Научная статья на тему 'SHIMOLIY OQNAZAR KONINING GEOLOGIK TUZILISH, NEFTGAZLILIGI VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI HAQIDA'

SHIMOLIY OQNAZAR KONINING GEOLOGIK TUZILISH, NEFTGAZLILIGI VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
136
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
seysmorazvedka / perm` / trias / platforma / gorizont / Amudaryo sineklizasi / Chorjo'y pog'onasi / Kultak do'ngligi / qatlam suvi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shuxrat Odiljon Ogli Gofurov, Abdullox Atxam Ogli Rustamov

Maqolada Shimoliy Aknazar koni haqida ma'lumot berilib, unda konning geologik tuzilishi, neftgazliligi, gidrogeologik sharoitlari haqida to'xtalib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHIMOLIY OQNAZAR KONINING GEOLOGIK TUZILISH, NEFTGAZLILIGI VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI HAQIDA»

SHIMOLIY OQNAZAR KONINING GEOLOGIK TUZILISH,

NEFTGAZLILIGI VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI HAQIDA

Shuxrat Odiljon o'g'li G'ofurov Abdullox Atxam o'g'li Rustamov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti assitenti texnika universiteti assitenti

ANNOTATSIYA

Maqolada Shimoliy Aknazar koni haqida ma'lumot berilib, unda konning geologik tuzilishi, neftgazliligi, gidrogeologik sharoitlari haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar:seysmorazvedka, perm', trias, platforma, gorizont, Amudaryo sineklizasi, Chorjo'y pog'onasi, Kultak do'ngligi, qatlam suvi.

Ma'muriy jihatdan Shimoliy Oqnazar koni O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan.

Shimoliy Oqnazar tuzilmasi 1990 yilda seysmorazvedka ishlari natijasida aniqlanib, ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida yuqori, o'rta va quyi angidrit bo'yicha xaritalar tuzildi, neftgazga istikbolli va rapga karshi xavfli bo'lmagan hududlar aniqlandi.

Quduqlar bo'yicha kesimlarning ajratilishi, G'arbiy O'zbekiston hududlari uchun oxirgi yillarda ishlab chiqilgan zamonaviy stratigrafik sxemalar va ularning ilovalariga muvofiq ravishda, hamda kern materiallarini o'rganish natijalarini hisobga olgan holda, elektrik, radioaktiv, akustik va boshqa turdagi karotaj diagrammalari bo'yicha amalga oshirildi.

Konning geologik tuzilishida Paleozoy fundamenti yotqiziqlari va Mezo-kaynozoy cho'kindi jinslari ishtirok etadi.

O'rganilayotgan konda paleozoy va perm'-trias yotqiziqlari ochilmagan. Permtrias yoshiga shartli ravishda kiritilgan yotqiziqlar №1P-Pamuk qudug'ining 3937-4000 m oralig'ida ochilgan. Ular to'q kulrang, kulrang va qizilsimon-qo'ng'ir ranglarga bo'yalgan qumtoshlar, alevrolitlar va argillitlar ketma-ket almashinib turuvchi kesimi bilan tasvirlangan.

Hozirgi kundagi mavjud tasavvurlarga binoan, perm'-trias majmuasi oraliq strukturaviy qavatga tegishlidir.

Platforma majmuasi cho'kindilari yura, bo'r, paleogen, neogen tizimlarining yotqiziqlari bilan tasvirlangan.

Shimoliy Oqnazar koni

Karbonat yura yotqiziqlarining shifti bo'yicha tuzilmali xarita l-l chiziq bo'yicha geologik kesma

Tuzuvchilar: Gafurov T.A., MuratovA.S. Tuzuvchilar: Gafurov T.A., MuratovA.S.

1-rasm. Shimoliy Oqnazar koninig tuzilmali xaritasi va geologik kesmasi

Tektonik jihatdan Shimoliy Oqnazar maydoni G'arbiy O'zbekiston hududidagi Amudaryo sineklizasi, Chorjo'y pogg'onasidagi Kultak do'ngligining janubi-sharqida joylashgan bo'lib, Markaziy Amudaryo akkumulyatsion-topografik egiklining sezilarli qismini egallaydi.

Seysmorazvedka va №1,2,3 izlov va razvedka burg'ilash quduqlaridan olingan ma'lumotlariga asosan quyi angidritlar bo'yicha Shimoliy Aknazar maydoni Kultak koni tomonga monoklinal yotib, submeridional yo'nalishda ikki gumbazli braxiantiklinal bo'lib, o'lchami 7x7 km, balandligi 50 m, maydoni 7,2 km.kv. ni tashkil qilib, kellovey-oksford yarusidagi ohaktoshlarda biogerm tuzilishga ega.

