Научная статья на тему 'SHE’RIY ASARLARDA TAKROR VA UNING MAZMUNGA DAXLDORLIGI (MUHAMMAD YUSUF IJODI MISOLIDA)'

SHE’RIY ASARLARDA TAKROR VA UNING MAZMUNGA DAXLDORLIGI (MUHAMMAD YUSUF IJODI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she'riyat / allitratsiya / assonans / anafora / epifora / qaytarish san'ati / tardi aks / musalsal / misra va band takrori. / poetry / alliteration / assonance / anaphora / epiphora / repetition / tardi echo / musalsal / verse and stanza repetition.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nazarova N.A.

Maqola iste’dodli ijodkor Muhammad Yusuf she’rlarida takrorning badiiy san’at vositasi sifatida keng qo’llanilgani va so‘z takrori, misra, jumla, band takrori yoyinki tovush takrorining naqadar ahamiyatli ekanligi qisman tahlil qilingan. Muhammad Yusuf o'z ijodida badiiy san'atlardan mahorat bilan foydalangan, ayniqsa, takrorsan'atini she'rlariga ustalik bilan singdira olgan. Shoir she'riyatidatakrorningallitratsiya, assonans, anafora, epifora, qaytarish san'ati, tardi aks, musalsal, misra va band takrori turlari mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REPETITION IN POETRY AND ITS RELATIONSHIP TO THE CONTENT (IN THE EXAMPLE OF MUHAMMAD YUSUF'S CREATION)

The article partially analyzes how repetition is widely used as an artistic tool in the poems of the talented creator Muhammad Yusuf, and the importance of repetition of words, verses, sentences, clauses, and the repetition of sounds. Muhammad Yusuf skillfully used artistic arts in his work, especially he masterfully incorporated the art of repetition into his poems. There are types of repetition in the poet's poetry: alliteration, assonance, anaphora, epiphora, repetition, tardi echo, musalsal, verse and stanza repetition.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY ASARLARDA TAKROR VA UNING MAZMUNGA DAXLDORLIGI (MUHAMMAD YUSUF IJODI MISOLIDA)»

Nazarova N.A.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute O'zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyatfakulteti o'qituvchisi

SHE'RIY ASARLARDA TAKROR VA UNING MAZMUNGA

DAXLDORLIGI (MUHAMMAD YUSUF IJODI MISOLIDA)

Annotatsiya. Maqola iste'dodli ijodkor Muhammad Yusuf she'rlarida takrorning badiiy san'at vositasi sifatida keng qo'llanilgani va so'z takrori, misra, jumla, band takrori yoyinki tovush takrorining naqadar ahamiyatli ekanligi qisman tahlil qilingan. Muhammad Yusuf o'z ijodida badiiy san'atlardan mahorat bilan foydalangan, ayniqsa, takrorsan'atini she'rlariga ustalik bilan singdira olgan. Shoir she'riyatidatakrorningallitratsiya, assonans, anafora, epifora, qaytarish san'ati, tardi aks, musalsal, misra va band takrori turlari mavjud.

Kalit so 'zlar: she 'riyat, allitratsiya, assonans, anafora, epifora, qaytarish san'ati, tardi aks, musalsal, misra va band takrori.

Nazarova N.A. teacher

Faculty of Uzbek language, pedagogy and physical culture Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

REPETITION IN POETRY AND ITS RELATIONSHIP TO THE

CONTENT (IN THE EXAMPLE OF MUHAMMAD YUSUF'S

CREATION)

Abstract. The article partially analyzes how repetition is widely used as an artistic tool in the poems of the talented creator Muhammad Yusuf, and the importance of repetition of words, verses, sentences, clauses, and the repetition of sounds. Muhammad Yusuf skillfully used artistic arts in his work, especially he masterfully incorporated the art of repetition into his poems. There are types of repetition in the poet's poetry: alliteration, assonance, anaphora, epiphora, repetition, tardi echo, musalsal, verse and stanza repetition.

Key words: poetry, alliteration, assonance, anaphora, epiphora, repetition, tardi echo, musalsal, verse and stanza repetition.

