Научная статья на тему 'SHE’RIY TARJIMA MUAMMOLARI'

SHE’RIY TARJIMA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she‟r / tarjima / tarjimon / tarjimon mahorati va kamchiliklari / J.W.Goethe / Erkin Vohidov / Posho Ali Usmon / tusmollab tarjima qilish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Munisa Murodjon Qizi Orolova

Ushbu maqolada she'riy tarjimashunoslikda uchraydigan muammolar, tarjimon mahorati, nuqson – kamchiliklari va tarjima go'zalliklari haqida to'xatalamiz. Xususan J. W. Goethening mashhur „Faust“ asarini o'zbek tiliga (rus tilidan) tarjima qilgan Erkin Vohidov va nemis tilidan bevosita tarjima qilgan Posho Ali Usmonning tarjima usullari va mahorati, qolaversa tusmollab tarjima qilish masalalari xususida bahs yurtiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY TARJIMA MUAMMOLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

SHE'RIY TARJIMA MUAMMOLARI

Munisa Murodjon qizi O'rolova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo'nalishi 4 - bosqich XTA20/6 - guruh talabasi E- mail: orolovamunisa77@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada she'riy tarjimashunoslikda uchraydigan muammolar, tarjimon mahorati, nuqson - kamchiliklari va tarjima go'zalliklari haqida to'xatalamiz. Xususan J. W. Goethening mashhur „Faust" asarini o'zbek tiliga (rus tilidan) tarjima qilgan Erkin Vohidov va nemis tilidan bevosita tarjima qilgan Posho Ali Usmonning tarjima usullari va mahorati, qolaversa tusmollab tarjima qilish masalalari xususida bahs yurtiladi.

Tayanch so'zlar: she'r, tarjima, tarjimon, tarjimon mahorati va kamchiliklari, J.W.Goethe, Erkin Vohidov, Posho Ali Usmon,tusmollab tarjima qilish...

Kirish: Tarjima odatda oddiy so'zlar yig'indisi sifatida ko'rinishi mumkin. Biroq, uning zamirida kitobxon uchun, bir qarashda kishi anglashi qiyin bo'lgan murakkab jarayon yotadi. Qolaversa, tarjima jarayonining o'ziga xos jihatlari borki ,bu tarjimondan ko'proq mahorat va ma'suliyatni talab etadi. Uni yanada izlanishga, qayta va qayta tahlil qilib, so'zning nozik jihatlarini olib chiqishga majbur qiladigan leksik, grammatik hamda stilistik bo'yoqdorlik kabi bir qator muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. Buning sababi biror-bir tildan ixtiyoriy olingan bir matnni boshqa bir tilga tarjima qilishda til bilish ko'nikmalarining o'zigina kifoya qilib qolmaydi. Badiiyat ilmida tarjimon tarjima masalalarini to'laqonli anglabgina qolmasdan, birmuncha ijodkorlik qobiliyatiga ham ega bo'lmog'i lozim. Badiiy asarni tarjima qilishda isteMod, ilhom kabi mavhum unsurlarning roli beqiyosdir. Shu bois, tarjimaning boshqa turlari (sinxron, ilmiy-texnikaviy, siyosiy-publisistik, axbarot-analatik materiallar tarjimasi) bilan shug'ullanuvchi tarjimonlar tarjimaning eng murakkab hamda o'ta nozik turi hisoblanmish badiiy tarjimaga har doim ham qo'l urishga botina olmaydilar. Ilmiy matnlar tarjimasida kitobxonga muayyan xabarning asosiy mazmunini yetkazib berish tarjimaning maqsadini tashkil etsa, badiiy tarjimada va ayniqsa uning yuragi bo'lmish she'riy tarjimada asar muallifining ichki kechinmalari hamda ruhiyatini asl holicha saqlab qolish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.

74

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

Ma'lumki, tarjima ham muayyan darajada tarjimonning ijod mahsuli hisoblanadi. Yetuk tarjimon Erkin Vohidov aytganidek: "Ilhomsiz yaratilgan har qanday asar, sevgisiz olingan bo'saga o'xshaydi". Haqiqatdan ham muhabbatsiz olingan o'pich qanchalar sovuq va yoqimsiz bo'lsa, ilhomsiz yaratilgan asar ham shunchali jozibasizdir. She'riy tarjimada tarjima qilinayotgan matn mazmuni saqlanibgina qolmasdan, uning ohangdorligiga ham katta ahamiyat qaratilishi lozim bo'ladi. Bu holat esa o'z o'rnida tarjimondan ulkan mahorat hamda shoirlikdan bir muncha xabardor bo'lishlikni talab etadi. Negaki, ba'zi so'z yoki so'z birikmalarini asl holicha tarjima qilishning imkoni bo'lmaydi. Bunda she'r misralardagi o'zaro qofiyadorlikni saqlab qolish mushkul bo'lib qoladi. Yoki aksincha, qofiya saqlanib qolinganda undagi ruhiyatni tarjima tiliga to'laqonli ko'chirib o'tish masalasi tug'iladi.

