Научная статья на тему 'СHЕT TILLАRI О'QITUVСHILАRIDА KОMMUNIKАTIV QОBILIYАTLАRNI TАRKIB TОPTIRISHNING PSIХОLОGIK MОDЕLI'

СHЕT TILLАRI О'QITUVСHILАRIDА KОMMUNIKАTIV QОBILIYАTLАRNI TАRKIB TОPTIRISHNING PSIХОLОGIK MОDЕLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
123
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’qituvchi / pedagog / qobiliyat / kommunikatsiya / kommunikativ qobiliyat / muloqot almashinuv / psixologik / psixika / individuallik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sevara Abdulaziz Qizi Abdulazizova

Ushbu maqola chet tili o’qituvchilarining muloqot almashinuv qobiliyatini psixologik jihatdan o’rganib chiqishga qaratilgan bo’lib, kommunikativ muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari psixologik nuqtai nazardan o’rganib chiqilib tahlil qilingan. Shuningdek, chet tili o’qituvchilariga kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun ba’zi tavsiyalar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «СHЕT TILLАRI О'QITUVСHILАRIDА KОMMUNIKАTIV QОBILIYАTLАRNI TАRKIB TОPTIRISHNING PSIХОLОGIK MОDЕLI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-420-423

CHET TILLARI O'QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNI TARKIB TOPTIRISHNING PSIXOLOGIK MODELI

Sevara Abdulaziz qizi Abdulazizova

Samarqand davlat chet tillari instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola chet tili o'qituvchilarining muloqot almashinuv qobiliyatini psixologik jihatdan o'rganib chiqishga qaratilgan bo'lib, kommunikativ muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari psixologik nuqtai nazardan o 'rganib chiqilib tahlil qilingan. Shuningdek, chet tili o'qituvchilariga kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun ba'zi tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: O'qituvchi, pedagog, qobiliyat, kommunikatsiya, kommunikativ qobiliyat, muloqot almashinuv, psixologik, psixika, individuallik.

KIRISH

Xorijiy til o'qituvchi o'quvchilarining rivojlanishiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganishi, o'quvchilar aqliy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo'lishi, o'quvchining psixologik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni o'rganishi ular bilan bo'ladigan munosabatlar uchun zarur psixologik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Xorijiy til o'quvchisining chet tilida mustaqil, erkin fikrlash doirasini kengaytirish ular bilan suhbatlarni to'g'ri tashkil eta olishga ham bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Yosh oqituvchilar maktab bilan birga o'z hayoti o'rtasidagi bog'liqlikning psixologik jihatlarini anglashi lozim. Bugungi kunda o'quvchi maktabda chet tili darslarini o'zlashtira olmayotgan holatlarni ushbu masala bilan bog'liq bir qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Bola ilk bor maktabga borib, sistematik ravishda aqliy mehnat bilan shug'ullanishni boshlaganida kattalarning, ota-onalari va ko'proq ituvchilarining yordamiga muhtoj bo'ladi. Xorijiy til o'qituvchilari chet tilini o'rgatish darslarida xorijiy tillarni o'qitishga bo'lgan zamonaviy psixologik yondashuvlarni to'g'ri tashkil etishlari lozim. Ular chet tilini o'rgatish bo'yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini oshirish yuzasidan o'z pedagogik faoliyatlariga innovatsiyalarni tatbiq etishning samarali shakllarini,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-420-423

didaktik vositalar va elektron o'quv materiallarini yaratish texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishlari o'quvchilarning xorijiy tillarni o'rganishi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy til o'qituvchilari ingliz tilini o'rgatishda psixologik mashqlarni to'g'ri qo'llay olishlari lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'nggi yillarda uslubiy adabiyotlarda, tez-tez "kommunikativ" atamasi ishlatilib boshlandi. Buning sababi shundaki kommunikativ texnikadan foydalanish o'ta darajada muhim sanaladi chunki biror tilni o'rganishdan asosiy maqsad o'sha til egalari bilan muloqot almashish, o'z fikrini yetqazib berish, va o'sha muhitda o'zini erkin tuta olishdir Ma'lumki, inson o'rganadigan hamma narsani kelgusi faoliyatida foydalanish uchun o'zlashtiradi. Сhet tilin o'rgatishdan asosiy maqsad til yordamida chet tilining barcha muloqot shakllaridan foydalanish ko'nikmasiga, nutq faoliyatini erkin suhbatlasha olish darajasigacha ko'tarish mahoratiga ega bo'lish, o'sha o'rganilayorgan tilda o'zining erkin muloqot almasha olish salohiyatini shakllantirish hisoblanadi.