Biz adabiyot ixlosmandlari shoirlar ijodini qancha ko'p o'rgansak ham ijodkorlarning qalb tug'yonlari so'ngsiz va ko'ngil maxzanitubsiz ekanini anglayveramiz. Buyuk bir ijodkor yaratgan ummon ming-ming havaskor sho'ng'ishiga yetgulik chuqurdir. Shu bois Muhammad Yusuf ijodi ham takror o'rganilishga loyiq.

Ijodkor she'rlaridagi jilva va o'ziga xoslikni anglash uchun adabiyot vakili,ijodkor yoki ziyoli bo'lish shart emas. Oddiy kitobxon muxlis ham buni ko'ra oladi. Adib ijodini bunday yetuklikka olib keluvchi unsurlar juda ko'p. She'rlarning ohangdorligi, insonni o'ziga tortishi beqiyos mazmun vajarangdor shaklning uyg'unligidadir. Mazmun va shaklga o'zgachalik qo'shgan badiiysan'atlar ichida yetakchilik qilishga loyiq san'atlardan biri takror hisoblanadi. Muhammad Yusufgina emas, balki barcha ijodkorlarning nazmida takrorning bir qancha turlari uchraydi. Tom ma'noda takror lirikaning asoslaridan biridir. Barmoq vaznidagibo'g'inlar sonini takroridan tortib tounli va undosh tovushlar takrori, so'z, jumla, band takrori ham bu san'atning ko'rinishlaridir.

Muhammad Yusuf o'z ijodida badiiy san'atlardan mahorat bilan foydalangan, ayniqsa, takrorsan'atini she'rlariga ustalik bilan singdira olgan. Shoir she'riyatidatakrorningallitratsiya, assonans, anafora, epifora, qaytarish san'ati, tardi aks, musalsal, misra va band takrori turlari mavjud. Anafora (misralar boshida bitta so'zning takrorlanishi) bilan Epifora (misralar oxirida bitta so'zning takrorlanishi) ham mohiyatan so'z takrorining xususiy ko'rinishlaridir.

Shunga monand, mumtoz she'riyatimizdagi radif va xojib ham so'z takrorining bir turidi. Ular qat'iy o'rinda qofiyadan oldin va keyin takrorlanadi. Bu beshafqat, Bu beozor dunyoda Bu shunday keng Bu shunday tor dunyoda Kimlar kelib Kimlar ketar dunyoda, Qo'ng'izning ham Vatani bor dunyoda Nega yig'lar qirimtatar dunyoda?...

Bu she'r bandida takrorning bir necha ko'rinishlarini uchratamiz.

Dastlab she'rni o'qiganda takrorning anafora turi ko'zga yaqqol tashlanadi. Ya'ni bu ko'rsatish olmoshi aynan o'z ma'nosida 4 misra boshida 4 marta takrorlanyapti. Bundatakrorning estetik funksiyasi ishora, ko'rsatish, ajratib ko'rsatish ma'nolarini kuchaytiryapti. Band shu qadar ohangdor, jarangli va ta'sirchanki, bunga she'riy sintaksis sabab bo'lgan. She'rdagi har ikki ketma-ket misralarda alletratsiyani ham uchratamiz. Masalan: b, sh, k, d, y undoshlari takrori. Shoir she'rlarida epifora-misra so'nggida so'z va so'z birikmalarningtakror holda qo'llanishi ham ijodkor mahoratini ochib beruvchi bir qirradir.

Ota desam bag'ri-dilim yonaverar, Kunim yonar, oy-uyilim yonaverar, Mozorida qo'ygan gulim yonaverar, Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Bu she'riy parchada takrorning gradatsiya turi ham bor. Kun-oy-yil tarzida ma'no kuchyishi sodir bo'lyapti.

Bu kabi uslubiy san'at va usullar yordamida she'r jilovlanib, ohangdorligi ortib, she'riy nutqqa xoslikni saqlab qoladi. Muhammad Yusuflirikasida so'z

takrori eng ko'p uchraydigan takrorturi hisoblanadi. Bu takror ijodning ta'sirchanligini, ma'no nozikliklarining yaqqol sezilishini, xalqchil va serjiloligini oshiradi. O'zbek tilining cheksiz imkoniyatlariniko'rsatib beradi. Muhammad Yusufshe'rlarining kuyga solinib, xalq tilidan tushmasligi ham shundadir.

