Научная статья на тему 'YURTIMIZDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SURHANDARYO MANZILGOHLARINING TUTGAN O`RNI'

YURTIMIZDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SURHANDARYO MANZILGOHLARINING TUTGAN O`RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
45
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
TURIZM / ZIYORAT / KO'LBULOQ / TESHIKTOSH / O'RTA VA SO'NGGI PALEOLIT / ARXEOLOGIK ZIYORAT

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Akabirova U.I.

Ushbu maqolada Surhandaryoning qadimiy manzilgohlari va yurtimizda turizmni rivojlantirishda ushbu tarixiy manzilgohlarning o`rni va ahamiyati haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF SURKHANDARYA RESIDENTS IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN OUR COUNTRY

This article deals with the ancient sites of Surkhandarya and the role and importance of these historical sites in the development of tourism in our country.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SURHANDARYO MANZILGOHLARINING TUTGAN O`RNI»

Akabirova U.I. yetakchi mutaxasisi "Termiz" davlat muzey-qo^riqxonasi

YURTIMIZDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SURHANDARYO MANZILGOHLARINING TUTGAN ORNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Surhandaryoning qadimiy manzilgohlari va yurtimizda turizmni rivojlantirishda ushbu tarixiy manzilgohlarning o^rni va ahamiyati haqida so^z boradi.

Kalit so^zlar: Turizm, ziyorat, kolbuloq, teshiktosh, o^rta va so^nggi paleolit, arxeologik ziyorat.

Akabirova Yu.I. leading specialist Termez State Museum-Reserve

ROLE OF SURKHANDARYA RESIDENTS IN THE DEVELOPMENT

OF TOURISM IN OUR COUNTRY

Annotation: This article deals with the ancient sites of Surkhandarya and the role and importance of these historical sites in the development of tourism in our country.

Keywords: Tourism, pilgrimage, lake, hole, Middle and Late Paleolithic, archeological visit.

Hozirgi kunda turizm - iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi deyarli barcha davlatlar ushbu sohaga alohida e tibor qaratishayotgani barchamizga ma lum. Shu orinda O'zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat hisoblanadi. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma'lum va mashhur bo'lgan ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan. Ular qoldirgan boy ma'naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishni ta'minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo'lmoqda. Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo'nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etildi. O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida turizm sohasi subyektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklar taqdim qilindi. Bulardan

tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo'yicha o'rinbosarlari lavozimi joriy etildi. O'tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg'ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo'nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ'ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 16-avgustdagi "2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Qarorga ko'ra, 2018-2019-yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag'ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to'liq ijrosini ta'minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi. Dastur asosida yuqoridagi kabi alohida turizm hududlari Toshkent, Urganch shaharlari, Surhandaryo va Farg'ona viloyatida tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, dastur doirasida turizmning tabiiy, arxiologik, rekreatsiya, agro va ekoturizm yo'nalishlari bo'yicha alohida dasturlar qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi. Zamonaviy turizm istiqbollaridan biri - noyob tabiiy va tarixiy maskanlar hisoblanadi. Mana shu ikkala turizmga Surhandaryo viloyati yaqqol misol bola oladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-mayidagi "Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 332-sonli qarori qabul qilindi. Ziyorat turizmini ham rivojlantirish maqsadida ushbu viloyatda "Sulton Saodat" majmuasini qayta rekonstruksiya qilish, alohida kompleks qurilishi (1000 o'rinli masjid, maishiy xizmat, qushxona, kichik markaz, kutubxona) bo'yicha ma'qullangan taklif asosida majmua hududida sayyohlik infratuzilmasini yaratish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, "Xo'ja Alouddin Attor" va "Mavlono Muhammad Zohid" ziyoratgohlarida qurilish va tiklash ishlari yakunlanib, sayyohlar tashrifiga tayyor holga keltirildi. Surhandaryo haqida gap ketganida albatta uning tarixi va hozirgi kunda arxiologik turizm sohasida o zining alohida o rni haqida to xtalmasak bolmaydi.

Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo'l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom g'ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan usta-xona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan. Viloyatdagi qadimgi odamlarning dastlabki manzilgohlari turli yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o'simliklar bilan qoplangan tog' o'rmonlarida, Boysun tog'laridan oqib tushuvchi daryo etaklarining bo'ylarida paydo bo'lgan. Ularning ichida eng qadimiylari sifatida o'rta va so'nggi paleolit davriga

mansub ( Mil av 100-12 ming yillar ) Teshiktosh va Machay g'orlari e4irof etiladi. Teshiktosh g'oridan neandertal bolaning suyaklari topilgan bo'lib, ushbu kashfiyot O'rta Osiyo hududi hozirgi odamlarning shakllanish mintaqalaridan biri bo'lgan degan ilmiy xulosaga olib keldi. Ko'hitang tog'larida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari esa mezolit yoki neolit (Mil av 12-5 ming yil) davriga borib taqaladi. Zarautsoydagi uncha katta bo'lmagan g'or shiftlari va devorlarida 200 dan ortiq rasmlar aniqlangan bo'lib, ular oxra bo'yog'i yordamida g'or devorlarida katta mahorat bilan tasvirlangan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi ho'kizlarni sehr-jodu yo'li bilan ovlash manzarasini aks ettiradi. Milodga qadar II-ming yillikning I-yarmida O'zbekiston janubida Shimoliy Afg'onistondan o'troqlashgan qabilalar dehqonchilik an'analarini o'zida ifoda etgan Sharq madaniyatini olib kiradi. Ular Ko'hitang va Boysun tog' oldi hududlarini o'zlashtirib, Sopollitepa, Jarqo'ton, Molalitepa singari muhim aholi manzilgohlariga asos soladilar. Ushbu davrga xos xususiyat sifatida oddiy xom g'isht qo'llanilgan va monumental arxitektura (ibodatxona, saroy) murakkab inshootlar va istehkomlarni qurish, primitiv usuldagi sun'iy sug'orish, uy hayvonlarini saqlash, hunarmandchilikning rivojlanishi (metall va sopol buyumlaridan foydalanish) hamda san'atning paydo bo'lishi singari taraqqiyot bosqichlarini ko'rsatish mumkin.

O'rta Osiyoda milodga qadar I-ming yillikning birinchi yarmi ilk temir asri va davlat shaklidagi yirik birlashmalarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayon Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan Surxondaryo viloyatiga ham to'la taalluqlidir. Milodga qadar 539-330 yillarda O'rta Osiyo, shu jumladan Baqtriya (Bunga Surxondaryo hududi ham kirgan.) satraplik huquqi bilan Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Keyinchalik u (Mil.av. 329-327y.) Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. Milodga qadar 306-yilda uning tuzgan davlati parchalanib ketgach, Aleksandr Selevka davlati tarkibiga kiradi.

Milodga qadar II-asr o'rtalarida saklar zarbasi ostida Yunon-Baqtriya podsholigi qulaydi, keyinchalik esa yuechji-toxarlar bosqini tufayli butunlay parchalanib ketadi. Yuechji-toxarlarning Kushonlar qabilasidan bo'lmish Kudzula Kadfiz milodiy I asrning birinchi yarmida buyuk Kushonlar imperiyasini tuzadi.

Shimoliy Baqtriya (Surxondaryo) ham kushonlar imperiyasi tarkibiga kiritilib, shimoliy-g'arbiy chegarasidan kirib keladigan tog' yo'lida ko'chmanchilar hujumidan saqlanish uchun Temir darvoza va qudratli mudofaa istehkomlari quriladi (Temir darvoza hozirgi Boysun tumanida joylashgan) Kushon podsholigi hukmronligi davrida Surxondaryo tarixi hayotining barcha sohalarida taraqqiyotning yuksalganligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Sharq va g'arb xalqlari o'rtasida ma'naviy va madaniy qadriyatlarning o'zaro almashinuvida muhim rol o'ynagan. Buyuk Ipak yo'lining ikki asosiy yo'nalishi kushonlar davlati hududidan o'tgan.

Surxondaryo viloyati hududidagi Kushonlar davriga oid arxeologik yodgorliklar nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Dalvarzintepa va Xolchayonda o'tkazilgan qazilmalar kushonlar shahri yuksak madaniyat o'choqlari bo'lganligini ko'rsatadi. Bu davrda xunarmandchilik va qishloq xo'jaligining intensiv ravishda rivojlanishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi arxitektura, monumental haykaltaroshlik va rassomchilik, koroplastika va gliptika san'atining yuksalishi kuzatiladi. Kushon shaharlari shuningdek, yirik targ'ibot markazlari ham bo'lgan. Ayritom, Dalvarzintepa va Ko'hna Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari va stupalar, Baqtriya-Toxariston madaniyati ellinistik va hind buddaviylik madaniyatining kuchli ta'siri ostida mahalliy baqtriyaga xos tarzda shakllanadi.

Surxondaryo viloyatining hozirgi hududi milodiy III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, dastlab xioniylar, so'ngra esa eftaliylar davlati tarkibiga kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi

2. Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi "2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori

3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-mayidagi "Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 332-sonli qarori

4. A.S. Sagdullayev, V.A.Kostetskiy 6- sinf tarix darsik

5. www.uza.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.