Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH'

JIZZAX VILOYATIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
173
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turistik hududlar / rekreastiya / madaniy-tarixiy meros / viza / infratuzilma / ziyorat / turizm mahallasi va qishlog’i / brend namunalari. / Tourist areas / recreation / cultural-historical heritage / visa / infrastructure / pilgrimage / tourism neighborhood and village / brand examples.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — H Jo‘rayeva

Maqolada mamlakatimizning Jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali hududning turistik imkoniyatlari va sayyohlarni qiziqtiradigan va o 'ziga jalb etadigan jozibador brend namunalarini ko‘rsatish yo'nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan. Shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari, sayyohlarni o‘z jozibasi bilan o‘ziga chorlovchi hududiy brendlar bilan tanishtirish, uning asosi sifatida viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog'ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ'ib qilish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF TOURISM IN JIZZAK REGION

In the article, the tourist opportunities of the region through its natural potential in the Jizzakh region of our country and the directions of showing attractive brand examples that interest and attract tourists, as well as its institutional foundations are described. Also, rapid development of domestic tourism as one of the most important factors of sustainable socio-economic development of regions, introducing tourists to cultural-historical heritage and natural resources of our country, regional brands that attract tourists with their charm, liberalization of the visa regime as its basis, simplifying the procedure for registration of foreign citizens, providing privileges and preferences for the development of the tourism network will allow effective promotion of national tourism potential in domestic and foreign markets.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

JIZZAX VILOYATIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH Jo'rayeva Hilola Orif qizi

Jizzax "Sambhram" universiteti MBA magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7446529 Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizning Jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali hududning turistik imkoniyatlari va sayyohlarni qiziqtiradigan va o 'ziga jalb etadigan jozibador brendnamunalarini ko'rsatish yo'nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan. Shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari, sayyohlarni o'z jozibasi bilan o'ziga chorlovchi hududiy brendlar bilan tanishtirish, uning asosi sifatida viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro'yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog'ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ'ib qilish imkonini beradi.

Kalit sozlar: Turistik hududlar, rekreastiya, madaniy-tarixiy meros, viza, infratuzilma, ziyorat, turizm mahallasi va qishlog'i, brend namunalari.

РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА В ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация. В статье описаны туристические возможности региона через его природный потенциал в Джизакской области нашей страны и направления показа привлекательных брендовых образцов, которые интересуют и привлекают туристов, а также его институциональные основы. А также стремительное развитие внутреннего туризма как одного из важнейших факторов устойчивого социально-экономического развития регионов, приобщение туристов к культурно-историческому наследию и природным богатствам нашей страны, региональным брендам, привлекающим туристов своим очарованием, либерализация визового режима. Режим как его основа, упрощение порядка регистрации иностранных граждан, предоставление льгот и преференций для развития туристической сети позволит эффективно продвигать национальный туристический потенциал на внутреннем и внешнем рынках.

Ключевые слова: туристические зоны, рекреация, культурно-историческое наследие, виза, инфраструктура, паломничество, туристический район и поселок, примеры брендов.

DEVELOPMENT OF TOURISM IN JIZZAK REGION Abstract. In the article, the tourist opportunities of the region through its natural potential in the Jizzakh region of our country and the directions of showing attractive brand examples that interest and attract tourists, as well as its institutional foundations are described. Also, rapid development of domestic tourism as one of the most important factors of sustainable socio-economic development of regions, introducing tourists to cultural-historical heritage and natural resources of our country, regional brands that attract tourists with their charm, liberalization of the visa regime as its basis, simplifying the procedure for registration of foreign citizens, providing privileges and preferences for the development of the tourism network will allow effective promotion of national tourism potential in domestic and foreign markets.

Keywords: Tourist areas, recreation, cultural-historical heritage, visa, infrastructure, pilgrimage, tourism neighborhood and village, brand examples.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yurtimizda turizm sohasini strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari, sayyohlarni o'z jozibasi bilan o'ziga chorlovchi hududiy brendlar bilan tanishtirish, uning asosi sifatida viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro'yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog'ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ'ib qilish imkonini beradi.

