Научная статья на тему 'SHIMOLIY AFRIKA ARAB DAVLATLARIDAN YEVROPAGA MIGRATSIYANING BIRINCHI TO‘LQINI'

SHIMOLIY AFRIKA ARAB DAVLATLARIDAN YEVROPAGA MIGRATSIYANING BIRINCHI TO‘LQINI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
64
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
migratsiya / fransuz tili va madaniyati / arab davlatlari / arzon ishchi kuchi / muhojirlar. / migration / French language and culture / Arab countries / cheap labor / immigrants.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Axmadov, Nozimjon

Ushbu maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Yevropa mamlakatlariga ular mustamlaka qilgan Shimoliy Afrika hududidan ishchi kuchining kelish sabablari va natijalari bayon etilgan. Xususan, Jazoir, Tunis va Marokash kabi arab davlatlaridan ularni mustamlaka qilgan Fransiyaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi va uning hukumat tomonidan rag‘batlantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FIRST WAVE OF MIGRATION FROM THE ARAB COUNTRIES OF NORTH AFRICA TO EUROPE

This article describes the reasons and results of labor force coming to European countries in the second half of the 20th century from North Africa, which they colonized. In particular, the flow of cheap labor from Arab countries such as Algeria, Tunisia and Morocco to France, which colonized them, and the issues of its encouragement by the government were also considered.

Текст научной работы на тему «SHIMOLIY AFRIKA ARAB DAVLATLARIDAN YEVROPAGA MIGRATSIYANING BIRINCHI TO‘LQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

SHIMOLIY AFRIKA ARAB DAVLATLARIDAN YEVROPAGA MIGRATSIYANING BIRINCHI TO'LQINI

Axmadov Nozimjon

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Yevropa mamlakatlariga ular mustamlaka qilgan Shimoliy Afrika hududidan ishchi kuchining kelish sabablari va natijalari bayon etilgan. Xususan, Jazoir, Tunis va Marokash kabi arab davlatlaridan ularni mustamlaka qilgan Fransiyaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi va uning hukumat tomonidan rag 'batlantirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: migratsiya, fransuz tili va madaniyati, arab davlatlari, arzon ishchi kuchi, muhojirlar.

ABSTRACT

This article describes the reasons and results of labor force coming to European countries in the second half of the 20th century from North Africa, which they colonized. In particular, the flow of cheap labor from Arab countries such as Algeria, Tunisia and Morocco to France, which colonized them, and the issues of its encouragement by the government were also considered.

Key words: migration, French language and culture, Arab countries, cheap labor, immigrants.

KIRISH

Ma'lumki, Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, keyinchalik Germaniya va Italiya davlatlari Afrika qit'asining deyarli barcha qismini o'z mustamlakalariga aylantirganlar. Jumladan, XIX asr boshlaridan to XX asr boshlarigacha Misr, Sudan, Keniya, Uganda, Tanzaniya, Janubiy Afrika, Nigeriya kabi mamlakatlar Buyuk Britaniyaga, G'arbiy Afrika va Sahroi Kabir mintaqasida joylashgan hududlar (hozirgi Mali, Mavritaniya, Niger, Gvineya, Gabon, Togo, Benin, Kot-d'Ivuar), Madagaskar oroli hamda Jazoir, Tunis, Marokash kabi arab davlatlari Fransiyaga, Angola va Mozambik Portugaliyaga, Kongo hududlari esa Belgiyaga qaram bo'lib qoladi. Bu hududlarda mahalliy urug'-qabilachilik tizimi va mustamlakachilik ma'muriyati o'rtasida aralashuv yuz berib, ingliz, fransuz va portugal tillari mahalliy tillar va shevalarni surib chiqardi. Yevropa madaniyati esa Afrika xalqlarining milliy urf-odatlari o'rnini egallay boshladi. Xususan, Fransiya bosib olgan Jazoir, Tunis va Marokash kabi Shimoliy Afrikadagi arab davlatlarida

