Научная статья на тему 'SHAKARLIK-ASTANA №1, QUDUQ BO‘YICHA BURG‘ILASH MATERIALLARI TAHLILI'

SHAKARLIK-ASTANA №1, QUDUQ BO‘YICHA BURG‘ILASH MATERIALLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
121
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasining / epiplatforma / Kagni antiklinal qanoti / artezian / basseyn / Aktau Surxondaryo sinklinoriya / neft / gaz / sinekliza / botiqlik / yotqiziqlar. / The Republic of Uzbekistan / epiplatform / Kagni Anticline wing / Artesian / basseyn / Aktau / Surkhandarya / sinclinora / oil / gas / sinekliza / depression / fields.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dononov Jasur Ural O‘g‘li, Axmedova Dilfuza Azamatovna

Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining beshta neft-gaz hududlaridan biri bo‘lib, stratigrafik jihatdan o‘rta-yuqori yoshdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sanoat neft-gaz unumdorligi isbotlangan. Mintaqaga umumiy nuqtai nazar, geologiya-geofizik tadqiqotlar tarixi, kesmalarning litol-stratigrafik xususiyatlari, tektonik tuzilish, neft va gaz o‘tkazuvchanligi, konlarning stratigrafik va tektonik chegarasi, ularning o‘zgarishlar tarkibi berilgan. Mintaqaning rivojlanish tarixi, geologiya-qidiruv ishlari natijalari, Geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun jinslar va hududlarning ustuvor stratigrafik komplekslari ajratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUGAR-ASTANA №1, ANALYSIS OF WELL DRILLING MATERIALS

The Surkhandarya region is one of the five oil and gas-bearing regions of the Republic of Uzbekistan with proven industrial oil and gas productivity in the stratigraphic range from the Middle-Upper Jurassic to the Upper Paleogene inclusive. A general overview of the region, the history of geological and geophysical studies, lithological and stratigraphic characteristics of sections, tectonic structure, oil and gas content, stratigraphic and tectonic occurrence of deposits, and their phase composition are presented.

Текст научной работы на тему «SHAKARLIK-ASTANA №1, QUDUQ BO‘YICHA BURG‘ILASH MATERIALLARI TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

О

SHAKARLIK-ASTANA №1, QUDUQ BO'YICHA BURG'ILASH MATERIALLARI TAHLILI

Dononov Jasur Ural o'g'li Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi kafedrasi assistenti Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti; jasur@dononov. mail.ru Axmedova Dilfuza Azamatovna Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi kafedrasi assistenti Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti; dilfuza. axmedova. [email protected]

Annotatsiya. Surxondaryo viloyati O 'zbekiston Respublikasining beshta neft-gaz hududlaridan biri bo 'lib, stratigrafik jihatdan o 'rta-yuqori yoshdan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan sanoat neft-gaz unumdorligi isbotlangan. Mintaqaga umumiy nuqtai nazar, geologiya-geofizik tadqiqotlar tarixi, kesmalarning litol-stratigrafik xususiyatlari, tektonik tuzilish, neft va gaz o 'tkazuvchanligi, konlarning stratigrafik va tektonik chegarasi, ularning o 'zgarishlar tarkibi berilgan. Mintaqaning rivojlanish tarixi, geologiya-qidiruv ishlari natijalari, Geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun jinslar va hududlarning ustuvor stratigrafik komplekslari ajratildi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasining, epiplatforma, Kagni antiklinal qanoti, artezian, basseyn, Aktau Surxondaryo sinklinoriya, neft, gaz, sinekliza, botiqlik, yotqiziqlar.

Аннотация. Сурхандаръинская область входит в пятерку нефтегазовых регионов Республики Узбекистан и стратиграфически доказала промышленную нефтегазопродуктивностъ с возрастом выше среднего. Дано обзор региона, история геолого-геофизических исследований, литолостратиграфические особенности разрезов, тектоническое строение, нефтегазопроницаемостъ, стратиграфические и тектонические границы месторождений, состав их изменений. Для продолжения геологоразведочных работ выделены история развития региона, результаты геологоразведочных работ, приоритетные стратиграфические комплексы горных пород и регионов.

