Научная статья на тему 'YAPON VA O‘ZBEK BADIIY ASARLARI TARJIMASI TARIXIDAN'

YAPON VA O‘ZBEK BADIIY ASARLARI TARJIMASI TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yapon tili / tarjima / tarjimon / yozuvchi / yapon adabiyoti / o‘zbek tili / bilvosita tarjima / bevosita tarjima. / japanese language / translation / translator / writer / japanese literature / uzbek language / indirect translation / direct translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shukurova, Dildoraxon

Ushbu maqolada yapon tilidan o‘zbek tiliga bilvosita va bevosita tarjima qilingan asarlar haqida ma’lumot keltirildi. Yapon adabiyotini o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi tarjimonlar, yozuvchilar keltirildi. O‘zbek tilidan yapon tiliga qilingan tarjima haqida ma’lumot berildi. Yapon tilida o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar statistikasi ochiqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FROM THE HISTORY OF THE TRANSLATION OF JAPANESE AND UZBEK ARTISTIC WORKS

This article provides information about works translated directly and indirectly from japanese to uzbek. Translators and writers translating japanese literature into uzbek were brought. Information was provided about the translation from uzbek to japanese. Statistics of translations from japanese into uzbek have been released.

Текст научной работы на тему «YAPON VA O‘ZBEK BADIIY ASARLARI TARJIMASI TARIXIDAN»

о

YAPON VA O'ZBEK BADIIY ASARLARI TARJIMASI TARIXIDAN d https://doi.org/10.5281/zenodo.10365727

Dildoraxon SHUKUROVA,

TDSHU 2-kurs magistranti, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998944209499;

Email: dildoraxonshukurova508@gmail .com Ilmiy rahbar: PhD, dots. Xodjayeva Nilufar Bekmuratovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon tilidan o'zbek tiliga bilvosita va bevosita tarjima qilingan asarlar haqida ma'lumot keltirildi. Yapon adabiyotini o'zbek tiliga tarjima qiluvchi tarjimonlar, yozuvchilar keltirildi. O'zbek tilidan yapon tiliga qilingan tarjima haqida ma'lumot berildi. Yapon tilida o'zbek tiliga qilingan tarjimalar statistikasi ochiqlandi.

Kalit so'zlar: yapon tili, tarjima, tarjimon, yozuvchi, yapon adabiyoti, o 'zbek tili, bilvosita tarjima, bevosita tarjima.

Аннотация: В данной статье представлена информация о произведениях, переведенных прямо и косвенно с японского на узбекский язык. Были привлечены переводчики и писатели, переводящие японскую литературу на узбекский язык. Была предоставлена информация о переводе с узбекского на японский язык. Обнародована статистика переводов с японского на узбекский язык.

Ключевые слова: японский язык, перевод, переводчик, писатель, японская литература, узбекский язык, косвенный перевод, прямой перевод.

Abstract: This article provides information about works translated directly and indirectly from japanese to uzbek. Translators and writers translating japanese literature into uzbek were brought. Information was provided about the translation from uzbek to japanese. Statistics of translations from japanese into uzbek have been released.

Key words: japanese language, translation, translator, writer, japanese literature, uzbek language, indirect translation, direct translation.

Yaponiya adabiyoti ming yillardirki mavjud. Bu vaqt mobaynida, u qayta-qayta o'zgardi: yangi uslublar, yo'nalishlari, badiiy tendentsiyalar qo'shildi. Yaponiya adabiyoti Xitoy bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Yaponiyada ko'p sohada xitoy tajribasi yoki usullaridan foydalanilar edi. Davlat boshqaruvi, siyosat, yozuv va shuningdek, adabiyot janr, yo'nalishlari ham Xitoy adabiyotidan nusxa olgan edi. Biroq yaponlar Xitoydan boricha o'zlashtirib olishmasdi, ular madaniyatlarida yetishmagan

qisminigina olishardi va yaponcha ruh baxsh etishgan. Shunisi bilan o'zlashmalar ham yapon milliy mulkidek bo'lib ketgan. "Har bir xalqning adabiyoti xalqning o'zidan va shu xalq yaratgan tarixdan ayro yashay olmaydi. Yapon adabiyotining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u o'z yaratuvchisi, ya'ni o'z xalqi bilan uzviy bog'liqdir. Yapon adabiyoti yapon madaniyatida o'rin tutgan barcha hodisalarni o'zida mujassam etadi. Yapon jamiyati hayotidagi har bir o'zgarish adabiyotda ham o'z aksini topgan" [1].