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

fransuz tili va madaniyatini targ'ib etish vositasi orqali mahalliy arab madaniyati va islom dini qonun-qoidalarini surib chiqarishga urindi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun ushbu mamlakatlarda aholida bolalikda fransuz tili, adabiyoti va tarixini o'rgatuvchi maktablar tashkil etildi, ularga mahalliy aholini jalb etish uchun maktablarda bepul kiyim-kechak va oziq-ovqat berish tizimi yo'lga qo'yildi. Bu siyosat aholining katta qismi kambag'allikda yashayotgan arab davlatlarida qo'l keldi hamda fransuz tili va madaniyatining xalq ongiga singishiga yo'l ochdi. Jazoirda fransuz tilida so'zlashuvchi arablar toifasi shakllandi va ular arab tili, islom madaniyatiga xos urf-odatlardan voz kechib, fransuz madaniyati tomonga o'tdilar. Ularning aksariyati Shimoliy Afrikaning issiq iqlimi hamda yomon mehnat sharoitlaridan voz kechib Fransiyaning Parij, Lion, Marsel, Tuluza, Nant va Bordo kabi shaharlariga kelib yashay boshladilar. Bu yerlarda arab aholisi uchun maxsus kvartallar bunyod etildi, shaharlarning aholisi esa shiddat bilan ko'paya boshladi. Fransiya sanoati uchun Afrikadan xomashyo va arzon ishchi kuchining tinimsiz oqib kelishi davlat iqtisodiyotining yuqori darajada o'sishiga xizmat qildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shimoliy Afrikadan Yevropaga aholi migratsiyasi mustamlakachilik davridan ham oldin mavjud bo'lgan. Faqat bu migratsiya quldorlik ko'rinishida bo'lib, Rim va Karfagen o'rtasidagi "Puni urushlari" davrida shakllangan. Miloddan avvalgi III-II asrlarda Rim respublikasi Karfagen quldorlik davlatini tor-mor etgach, uning hududlaridan minglab qullarni bepul ishchi kuchi sifatida Rim va Italiyaning boshqa shaharlariga olib ketishadi. Qadimgi Rim imperatori Septimiy Sever ham Shimoliy Afrikadagi Leptis Magna shahrida (hozirgi Liviyaning Tripolitaniya hududlariga to'g'ri keladi) dunyoga kelgan.1

1940-yilda Fransiya nemis-fashist qo'shinlari tomonidan okkupatsiya qilingach, uning Shimoliy va G'arbiy Afrikadagi mustamkalalari natsistlar manfaati uchun ishlay boshladi. Bu voqea fransuz mustamlakachiligi ildizlarini yemirdi, natijada urushdan so'ng hududlarda Fransiyaga qarshi norozilik kayfiyati avj olib ketdi. 1960 -yillarga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi batamom yemirildi. Fransiya Afrika hududlaridagi barcha mustamlakalariga erkinlik bera boshladi. Ozodlik uchun kurash ba'zi mamlakatlarda qonli urushga ham aylanib ketdi. Xususan, 1954-1962-yillarda Jazoirda mustaqillik uchun shiddatli urush harakatlari olib borildi, urush Jazoirning mustaqil respublika deb e'lon qilinishi hamda Fransiya uning suverenitetini e'tirof etishi bilan yakunlandi. Fransiya mustamlakalari garchi mustaqillikka erishgan bo'lsa-da, bu hududlarda mahalliy aholini yetarlicha ish bilan

1 Kennedy, Maev (26 February 2010). "African origin of Roman York's rich lady with the ivory bangle".

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ta'minlaydigan infratuzilma obyektlarining yetishmasligi yoki mahalliy mehnat sharoitlarining yomonligi va maoshning pastligi tufayli aholining katta qismi Fransiyaning o'ziga ish izlab kela boshladi. Migratsiya oqimidan Fransiya hukumati o'z foydasini ko'zlab foydalanishga qaror qildi, chunki Afrikada keladigan arzon ishchi Fransiyaning urushdan keyingi zaiflashgan sanoatini qayta oyoqqa turg'azishga hamda uni rivojlantirishga yordam berishi mumkin edi. Qolaversa, Fransiya sobiq mustamlakalarini siyosiy emas, iqtisodiy va ijtimoiy tomondan iskanjaga olib turishiga imkon berardi. Fransiya bu hududlardagi xomashyoni ham o'z sanoat korxonalari foydasiga arzon holda sotib ola boshlaydi va katta valyuta zaxirasini ham tiklab oladi.2

