Научная статья на тему 'SHIMOLIY BAQTRIYA TOPOGRAFIYASINI OʻRGANISHDA ZAMONAVIY TADQIQOT USULLARIDAN FOYDALANISH'

SHIMOLIY BAQTRIYA TOPOGRAFIYASINI OʻRGANISHDA ZAMONAVIY TADQIQOT USULLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHIMOLIY BAQTRIYA TOPOGRAFIYASINI OʻRGANISHDA ZAMONAVIY TADQIQOT USULLARIDAN FOYDALANISH»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

SHIMOLIY BAQTRIYA TOPOGRAFIYASINI O'RGANISHDA ZAMONAVIY TADQIQOT USULLARIDAN FOYDALANISH

M. A. Shoyusupova

O'zR FA San'atshunoslik instituti. O'zbekiston.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy o'tmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston hududi tosh davridan boshlab o'zlashtirilganligi, jahondagi ilk shaharsozlik va davlatchilik shakllangan markazlardan biri bo'lganligi, o'zbek xalqi tarixi va madaniyati chuqur ildizlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi [1. 792-b].

Shimoliy Baqtriya o'lkasining tarixi faqatgina bir mamlakat yoki xalqning tarixi bo'lmay, balki dunyo tarining ajralmas bir qismidir. Uning madaniyati jahon madaniyatining shakllanishiga katta hissa qo'shib, insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirdi [5. 3-b].

Ko'p yillar mobaynida Shimoliy Baqtriya hududida arxeologik tadqiqotlar olib borilganligi tufayli bir necha qadimiy shaharlar, hashamatli qasrlar, ajoyib san'at obidalari qazib topildi. Bu O'zbekiston Janubida o'tmishda madaniyat yuksak darajada taraqqiy qilganligidan dalolat beradi. Shimoliy Baqtriya tarixi O'zbekiston o'tmishining bir qismi hisoblanadi. Qadimshunoslar, tarixchi va san'atshunoslar yildan - yilga o'tmishni chuqurroq o'rganmoqdalar. Tinim bilmay ishlab turgan ekspeditsiyalar boy moddiy va ma'naviy merosimizning yangi sahifalarini ochishmoqda. O'zbekiston Respublikasi janubiy hududlarida ulkan tadqiqotlar ro'yobga chiqarilmoqda. Surxondaryo vohasining boy tarixi butun dunyoda qiziqish uyg'otdi. Tadqiqotlar natijasida Amudaryoning o'rta oqimi qadimgi O'rta Osiyo badiiy madaniyati o'choqlaridan biri bo'lganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda O'zbekistonda moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk milliy ro'yxati ob'ektlari soni jami 8208 tani tashkil etadi. Shundan arxeologik yodgorliklar 4748 ta, arxitektura yodgorliklari 2250 ta, monumental san'at yodgorliklari 678 ta va diqqatga sazovor joylar 532 ta [2. 687-b].

Surxondaryo viloyati moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'ektlari milliy ro'yxatiga jami 561ta yodgorlik kiritilgan (2.1-jadval).

638

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

1-jadval. Surxondaryo viloyati moddiy madaniy meros ob'ektlarining milliy ro'yxati

№ Tuman Jami Arxeolo Arxitek- Monumenta Diqqatg

(shahar)lar -giya tura l san'at yodgorliklar i a sazovor joylar

1. Angor tumani 21 20 1 Yo'q Yo'q

2. Boysun tumani 71 50 3 2 16

3. Denov tumani 91 74 2 8 7

4. Jarqo'rg'on tum. 23 19 2 2 Yo'q

5. Qiziriq tuman. 21 17 1 3 Yo'q

6. Qumqo'rg'on tum. 7 5 2 Yo'q Yo'q

7. Oltinsoy tum. 41 35 1 5 Yo'q

8. Muzrabod tum. 11 10 1 Yo'q Yo'q

9. Sariosiyo tum. 33 29 Yo'q Yo'q 4

10. Sherobod tum. 99 85 2 7 5

11. Termiz tumani 44 30 14 Yo'q Yo'q

12. Uzun tumani 29 26 1 2 Yo'q

13. Sho'rchi tumani 61 44 Yo'q 12 5

14. Termiz shahri 9 Yo'q 6 3 Yo'q

Jami 561 444 36 44 37

Manba: Surxondaryo viloyati moddiy madaniy merosining ko'chmas mulk ob'ektlari milliy ro'yxati (2020-yil) asosida

Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, viloyatda arxeologik yodgorliklar soni 444 ta, arxitektura yodgorliklari 36 ta, monumental san'at yodgorliklari 44 ta va diqqatga sazovor joylar 37 tani tashkil etadi. Surxondaryo viloyati bo'yicha Sherobod tumani (99), Denov tumani (91), Boysun (71) tumanlari arxeologik yodgorliklarga juda boy. Eng kam arxeologik yodgorliklar esa Termiz shahrida va Qumqo'rg'on tumanida joylashgan.

Surxondaryo viloyati tumanlari kesimida moddiy madaniy meros ob'ektlari qiyosiy sxemasi

639

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Ushbu yodgorliklar karta -sxemasida moddiy madaniy meros ob'ektlarining hududiy

taqsimlanishi ko'rsatilgan.

Viloyatda arxeologik yodgorliklar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Sherobod tumaniga to'g'ri kelayapti.

Baqtriyada dastlabki

arxeologik tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan (N.A. Maev, I.V. Mushketov va boshqalar). Shimoliy Baqtriya hududida 1926 - 1928 yillarda Sharq madaniyati muzeyi (hozirgi Sharq xalqdari san'ati muzeyi) ekspeditsiyasi (rahbari B.P. Deniki), 1936 - 38 yillarda Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi (rahbari M.M. Dyakonov), 1950 - 1955 yillari O'zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L.I. Albaum) arxeologik qazish ishlari olib borgan. 1960 yildan (biroz tanaffus bilan) O'zbekiston san'atshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G.A. Pugachenkova), 1972 yildan O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (rahbari V.M. Masson) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi [6. 162-b].

Shimoliy Baqtriya topografiyasi va madaniyatini o'rganishga nafaqat O'zbekistonlik, balki rus, fransuz, yapon, chex, nemis va boshqa millat vakillari ham qiziqishib, qo'shma ekspeditsiyalar olib borildi. Ulardan M.E. Masson, V.M. Masson, L.I. Albaum, B.Ya. Staviskiy, T. Annaev, B.A. Litvinskiy, E.V. Rtveladze, G.A. Pugachenkova, Z. Hakimov, Sh.R. Pidaev, K. Kato, D. Xuff, L. Sverchkov, S. Strayd, K. Kyudzo, P. Lyorish, B. Turg'unov, M.M. Dyakonov, B. Turg'unov, P. Lerish, Sh. Ergashov, A. Sagdullaev, A. Asqarov, Sh. Shaydullaev, J. Ilyasov, V. Lunyova, A. Gorin, A. O'lmasov, O. Aripjanov, A. Yaxshiev va boshqa ko'plab arxeolog -tarixchi olimlarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir.

Surxondaryo viloyatidagi qadimgi davr arxeologik yodgorliklari ma'lum darajada yaxshi o'rganilgan (V.M. Masson, 1945; Trudb., 1939; Albaum, 1955, 1956, 1962, 1969; Pugachenkova, 1966, 1967, 1968, 1971; Pugachenkova, Rtveladze, 1971) [3. 75-b]. Hozirgi kunda Shimoliy Baqtriyada (Amudaryoning o'ng qirg'og'i va o'rta

May 15, 2024

640

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

oqimi) kushonlar davriga oid 230 dan ortiq shahar va qishloq aholi punktlari aniqlangan [4. 10-b]. Bu topilgan yodgorliklarning topografiyasi (joylashuvi) bo'yicha zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanib, "Surxondaryo viloyati yodgorliklarining joylashuvi karta - sxemasi" ishlab chiqildi. Yodgorliklar tasniflanib, tog' va tog' oldida, daryo atrofi va tekisliklarda joylashgan yodgorliklarga ajratildi. Xaritada belgilab ko'rsatilgan yodgorlikning nomi ustiga bosilsa, u to'g'risida ma'lumot kelib chiqadi.