XVI-a gorizont bilan bog'liq bo'lgan tutqich o'zida linzasimon tanani tashkil qilib, gorizont qalinligi 50-85 km.ni tashkil etadi.

Tutqich tagida tuz-angidrit qatlamining pastki (150-250 m) va gamma aktiv pachka (5-10 m) qisqaradi, tutqich atrofida GAP qalinligi tuz-angidrit qatlamining pastki qismi 350-400 m. ni tashkil etadi.

№2 va 3 Shimoliy Aknazar izlov quduqlaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra №3 quduqda gamma-aktiv qavat qalinligi 6 m bo'lib, №2 Shimoliy Aknazar qudug'i bilan solishtiranda qalinligi kamayishi kuzailadi, huddi quyi tuzlar qalinligiday.

Shuni ta'kidlash kerakki, kellovey-oksford yotqiziqlari biogerm tuzilishli bo'lishi mumkin. Biogerm tuzilish geometriyasiga asosan ijobiy bo'lib, Kultak, Janubiy Alan, Alan, Aknazar konlariga yaqin bo'lganligi ularning shakllanishi va tuzilishi Shimoliy Aknazar maydoni o'lchamlari va konfiguratsiyasi tanlanishida asos bo'lib xizmat qiladi.

Neftgazlilik rayonlashtirishga binoan, Shimoliy Aknazar maydoni Amudaryo sineklizasi, Chorjo'y pog'onasidagi Kultak do'ngligining janubi-sharqida joylashgan bo'lib, Markaziy Amudaryo akkumulyatsion-topografik egiklining sezilarli qismini egallaydi

BXNG viloyatida cho'kindi qavatida 4 ta asosiy maxsuldor kompleks ajratiladi. Quyi - o'rta yura (terr); yuqori yura (karbonat), quyi bo'r (neokom+apt) va quyi yuqori bo'r (apt+senoman).

Yuraning terrigen qatlami quduqning geologik - texnik sharoitiga ko'ra oxirigacha razvedka qilinmagan. Bir qancha quduqlarda kollektor bo'lmagan eng yuqori qismi ochilgan.

Kultak konidagi bo'r yotqiziqlarini sinash natijasida (XIV gorizontdan X gorizontgacha) bu yerda uning istiqbolli emasligi aniqlandi.

Chorjo'y pog'onasining markaziy qismida mahsuldorlik yuqori yuraning kellovey -oksford yotqiziqlari bilan bog'liq. Shimoliy Aknazar maydonida yer yuzasida neftgaz namoyon bo'lishi aniqlanmagan.

№2 quduqni sinash natijasida olingan istiqbolli uyumlar (Qg-49 ming. m sut, Qn

"3

-34 m /sut). Shimoliy Aknazar maydonini Neft Gaz koni razryadiga tegishliligini bildiradi.

Fatsial - genetik munosabatigi ko'ra, Shimoliy Aknkzar koni rifoldi akkumulyatov botiqlikda joylashib, u yerda karbonat yotqiziqlari kesimining yuqori qismi karbonat -gilli jinslarning depression fatsiya - qatlami bilan namoyon bo'lib, kollektorlik deyarli mavjud emas.

№2 quduqda ishlatish quvurida 7 ta intervalda sinash ishlari olib borilib (XVI -XV - XVa gorizontlar), bulardan

3554 - 3542m (XVa) oraliqda kuchsiz gaz olingan;

3533 - 3524 m (XVa) oraliqda neftli gaz uyumi;

3525 - 3523 m (XV) oraliqda neft va suvli gaz;

3502-3494 m va 3490 - 3480 m oraliqlarda esa neftli gaz uyumi olindi.

Shundan kelib chiqib, Shimoliy Aknazar maydonining sanoat miqyosidagi neftgazlilik №2 quduqni sinash natijalariga asoslanib belgilandi. №3 quduqda 3450-3600m oraliqlarda ochiq zaboyda sinash o'tkazilib, kuchsiz gazli qatlam suvlari olindi.

Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Shimoliy Aknazar konining sanoat miqyosidagi istiqbolliligi kellovey - oksford yotqiziqlarida XV - XVa gorizontlar bilan bog'liq.

GIS malumotlari va №2 quduq sinash natijalari bo'yicha SNK- 3294 m.da, GNK - 3219m. da belgilandi.

Shimoliy Aknazar maydoni geologik rayonlashtirish bo'yicha, Qashqadaryo artezian havzasida joylashgan. Region kesimida 4ta suv tazyiqli kompleks ajratiladi. Yura, neokom-apt, aFb-senoman va turon usti.