Muhammad Yusuf sherlaridagi har bir tasvir,har bir chizgi jimjimadorlik, balandparvozlikdan holi sodda,teran, xalqona so zlar orqali berilgan.Shoir she'rlarining o'qimishliligini taminlaydigan vositalar talaygina.Bu vositalar orasida takrorning o rni beqiyosdir.Shoir takrorning barcha korinishlaridan unumli foydalangan. Chunonchi, uning ijodida allitratsiya quyidagi shakllarda namoyon boladi.

1. She rning ma lum bir misrasidagi bazi so zlarda undosh tovushlar takrori:

Buramoltol bogda sizni kordim qaydanam, Bir boqdimu bilmam nedir uzildi jondan. "b" undoshi takrori

2. She'r misralaridagi deyarli barcha so'zlarda aynan bir undoshning takrori:

Kambagalning kuni qursin ekan.kordik, Miskin edik, yana ikkov miskin boldik. "k" undoshi takrori

Shoir ijodida barcha unli va undosh tovushlar birdek takrorlanadi. Suluvlarda suluv bir qiz sochim silar, Yuragimni yolbarslarga yediraman.

Ijodkor ozbek xalqi falsafasini chuqur anglagan holda tilimiz imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanib oz ijodida so'z takroriga keng yo'l berdi. Soz takrori misralarning turli orinlarida turli miqdorlarda namoyon boladi. Masalan so'z takroriga asoslangan tardi aks sa'nati (mohiyati so'zlarni o'rni almashgan, teskari holda takrorlanishi) ijodkor she'rlariga o'zgacha jarangdorlik baxsh etadi.

Biz baxtli bolamiz hudo hohlasa, Hudo hohlamasa uchrasharmidik. She'riy sa'nat "hohlasa - hohlamasa" so'zlari orqali aks etyapti. Meni Laylo tushungaydir, Sen ey jonon, tushunmaysan. Quyidagi misralar orqali esa shoir ozining dastlabki fikridan qaytib, uni yanada kuchaytiryapti.

Boy buvamning oshi bor, Oshi tola toshi bor. Boy qizining biz garib,Qul bilan na ishi bor.

Sherda mazmun banddan bandga kochgan holda kuchayib ketyapti. Bu ma no kuchayishiga, shoir bandlarda so zlarni takrorlash yoki so zlarning bo'lishsiz shaklini takrorlab qo'llash orqali erishgan:

Ketaman-ketaver, Optirmas-opgan-optirsa ham opmasman, opsam Garib -qul-qulga, Kambagalni-kambagal kabilar.

Xulosa qilib aytganda,Muhammad Yusuf so'z takrori orqali she'rning g'oyaviy maqsadini ochib beradi. Ko'p o'rinlarda biror so'zning takrori she'r sarlavhasini ham belgilab beradi.

Oh mening ortimda ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Har baloni ko'rib yorug' dunyoda Toshkanni ko'rmagan bechora onam.

El sevgan shoirning betakror va yoqimli ijodi adabiyotga oshno xalq qalbidan chuqur joy egallab bo'lgan. Biz ko'p yillar Muhammad Yusuf she'rlarini takror va takror o'qiyveramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Izzat Sulton. "Adabiyot nazariyasi" T-2005

2. Hotam Umurov. "Adabiyotshunoslik nazariyasi" T-2004

3. Dilmurod Quronov."Adabiyotshunoslikka kirish" T-2010

4. Muhammad Yusuf "Biz baxtli bo'lamiz" T-2008

5. Nazarova, N. A. (2021). Alisher navoiyning "xamsa" asarida keltirilgan shaxs nomlarining qahramon fe" l-atvoriga daxldorligi. Academic research in educational sciences, 2(10), 1040-1047.

6. Oxunjonova, F. A. (2023). XIX asr oxiri va xx asr boshlarida zullisonaynlik an'anasi takomili (nodim, xilvatiy, xayratiylar ijodi misolida). golden brain, 1(15), 68-7

7. Otaboyeva, Z. Pedagogical peculiarities of studying group solidarity in the student community. Общество с ограниченной ответственностью" Агентство перспективных научных исследований" КОНФЕРЕНЦИЯ: 28 декабря 2023 года Организаторы: ООО Агентство перспективных научных исследований (АПНИ).

8. Otaboyeva, Z. O. (2020). O'smirlarda vatanparvarlik tarbiya jarayonida ulardagi ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi omil. экономика и социум, (11 (78)), 301-304.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.