Научная статья на тему 'ISTIQLOL DAVRI TARJIMALARI (Tajik va o‘zbek yangi tarjimalarga bir nazar)'

ISTIQLOL DAVRI TARJIMALARI (Tajik va o‘zbek yangi tarjimalarga bir nazar) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
200
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asliyat / tarjima / tarjimon / erkin tarjima / ijodiy tarjima / shakl va mazmun birligi / matn / talqin / antologiya. / original / translation / translator / free translation / creative translation / unity of form and meaning / text / emulate / anthology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fayzulloyev, Baxtiyor

Maqolada mustaqillikdan keyin Tojikistonda tojik adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan yangi tarjimalar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATIONS OF THE INDEPENDENCE PERIOD (A look at the new Tajik and Uzbek translations)

The article provides information on new translation of tajik literature into uzbek in post – independence Tajikistan.

Текст научной работы на тему «ISTIQLOL DAVRI TARJIMALARI (Tajik va o‘zbek yangi tarjimalarga bir nazar)»

ISTIQLOL DAVRI TARJIMALARI (Tajik va o'zbek yangi tarjimalarga bir nazar)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-75-81

Filol.f.n. Baxtiyor FAYZULLOYEV,

akademik Bobojon G'afurov nomidagi Xo'jand DU dotsenti (Tojikiston) Tel: (+992) 92 703 66 61;

Email: b.fayz.1961@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada mustaqillikdan keyin Tojikistonda tojik adabiyoti namunalaridan o 'zbek tiliga qilingan yangi tarjimalar haqida ma 'lumot berilgan.

Tayanch so'zlar: asliyat, tarjima, tarjimon, erkin tarjima, ijodiy tarjima, shakl va mazmun birligi, matn, talqin, antologiya.

Аннотaция: В статье представлена информaция о новых переводах таджикской литератур на узбекский язык в Таджикистане после обретения независимости.

Ключевые слова: оригинал, перевод, переводчик, вольный перевод, творческий перевод, единство формы и содержания, текст, эмулировать, антология.

Abstract: The article provides information on new translation of tajik literature into uzbek in post - independence Tajikistan.

Key words and phrases: original, translation, translator, free translation, creative translation, unity of form and meaning, text, emulate, anthology.

Har bir xalqning adabiyoti rivojida adabiy aloqalar muhim o'rin tutadi. Buni tojik va o'zbek xalqlarining ilk og'zaki hamda yozma adabiyot namunalari misolida ham kuzatish mumkin. Adabiy aloqalar turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Shulardan biri-tarjimachilikdir. Unda bir xalqning ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar ikkinchi bir xalqqa tarjima vositasida yetib boradi va ularning ham o'z ma'naviy mulkiga aylanadi.

XX asr o'zbek adabiyoti vakillaridan Cho'lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, G'afur G'ulom, Oybek va Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Mirtemir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol hamda Mirza Kenjabek kabi ko'plab ijodkorlarning tarjimaga bu qadar e'tibor qaratishlari bejiz emas edi. Aslida o'zbek adabiyotidagi tarjimachilik uzoq tarixga ega. Buni qardosh va jahon xalqlari adabiyotidan o'zbek tiliga

R.

om

qilingan tarjima asarlar misolida kuzatish mumkin. Tarjimalar tufayli o'zbek adabiyotining oltin xazinasi yangi badiiy mukammal asaralar hisobiga boyib borganligini ham qayd etish lozim. Shu bilan birga, badiiy tarjimalar har qanday tarjimon uchun muhim mahorat maktabi hisoblanadi. Mustaqillik yillarda bunday an'anani birgina serqirra iste'dod sohibi-hassos shoir, adabiyotshunos olim, sermahsul ijodkor Jamol Kamolning tarjimonlik faoliyati misolida kuzatish maqsadga muvofiq. Uning o'zi bir nechta tarjimon qilishi mumkin bo'lgan katta miqyosdagi tarjima ishlarini amalga oshirganligini adabiyotshunos Ergash Ochilov o'zining kuzatishlarida alohida qayd etgan1. Darhaqiqat, Jamol Kamol 30 ga yaqin asar va 20dan ortiq shoir she'rlarini fors - tojik tilidan o'zbekchalashtirib, o'zbek kitobxonlarga taqdim etganligi istiqlol davri adabiy hayotida o'ziga xos hodisa ekanligini e'tirof etish lozim.