Gidrogeologik sharoitlari

Yura suvtazyiqli kompleks > Ushbu kompleks suvlari xlorid - kal tsit turdagi nomakobdir. Mineralizatsiyasi - 110-150 g/l.

Bu xlorid - kaltsit turdagi, xlorid guruhi, S1 S2 A2 sinf, natriy guruhchali nomakobdir. Metomorfizatsiya darajasi yuqori. №2 quduqda rNa/rCl-0,8, rCl/ rNa -2,76, suvning sulfatligi past, №2 quduqda rSO4/ rCl-0, №3 quduqda rSO4/ rCl-0,00006.

Suvda mikrokomponentlar miqdori yuqori: yod - 20,2 mg/l, brom 275 mg/l, bor okisi - 354,9 mg/l. Yura kompleksi uchun suv to'sig'i kimerij - titonning tuz-angidrit qatlamidir.

Neokom - apt suvtazyiqli kompleks

Ushbu kompleks suvi XIII va XII o'tkazuvchi gorizontlarni o'z ichiga olib, qumtosh va alevrolitlardan tashkil topgan. Ushbu kompleks suvi xlorid - kaFtsit turdagi nomakobdir.

"3

Solishtirma og'irligi 1,1342/sm , mineralizatsiyasi 150 g/l. Ushbu suvning suv to'sig'i quyi aTb gilliridir.

AFb - senoman suvtayziqli kompleks

Bu kompleks XI, X, IX o'tkazuvchan gorizontdagi qatlamli suvlarni o'z ichiga oladi va qumtosh alevrolitlardan tashkil topgan.

Ushbu kompleks suvi xlorid - kaFtsiy turdagi nomakobdir, mineralizatsiyasi 54 -118 g/l. (IX gorizont). Suv to'sig'i turon gillaridir.

Turon usti suv tayziqli kompleks

Turon yotqizig'ining VIII gorizont, paleotsenning Buxoro qatlam suvini o'z ichiga oladi. Ushbu kompleks suvi gidrokarbonat - natriy turidagi suv bo'lib, mineralizatsiyasi 7-8 g/l. Buxoro qatlam suvi chuqur quduqlarni bo'rg'ilashda texnik maqsadlarda foydalaniladi. Quduqlarda suvning statik sathi 25 - 30m.

REFERENCES

1.Акрамова Н.М., Аллаяров Б.И., Закиров Р.Т., Закиров А.А. Мухутдинов Н.У., Халисматов И. Геохимия природных газов из отложений терригенных и карбонатных формаций Бухаро-Хивинского нефтегазоносного региона Узбекистана. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, Volume 937, Papers., https: //iopscience .iop .org /article/ 10.1088/1755-1315/937/4/042085.

2.Тиллабоев М.Р.. Подсчет запасов нефти и газа месторождения Шимолий Акнаар в Республике Узбекистан. 2016.

3.Акрамова Н.М., Аллаяров Б.И., Абдурахманов Б.А., Кобилов Н.М.. Геохимические особенности природных газов Бухара-Хивинского региона. Международной научной интернет-конференции «Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации» (вып. 65), 27 ноября 2020 г. (Украина).

4.Холисматов И., Закиров Р.Т., Махмудов Н. Нефтегазоносные комплексы: литология и природные резеовуары (часть: природные резервуары). "Фан ва технологиялар" нашриёти, методик кулланма. Тошкент. 2015й. 142 бет.

5. Газоконденсатные исследования разведочных скважин месторождения Шимолий Акназар. ОАО «УзЛИТИнефтгаз», Ташкент, 2002

6. Инструкция по комплексному исследованию газовых и газоконденсатных пластов и скважин. М., Недра, 1980.

7. Методические рекомендации по комплексированию и этапности выполнения геофизических, гидродинамических и геохимических исследований нефтяных и нефтегазовых месторождений, РД 153 - 39.0 - 109 - 01, Москва, 2002.

8. Мусаев Х.Н., Муминджанов Т.И., Худойбердиев Х.Ф. Закономерности распространения микрокомпонентов в пластовых водах, сопутствующих нефтяным и газовым месторождениям Бухаро-Хивинского региона, Ташкент, Жур.Нефти и газа №2,2008

9.Ташходжаев Х.А. Методические руководства по гидродина-мическим исследованиям и нефтяных объектов скважин, вскрывших продуктивные отложения на нефть и газ в Республике Узбекистан, Ташкент, ОАО «Узбекгеофизика», 2002.

10. 49. Пак С.А. Подсчет запасов нефти и газа месторождения Шода и Маржон в Республике Узбекистан. 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.