SHOH G'ARIB MIRZO SIYMOSI ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN
MUHAMMAD BOBUR TASVIRIDA
Ushbu maqolada Shoh G'aribning Navoiy va Bobur asarlaridagi tasvirlari yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar: G'aribiy, "Majolis un-nafois", "Farhod va Shirin", "Sab'ai sayyor", tarkiband-marsiya,"Boburnoma", majlis, aruz.
Tarixda Shoh G'arib Mirzo temuriy shahzoda bo'lish bilan bir qatorda o'zining o'tkir qalami bilan ham nom qozongan. Shoh G'arib Husayn Boyqaroning ishongan o'g'li bo'lish bilan bir qatorda G'aribiy taxallusi bilan ijod qilib, Navoiydek insonning ijodkor sifatida e'tiborini qozongan. Ushbu maqolamizda ijodkorning adabiyotdagi o'rnini belgilashda Navoiy va Bobur asarlariga murojaat etdik. G'aribiy haqidagi ma'lumotlar bir qancha asarlar, jumladan, Navoiyning "Majolis un-nafois" ning yettinchi majlisida, Farhod va Shirin, "Sab'ayi sayyor"ning Xadichabegimga bag'ishlangan qismida bundan tashqari, Boburning "Boburnoma" asaridan ham ma'lumot olishimiz mumkin. Ma'lumki, "Majolis un-nafois"ning deyarli har bir majlisida shoirning o'z davri ijodkorlari, adabiyotga ixlos qo'ygan hukmdorlari, homiylari va shoirlari haqida ma'lumot beriladi. Bu haqida Navoiyning o'zi asarning kirish qismida aytganidek, "Husayn Boyqaro tavalludidan boshlab asar yozilgan paytgacha yashagan shaxslarni kiritganligi"ni aytadi. Bevosita yettinchi va sakkizinchi majlisi temuriylarga bag'ishlangan asarning yettinchi majlisida Navoiyning G'aribiy ijodiga bo'lgan iliq fikrlarini o'qiymiz. Uning "Nozik fahmli va zehnli" ekanligini aytish barobarida nazm bilan birgalikda nasrda ham naziri yo'q bo'lganligini aytib o'tadi. Bundan kelib chiqadiki, G'aribiy nazm bilan birgalikda nasrda ham ijod qilib, bu asarlar qiymati Navoiyning ham e'tiborini tortgan ekan. Navoiy, uning ijodiga bu bilan cheklanib qolmasdan o'sha davr an'anasiga muvofiq G'aribiyning ham zullisonayn shoir ekanligini aytib, fors va turkiy tillardagi ijodidan matlalar keltiradi. Yana o'z davri shoirlarining hammasi ham amalga oshira olmagan ish - Devon tartib berganligini ham aytadi. Ushbu ma'lumotlar orqali Navoiyning G'aribiyga faqatgina shahzoda bo'lganligi uchungina emas, balki ijodi e'tiborini
Gulchehra Umbar qizi Choriyeva
CHDPU talabasi
Ilmiy rahbar: Rasulova Rayxon O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi p.f.f.d. (PhD)
ANNOTATSIYA
422
tortib, shoirlar davrasida alohida o'ringa ega ekanligini bilishimiz mumkin. Chunki har tomonlama mehr qo'yganligini tazkiraning yettinchi majlisida eng ko'p keltirilgan ta'rif G'aribiy uchun ekanligidan ham anglaymiz. Fikrimizga isbot sifatida ta'rif so'nggida berilgan quyidagi jumlalarni keltiramiz: "Yaxshi matlalari bu muxtasarga sig'mas, magar yana bir kitob bitilgay" [1. Majolis un-nafois].
Ushbu ma'lumotdan bilib olishimiz mumkinki, Navoiy ushbu ta'riflari bilan cheklanib qolmasdan, balki uning uchun alohida asar yozishni ham niyat qilgan. Faqat u asar yozilgan-yozilmaganligi yoki bizgacha yetib kelganligi fanimiz oldida turgan dolzarb masalalardandir. Shuningdek, "Xamsa"ning "Farhod va Shirin" dostonida ham yana bir qancha tavsiflar keltirar ekan, jumladan, kichik yoshdan she'r yozishda ulug' yoshli shoirlardan kuchliroq ekanligi-yu, kalomidagi malohat, fasohat, zotidagi bilimdonlig-u zehnidagi o'tkirligi haqida bunday yozadi: G'arib o'lg'ay nihoyatdin ziyoda, Bu yanglig' gulkim o'lg'ay shohzoda. Qayu shahzoda ul koni malohat,
Takallum vaqti daryoyi fasohat. Fasohat bobida shahg'a qarib ul,
Bori shahlar fasihi Shohg'arib ul.[2. Farhod va Shirin. 388-bet]
"Sab'ayi sayyor" dostonida esa aynan Shoh G'arib ismi ketmagan bo'lsa-da, asarning Xadichabegimga bag'ishlangan qismida ushbu malikaning "ikki sa'd axtar farzandi", "biri fazlda jahon nodiri-yu, biri lutf ila jahon joni" degan iboralardan G'aribiy va akasi Muzaffar Husayn Mirzolar ko'zda tutilganini bilib olishimiz mumkin:
Ey, hariming sipihri izzu jalol, Andin o'tgoli yo'q, malakka majol. Oyu kun yo'q, agarchi monanding, Ikki sa'd axtar, ikki farzanding. Fazl aro nodiri jahon birisi, Lutf birla jahonga jon biris
To jahon bo'lg'ay, ul ikkov bo'lsin, Qo'llariga jahon garov bo'lsin.