Ammo, o'tkazilgan dastlabki tahlillar turizm tarmog'ini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asosning mukammal emasligi, alohida turizm xizmatlarini ko'rsatish qoidalarining, shuningdek, rivojlangan dunyo ahlining mamlakatimiz tabiatining o'ziga xosligi, ko'plab hududlarda bahavo turistik ob'yektlar mavjudligi to'g'risida, qolaversa, o'z jozibasi bilan o'ziga chorlovchi hududiy brendlar to'g'risida ma'lumotlar mavjud emasligini ko'rsatmoqda.

Shuning uchun ham turizm resursining asosi sanalgan dunyo xilma-xilligini namoyish qiluvchi turizm predmetlari faqatgina reklama, targ'ibot orqaligina xalqaro turizm ixlosmandlarini o'z domiga tortishi mumkin. O'z navbatida ta'kidlash joizki, turizm sohasining kirib kelishi va uning rivojlanishi dunyoning har qanday mamlakatiga ham nasib qilavermaydi, chunki mazkur sohaga bo'lgan turizm mahsulotlari bozoridagi unga bo'lgan talab to'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy ehtiyojlar bilan emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar ichida ziyoratga, rekreatsiyaga bo'lgan ehtiyoj inson ruhiyatida uy-joyga bo'lgan ehtiyojdan ham ko'ra 3 marta ko'proqdir. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishning dolzarbligi ham shundadir. Turizm sohasining serdaromad, shuning bilan birgalikda mashaqqati kamroq faoliyat turi ekanligini e'tirof etib, mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish, takomillashtirish yuzasidan tinimsiz izlanishlarni olib borish maqsadga muvofiq sanaladi.

Ana shunday yo'llardan biri - aholi gavjum, shuningdek, iqlim sharoiti mo'tadil bo'lgan hududlarda aholining turistik xizmat ko'rsatishini amalga oshirishi bilan birga aholining o'zi ham mazkur turistik mahsulotdan bahramand bo'ladigan faoliyat turlaridan biri bu turistik mehmon uylarini yaratish va shu orqali ekoturizmni, agroturizmni mahalliy brendlar sanalgan sayyohlarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi mahalliy sut, go'sht mahsulotlari, shuningdek, mazali milliy taomlari hisoblanadi.

Ma'lumki, turizm sohasi dunyoda hech narsa bilan alishib bo'lmaydigan sohalardan biridir. Shuning uchun ham mazkur sohani rivojlantirishga bizning mamlakatimizda ham birmuncha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda, xususan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni, 2019 yil 13 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781 son Farmoni, 2019 yil 5 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5611 son Farmonlari qabul qilingan bo'lib, ularga ko'ra turizm turlari, shakllari va ularning institutsional asoslari berilgan bo'lsa, ba'zi manbalarda turistik qishloq ovullarini yaratish yo'nalishlari va uning institutsional asoslari, shuningdek, hududlar kesimida turistik qishloq zonalarini yaratish yuzasidan [Aynaqulov M.A. Xudayberdiyev B.B, 2020] taklif va tavsiyalar keltirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Turistik mehmon uylarini tashkil qilishning institutsional asosi bo'lib, birinchi navbatda, 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781 son Farmoni xizmat qiladi. Mazkur institutsional asoslarga ko'ra 2019 yil 1 noyabrdan boshlab eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo 'lgan fuqarolar yig 'inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro'yxatini shakllantirish, ushbu fuqarolar yig 'inlari hududlarida 20 tadan kam bo 'lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari (yashash va/yoki ovqatlanish bo'yicha xizmatlardan tashqari) ko'rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog'i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish, 2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog'i»yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan fuqarolar yig'inlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritilishi qat'iy belgilab qo'yilgan [2019 yil 13 avgustdagi PF-5781 son Farmoni].

"O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonunining 5-moddasiga ko'ra xalqaro va ichki turizm uning shakllari hisoblanadi. Turizm tashkil etilayotgan turning o'ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turining boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo'linishi mumkin ["O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni. 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan].