Tarjima bu bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi bo'lib tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishidir. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga ko'ra tafsir, tabdil, sharh kabi ko'rinishga ham ega bo'lishi mumkin. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi o'zaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og'zaki turi hozirgacha ham saqlanib kelgan va bu hozirgi davr tarjimonlar faoliyatida o'z aksini topadi. Tarjima odatda oddiy so'zlar yig'indisi sifatida ko'rinishi mumkin. Biroq, uning zamirida o'quvchi uchun bir qarashda kishi anglashi qiyin bo'lgan murakkab jarayon yotadi. Qolaversa, bu tarjimonni ko'proq izlanishga, qayta-qayta tahlil qilib so'zning nozik jihatlarini olib chiqishga majbur qiladi.Bundan tashqari leksik, grammatik hamda stilistik bo'yoqdorlik kabi bir qator muammolar bor. Buning sababi biror-bir tildan ixtiyoriy olingan bir matnni boshqa bir tilga tarjima qilishda til bilish ko'nikmalarining o'zigina kifoya qilib qolmasligidir.

YV.Gyote ijodi o'tgan asrning 20- yillaridan boshlab Cho'lpon, Oybek, Shayxzoda va boshqa turli yozuvchi va shoirlar tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilina boshlandi. Adibning "Faust" tragediyasi taniqli ijodkor Erkin Voxidov tomonidan (rus tili orqali) 1972-75-yillar, 2007-yil esa Posho Ali Usmon tomonidan bevosita, "Mag'ribu mashriq devoni" Sadriddin Salim Buxoriy tomonidan 1985-90-yillar, "Yosh Verterning iztiroblari" romani YEgamova tomonidan 1975-yil o'zbek tiliga o'girilib, nashr etildi. Gyotening "Faust" tragediyasi (1768- 1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu asar adibning butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo'ldi. Adib bu asar ustida qarib oltimish yildan ziyod mehnat qildi (umri davomida yozilgan asar). Drama ikki

April 23-24, 2024

75

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversitet^

qism va 12111 she'riy parchadan iborat. [1.] YV.Gyotening "Faust" tragediyasi yuqorida takidlab o'tganimizdek 1972-yil Erkin Vohidov tomonidan o'zbek tiliga asarning har ikki qism bilvosita shunungdek taniqli tilshunos Posho Ali Usmonov tomonidan 2007-yil (35-yil mobaynida asarning faqat 1-qismini) bevosita tarjima qilib, nashr etishgan. Shu boisdan ham asarning ikkinchi qismida tahlil etiladigan idioma va maqollar aynan Erkin Vohidov tarjimasidan keltiriladi.Quyida ijodkorning "Faust" tragediyasidan misollar keltirib o'tarkanmiz, yuqoridagi fikrlarimizga yana bir karra amin bo'lamiz.

SCHÜLER: „.Das sollt Ihr mir nicht

Zweimal sagen!

Ich denke mir, wie viel es nützt

Denn, was man schwarz auf weiß

Besitzt,

Kann man getrost nach Hause tragen. [2. S 38. (Vers 1966 f.)] Ushbu she'riy to'rtlikdagi qora harflar bilan alohida ajratib ko'rsatilgan (etwas) schwarz und weiß besitzt(en) [1.1. S. 1110.] iborasi o'zbek tiliga Erkin Vohidov tomonidan (bilvosita) quyida talqinda keladi: Tolib: .. .Yozib olgum bitta qo'ymay, soz, Yozishga men juda ishqiboz. Ayon, neki xatga tushdi, bas, Uni aslo yo'qotib bo'lmas. [3. 78-b.]

Yana bir ijodkor Posho Ali Usmon (bevosita) esa ushbu misralarni quyidagicha beradi:

TOLIB: „Takror aytishning yo'qdur Zarurati,

Bilaman uning nechuk vojibligin; Sal qoralansa bas oq qog'oz beti, Mumkindir uyga olib borishligim. [4. 77-b.]

Olmon tilidagi ushbu etwas schwarz auf weiß besitzen iborasining asl mazmuni ''rasman (qog'ozda tasdiqlangan) huquqga egalik qilish'', so'zma-so'z tarjimasi esa oqqa qorani o'tkazmoq, (qoraga oq bilan yozib qo'ygandek, aniq-ravshan yozib yo'yilgan) [6.] degani. Hozirda nemis tili muomalasida keng qo'llanib kelinayotgan ushbu iborani ilk bor Y.V.Gyote o'z asarida qo'llab, shu idiomaning muallifiga aylangan. Bu esa ijodkorni nafqat buyuk adib, baliki olmon tilshunosligiga katta hissa qo'shgan olim ekanidan darakdir. Mutarjimlarning har ikkisi ham nemis tilidagi Schüler [1.1. S. 1104.] so'zini ''o'quvchi'' deb emas, balki ''tolib'' deya, asar ruhiyatiga o'sha zamon nafasini bergan. Yuqoridagi misralar