Yapon tilidan asarlar tarjimasi XX asrning boshidan boshlab, yildan-yilga ko'payib borgan. Sharq tillaridan dastlabki tarjimalar, asosan, hind va xitoy tillaridan qilingan bo'lsa, keyinchalik, asosan, XX asrning 70-yillaridan boslab, yapon, arab, fors, turk va koreys tilllaridan qilingan tarjima asarlari ham yuzaga kela boshladi [2, 136]. Hozirgi kunda esa yapon adabiyotidan nafaqat badiiy asarlar, balki, ertak, maqol, matallar ham tarjima qilinmoqda. Yapon tilidan badiiy tarjimalar ko'plab amalga oshirilgan bo'lsada, aksariyat qismi bilvosita (vositachi til) tarjima qilingan. Ulardan Kobo Abening "Yashik odam", "Qumdagi xotin", Xaruki Murakamining "Shamol qo'shig'ini tingla", Matsu Basyou xaykulari, Akutagava Ryunoskening "O'n ieynlik pul", "Rasyomon darvozasi", "O'rgimchak uyasining tolasi", "Tansiq taom" kabi hikoyalari bilvosita tarjima qilingan. Yuqorida ko'rsatilgan asarlarning asosiy qismi rus tilidan tarjima qilingan bo'lib, Masaru Ibukaning "Uchgacha ayni vaqti", "Uchdan keyin kech" asarlari esa ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lib, yapon tiliga Nurmuhammad Nargiza tomonidan qiyoslab tarjima qilingan. Shu vaqtga qadar faqatgina Natsume Sosekining "Kokoro" romani bevosita yapon tilidan Nodira Aminova tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan.

Yapon adabiyotidan tarjima qilish jarayonida tarjimonlar albatta eng durdona, eng sermazmun, yangicha janrga ega asarlarni tarjima qilishga harakat qilishadi. Ushbu tarjima qilinayotgan asar o'zbek kitobxonlari uchun manfaatli bo'lishi tarjimonlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Yapon yozuvchilaridan Nobel mukofoti sovrindorlaridan Kenzaburo Oe (1994), Yasunari Kavabata (1968) ning hikoyalari ko'plab tarjima qilingan. "She'riy kuch bilan tasavvuf olamini yaratgan, hayot va mitti odamlar bugungi kunda insoniyatning ajralmas tabiatini keltirib chiqaradi" Yapon adabiyotidan asosan xaykular, roman, hikoyalar tarjima qilingan.

Yapon xalqi falsafasi, uning dunyoqarashini xaykulardan boshqa asar namunasi bunchaik aniq ochib bera olmagan bo'lardi. Xaykular juda qisqa, lo'nda, biroq falsafaviy ma'nosi juda keng hisoblanadi. Xaykularda yapon xalqining orzu-umidlari, o'ziga xos qarashlari aks etadi. Xaykuda sharq xalqining donoligi, insonning hayotdan maqsadi, tabiat hodisalari go'zal holda yoritib beriladi. "Xaykudagi so'zlar bir xil, lekin hayot to'xtovsiz, shuning uchun bir xil so'zlar bir xil so'zlar bo'la olmaydi. Xuddi shu so'z ikki marta eshitilmaydi, xuddi bir daryo ikki marta oyoq

yuvolmaganidek, bir buloq ikki marta takrorlanmaydi. Bo'lmasa, bu misralar qancha avlod kitobxonlarining bunday talabchan didini qondirmas, zamondoshlarimiz qalbini to'lqinlantirmas edi" [3] — deydi Yasunari Kavabata. Matsuo Basho (1644-1694), Yosa Busong (1716-1783), Kobayashi Issa (1763-1827), Masaoka Shiki (1867-1902), Takahama Kyoshi (1874-1959), Saito Mokichi (1882-1953), Taneda Santoka (18821940), Nakamura Kusatao (1901-1983), Kagano Chiyo (1701-1775) kabi yozuvchi, shoirlar xayku janrining buyuk ijodkorlari hisoblanadi.