Tong emas bo'lsalar Masihodam, Kim alarning onosidur Maryam. Ikki yoningda otaishn gavhar,
Dur iki, yonida samin gavhar [ 3. Sab'ayi sayyor. 64-bet].
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, Shoh G'arib erta vafot etgani Navoiyga chuqur ta'sir qildi va bu shahzodaga mehri, ijodini hurmat qilgani sababli har bir
423
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Chirchiq davlat pedagogika universiteti_Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
bandi o'n ikki misra besh bandlik marsiya yozdi. Alisher navoiy turkiy tilda mumtoz lirik turning 16 janrda ijod qilganligi ilm ahliga yaxshi ma'lum . Uning "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida ushbu janrlarning barchasi mavjudligini Hamid Sulaymonov tuzgan jadvallar tasdiqlaydi. Shoir o'zining marsiyasi mazmunidagi she'rlar uchun tarkiband shaklni tanlagan. Zero, mumtoz poetika talablarga ko'ra tarkiband,asosan, madh va marsiyadagi she'rlarga mo'ljallangan bo'ladi. Navoiyning ustozlari Sayyid Hasan Ardasher Abdurahmon Jomiy vafotiga bag'ishlangan marsialar tarkiband janrida bitilganligi fikrimizni tasdiqlaydi. U shuningdek Boyqaroning farzandi Shoh G'aribr mirzo G'aribiy taxallusi bilan ijod qilgan shahzodaga ham marsiya yozgan. Hamid Sulaymonov Alisher Navoiyning G'arib mirzo vafotiga yozgan marsiyasi sarlavhasi ostida maqola yozganligi ham bizga ma'lum. Hamid Sulaymonov maqolasida marsiya o'rin olgan qo'lyozmaning 1499 -1500- yillarda ko'chirganligi va hozirda Tojikiston ( Dushanbe)da saqlanishi haqida ma'lumot bergan. Olimning aytishicha, marsiya "Badoyi ul vasat" devoni tarkibida kichik janrlar bilan birga keltirilgan. Lekin tojikistonlik olim B.Maqsudovning xabar berishi va bizga yuborilgan qo'lyozma varaqlari fotonusxasi asosida ma'lum bo'ldiki, tarkiband "Xazoyin ul-maoniy"ning so'nggi devoni "Favoyid ul-kibar" tarkibiga kiritilgan ekan. She'r marta sarlavhasi ostida so'nggi 650-na't tarkib g'azaldan so'ng "Bordim. bu sahar..." deb boshlanuvchi mustazoddan oldin keltirilgan.[4.H.Sulaymonov. 175.] Ushbu tarkibband-marsiyaning har bir bandi 6 baytdan iborat bo'lib bandlar soni beshta shundan kelib chiqib umumiy hajmi 30 baytni tashkil qiladi. Janr talablari asosida har bir band so'ngida ikki misra "bayti tarkib" masnaviy tarzda o'zaro qofiyalashib kelgan. Dastlabki bandning biriktiruvchi bayti quyidagichadir:
Tushdi ya'ni adam ilmig'a nigoh g'arib Shohlar majmuaning nodirasi - Shoh G'arib Tarkiband -marsiyaning bandlari shartli ravishda mazmunan quyidagi qismlarga ajratish mumkin: Birinchi bandda dunyoning foniyligi falakning bevafoligi, ikkinchi bandda ayriliqning zamona hukmdori Husayin Boyoqaro bilan bog'liq holdagi talqini, uchinchi bandda Mahdi ulyo - Xadichabegimning iztiroblari, to'rtinchi bandda shahzodaning ham taxt ham devon sohibi ekanligi va beshinchi banda bu musibatdan butun aholisi - shoir-u ulamolar iztirobda ekanligi haqida so'z bo'ladi.