Ключевые слова: Республика Узбекистан, эпиплатформа, Антиклинальное крыло Кагни, артезианский, бассейн, Актауская Сурхандаръинская, синклинория, нефтъ, газ, синеклиза, впадина, месторождения.

Scientific Journal Impact Factor

Abstract. The Surkhandarya region is one of the five oil and gas-bearing regions of the Republic of Uzbekistan with proven industrial oil and gas productivity in the stratigraphic range from the Middle-Upper Jurassic to the Upper Paleogene inclusive. A general overview of the region, the history of geological and geophysical studies, lithological and stratigraphic characteristics of sections, tectonic structure, oil and gas content, stratigraphic and tectonic occurrence of deposits, and their phase composition are presented.

Key words: The Republic of Uzbekistan, epiplatform, Kagni Anticline wing, Artesian, basseyn, Aktau, Surkhandarya, sinclinora, oil, gas, sinekliza, depression, fields.

Shakarlik-Astana maydoni Gissar tizmalarini janubiy-g'arbiy botiqligi chegaralarida joylashgan. Neft va gazni chuqur qidirish ishlarini ko'rsatilgan profil yo'nalishi bo'yicha amalga oshirish maqsadida Bayangara va Gadjak tuzilmalari chegaralarida quduqlarni chuqur burg'ilash ishlari boshlandi. Paleogen, neogen va bo'r yotqiziqlarini ochish, shuningdek tektonik buzilishlarni (qirqimlarni takrorlanishi, parchalanish zonalari va boshqalar) burg'ilash maqsadida.

Respublikada xalq xo'jaligini neft mahsulotlari, uglevodorod xom ashyosi bilan ta'minlash masalalarini echish uchun yangi neft va gaz konlarini qidirish kerak bo'ladi.

Bu masalani hal qilish uchun geologlar A.A. Abidov, T.V. Grinenko ko'rsatilgan rayonlarda neft qidiruv ishlarini olib borishni taklif qilishdi.

Maydonlar geologik tuzilishiga ko'ra bo'r hosil qilishi bo'yicha cho'kindi, paleogen, neogen va epiplatforma deb qabul qilinadi.

Ko'rib chiqilayotgan SHerobod - Sariqqamish rayoni epiplatformali orogenli viloyat chegaralarida. Surxondaryo sniklinoriya va janubiy - g'arbiy botiqlikligi Gissar tizmalari megantiklinallararo chegarasida joylashgan SHerobod - Sariqqamish tog' botqoqligi Kelior - Sariqqamish ko'tarilish zonasini kismi hisoblanib, shimoliy-g'arbdan Boysun sinklinallari, janubiy - sharqdan esa Surxondaryo botiqliklari bilan chegaralangan. Loyihalanayotgan maydon janubiy - sharqida Kagni antiklinal qanoti joylashgan. Maydonni tuzilishi asosan Kagnisoy surilmalariga bog'liq bo'lib, qiyin tektonik yo'nalishlarda har xil litologik formatsiyalar hamda turli xil fizikaviy xossalariga aloqador. Shakarlik - Astana maydoni neftga samaradorli hisoblanib, buni to'g'ridan-to'g'ri neftgazli belgilarda ko'rish mumkin.

To'g'ridan-to'g'ri belgilarda Kagni va Shakarlik - Astana neftli bloklarni birdan bilish mumkin. Shakarlik - Astana neftli bloki paleogen yoriqli dolomitlashgan ohaktoshlarda - o'rganilgan. Neft suv bilan aralashib. Yamalardan yoriqlar bo'yicha paleotsen ohaktoshlari yuqori qismidan 1 m chuqurlikda oqib o'tadi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Scientific Journal Impact Factor

O

- Neftgazlilikni bilvosita belgilaridan quyidagilarni yoritishimiz mumkin: Neft zaxiralarini o'sishini noananaviy rezrvlari yangi turdagi hudud bilan bog'liq bo'ladi;

- Neft uyumi 1986 yilda Aktau Surxondaryo sinklinoriya tuzilmalar chegarasida uchraydi;

- Neft va gaz uyumlarini paydo bo'lishi, saqlanishi va parchalanishida gidrogeologik faktorlar muhim rol o'ynaydi;

Shakarlik - Astana maydoni Surxondaryo artezian basseyn ko'rinishida bo'ladi.