O'zbek tiliga yapon tilidan xaykular tarjimasi ko'p yillar avval boshlangan. Bu yo'nalishda Xurshid Davron, Rauf Parfi, Xoldor Vulqon, Jabbor Eshonqul kabi tarjimonlar yapon tilidan xaykular tarjimasi bilan shug'ullanishgan. Rauf Parfi so'zboshidan: "Xokku tasviriy san'atga yaqindir. Rassomlar xokkuda tasvirlangan ifodani rasmda aks ettirishi yoki shoir rassom chizgan suratga qarab xokku yozishi mumkin. Shamol, bulbul navosi, kakku ovozi, umuman, har bir tovushning o'z ma'nosi bor va bu har xil kayfiyat va hissiyot uyg'otadi. E'tiborsiz o'qilgan uchlik o'zining asl ma'nosidan mahrumdir" [4]. Xaykular tarjimoni Rauf Parfi Matsuo Basyo (1644-1694), Takarai Kikaku (1661-1707), Kamidzima Onitsura (1660-1738), Kagami Siko (1661-1731), Esa Syoxaku (1649-1722), Mukai Kyoray (1651-1704), Kosugi Issyo (1652-1688), Xattori Ransetsu (1653-1707), Fukuda Tiyo (1703-1775), Osima Ryota (1707-1787), Yosa Buson (1716-1783), Kobayasi Issa (1763-1827) kabi ijodkorlarining xaykularini rus tili orqali bilvosita tarjima qilgan.

Yana bir mashhur tarjimon Xurshid Davronning ijodida ham xayku tarjimalari ko'plab topiladi. Xurshid Davron qadim yapon xaykularidan tortib, hozirgi zamonaviy xaykular tarjimasini ham amalga oshirgan. Kakinomoto-No Xitomaro, Otomo Yakamoti (716 - 785), Arivara Narixira (825 - 880), Ono-no Komati (IX asr o'rtalari), Dzyakuren-Xosi (1139—1202), Saygyo-Xosi (1118—1190), Fudzivara Sadaie(1162—1241), Matsuo Basyo (1644 - 1694), Yosa Buson (1716 - 1784), Midzuxara Syuosi (1892 - 1981), Iida Dakotsu (1885 - 1962), Takai Kito (17411789), Kobayasi Issa (1762 - 1826), Nisidzima Bakunan (1895 - 1981), Maeda Fura (1884 - 1954), Nakamura Kusatou (1901-1983), Kato Koko (1931) kabi shoirlarning ijodidan tarjimalarini amalga oshirgan.

Yapon tilidan o'zbek tiliga xaykular bilvosita tarjimoni Xoldor Vulqon bundan olti asr yozilgan xaykularni tarjima qilgan. Bulardan Kobayasi Issa, Masaoka Shiki, Yosa Buson, Xoro, Kito, Raydzon, Rofu, ShYou, Ryota, Dakosu, Onisura, Kyosi, Sirao, Shisey Dzyou, Xagi - Dzyo, Bontyo taxallusi bilan ijod qilgan shoirlardir.

Xoldor Vulqon xaykular tarjima qilish boasida shunday fikrlarni aytgan: "Xaykularda ko'p qirrali nimkosa ma'no, falsafiy mazmun yo'q. bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini o'z tarjimam orqali xukmingizga xavola qilarkanman, shunday ajoyib yapon shoirlarining xaykularini va tankalarini ona

tilimizga o'girish menga ham nasib etgani uchun Janobi Haqqa hamdu sanolar aytaman" [5]. Xoldor Vulqon fikridan ko'rinib turibdiki, xayku tarjimasi o'zbek kitobxoni uchun ham manfaatli bo'ldi. Yapon xaykulari o'quvchilarga ibratli xulosalar bera olgan deb ayta olamiz. Yapon tilidan o'zbek tiliga xaykularning aksar qismi rus tili orqali tarjima qilingan.

