INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
SURXONDAYONING QADIMIY JOYLARI TARIXI HAQIDA Eshmo'minov Bekzod Jo'ra o'g'li
Termiz Davlat Unversteti, Tarix fakulteti (mamlakatlar va mintaqalar), 4-kurs
https://doi.org/10.5281/zenodo.7296857 Annotatsiya. Hozirgi zamonaviy va rivojlanayotgan har bir davlatni o'z tarixi va bu tarixga oid albatta o 'z yodgorliklari ham mavjud bo'ladi. Bu yodgorliklarga juda ko'plab narsa va buyumlarni misol qilib olish mumkun, ammo biroq ayni damda biz qanaqadir buyum yoki shaxsni emas siz va bizga ayni damda mashur qadimiy qarorgohlarning bazilarini kelib chiqish tarixiga yuzlanamiz.
Kalit so'zlar: Surxondaryo, Ayritom, Dalvarzintepa, Kushon podsholigi, Fayoztepa, Kampirtepa, Qirq-Qiz, Galina Pugachenova, Guloyim.
ОБ ИСТОРИИ ДРЕВНИХ МЕСТ СУРХАНДАИ Аннотация. Каждая современная и развивающаяся страна имеет свою историю и свои памятники, связанные с этой историей. В качестве примеров этих памятников можно взять множество вещей и предметов, но в данный момент мы остановимся не на каком-либо предмете или человеке, а на истории возникновения некоторых древних поселений, известных вам и нам на данный момент. .
Ключевые слова: Сурхондарья, Айритом, Дальварзинтепа, Кушанское царство, Файозтепа, Кампиртепа, Кырк-Киз, Галина Пугаченова, Гулоим.
ABOUT THE HISTORY OF THE ANCIENT PLACES OF SURKHANDAYO Abstract. Every modern and developing country has its own history and its own
monuments related to this history. It is possible to take many things and objects as examples of
these monuments, but at the moment we will not focus on any object or person, but on the history
of the origin of some of the ancient settlements known to you and us at the moment.
Keywords: Surkhandarya, Ayritom, Dalvarzintepa, Kushan kingdom, Fayoztepa,
Kampirtepa, Kirq-Kiz, Galina Pugachenova, Guloyim.
KIRISH
Surxondaryo viloyati - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6 martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil") daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo bo'ylab Afg'oniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-g'arbdan Turkmaniston, shim.g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh bo'lib, bu Surxondaryo vohasida juda ko'plab tarixiy yodgorliklar va hududlar topilmalari mavjud. Surxondaryo -O'zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko'proq vaqt davomida dunyoning ko'plab arxeologlari va sayyohlarini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Va bu tasodif emas. Yaqinda o'zining
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2700 yilligini nishonlagan ko'hna Termiz shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa, Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o'ralgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ayritom - o'zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko'hna shahar xa-robasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg'og'ida joylashgan. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933-yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz bo'laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1-2-asrlarga oid bo'lib, ularda qo'shnay, chiltor, ud, nog'ora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar ko'tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari Ayritomdan miloddan avvalgi 2-asr oxiri va 4-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarog'lari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan ko'milgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963-66 yillarda Ayritomda O'zbekiston san'atshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turg'unov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2-2,5 m bo'lgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar o'tkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978-yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. A. moddiy-madaniy yodgorliklari o'zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa o'rganishda katta ahamiyatga ega.
Dalvarzintepa - Kushon podshohlarining qarorgohi Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan 60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho'rchi tumanida joylashgan qadimgi Dalvarzintepa shaharchasi alohida o'rin egallaydi. Ushbu obyektni batafsil o'rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya ma'budi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O'zbekistondagi eng qadimgi buddaviylar binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.1972 yilda ko'hna shaharchaning qadimgi mavzelari o'rganilayotganda, uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida, og'irligi 36 kg bo'lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
O'zining ilmiy ahamiyatiga ko'ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.
Fayoztepa — milodiy I—VII asrlarga oid buddaviylik monastiri (vixara). Termiz shahri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimoli-g'arbida, Qoratepa buddaviylik inshootlari majmuidan 1 km shimoli-sharqda, Termiz tumanining Muhammad Hakim Termiziy mahallasida joylashgan.Fayoztepaning ochilishi 1968-yilning bahorida cho'pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohaktoshidan ishlangan budda sanamini ko'chma qum ustidan topib, Termiz o'lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968—1976-yillarda arxeolog L. I. Albaum, 2004—2006-yillarda arxeolog T. Annayev boshchiligida to'liq qazib ochilgan va ilmiy o'rganilgan.