Berilayotgan reglament ma'lumotlari asosida olinadigan yotqiziqqa baho berish mumkin. Paleogen yotqiziqlari bo'yicha suvli gorizontlar paleotsen va o'rta eotsen hisoblanadi. Bosimli suvlar paleotsen yotqiziqlariga tegishli. Bu suvlarning xarakterli tomoni ularning yuqori minerallashgani va yuqri gidrostatik bosimliligidadir.

Surxondaryo sniklinorida alay gorizonti suvi doimiy minerallashgan (14 dan 32 g/l gacha) va ohaktosh - rakushnikli qatlamga tegishlidir. Ularning xarakterli tomoni gidrokarbonat miqdorning kamligi, sulfat konlarining pastligi, brom va yod miqdorining esa yuqoridagiligidadir.

Shakarlik - Astana maydonida struktura qidiruv burg'ilash №1 quduqda boshlangan. Natijalarga ko'ra bo'r yotqiziqlari quduqlarda ko'proq uchragan. Quduqda sanoat - geofizik usuli yordamida 861 m chuqurlikda yotqiziqlar ochilganligi o'rganilgan. Bu usul yordamida quduqda standart va gamma karotaj qilingan. 577-582 m va 860-861 m oraliqlarda har xil rangdagi to'q yashil va kul rangdan to sariq va yashil ranggacha bo'lgan terrigen tog' jinslari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Har 10 m oraliqda quduqda shlam holati o'rganiladi. Ko'pincha

1- rasm. SHakarlik-Astana maydonining geologik xaritasi

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tog' jinslaridan iborat shlamning tarkibi bir xil, ya'ni, glinalar, qumtoshlar, ayrim vaqtda shag'allardan tashkil topadi. 260 m chuqurlikda shlam tarkibida angidrit uchrasa, 500 m chuqurlikda esa ohaktoshlar uchraydi. Tog' jinslari qizg'ish rangda va sarg'ish rangda bo'ladi. Olingan materiallarni o'rganish va Boysun egikligi va Kelior - Sariqqamish botiqligi №14 Gajjak, №1, 2 Akkalchigay, 1, 2 - Kognisoy quduqlari bo'yicha karotaj diagrammalari taqqoslanganda bu quduqlar bo'yicha qirqimlarda to'g'ri anologlar bo'lganligi ko'rinadi. Shuning uchun yaqin joylashgan quduqlarda, ya'ni 18 - Batosh, 9 - Qoraqurt, 6 - Oktau va Surxondaryo sinklinoriyasi markaziy qismida joylashgan quduqlarda krotaj diagrammalari qaralgan. Boysun egikliklarida ham xuddi yuqoridagidek Shakarlik - Astana maydoni qirqimlarida to'g'ri anologlar borligi aniqlangan.

2- rasm. Shakarlik-Astana maydonining II chiziq bo'yicha geologik kesimi

(A.A.Abidov bo'yicha, 1990 y)

Karotaj diagrammalarini taqqoslash qirqimlarni bir necha variantlar bo'yicha ajratishga chaqirib, ularni har birini aniqlashni o'rganadi.

Munozara. №1 quduq bo'yicha olingan ma'lumotlar tahlil qilinib, mualliflar quduqda yuqori bo'r qirqimi va kaynazoy yotqiziqlarini ochish kerak degan xulosaga kelishadi. Bu esa qirqimlarni terrigen karbonatli tog' jinslarini unga qalin bo'lmagan qatlamlari bilan glinali qatlam qalinligi bo'yicha, shuningdek, shlam va kern tarkibi holati bo'yicha qirqimga karotajli tavsif berilishini ko'rsatadi. Oxirgi ma'lumotlardan qirqim uchun qizg'ish va sarg'ish rangli yotqiziqlar hamda keyingi tog' jinslari -glinalar, qumtoshlar, ohaktoshlar, angidritlar ayrim hollarda shag'allar harakterlidir. Qo'shni Janubiy - G'arbiy Gissar botiqligi sinklinoriyasi bir qancha uchastkalarida yuqori bo'r yotqiziqlari uchun qirqimlarning asosiy jihatlari xarakterlidir. Masalan: Karikansoy svitasi senoman yarusi tog' jinslari kul rang va yashil kul rang qizil rangli

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qatlamchalar bilan bo'yangan. Svitaning asosiy jinslari - glinalashgan alevrolitli qatlamchalar bilan qumtoshlar, ohaktoshlar va glinalardan iborat.

