligi fanida kam o'rganilgan soha. Shu sababli xorijiy tillardan birini va rus tilini chuqur o'rgangan tadqiqotchilar, tarjimonlar tayyorlash hozirgi zamon tarjima ilmining dolzarb masalalaridan biri bo'lib turbidi. Jahon adabiyotining juda ko'p durdonalari rus tiliga o'girilgani holda ularning ko'pchiligi hamon o'zbek kitobxonlariga yetib kelmagani ham sir emas. Ularning rus tili orqali o'zbek kitobxonlariga yetkazishga urinayotgan tarjimonlarimizning sermashaqqat mehnatlarini tan olganimiz holda, bilvosita tarjima asliyatdagi boy badiiy semantikstilistik ifodadorlikni to'lig'icha o'zbek kitobxonlariga yetkaza olmayotganligi ham tan olingan haqiqatdir.

Mashur amerika yozuvchisi hamda jurnalisti Teodor Drayzerning asarlari ham butun dunyo kitobxonlari tomonidan yuksak qadrlanadi. Jumladan, adibninig "Amerika fojeasi", "Jenni Gerxardt" va "Baxtiqaro Kerri" asarlarini tarjimalari o'zbek kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biz maqolamizda amaliy tahlil qilish asnosida yozuvchining "Baxtiqaro Kerri" asari misolida ko'rib chiqishni lozim topdik. "Baxtiqaro Kerri" asari dunyoda shahar haqida hikoya qilivchi eng ajoyib asar deb e'tirof etiladi. Ushbu asar dastlab 1900-yilda nashrdan chiqadi, keyinchalik u 1982-yilda M. Volosova tomonidan rus tiliga, 2007-yilda esa rus tilidan bilvosita tarjima asosida E. Nosirov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinadi. Asardagi ma'nolarni o'zgarishi, ma'noni kengayishi va torayishi hamda ko'p ma'noli so'zlarni tarjimada ifodalanish holatlari tarjima variantlari bilan qiyoslanganda yaqqol namoyon bo'ladi. Asar sarlavhasini o'ziyoq tarjimalar talqinida muammoli holatga sabab bo'ladi. "Sister Carry" rus tiliga to'g'ridan to'g'ri "Сестра Керри" deb tarjima qilingan, biroq o'zbek tiliga u "Baxtiqaro Kerri" nomi bilan o'zgartiriladi. Asar ichida ham tarjimon bu so'zni "jajji Kerri" yoki "kichkina Kerri" kabi ma'noni turli ko'rinishlari bilan ifodalagan. Maqolamiz mavzusi sifat va ravishlardan chetlashmagan holda, biz ko'p ma'nolilikni faqat sifat va ravishlarga oid jihatlariga e'tibor qaratishimiz lozim:

She was eighteen years of age, bright, timid and full of the illusions of ignorance and youth. (3 p)

Каролине только что исполнилось восемнадцать лет. Девушка, она было смышленая, но застенчивая, пресполненная иллюзий свойственных неведению и молодости. (5 стр)

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-181-184

Karolina endigina o 'n sakkizga to 'Igan.U esli-hushli, biroz tortinchoqroq qiz bo'lib, yoshlik va g'o'rlik yillarida kishini tinch qo'ymaydigan shirin orzulari olamida charx urardi. (5 b)

Bu gapda "bright" sifati ishlatilgan bo'lib, uni yorug', quyuq, tim, aqlli, zukko, zehnli, nurli, omadli, quvnoq, xursand kabi bir qancha ma'nolari mavjud. "timid" sifatini esa qo'rqoq, yuraksiz, jur'atsiz, iboli, uyatchan, tortinchoq kabi ma'nolari mavjud.

" Thank you " said Carry weakly. (35 p)

"Блогодарю вас" - чуть слышно произнесла Керри. (32 стр) "Minnatdorman " dedi Kerri arang eshitiladigan qilib. (31b)

Bu misolda "weakly " ravishi ovozni ifodalaganligi sababli arang eshitiladigan, zo'rg'a ma'nosida qo'llangan, biroq bu ravishning zaif, darmonsiz, bemador, qat'iyatsiz, juratsiz kabi ma'nolari ham mavjud.

....stout gentleman came in from the street. (29 p)

....наконец с улицы вошел коротенький толстый человечек. (26 стр) ....tashqaridanpakanagina baqaloq odam kirib keldi. (27 b) Bu gapda "stout" sifati tarjimada pakana baqaloq sifatida berilgan bo'lsada, bu sifatni bundan tashqari yana bir necha sog'lom, baquvvat, tetik, chidamli, irodali, sobitqadam, mustahkam kabi ma'nolari mavjud. Is it she answered nervously. (47p)

Вот так?- чуть нервно отозвалась Керри. (47 стр) "Shunday deng: dedi Kerri hayajon bilan. ( 49 b)

Bu gapda "nervously" ravishi hayajon bilan ma'nosida ifodalangan, biroq uni asabiylashib, xavotir bilan, qo'rquv bilan, to'lqinlangan, iztirobli kabi ma'nolari ham mavjud.

A clever companion -had she ever had one -would have warned her never look a man in the eyes so steadly. (11 p)

Будь у нее, напремер опитный друг, он обьяснил бы ей что не следует так упорно смотреть мужчине в глаза. (11 стр)

Misol uchun o 'shal damda yonida tajribali birorta do 'sti bo 'lganda, erkakning ko 'ziga hadeb tik boqaverish kerak emasligini tushuntirgan bo 'lardi. (11b)

Bu gapda "clever" sifati aqlli ma'nosidan tashqari tajribali ma'nosini ham ifodalab kelyapti. Bundan tashqari bu sifatning oqil, farosatli, mohir, oqilona, aql bilan qilingan kabi ma'nolari mavjud.

"Well, young lady" observed the old gentleman, looking at her somewhat

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-181-184

kindly. (27p)

-Что скажете, барышня?- спросил старий джентлмен и довольно приветливо посмотрел на нее. (23 стр)

-Xizmat oyim qiz? - keksa jentlmen shunday deya qizga juda muloyim boqdi.

(25b

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki tarjimaning asliyatga shaklan va mazmunan monand tarzida yaratilishining birdan-bir sharti tarjimonning o'z tilida asliymonand vositalar tanlab ifoda etishidadir. Bu mas'uliyat uning zimmasiga avvalo, asliyat ma'no va vazifasini bekamu-ko'st idrok etish songra xotirasida shakllangan fikrni o'z tili madaniyati va me'yori asosida to'la-to'kis ifoda etish vazifasini yuklaydi.

Xulosamiz so'nggida shuni qayd etib o'tish joizki, tillardagi ko'p ma'nolilik tilni jozibasini sayqallash bilan birga,bir necha asrlardan beri qiziqarli tadqiqot mavzularidan biri bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

2. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHI''ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180

3. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.