1960-yillardan boshlab Afrikadan Yevropaga migratsiyaning asosiy manbalari Marokash, Jazoir, Tunis va Misr edi. Bu narsa XX asrning oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida asli ushbu arab mamlakatlaridan kelib chiqqan yirik diasporalarning paydo bo'lishiga olib keldi. 1973-yilgi neft inqirozidan keyingi davrda Yevropa davlatlarida immigratsiya nazorati kuchaytirildi. Bu siyosatning maqsadi Shimoliy Afrikadan keladigan migratsiya oqimini kamaytirish emas, balki ilgari kelgan muhojirlarni shaharlarga joylashtirish va ular bilan bog'liq oilaviy migratsiyani rag'batlantirish edi.3 Bu migratsiyaning katta qismi Mag'rib hududidan Fransiya, Niderlandiya, Belgiya va Germaniya hissasiga to'g'ri keldi. 1980-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, ushbu mamlakatlarda oddiy ishchi kuchiga talabning ortishi natijasida Mag'ribdan kelgan muhojirlar uchun mo'ljallangan mamlakatlar safiga Ispaniya va Italiya ham qo'shildi.4

Ispaniya va Italiya 1990-yillar boshida Mag'ribdan kelgan muhojirlarga viza talablarini qo'ygan. Buning natijasida O'rta dengiz bo'ylab noqonuniy migratsiya kuchaygan. 2000-yildan boshlab bu noqonuniy migratsiyaning manbalari Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlarini o'z ichiga olgan. 2000-2005-yillar davomida Afrikadan yiliga 440 000 kishi ko'chib ketgan,5 ularning aksariyati Yevropa mamlakatlariga borib joylashgan. Oksford universiteti qoshidagi Xalqaro migratsiya instituti direktori Xayn de Xaasning so'zlariga ko'ra, afrikaliklarning Yevropaga ko'chishi haqidagi ommaviy nutqlar bu hodisani, asosan, noqonuniy muhojirlardan tashkil topgan ko'chish sifatida tasvirlaydi. U bu narsani tanqid qilib, noqonuniy

2 Deventer, Allison Crumly, and Dominic Thomas. Afro-European Studies: Emerging Fields and New Directions. in A companion to comparative literature (2011): 333-356.

3 de Haas, Hein (2008). "The Myth of Invasion: the inconvenient realities of African migration to Europe".

4 Borst, Julia, and Danae Gallo Gonzalez. Narrative Constructions of Online Imagined Afro-diasporic Communities in Spain and Portugal. Open Cultural Studies 3.1 (2019).

5 World migration 2008: Managing labour mobility in the evolving global economy Volume 4 of IOM world migration report series, International Organization for Migration, Hammersmith Press, 2008.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muhojirlar ko'pincha yaxshi ma'lumotga ega va Yevropaga sayohat qilish uchun katta xarajatlarni ko'tarishga qodir ekanligini ta'kidlaydi. Uning ta'kidlashicha, Afrikadan Yevropaga migratsiya norasmiy sektorlarda arzon ishchi kuchiga bo'lgan tarkibiy talabdan kelib chiqadi. Aksariyat afrikaliklar odam savdosi qurboni bo'lishdan ko'ra, o'z tashabbusi bilan migratsiya qilishni afzal ko'radi. Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, ommaviy axborot vositalari va ommabop qarashlar noqonuniy muhojirlarni asosan dengiz orqali kelgan deb hisoblasa-da, aksariyati turistik vizalar yoki soxta hujjatlar bilan kelishadi yoki Ispaniya anklavlari bo'lgan Seuta va Melilla orqali kiradilar. Migratsiya bo'yicha xalqaro ekspert Stiven Kastlz afrikaliklarning ommaviy migratsiya hisobi rasmiy statistik ma'lumotlardan ko'ra ancha ko'pligini ta'kidlaydi.6