А. Zimnyaya kommunikativ kompetentsiyani samarasi keyin ko'rinadigan lekin o'rganilishi kerak bo'lgan ta'limning maqsadi deb hisoblaydi. Kommunikativ kompetentsiya, I.A. Zimney fikricha, "shaxsning shakllangan kommunikativ sub'ekt sifatida harakat qilish qobiliyati"dir. Ya'ni bu bilan tadqiqotchi, kommunikativ mahoratni qobiliyat sifatida shakllantirish, rivojlantirish va tahlil qilish mumkin. Kommunikativ kompetensiyani esa faqat o'rganilayotgan til egasi bilan muloqot qilib o'rganish mumkin. So'nggi paytlarda ta'lim bilan bog'liq yangi ta'lim texnologiyalari nazariyasida "kommunikativ kompetentsiya" atamasi qo'llanilishi keng tarqaldi. Pedagogik texnologiya talqinda "kommunikativ kompetentsiya" tushunchasi suhbatdoshlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatlar ssenariyni bashorat qilish va nutq rejasini tuzish qobiliyati,va bu ularning xulq-atvorida ravonlik, uslub, nutq yaratish orqali amalga oshirish orqali ona tilida so'zlashuvchini chet tilida gapiradigan chet ellikdan ajratib turadi.

N.D. Galskova va N.I. Gez kommunikativ kompetentsiya komponentlari haqida fikr yuritib, quyidagilarni keltirib o'tishadi

S o'rganilayotgan til tizimi va ko'nikmalari haqidagi bilim tilli aloqa vositalari bilan ishlash negizida shakllangan;

S lingvistik bilim va til ko'nikmalari tushunish va yaratish qobiliyati

S chet tilidagi iboralar, ularni bir muloqot harakati davomida birlashtira

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-420-423

olish

S muloqotning o'ziga xos holatiga ko'ra, nutq vazifasi va kommunikativ

niyat;

S mamlakatning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini bilish

S o'rganilayotgan til, shuningdek, nutqni amalga oshirish imkonini beradigan ko'nikma va malakalar va o'ziga xosliklarga muvofiq ushbu tilning ona tilida so'zlashuvchilar bilan og'zaki bo'lmagan muloqot va tegishli bo'lgan og'zaki o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalar

S lingvoetnomadaniy hamjamiyat muhim hisoblanadi.

Chet til o'qitish kommunikativ kompetensiyasi psixologiya (psixika) bilan ikki taraflama — nutq psixologiyasi va pedagogik psixologiya bilan aloqa bog'laydi. Inson nutqi nutq fiziologiyasi (lingvofiziologiya)da va nutqning sodir bo'lishi ham da uni idrok etish psixolingvistikada ilmiy tadqiq qilinadi. Barcha tillarda nutq til materiali va nutq mexanizmlari vositasida yuzaga keladi. Nutq inson bosh miyasi faoliyati boshqaradigan murakkab ruhiy jarayondir. Miyaning analiz-sintez qila olishi zaminida birinchi va ikkinchi signal sistemalari faoliyat ko'rsatadi. Birinchi signal sistemasi eshituv, ko'ruv, hid va ta'm bilish va boshqa sezgilar yordamida tashqi dunyoni his etib, bilishga imkon beradi. Ikkinchi signal sistemasi esa til belgilari orqali voqelikni umumlashtirish asosida ish ko'radi. Birinchi signal sistemasi hayvonot dunyosiga ham taalluqli. Ikkinchi signal sistemasi esa birinchi signali bo'lib, so'z bilan ifodalanadi. Inson, hayvondan farqli o 'laroq, nutqni idrok etganida, uning mazmuniga e'tibor beradi. Nutqning tovush va harfiy jihatlari uning tashqi (moddiy) tomoni deyiladi. Ichki tomoni esa nutqharakat, eshitish, ko'ruv va qo'lharakat timsollarida ifodalanadi. Har ikkalasi nutqiy dinamik stereotipni tashkil etadi.

XULOSA

Stereotiplarning ishlashi til vositalari sifatida nutq mexanizmini hosil qiladi. Ona tilida belgilar stereotiplari va nutq mexanizmlari tafakkur va nutqning shakllanish chog'ida beixtiyor hosil bo'ladi va ong ishtirokisiz (aniqrog'i, deyarli ong ishtirok etmagan holda) faoliyat ko'rsatadi. Chet tilni egallashda oldin o'rganilgan tillar asosida o'xshash elementlar (tovush, so'z, gap tuzilishi) mavjud nerv bog'lanishlari, yot elementlar esa — yangi bog'lanishlar paydo etilishi tufayli ikkilamchi belgilar sistemasi yordamida yaratiladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-420-423

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Кузьмина Н.В. Методы исследования педагогической деятельности: монография. - Л : Изд-во Л^, 1970. - 144 с.

2. Мuslimоv N.A. ^sb tа'limi о'qituvсhisini kаsbiy shаkllаntirishning пагапу-mеtоdik аsоslаri: Pеd.fаnl.dоkt. diss. - T.: 2007. - 357 b.

3. Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлашни шак-ллантиришнинг психологик асослари: Псих.фан док. дис. - Т., 2005.- 391 б.

4. Тимохина Е.В. https://sсiеnсе-еduсаtiоn.ru/ru/аrtiсlе/viеw?id=17801

5. Гальскова Н.Д. Современная методика обучения иностранным языкам: Пособие для учителя. 3-е изд., перераб. и доп. - М.: АРКТИ, 2004.- 192 с.

6. 58. Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам. Лингводидактика и методика : Yчебное пособие. -4-е изд., стер. -М.: Изд. центр «Академия», 2007. -336 с.

7. Гез Н.И. Формирование коммуникативной компетенции как объект зарубежных методических исследований // Иностранные языки в школе.-1985.-№2.-С. 18-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.