Mustaqillik tufayli o'zbek adabiyoti ham yangi taraqqiyot yo'liga qadam qo'ydi. Barcha sohalarida bo'lgan yangilanish va islohotlar tarjimachilikda ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritishga imkontlar yaratdi. Buni Tojik-istondagi o'zbek shoir va adiblari faoliyatida ham kuzatish mumkin. Xususan, mustaqillik yillarda "Hamohang ko'ngillar" she'riy to'plami-ning yuzaga kelishi uzoq tarixga ega bo'lgan o'zbek va tojik adabiy aloqalari taraqqiyotiga o'ziga xos yangi sahifa bo'lib qo'shildi . Mazkur she'riy to'plamda Mirzo Tursunzodadan boshlab - Nizom Qosimgacha, Loiq Sheralidan - Farzonagacha, Gulnazar Keldidan -Ahmadjon Rahmatzodgacha bo'lgan jami 19 ta zamonaviy tojik adabiyotining vakillari ijodidan tanlab olingan she'riy guldasta o'zbek kitobxonlariga taqdim qilingan-ligini alohida qayd qilish zarur.

Tojikiston Yozuvchilar Ittifoqi a'zosi taniqli shoir Ahmadjon Rahmatzod ushbu nashrga "o'ziga xos she'riy guldasta..." deya baho bergan edi. "Hamohang ko'ngillar"dagi tarjimalar tojikistonlik o'zbek shoirlari O'lmas Jamol, Sultonmurod Hojiboev, Sharif Nuriddin, Jamshid Primov, Avliyoxon Eshon, Egamnazar Sohibnazarov, Abduvali Bekmuhammad, Dilmurod Hojimurodov, Sodiq Hojimurod, Yoqubjon Ochilovlar tomoni-dan amalga oshirilgan. Shuningdek, unda ikki qardosh xalqning sevimli shoirlariga aylangan Sirojiddin Sayyid va Asqar

1 OHH^OB Э. ®aMO.n KaMOiïHHHr Tap:^HMOH.nHK Max,opaTH // YTÂ, 2009, 4-COH. 26 6eT.

2 X,aMOx,aHr KyHraraap. ffletpuaT, Tap^HMa^ap. - Xy^aHg: "Mepo^", 2018. 240 6eT.

76

Mahkamning ustod Loiq ijodidan o'zbek tiliga qilgan tarjimalari ham ushbu nashrdan joy olganligi uning mazmun mundarijasiga o'ziga xos mukammallik kasb etgan.

To'plamda Loiq Sherali ijodiga salmoqli o'rin berilgan. Uning she'rlarini o'zbek tilida xuddi asliyatdagidek jaranglashida tarjimon-larning zahmatli mehnatini e'tirof etish ayni adolatdandir. Xalqning tom ma'nodagi sevimli shoiriga aylangan, zamonaviy tojik she'riyatida misli ko'rilmagan inqilob yaratgan Loiq asarlari tarjimasiga qo'l urgan har qanday tarjimon uchun u chinakam mahorat maktabi hamdir. Fikrimizcha, Loiq asarlari tarjimasiga kirishgan mutarijim birinchi navbatda tojik tilini mukammal bilishi bilan birga, Sharqda she'riyat tili hisoblangan fors-tojik tilining butun jozibasini his eta olish barobarida Loiq she'riyati suv ichgan ma'naviy buloqlardan ham yetarlicha xabardor bo'lishi tarjimani yanada mukammalligini ta'minlashi, shubhasiz.

Ist'dodli shoir va mohir tarjimon Asqar Mahkamning ustoz Loiq xotirasiga bag'ishlangan risolasidagi quyidagi fikrlari e'tiborga loyiq: "U (Loiq Sherali-B.F.) fors she'riyatining so'nggi shoiri edi, go'yo. Keyin ustoz maqomiga ko'tarildi. Loiq shogirdlik yoki muridlikni sidqi dildan o'tadi. Xoja Hofiz dargohida muridlik qildi. Shayx Sa'diyga tahorat suvi berdi, buyuk Mavlaviyning ostonasin supurdi..."