Tadqiqotda natijalar olish nuqtai nazaridan kuzatuv va tahlil usuli bo'yicha ishlar olib borilganda O'zbekiston, shuningdek, Jizzax viloyati turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli imkoniyatga, shuningdek, juda katta rekreatsiya salohiyatiga ega ekanligi, unda jami 7,4 ming madaniy meros ob'ektlari mavjud.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha bir qancha istiqbolli dasturlar belgilab olingan bo'lib uning samarasi sifatida 2021 yilda turizmni rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik bazani yaratishga qaratilgan institutsional islohotlar, infratuzilmani modernizatsiyalash va mamlakat brendini targ'ib qilish, hamda 2021- 2025 yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko'paytirish, ushbu yo'nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ'ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha (shu paytgacha 2,3%) yetkazish, shuningdek, 2025 yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan 2 million turistni jalb qilish belgilab quyilgan [2019 yil 13 avgustdagi PF-5781 son Farmoni].

Mamlakatimizda yaratilayotgan shunday institutsional imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo'lsak Jizzax viloyatida ham turizmni rivojlantirish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud.

Jizzax viloyati O'zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo'lib, shu tufayli har taraflama keng ko'lamli xo'jalik yuritish imkoniyatiga egadir. Uzunligi sharqdan g'arbga, ya'ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180 km, janubdan shimolga, ya'ni Baxmal tumanidan Mirzacho'l tumanigacha 175 km. ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 ming kv.km. Shundan 4,8 ming kv.km. (22,7 %) qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan yerlardir. O'rmon va o'rmonchilik bilan bog'liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir. Maydonining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

katta qismini Sharqdan G'arbga va qisman Shimoli-G'arb tomonga cho'zilgan Chimqortog' va Molguzar, G'arbdan Sharqqa, Sharqi-Janubga va janubga tomon cho'zilgan Nurota tizma tog'lari, shimol tomondan Qozog'istondagi Chordora to'g'onidan viloyatning Shimoli-G'arbidan Navoiy viloyati hududiga qadar cho'zilgan Aydarko'l tashkil etadi. Bu qadimiy yurtda ajdodlarimiz zakovati, salohiyatidan darak beruvchi - qadimiy turkiylarning quyosh yili timsoli - "Quyosh taqvimi", ("Saklar taqvimi"), I9 fevraldan 2I martgacha quyosh nuri tushadigan Huttosh, shuningdek, Qantartosh, Hamaltoshlarning o'zi sirli bir olam. Viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ham Sa'd ibn Vaqqos, Usmand ota, Novqa ota, Xo'jamushkent ota, Parpi ota, Sayfin ota, Savruk ota, Qulfisar ota kabi ziyoratgohlarlar xizmat qiladi. E'tiborli jihati bu yerdagi tabiiy buloqlardan yiliga o'rtacha I6-2G mln. kubometr suv olish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi viloyatning Baxmal, Zomin, G'allaorol tumanlari hamda Sh. Rashidov va Forish tumanlarining tog'li hududlarida yog'ingarchilik nisbatan mo'l bo'ladi. Shuningdek, haroratning mo'tadilligi tufayli Baxmal, G'allaorol va Forish botiqlarida, Zominsoy, Ettikechuv va Ko'rpasoyda suvning parchalanishi nisbatan kam. Viloyatda turizm va uning zaminidagi rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar, ya'ni viloyat tabiatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri tog'lar va tog' yon bag'irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-minerallar bo'lgan bir qator shifobaxsh suv manbalari mavjud.

Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G'allaorol, Forish, Mirzacho'l tumanlarida ana shunday balneologik suvlar bilan davolovchi "Marjonsuv", "Birlashgan", "Gagarin" nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab turibdi. Shuning bilan birgalikda viloyatning Zomin, Sharof Rashidov, Baxmal tumanlarida ham ma'danga boy manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma'danli suvlar kimyoviy va balneologik tarkibiga ko'ra eng tabiiy o'ziga xosligi bevosita hududning ancha qismini egallagan tog'liq zona ekanligi bilan bog'liqdir. Mazkur hududlarning tog' yon bag'irlarida bir-biridan go'zal tabiat go'shalari, archazorlar bodomzorlar yong'oqzorlar, shifobaxsh o'tloqlar, soyliklar, zilol suvlar, hatto, musaffo toza havo qatlamining o'zi bir olam.