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma'lumotlariga ko'ra, Afrika davlatlaridan rivojlangan davlatlarga migratsiya butun dunyo bo'ylab umumiy migratsiyaga nisbatan kichikdir. BBC 2007-yilda Xalqaro Migratsiya Tashkilotining hisob-kitoblariga ko'ra, Yevropada 4,6 millionga yaqin afrikalik muhojirlar yashashi, ammo Migratsiya siyosati instituti hisob-kitoblariga ko'ra, Afrikadan kelgan 7-8 million noqonuniy muhojir Yevropa Ittifoqi hududida yashashini ta'kidlagan.7

Yevropa davlatlarida bugungi kunda afrikalik migrantlarning ulushlari quyidagi jadvalda berilgan:

Davlat nomi Afrikalik migrantlar soni Migrantlarning qayerlarda yashashi Migrantlarning qayerdan kelganligi

Fransiya 3,115,500 (2019) Parij, Lion, Marsel, Tuluza, Nant, Bordo, Lill, Montpelye Jazoir, Marokash, Tunis, Senegal, Mali, Kot-d'Ivuar, Kamerun, Kongo Respublikasi, KDR

Buyuk Britaniya 1,656,000 (2021) London, Birmingem, Manchester, Lids, Sheffild, Bristol, Nottingem, Nyukasl JAR, Nigeriya, Keniya, Zimbabve, Somali, Gana, Uganda, Gambiya, Syerra-Leone, Liviya

6 Ugarte, Michael. Africans in Europe: The culture of exile and emigration from Equatorial Guinea to Spain (University of Illinois Press, 2010).

7 Ugarte, Michael. Africans in Europe: The culture of exile and emigration from Equatorial Guinea to Spain (University of Illinois Press, 2010).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ispaniya 1,322,625 (2021) Barselona, Madrid, Malaga, Mursiya, Palma, Sevilya, Valensiya Marokash, Jazoir, Senegal, Nigeriya, Kabo-Verde, Ekvatorial Gvineya

Italiya 1,150,627 (2021) Rim, Milan, Turin, Palermo, Breshiya, Bolonya, Florensiya Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Eritreya, Somali

Germaniya 1,000,000 (2020) Berlin, Gamburg, Frankfurt, Kyoln, Myunxen Jazoir, Misr, Marokash, Gana, Somali, Nigeriya, Efiopiya, Kamerun

Niderlandiya 714,732 (2020) Randstad, Arnxen-Nijmegen Marokash, Somali, Misr, JAR, Eritreya

Portugaliya 700,000 (2020) Lissabon Kabo-Verde, Angola, Ekvatorial Gvineya, San-Tome, Gvineya-Bisau

Belgiya 550,000-600,000 (2018) Bryussel, Antverpen, Sharlerua Marokash, Ruanda, Jazoir, JAR, KDR, Senegal, Gana, Gvineya, Burundi, Kamerun, Nigeriya

Shveysariya 93,800 (2015) Jeneva, Bazel, Bern, Lozanna, Friburg Jazoir, Eritreya, KDR, Kamerun, Angola

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Borst, Julia, and Danae Gallo Gonzalez. Narrative Constructions of Online Imagined Afro-diasporic Communities in Spain and Portugal. Open Cultural Studies 3.1 (2019).

2. de Haas, Hein (2008). "The Myth of Invasion: the inconvenient realities of African migration to Europe".

3. Deventer, Allison Crumly, and Dominic Thomas. Afro-European Studies: Emerging Fields and New Directions. in A companion to comparative literature (2011): 333-356.

4. Ugarte, Michael. Africans in Europe: The culture of exile and emigration from Equatorial Guinea to Spain (University of Illinois Press, 2010).

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. World migration 2008: Managing labour mobility in the evolving global economy Volume 4 of IOM world migration report series, International Organization for Migration, Hammersmith Press, 2008.

6. Kennedy, Maev (26 February 2010). "African origin of Roman York's rich lady with the ivory bangle".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.