Qissadan hissa shuki, Loiq asarlari bilan tillashmoqchi bo'lgan tarjimon yetarlicha nazariy bilimga, ijodiy tajribaga, yuksak shoirlik va tarjimonlik mahoratiga ega bo'lishi bilan birga"so'z sehirgari" deya nom olgan Hofiz Sheroziy dahosidan xabardor bo'lishi, S harqda axloq otasi maqomiga ega bo'lgan Shayx Sa'diy o'gitlaridan bahramand bo'lganligi, Pahlaviy tilidagi "Qur'on",- deya e'tirof etilgan Rumiy hazratlarining masnaviylari ruhida kamolga yetgan bo'lishi ham lozim. Chunki bu bebaho ijod chashmalaridan Loiq she'riyati doimo suv ichgani aniq.

Istiqlol davrida Tojikistoda tojik va o'zbek tarjimachiligi borasida amalga oshirilgan salmoqli ishlardan yana biri "Zamonaviy tojik she'riyati antologiyasi" ning yuzaga kelishidir. Mazkur nashr va undagi tarjimalar iste'dodli shoir va zukko tarjimon Odil Ikrom tomonidan amalga

о

3. Аскар Маркам Ок китоб. - Душанбе: "Ирфон", 2008. 392-бет.

77

R

om

oshirilgan 4 . Antologiyada Sadriddin Ayniydan Loiq Sheraligacha, Farzonadan Nurali Nurzodgacha bo'lgan jami 60 nafar zamonaviy tojik shoirlari ijodidan she'riy namunalar tanlab olinib, o'zbek o'quvchilariga taqdim qilinishi adabiy aloqlarga doir mavjud ma'naviy bo'shliqni to'ldirdi deb bemalol aytish mumkin.

Undagi har bir tarjimalar Odil Ikromning tojik adabiyotiga chuqur ehtiromidan darak beradi. She'riy tarjimalardagi o'ziga xos jo'shqinlik va chuqur samimiyat mutolaa vaqtida beixtiyor she'rxon qalbiga ko'chadi. Buni birgina"Onam bor edi..." (A.Rahmadzod) she'ri misolida kuzatish o'rinlidir:

...Men endi eslayman uningsiymosin, Devor yorig 'idan izlayman sochin, Tizzasin yodiga bosh qo 'yib sokin, Hidini qo 'msayman, asrayman yodin... Ulyorug ' tal'atim, Onam bor edi.

She'rxonni fikriy hayratiga sabab bo'lgan birgina soch bilan bog'liq an'anaviy badiiy topilma shoir maqsadini yanada go'zal va ta'sirli bo'lishiga xizmat qilgan. Tarjimadagi tabiiylik, aynisa o'zbek va tojik onalarigagina xos bo'lgan milliylikning haddi a'losida badiiy aks etgani zukko tarjimon Odil Ikromning mahoratidan darak beradi. Odatda she'riy tarjimalar haqida gap keganida "Tarjimada tarjimon shoir so'zlarini emas, balki uning yuragini tarjima qilish kerak" degan gap yuradi. Aslida har qanday asar tarjimada yangilanadi. Bu yangilanish tarjimonning bilimi, hayotiy tajribalari, badiiy mahorati va tarjima qilayotgan asarining muallif ruhiy olamiga qay darajada yaqinligi bilan bog'liq, albatta. Odil Ikrom tarjimalariga shu nuqtai nazardan yondoshilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tarjimalar bilan tanishgan o'zbek kitobxoni Ahmadjon Rahmatzod she'rlarining ham shunchaki qofiyabozlikdan, soxta chaqiriqlardan hiyla uzoq bo'lgan badiiyatning betakror va go'zal namunalari ekanligiga ishonch hosil qilishi aniq. Antologiyadagi boshqa tarjimalar xususida ham xuddi shunday ijobiy fikrlar aytish mumkin.

4 3aMOHaBHH to^HK metpHATH aHTonoruacu. Ty3yBHH Ba Tap^HMOH - Ogun HKPOM. - Xy^aHg: "Homup", 2017. 336 6eT.