Husayn Boyqaro shahzodani nihoyatda qadrlagani va davlat ishlarini unga ishonib topshirgan. Boburning ma'lumot berishicha, sulton Hirotdan tashqari chiqqan paytda taxtni Shoh G'arib mirzoga qoldirar ekan. Navoiyning Sayyid Hasan Ardasher va Abdurahmon Jomiy vafotiga bag'ishlangan tarkiband marsiyalar singari ramal bahrining ramali musammani maxbuni maxzuf yoki maqsur vazni qo'llanilgan. Agar
424
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Chirchiq davlat pedagogika universiteti_Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Jomiyga bag'ishlangan marsiyada vaznni dastlabki bandidagi "digar ast" radifini berilgan bo'lsa turkiya marsiyalarda birinchi misradagi ilk jumlalar ushbu tarkibandning ramal bahrining maxbun tarmog'ida yozilishini taqozo qilgan. Qiyoslash uchun har 2 tarkibbandning ilk misralarini keltiramiz.
Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan tarkibband marsiyadan Dahri bog'iki jafo shoiridur har chamani...
- V - / V V - / V V - / V V -Shoh G'arib mirzoga bag'ishlangan marsiya quyidagicha boshlanadi: Dahir bog'ida ajab tafriqadur , ey aflok...
- V - -/ V V - - / V V - - / V V ~ Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan tarkibanddan farqli o'laroq mazkur tarkibandda taxallus qo'llanilmagan. So'nggi banddagi mazmun ham o'z nihoyasiga yetmagandik, tugallanmangandek taassurotni qoldiradi. Garchi tarkiband tugatilmagan bo'lsa-da, u juda go'zal tarzda bizga yetib kelgan. [ 5. Yusupova D.268.] Buni mumtoz adabiyotimizda Navoiy o'z hissasini qo'shgan tarkibband janrining namunalaridan deb ayta olamiz.
Ma'lumki, "Boburnoma"da deyarli hamma temuriylarga ta'rif berilgan. Bu ta'riflarning Navoiy ijodidagilardan farqi shuki, Bobur barchaga real baho berishga harakat qiladi. Jumladan, G'aribiy haqida Navoiy to'xtalmagan jihat- G'aribiyning bukri bo'lganligi tarixiy manba sifatida keltirilgan. Xususan, Husayn Boyqaroning avlodiga to'xtalganda "Yana Shoh G'arib Mirzo edi, bukri edi. Agarchi hay'ati yomon edi, tab'i xo'b edi. Agarchi badani notavon edi, kalomi marg'ub edi. "G'aribiy taxallus qilur edi, devon ham tartib qilib edi, turkiy va forsiy she'r aytur edi" deb forscha g'azalidan matla keltiradi: Dar guzar didam pariro'ye shudam devonaash, Chist nomi, o' kujo boshad nadonam xonash [ 6.Boburnoma. 149-bet].
Navoiy ta'rifi bilan qiyoslaganda Boburda shoirning shaxsiyatiga e'tibor berish kuchliroqdek tuyuladi. Onasiga unchalik ham xayrixohlik bildirmagan bo'lsa-da, ijodi haqidagi ta'riflari esa Navoiyniki bilan deyarli bir xil. Faqat Navoiy Shoh G'aribning taxallusi haqida so'z yuritmay, asosan, fikriga isbot uchun uning ijodidan namunalar keltiradi. Tarixiy ma'lumot sifatida Bobur G'aribiyni Husayn Boyqaroning ishongan farzandlaridan ekanligi va o'zi biror joyga ketsa, Hirot hukumatini Shoh G'aribga topshirishini, ammo oila qurmasdan erta vafot etganligini keltiradi. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Shoh G'arib nafaqat mas'uliyatli shahzoda bo'lib nom qozongan, balki o'z ijodi bilan xalq, o'z davrining yetuk ijodkorlari e'tiborini tortgan. Bu ta'riflar Shoh G'arib Mirzo ijodini chuq urroq o'rganishning adabiyotimiz oldidagi vazifalaridan deb ayta olamiz.
April 23-24, 2024
https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference
425
REFERENCES
1.Majolis un-nafois. Mukammal asarlar to'plami. 13-tom. T., O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti, 1997.
2.Farhod va Shirin. Mukammal asarlar to'plami. 8-tom. T., O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti, 1997.
3.Sab'ayi sayyor. Mukammal asarlar to'plami. 10-tom. T., O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti, 1997.
4.H.Sulaymonov. Alisher Navoiyning G'arib Mirzo vafotidaga yozgan marsiyasi//Adabiy meros .1997 N_2 - B. 175- 178.
5.Yusupova D. Alisher Navoiyning Shoh G'arib Mirzoga bag'ishlangan tarkibband-marsiyasi xususida// Toshkent " Mashhur-Press ", 2020. 265-268.
6.Boburnoma. T., "Yulduzcha" nashriyoti, 1989.
426