April 23-24, 2024

76

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

tahliliga keladigan bo'lsak, Erkin Vohidov ''Denn, was man schwarz auf weiß besitzt" misrasini ''Ayon, neki xatga tushdi, bas" tarzida tarjima qilib, V.N.Komissarovning leksik transformatsiya nazariyasi, ya'ni leksiksemantik almashtirishlar: konkretlashtirish, umumlashtirish uslubidan, Posho Ali Usmon esa o'sha misrani ''Sal qoralansa bas oq qog'oz beti", deya o'girib, grammatik transformatsiya, ya'ni so'zma-so'z tarjima, gaplarning qo'shilib ketishi usulidan [6. C.215] foydalanadi. Yuqoridagi misraga bizning fikrimiz quyidagicha: Tolib: Takror etmoqning yo'qdir Hojati!

Nima qilmoqni bilgayman o'zim Ki, kimsaning egalik haqi,

Har yerda o'tgay uning so'zi. Shu o'rinda har ikki ijodkorlar, Erkin Vohidov hamda Posho Ali Usmon etwas schwarz auf weiß besitzen iborasini o'zbek tiliga aynan mazmunini bermay, o'sha iboraga yaqin, mazmunan mos keladigan iborni mahorat bilan qo'llaydi. Bu esa transformatsiya usulining uchinchi turi, ya'ni asliyat va tarjima matnlar orasidagi mantiqiy aloqaga asoslanishdi.

Xulosa. Haqiqatdan ham she'riy tarjima o'ta murakkab tarjima jarayonlaridan biri. Shunga qaramasdan shoir-tarjimonlarimiz bu zahmatli vazifani ado etishda o'ziga xos,shu bilan bir qatorda birmuncha samarali ishlarni amalga oshirishmoqda . She'riy matn uchun shakl nafaqat asarning semantik elementlari ierarxiyasi, balki she'riyatga xos bo'lgan til atributlari: ritm, qofiya, strofik, unlilar va undoshlar o'rtasidagi munosabatlar, uzunlik, musiqiylik va boshqalar she'riy matnga o'ziga xos tartib bag'ishlaydi, bu esa she'riy matndagi so'zlarni tilga ko'proq qaram qiladi. Adabiy asardagi so'z har qanday qo'llanishda bir vaqtning o'zida o'zining barcha semantic va uslubiy imkoniyatlarini aniq yoki yashirin shaklda namoyon qilishi mumkin. Shuning uchun aytish mumkinki, she'riy asardagi so'z o'ziga xos sifat va mazmun kasb etadi. Ustoz Asqad Muxtor aytganidek "tarjimon - chizmakash emas, rassomdek ijod qiladi va tarjimaning turli, jumladan, metonimik transformatsiya usullari, implitsit ma'nolarini, eksplitsit bayon qilish usullari orqali mualllif fikrini o'quvchiga yetkazib berishga harakat qiladi. Ammo to'rt satr she'rdagi ohang va lirik kechinmalarni o'quvchi qalbidan joy oladigan darajada tarjima qilish yuqorida aytib o'tganimizdek, shoirona ilhom va mahorat talab qiladi." Haqiqatdan ham she'riy tarjima o'ta murakkab jarayon hisoblanadi. Tarjimani san'at darajasiga ko'tarish uchun avvalo adabiyotni, she'riyatni ixlos, muhabbat, fidoyilik bilan bilish va sevish kerak. She'riy tarjimada esa faqatgina til bilish ko'nikmalariga tayanibgina qolmasdan balki, ilhom, qolaversa, tug'ma iste'dod bo'lishi ham muhim unsur ekanligini chuqur anglab yetmog'imiz zarur.

April 23-24, 2024

77

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

q^avjat^edagogi

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

REFERENCES

1. Odilova G. She'riy tarjima ko'ngil ishi.- T.: O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2013.8-son.

2. Musayev. Q. Tarjima nazariyasi asoslari.- T.: Fan 2005.362 b.

3. G'afurov I., Mo „minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. - T.: Tafakkur

4. Sariyev Sh. Adabiyot fanidan yaxlit o'quv- didaktik majmua. - T.: Sharq 2015.447 b.

5. Salomov G. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. - T.: Faxrizoda 2003.54 b.

6. J.W.Goethe. Faust, Der Tragödie erster Teil. DigBib.Or: Die digitale Bibliothek, Erstellt

am 29.6.2004.

7. Y.V.Gyote. "Faust", Erkib Vohidov tarjimasi, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2015

8. Y.V.Gyote. "Faust", Posho Ali Usmon tarjimasi, Alisher Navoiynomidagi O'zbekiston

Milliy kutibxonasi nashriyoti, Toshkent, 2007

9. M.I.Umarxo'jayev, K.N.Nazarov. Deutsch-Russisch-Usbekisches Phraseologisches Wörterbuch, O'qituvchi, T.: 1994

78

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.