Odil Ikromning keyingi yillarda tarjima borasidagi samarali faoliyati Jaloliddin Rumiyning muazzam asari "Ma'naviy masnaviy" tarjimasiga jur'at etib qo'l urishi bo'ldi5. Uning fors-tojik adabiyoti-dan o'zbek tiliga qilgan tarjimalari Tojikiston Respublikasi mutaqilligining 31 yilligi tantanalarida Respublika Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan munosib taqdirlanib, unga Abu Abdulloh Rudakiy nomidagi Davlat mukofotini berilishi adabiy hayotdagi muhim voqealardan biri bo'ldi.

Shuningdek, keyingi yillarda Tojikistonda nasriy asarlar tarjima-siga ham e'tibor qaratilayotgani diqqatga sazovar ishlardan sanaladi. Bu borada yozuvchilar O'rinboy Usmon, Omonboy Jumanovning yangi nasriy tarjimalarini tilga olish maqsadga muvofiq. O'.Usmonning Mehmon Baxtiy ("Qariya") va Abdulhamid Samad ("Qaniydi", "Ot ketib borardi") kabi tojik yozuvchilarining asarlaridan ayrim namunalarni o'zbek tiliga qilgan tarjimalari zukko kitobxonlar uchun muhim tuhfa bo'ldi deyish mumkin6. Shuningdek, zamonaviy tojik adabiyotining faol vakili Ma'ruf Bobojonning "Tavba" qissasi hamda O'rinboy Usmon tarjimasida o'zbek kitobxonlari qo'liga yetib borganligini ham alohida ta'kidlash joiz.

Ushbu asarda o'tgan XX asrimizning 30 yillarida insoniyat hayotida ro'y bergan mudhish voqealarni yoritishni adib o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Asarda haqsizlik va adolatsizlikka qarshi mardona kurash olib borgan qahramon timsoli orqali shonli tariximizda o'chmas iz qoldirgan suronli voqealar o'quvchilar ko'z o'ngida birma-bir namoyon bo'ladi. Bular tinchlikni qadriga yetishga, odamlarni shukronalik hisi bilan yashashga da'vat etadiki, bu asardan kelib chiqadigan asosiy xulosalar deyish mumkin.

Istiqloldan so'ng tarjima borasida olimlarimiz ham samarali faoliyat olib borayotgani o'ziga xos tajribalardan biri bo'ldi deyish mumkin. Jumladan, filologiya fanlari doktori, professor Abdusalom Abduqodirovning "Tojik pandnomalari" ruknida bir qator fors-tojik adabiyoti namunalaridan amalga oshirgan tarjima hamda tabdillarining ketma-ket nashr etilishi e'tiborga loyiq ishlardan yana biri bo'ldi. Tojik allomalaridan Abumansur Moturidiy Samarqandiyning "Pandnoma"si,

5 ^anonuggHH PyMHH MatHaBHH MacHaBHH. Eupunnu Kumo6 (OopcHHgaH Ogun HKPOM Tap^HMacu) - TomKeHT: Fa^yp FynoM HOMHgara HampueT-MaT6aa h^OAHH yHH, 2021, 508 6eT.

6 "®ax,OH aga6HeTH" ^ypHanH, 2018, № 4.

Xoja Abdulloh Ansoriyning "Nizomnoma"si va"Taboqat ul - so'fiya" (So'fiylik tabaqalari) tazkira hamda manoqiblari,'Tuz maydon" diniy-tasavvufiy pandnomasi, Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning "Vasiyat-noma"si, Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi mus'hsiniy" pandnomasi, Abdurahmon Jomiyning "Xiradnomai Iskandariy" dostonidan olingan pand va o'gitlar shuningdek, Ubayd Zakoniyning "Sadpand' (Yuz pand) ", Shujo Sheroziyning "Anis un-nos" ("Insonning do'sti"), Sirjiddin Sidqiyning "Javohir ul-pand" ("Qimmatbaho pandlar") kabi pandnoma-lardan tanlab, saralab olingan parchalar o'zbek tiliga erkin usulda tarjima hamda tabdil varianti ko'rinishida taqdim qilinishi bugungi kunda Tojikistonda tarjimachilik borasida amalga oshirilayotgan e'tiborga loyiq ishlar sirasiga kiradi.