2-Rasm. Surxondaryo viloyati yodgorliklarining joylashuvi karta - sxemasi

Surxondaryo viloyatida Surxon - Sherobod vodiysining qadim zamonlarda ham obod yerlar bo'lganligi haqida manbalarda yozib qoldirilgan. Olimlarning fikriga va tekshirish natijalariga ko'ra, Sherobod daryosi o'tmishda bir nechta irmoqdan iborat sersuv daryo bo'lgan. Sherobod daryosining qadimdan mavjudligi, daryo atrofida aholi zich joylashib, bog'dorchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganligi to'g'risida ma'lumotlar bor. Qadimgi davrda ichki ziddiyatlar, urushlar oqibatida irmoqlar va ariqlar qarovsiz qolib qurib qolgan. Qishloqlar suvsiz qolib, bog'lar, daraxtzorlar qurib, barcha ekin ekiladigan yerlar cho'lga aylangan. Aholi suvsiz qolgan qishloqlardan daryolar atrofiga, tog'larga yaqinroq joylarga ko'chib ketgan.

Tarixdan ma'lumki, Surxondaryo viloyati qadimgi davrda Baqtriya davlati hududida bo'lgan, keyinchalik esa Kushonlar davlati ixtiyoriga o'tgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti bilan Butunittifoq arx'eologiya ilomiy tekshirish institutining Leningrad bo'limi hamkorligida tuzilgan Baqtriya arxeologik ekspeditsiyasi professor I.I. Masson (1936-1938 yillarda) rahbarligida

May 15, 2024

641

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Jarqo'rg'on sug'orish tumanining qadimiy markazi - Xayitobodtepada arxeologik qazishma ishlari olib borib, Kushonlar davrida bu yerlarda mukammal sug'orish tizimlari bo'lganligini aniqladi. 1962 yilda arxeolog I.E. Albaum boshchiligidagi ekspeditsiya Zang tepa, Bolaliktepada, 1969 - 1970 yillarda A. Asqarov boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan Sherobod tuman markazidan 60 km uzoqda joylashgan Muzrabod soyi atrofida qazish ishlari olib bordi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Sopollitepa va Muzrabod soy atroflarida 3600 - 4000 yillar ilgari bug'doy, arpa, tariq, g'o'za ekilganligini va dehqonchilik keng rivojlanganligini tasdiqladi [7. 11-12 b].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Surxondaryodagi qadimgi yodgorliklar jahon sivilizatsiyasi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yodgorliklar bag'rida qanchadan-qancha sir-sinoatlar yashirinib yotibdi. Bu zamin o'tmishi bilan turli madaniyat va dinlar tarixi chambarchas bog'liqdir. Kushon podsholigi hududiga kirgan aholi manzilgohlarida o'tkazilgan arxeologik qazishmalar, shaharlarning naqadar rivojlanganligini ko'rsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xo'jaligining taraqqiy topishi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi, me'morchilik, monumental haykaltaгoshlik, гassomlik va boshqa san'atlaming yuksalishi kuzatiladi.

REFERENCES

1. Arxeologik tadqiqotlami tubdan takomülashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.09.2019-yildagi 792-son

2. Vazirlar Mahkamasining moddiy madaniy merosining ko'chmas mulk ob'ektlari milliy ro'yxati. 2019-yil, 4-oktyabr, 846 sonli qarori. - 687 b.

3. Древнуауа Бактриуа. Предварителные сообщениуа об археологиchеских работах на уиге Узбекистана. Ленинград, "Наука". 1974. 96 с. (75)

4. Завуалов В. А. Кушаншахр при Сасанидах (по материалам раскопок городища Зартепа). СПб.: Факултет филологии и искусств СПбГУ, 2008. - 296 с. (10)

5. Pidaev Sh.R. Sirli kushonlar saltanati. Toshkent. "Fan" nashriyoti. 1990. - 40 b (3-bet)

6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" . Davlat ilmiy nashriyoti. Tokent. 2015, - 162 b.

7. Ergashev E. A. Surxon - Sherobod vodiysining qishloq xo'jaligi. T.: O'zbekiston, 1983. - 32 b. (11-12 b.)

642

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.