Eramizning I—VII asrlarida buddaviylik monastiri vazifasini o'tagan. Fayoztepa o'rnidagi bu diniy markaz qadimda bu joydan topilgan yozuv namunalariga ko'ra, Haya-Vihara ya'ni Otlilar monastiri deb atalgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Bu monastir me'moriy jihatdan ikki asosiy qismdan iborat bo'lgan. Monastirning janubi-g'arbiy va shimoli-g'arbiy tarafida uch qismli markaziy bino (maydoni 118.4x34 m) va undan shimolda, shimoli-sharqda buddaviylikning muqaddas inshootlaridan biri hisoblangan stupalar joylashgan katta hovlidan iborat bo'lgan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming m2ga yaqin. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri — stupa bo'lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli o'laroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan. Ular o'zaro hovli maydonini kesib o'tgan g'isht va mergeliy toshi to'shalgan yo'lakcha bilan bog'langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo'ylab o'z vaqtida budda haykallari (balandligi 4 m) qo'yilgan. Ko'pchilik haykallar qizil rang bilan bo'yalgan, so'ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh jan. devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo'sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko'rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60x80 sm li sh bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga ko'ra, baqtriyalik Budda ixlosmandlari bo'lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkorlik haykal bo'laklari ko'plab uchraydi. Hatto xonaning sharqiy devori ostida haykallar uchun pishiq g'ishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning ko'pchiligi esa somon qo'shilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda quyilgan. Qo'l va oyoqlari alohida yasalib, so'ng ular haykal tanasiga yopishtirilgan.
Kampirtepa shahri - xandak bilan o'ralgan ark bo'lib, ichki shahri minorali mustahkam qal'a devori bilan o'ralgan. Qadimgi shaharning qal'asida odamlar miloddan avvalgi IV asr oxirlarida yashab boshlashgan. Ichki shahar esa milodiy I asrning boshlarida qurilgan bo'lib, milodiy II asrda bu hududda Kushon podsholigi tashkil topgunga qadar mavjud bo'lgan.
Qirq-Qiz qal'asi Eski Termizdan 3 kilometr g'arbda qadimiy qal'a joylashgan. Arxeologlar qal'a qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va tadqiqotlar davomida bu yerda ko'plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari, tangalar, gipsli haykallar va boshqalar. Qirq-qiz qal'asi bilan qadimgi afsona bog'liq.
Bir vaqtlar bu qal'ada jasur malika Guloyim 40 nafar dovyurak jangovar hur qizlardan iborat kanizaklari bilan birga yashagan. Qadimiy qal'aning nomi mazkur qizlar nomidan kelib chiqqan. Jasur hur qizlar o'zlarining qal'alarini va bekalarini qattiq himoya qilganlar, dushmanlarning hujumlarini qaytarib, erkaklarning yaqin kelishiga yo'l qo'ymaganlar. mmo bir kuni Kokildor-ota ismli yigit qal'aga kirishga muvaffaq bo'ldi. U sochlarini uzun qilib o'stirdi va shu tufayli qal'aga kirishga muvaffaq bo'ldi. Yigitning ayyor rejasi tezlikda oshkor bo'ldi, malika esa unga oshiq bo'lib,ular ajoyib to'y o'tkazdi.
MUHOKAMA
Balkim shuning uchun Qirq-Qiz qal'asining xarobalari yengib bo'lmaydigan qal'aga o'xshaydi. Lekin aslida bino keng yo'lakli va ko'p sonli xonalari bo'lgan katta saroylardan biri edi.Agar siz qadimiy qal'ani ziyorat qilsangiz, ilgari mahalliy chillaxona vazifasini o'tagan g'ayrioddiy xonaning qoldiqlarini ko'rishingiz mumkin. U yerda hanuzgacha shoxlariga mayda matochalar bog'lab qo'yilgan eski daraxt bor. Afsonaga ko'ra, onalik baxtiga erishish istagida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bo'lgan farzandsiz ayollar bu yerga kelib, zurriyot uchun ibodat qilib, bo'lg'usi bolalarning ismlari yozilgan kichik matochalarni daraxt shoxiga bog'lab qo'yadilar. XULOSA
Bu misollardan ko'rinadiki, har bir qadamjolarni o'ziga xos qiziqarli tarixi va hikoyasi mavjud. Bu hikoyalardan ko'rinadiki har bir joyni nomlanishida ham o'sha davrning hunarmandchiligi yoki boshqa bir shug'ullangan mashg'uloti yoki o'sha davrda yashagan mashur shaxslar muhim ahamiyat kasb etgan. Bunga yuqorida takidlab o'tilganlarni misol qilish mumkun. Hozirgi kunga kelib bu manzilgohlar chuqur tadqiqot mazkazlari sirasiga kirib kelmoqda, bu manzilgohlarda o'z davrlariga tegishli juda ko'plab yodgorlik yani qadimiy buyum va jihozlar topilgan. Bu yodgorliklar o'z davri madaniyati haqida so'zlaydi. Ayni damda bu manzillar qaysidir ma'noda turizm manzilgohlari qatorida ham o'z o'rniga ega. Bu joylarni ko'rish uchun turli xil viloyat va o'zga xorijiy yurtlardan ham sayohlar tashrifi buyurishadi. Bu manzilgohlar haligacha batafsil o'rganib kelinmoqda.
REFERENCES
1. "Memoriy obidalar va Ular haqidagi rivoyatlar" , Madina Po'latova.
2. "Qadimiy dunyo tarixi", V.I Abdiyev
3. "Qadimgi obidalar", Payon Ravshanov
4. "O'zbekistonning tarixiy obidalari: http://uztarix.narod.ru
5. "O'zbekistonning tarixiy yodgorliklari va obidalari" https://arxiv.uz