Ustoz Adusalom Abduqodirov tarjimalarning fazilati hamda ahamiyati shundaki, ular har qanday kasb egasi bo'lgan kitobxon uchun hech bir mushkullik tug'dirmaydi. Ular sodda, tushunarli bo'lib, o'ziga xos ravon uslubda ziynatlangan, ixcham ko'rinishlarda nashr qilinganligi bilan e'tiborga loyiq. Mazkur tarjima va tabdillarni hech mubolag'asiz zamonaviy o'zbek nasridagi "sahli mumtane'" ("osonu mumkin emas") usulida amalga oshirilgan yangi tarjima asarlar sifatida e'tirof etish maqsadga muvofiq. Eng muhimi, ulardagi har bir allomaning pandu o'gitlari bugungi kun talablariga ham javob berishga qodir bo'lgan badiiyat namunalari deyish mumkin.

Xullas, yuqoridagi fikrlarimiz mustaqillik yillarida tojik adabiyoti namunalaridan o'zbek tiliga qilingan tarjimalarga doir ayrim kuzatishlardangina iborat. Galdagi vazifa esa, istiqlol davri badiiy tarjimalari bo'yicha jumladan, "Ma'naviy masnaviy" (Jaloliddin Rumiy) ning o'zbek tilidagi yangi tarjimasining o'ziga xos jihatlari, shuningdek, uning avvalgi tarjimalar bilan qiyosiy tahlili hamda tarjimon mahorati bilan bog'liq yangi ilmiy-nazariy fikrlar va adabiy -estetik mezonlarga ega bo'lgan ilmiy mulohazalar bildirish zukko adabiyotshunos olimlarning zimmasidagi asosiy vazifaladan hisoblanadi. Zero, mazkur mo''tabar, tengsiz adabiy obidaga "Insoniyatning so'z osmonidagi me'roji",- deya so'zboshi yozgan filologiya fanlari doktori Nodira Afoqova o'rinli

AôgyKOflHpoB A. TO^HK naHAHOMa^apH. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 - KHTOÔ^ap. - Xy^aHg: "Hypu

MatpH^aT", 2012 - 2022.

ta'kidlaganidek:"Bu tarjima kelajakda katta-katta ilmiy tadqiqotlar-ning

о

mavzusi bo'lishiga shubha yo'q..."

Umuman olganda, o'zining uzoq asrlik tarixiga ega bo'lgan o'zbek va tojik adabiy aloqalari, istiqloldan so'ng yanada jonlanib, rivojlanib borayotgani ikki qardosh xalq adabiyotining nurli istiqbolidan shahodat beradi. Bunday ezgu maqsad yo'lida amalga oshirilgan tarjima asarlarining adabiyotlarimiz taraqqiyotidagi o'rni beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Хдмохднг кунгиллар. Шеърият, Таржималар. - Хужанд:"Мероч", 2018.

2. Замонавий тожик шеърияти антологияси. Тузувчи ва таржимон Одил Икром) -Хужанд: "Ношир", 2017.

3. Очилов Э. Жамол Камолнинг таржимонлик махррати //УТА, 2009, 4-сон.

4. Аскар Маркам. Ок китоб. - Душанбе: "Ирфон", 2008.

5. Мех,мон Бахтий. ^ария хдкояси (Тожик тилидан Уринбой Усмон таржимаси) // "Жахрн адабиёти", 2018, 4 -сон.

6. Абдулхдмид Самад. "Канийди" "От кетиб борарди" хикоялари (Тожик тилидан Уринбой Усмон таржимаси) // "Жахрн адабиёти", 2018, 4 - сон.

7. Сирожиддин Саййид. Ватан абадий. Шеърлар. Тошкент: "Шарак", 2001.

8. Абдукодиров А. Тожик пандномалари. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 китоблар. -Хужанд: "Нури маърифат", 2012 - 2022.

9. Жалолиддин Румий Маънавий маснавий. Биринчи китоб. (Форсийдан Одил Икром таржимаси) - Тошкент: Еафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2021.

10. Usmanova, S. Altay dillerindeki bazi ev gere? adlari üzerine. Manas Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, 10(19), 123-128.

11. Ochilov, E. (2006). Alisher Navai. Proverbs. Tashkent.

8 и и

Жалолиддин Румий Маънавий маснавий. Биринчи китоб. ( Форсийдан Одил Икром таржимаси) - Тошкент: Еафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2021, 14 - бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.