Senoman yarusi tagarinli svetasida (bu hududning) terrigenli - karbonatli jinslar orasida graviy kvars, kremniy, karbonat va kumtoshli jinslar bilan tugagan tog' jinslari uchraydi. Gissarni Janubiy - G'arbiy tizmalari yuqori turon yotqiziqlari uchun qumtosh va gips qatlamchalaridan iborat sarg'ish va yashil glinalar, qizg'ish va to'q-qalami rangli glinalarni tavsiflaydi. Yuqori turonni pastki va o'rta qismida ohaktosh qatlamlari uchraydi. Shuningdek graviy kvarsi ham uchraydi. Yuqori bo'r senoman yarusi yotqiziqlarida yashil - kul rang jinslarda sarg'ish - kul rang yoki sarg'ish glinalar, shuningdek, kichik graviylardan iborat sarg'ish pattumlar uchraydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR №1 quduqni burg'ilash bo'yicha olingan materiallar asosida va quduq joylashuvini geologik holati asosida olingan materiallardan qirqimni oldindan hisoblashni bilish kerak. №1 quduq qirqimi quyidagicha:

0-218 m; 218-420 - yuqori turon; 420-502 m - buzilish zonasi; 502-630 m -senoman; 630-676 m - buzilish; 676-tubigacha - neogen.

Shakarlik - Astana №2 qudug'i Kagni neft paydo bo'lishi rayonida joylashgan. Quduq tubini haqiqiy chuqurligi 984 m. Quduqda standart va gamma - karotaj o'tkazilgan. 536-540 m oraliqlarda qizg'ish-g'ishtrang va to'q-qalami rang glina ko'rinishidagi kern olingan.

Quduqda boshqa tadqiqotlar o'tkazilmagan. Geofizik tadqiqotlar materiallarini o'rganish quduqda qirqim ochilganani ko'rsatadi. Shuningdek, geofizik tadqiqotlar ma'lumotidan 0-97 m chuqurlikda yotuvchi, radioaktivlik ko'rsatkichi va solishtirma qarshiligi bo'yicha hamda glinali yoki qumtoshlangan jinslar qitlamchalari bilan ohaktoshlashgan bo'lishi mumkin. Bu oraliqlardan kern olinmagan va tadqiqotlar o'tkazilmagan. Tarkibi va qalinligi bo'yicha qatlamlar aniqlanmagan va bu buxoro yotqiziqlari paleotsen qatlamchalaridan iborat. 97 m chuqurlikdan pastda va quduq tubigacha yaxlit qumtosh - glinali tog' jinslari qatlamlari yotadi (613-736 m, 767-822 m, 822-384 m).

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ходжаев А.Р., Акрамходжаев А.М., Бабаев А.Г., Давятов Ш.Д., Азимов П.К., Сотириади К.А., Маденов А. Нефтяные и газовые месторождения Узбекистана. (Книга II. Сурханская мегасинклиналь, мегантиклиналь, Юго-Западного Гиссара, платформенная область УзССР). Издательство "ФАН" Узбекской ССР. Ташкент - 1974.

2. Абидов А.А. Нефтегазогеологическое районирование и поиски скоплений углеводородов в подсолевых карбонатных отложениях Сурхандарьинского синклинория. // В кн: Перспективы нефтегазоносности Средней Азии. Труди "СредазНИПИнефть", вып.9. М.: ВНИИОЭНГ, 1982.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. Абидов А.А., Атабеков И.У., Долгополов Ф.Г., Ходжиметов А.И., Камалходжаев У.А. (НХК "Узбекнефтегаз", ОАО "УзЛИТИнефтгаз"). Система

надвигово-поддвиговых зон в земной коре Сурхандарьинского нефтегазоносного региона. 2.2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.