Ulkan daralarda qir-adirlar va soyliklarda kamyob o'simliklar va hayvonlar, parrandalarning turfa xillari mavjud. Baxmal va Zomin tumanlaridagi qir-adirlar, ulkan bog'-rog'lar, shuningdek, Baxmaldagi dengiz sathidan 26GG metr balandlikdagi ma'danli suv, Xalq bog'i va qo'riqxonalar, ajoyib sharsharalar, qirlar bag'ridagi o'nlab chashmalar insoniyatni o'ziga chorlovchi saxiy tabiatning o'ziga xos ne'matidir.

Viloyatda turizm klasterlarining asosiy poydevori sanalgan Zomin tumanidagi I976 yilda tashkil etilgan 48 ming gektarli Xalq bog'ining tabiati o'ta go'zal. Balandligi dengiz sathidan 4 ming metrgacha cho'zilgan tog' yon bag'rida yoz va bahorda havo qatlami kamalak rangida tovlanadi. Qalin archazorlar va bahaybat daralar, soyliklardagi toshqin suvlar go'yo tabiatning haqiqiy tabiiy ko'rgazmasini namoyish etadi. Albatta bu kabi jarayonlarning xususiyati shundaki, inson hamisha ko'pincha o'zlashtirilmagan, inson qo'li tegmagan tabiiy go'shalarga ehtiyoj sezishidadir. Xalq bog'i yonida Zomin qo'riqxonasi tashkil etilgan, Xalq bog'i va qo'riqxonaning umumiy maydoni 78 ming gektarni tashkil etadi. Bu qo'riqxonada IGG dan ortiq shifobaxsh va dorivor o'simliklar, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi cho'chqa, bo'rsiq, alqar, (tog' echkisi), jayra kabi hayvonlar, kemiruvchilar, kalxat, qora turna, bulduruq, tuvaloq, kaklik, tustovuq kabi parrandalarning I5G dan ortiq turlari uchraydi. Ushbu tabiat maskanida "Zomin" sanatoriysi, O'riklisoy dam olish maskani, sayyohlar uchun ko'plab mexmonxona uylari faoliyat ko'rsatib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turibdi. Shu sabab mazkur rekreatsion hududlarda yil mobaynida dam oluvchilarning, sayyohlarning, ya'ni rekrentlar oqimi uzilmaydi.

Hozirgi paytda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo'yicha turizm sohasi uncha katta mehnat sarfini talab etmaydigan, ammo serdaromad soha hisoblanadi. Mazkur soha o'ziga yarasha madaniyatni, etika, estetikani talab qilgan holda birmuncha jozibadorlikning tarafdori sanaladi. Turizm sohasining iqtisodiy jihatidan tashqari uning ham ijtimoiy ham ma'naviy jihatlarini alohida ta'kidlab o'tish darkor. Ya'ni iqtisodiy jihatdan mehnatning 1 so'miga to'g'ri keladigan ko'p mehnat sarfi talab etadigan ba'zi, masalan qurilish tarmog'i kabilarga nisbatan kam mehnat evaziga daromad topish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy jihatdan esa mazkur sohada faoliyat yurituvchi xizmat ko'rsatish xodimlari bir vaqtning o'zida sayyohlarga xizmat ko'rsatish bilan birgalikda mazkur soha mahsulotidan o'zlari ham bahramand bo'lishadi, bu esa o'z navbatida inson umrining uzayishiga sabab bo'ladi. Ma'naviy jihatdan turizm sohasini rivojlantirish orqali ajdodlarimizdan meros bo'lgan milliy qadriyatlarimiz timsoli sanalgan me'moriy yodgorliklarimizni, bahavo tabiatimizni butun dunyoga ko'z-ko'z qilish yo'li bilan mamlakatimizni dunyo xaritasidagi o'rnini mustahkamlab, butun dunyoga tanitish imkoniyati yuzaga keladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni. 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781 son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5611 son Farmoni.

4. Aynaqulov M.A. Xudayberdiyev B.B. Jizzax viloyatida turistik qishloq ovullarini yaratish yo'nalishlari va uning institutsional asoslari // Институциональное развитие взаимоотношений финансово-кредитной системы с реальном сектором экономики. Материалы XII международной научно-практической конференции 10-11 июня 2020 года. Самарканд -2020-185 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.