Yapon tilidan o'zbek tiliga hikoya va qissalar tarjimasi ham yo'lga qo'yilgan va o'zbek tarjimonlari bu janrda ham samarali ijod qilishgan. Buyuk yapon yozuvchilarining hikoyalari o'zbek o'quvchilari uchun yangi bir dunyo ochgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yapon hikoyalari va qissalarida biroz g'aliz ma'no, tushunarsiz voqealar ko'plab uchraydi, lekin asar mazmuni hamma uchun tushunarli bo'ladi. Hikoyalarda umuminsoniy qadriyatlar, xalq milliyligining saqlab qolinishi, odamiylik kabi mavzular ko'tariladi. Yapon adabiyotida Shinitiro, Akutagava Ryunoske, Yasunari Kavabata, Osamu Dadzai, Yoshiko Shibaki, Yasusi Inoue kabi yozuvchilar hikoya janrida samarali ijod qilishgan. Yuqoridagi ijodkorlardan ayrimlarining hikoyalari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Bular Yasunari Kavabata, Akutagava Ryunoske, Yoshiko Shibaki, Yasusi Inouelardir.

Akutagava Ryunoskening ko'plab hikoyalarini o'zbek tilida mutolaa qilishimiz mumkin. "Loyxo'rak" nomli hikoyasining o'zbek tilida ikki tarjimasi mavjud bo'lib, Abduvohid Umr (tarjima 2006) va Oygul Asilbek qizi (tarjima 2015) rus tili orqali bilvosita tarjima qilishgan. "Tansiq taom", "A-ba-ba-ba-ba" hikoyalarini Oydinniso tomonidan 2011-yilda tarjima qilingan. "Afsungarlik mo'jizalari" hikoyasi rus tilidan Dilshodbek Asqarov tarjima qilgan. "Rasyomon darvozasi" hikoyasining o'zbek tiliga uchta tarjimon tomonidan amalga oshirilgan tarjimalari bor. Shuxrat Shokir, To'xtamurod Rustamov (tarjima 1991) va Mavluda Ibrohimova (tarjima 2003) tomonidan tarjima qilingan. "Suv osti mamlakatida" qissasi Oydin Niso tomonidan vositachi rus tili orqali tarjima qilingan. Akutagava Ryunoskening "Chakalakda" va "G'alati voqea" novellasini 1922-yilda Ahmad A'zam tarjima qilgan. "O'n iyenlik pul" hikoyasi Abduvohid Umr tomonidan 2006-yilda, "O'rgimchak uyasining tolasi", "Do'zax azoblari" hikoyasi rus tilidan Dilshod Nurilloh tarjima qilgan.

Yasunari Kavabataning asarlari ham o'zbek kitobxonlari orasida mashhur hisoblanadi. Uning "Oynadagi oy" hikoyasi (tarjima 2010) tarjimon Faxriyor tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. "Bambuk sasi, shaftoli guli", "Xol haqida qo'shiq" (tarjima 1999), Chirildoq bilan chigirtka" hikoyalarini rus tilidan Olim Otaxonov, "Olovga tomon talpinayotgan ayol" hikoyasini Shodiqul Hamroyev (1991), "Anor" va "Jonsiz yuz" nomli hikoyalarini esa Abduvohid Umirov tarjima qilgan. Yoshiko Shibakining "Van Gogning qabri", Yasusi Inouening "Jilvagar to'ticha" (tarjima 2012) hikoyalarini rus tilidan Dildora Aliyeva, Banana Yoshimotoning "Kaltakesak" hikoyasini Fayzi Shohislom o'zbek tiliga o'girgan. Tetsuo Miuraning

"O'n besh yoshligim" (tarjima 2018), "Idishdagi Vatan" (tarjima 2018) hikoyasi Ortiqboy Abdullayev tomonidan, Sin'itiro Nakamuraning "Qo'rg'onga yo'l" (tarjima 1991) hikoyasini Jabbor Eshonqulov rus tilidan orqali o'zbek tiliga tarjima qilgan. Yuqoridagi ma'lumotlardan shuni bilishimiz mumkinki, yapon tilidan o'zbek tiliga hikoyalar rus tili orqali bilvosita tarjima qilingan, bevosita tarjima aniqlanmadi.

Yapon tilidan o'zbek tiliga asarlar, romanlar tarjimasidan namunalar. Kobo Abening "Xuddi odamdek" (rus tilidan tarjimon Erkin Ernazarov 2011-yil), "Yashik odam" (rus tilidan S. Rahmon 1986-yil), "Qumdagi xotin" (tarjimonlar: Vahov Ro'zimatov, Erkin Ernazarov 2016-yil) romanlari rus tilidan o'zbek tiliga o'girilgan. Xaruki Murakamining "Shamol qo'shig'ini tingla" (tarjima 2008) romani rus tili orqali Alisher Otaboyev tomonidan tarjima qilingan. Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" (tarjima 2021), "Uchgacha ayni vaqti" (tarjima 2021) kitoblari ingliz tilidan Nargiza Nurmuhammad qizi, Shimada Masaxikoning "Bir mo'miyo kundaligi" hikoyasini inglizchadan A'zam Obidov tarjima qilgan [2, 137]. Yapon yozuvchilarining roman va asarlari ham bilvosita tarjima qilingan bo'lib, ulardan ayrimlarigina ingliz tilidan tarjima qilinganini kuzatishimiz mumkin.

Yapon tilidan o'zbek tiliga nasr yo'nalishida ertaklar ham tarjima qilingan. "Ikki opa-singil" (tarjima 2020), "Farzand sevgisining qudrati" (tarjima 2020), "Turna pati" (tarjima 2020), "Uchar ot" (tarjima 2021), "Ochko'z beka" (tarjima 2021), "Qor ostidagi maymunjonlar" (tarjima 2021) kabi ertaklar yapon tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinib, "Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi" va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan ovozli shaklda taqdim etilgan.

O'zbek tilidan yapon tiliga ham bir necha baddiy asarlar tarjima qilingan. Xususan, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" tarixiy romani, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" tarixiy-memuar asarlaridir. Joriy yilda "Yulduzli tunlar" [6] Xisago Yamaguchi tomonidan yapon tiliga o'girildi. Buyuk sarkarda va shoir Boborning "Boburnoma" [7] tarixiy asarini tarixshunos olim Eyje Mono tomonidan yapon tiliga tarjima qilingan. Bu kabi tarjimalar yapon xalqning o'zbek adabiyotiga qiziqishi yanada kuchayotganidan dalolatdir.

Yapon tilidan o'zbek tiliga bilvosita tarjima qilingan asarlar soni: 482 ta ekanligi aniqlandi. Bulardan she'riy janrga oid tarjimalar: 438 ta, nasriy tarjimalar: 44 ta, bu janrga oid bo'lgan romanlardan 5 ta, bolalar adabiyotidan 2 ta, ertaklardan 5 ta, hikoyalardan 27 ta, novella 2 ta, qissalardan 3 tadan namunalar tarjima qilingani aniqlandi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ikki xalqni bir-biriga bog'lovchi, ularni bir-biriga tanituvchi asosiy omil bu tarjima. Yapon adabiyotini o'zbek kitobxoniga tanitgan tarjima, endi o'zbek adabiyotini yapon kitobxoniga tanitish vaqti keldi. Shunday ekan, hozirgi kunda yapon tilidan o'zbek tiliga bevosita tarjimaning

rivojlantirish, tarjimon mutaxassislarni yetkazib berish masalalari mavjud. Biror xalq adabiyot namunalarini tarjima qilish uchun mutaxassis bor-yo'qligidan qat'iy nazar adabiy aloqalar yo'lga qo'yilishi kerak, shu jihatdan olib qaraganda bilvosita tarjima qulay va samarali yo'l bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] G'afurova H. Xitoycha hikmat - yaponcha qalb. - Toshkent: "Jahon adabiyoti", 2013 y il, 5-son. https: //ziyouz. uz/ilm-va-fan/adabiyot/xitoycha-hikmat-yaponcha-qalb/

[2] Xodjayeva N. Sharq tillaridan bilvosita tarjima xususida. "Madaniyatlararo muloqot masalalari til, matn, tarjima", Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Toshkent: TDShU, 2016-yil 16-17-mart.

[3] https://goaravetisyan.ru/uz/chto-takoe-haiku-kak-napisat-hokku-yaponskaya-poeziya-dlya-vseh-chto-takoe-haiku/

[4] https: //kh-davron. uz/kutubxona/j ahon/mumtoz-yapon- sheriyatidan-xokkular-rauf-parfl-tarjimalari-olim-oltinbek-xokkuning-ilk-tariimoni.html

[5] https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4487.0

[6] m# ^n^í. А-7Ч (±), (Т). - B^: ^fí

[7] А-ток m^ i: ия^тмш^ъщшш.

- B^: ¥Д*±. 2014.

Т-^Хх^Ч У. 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.