Научная статья на тему 'ANAFORA VA EPIFORA INDIVIDUAL USLUB KASB ETUVCHI SINTAKTIK FIGURA SIFATIDA (XURSHID DAVRON SHE’RIYATI MISOLIDA)'

ANAFORA VA EPIFORA INDIVIDUAL USLUB KASB ETUVCHI SINTAKTIK FIGURA SIFATIDA (XURSHID DAVRON SHE’RIYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
348
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
takror / anafora / epifora / lingvopoetika / stilistik figura

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonova Muharram Jurabekovna

Badiiy asarda ijodkor o‘z individual qarashlarini ochib berish uchun turli xil o‘xshatishlar, til unsurlaridan foydalanadi. Shoir Xurshid Davron ijodini o‘rganar ekanmiz, xalqona ruh bilan birga tarixiylik yetakchi o‘rinni egallaganining guvohi bo‘lamiz. Bu maqola o‘zbek tilshunosligida tilning unsurlari, sintaktik figuralar va bular orqali adabiyotda ularning ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birgalikda, til va adabiyotning aloqasi uzviyligi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANAFORA VA EPIFORA INDIVIDUAL USLUB KASB ETUVCHI SINTAKTIK FIGURA SIFATIDA (XURSHID DAVRON SHE’RIYATI MISOLIDA)»

ANAFORA VA EPIFORA INDIVIDUAL USLUB KASB ETUVCHI SINTAKTIK FIGURA SIFATIDA (XURSHID DAVRON SHE'RIYATI

MISOLIDA)

Qurbonova Muharram Jurabekovna

SamDU

Annotatsiya: Badiiy asarda ijodkor o'z individual qarashlarini ochib berish uchun turli xil o'xshatishlar, til unsurlaridan foydalanadi. Shoir Xurshid Davron ijodini o'rganar ekanmiz, xalqona ruh bilan birga tarixiylik yetakchi o'rinni egallaganining guvohi bo'lamiz. Bu maqola o'zbek tilshunosligida tilning unsurlari, sintaktik figuralar va bular orqali adabiyotda ularning ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birgalikda, til va adabiyotning aloqasi uzviyligi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: takror, anafora, epifora, lingvopoetika, stilistik figura

ANAPHORA AND EPIPHORA AS A SYNTACTIC FIGURE THAT

CREATES INDIVIDUAL STYLE (EXAMPLE OF THE POETRY OF

KHURSHID DAVRAN)

Kurbanova Muharram Jurabekovna

SamSU

Abstract: In the work of poem, the creator uses various similes and language elements to reveal his individual views. Studying the work of the poet Khurshid Davron, we can witness that together with the folk spirit, historicity occupies a leading place.This article explains the elements of language, syntactic figures and their importance in literature in Uzbek linguistics. Together with this, the relationship between language and literature is analyzed.

Keywords: repetition, anaphore, epiphore, linguopoetics, stylistic figure

Kirish. Badiiy nutq va matnda eng ko'p ishlatiladigan stilistik vositalardan biri bu takror hisoblanadi. Uning o'ttizga yaqin, masalan, alliteratsiya, anafora, akromonogramma (epanalipsis, epanafora, anadiplozis), antistrofa, antanaklasa, antonomaziya, antimetabola, metabola, naqorat, monorim, pleonazm, rifma, tavtologiya, sharh, epifora, epistrofa, epanod, epanasgrofa, qurshab olish, qaytalanish, halqa, bog'lam kabi turlarining mavjudligi badiiy uslubda ifoda-tasvir imkoniyatlarining naqadar kengligidan dalolat beradi.

Tilshunos olim J.Lapasov takrorni shunday ta'riflaydi: "Badiiy asar mualliflari tasvirlanayotgan voqea-hodisaga o'quvchining diqqatini tortish, uni bo'rttirib

I icOE^^^^HI 39 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

ko'rsatish uchun badiiy asarlarda tovush va tovushlar, so'z va so'zlar yig'indisini, gaplarni takror qo'llab, urg'uni kuchaytiradi, nutqqa keskinlik kiritadi" 1

Darhaqiqat, yozuvchi va shoir, umuman, ijodkor qo'llagan har qanday harakat, o'xshatishlar, qochirimlar, tasvir vositalari matnni to'ldirish uchun emas balki, uning mazmunini boyitish uchun xizmat qiladi. Asarga yanada badiiy go'zallik, joziba, pafos, ko'tarinki ruh baxsh etib, aytilmoqchi aytilmoqchi bo'lgan fikrning badiiy quroliga aylanadi. Takrorlar hamisha ham so'zdan iborat bo'lavermaydi, masalan, ular fonetik (unli yoki undosh tovushlarning) takror, leksik (so'zlarning), sintaktik takror (gap bo'laklari, so'z birikmalari yoki butun boshli gapning) bo'ladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Shoir ijodi bo'yicha ilmiy ishlar Nusratilloyeva D. "Xurshid Davron she'rlarida tildan foydalanish mahorati"(2021), Quronov S. "Xurshid Davron ijodida lisoniy vizual tasvir"(2021), Husainova F. "Xurshid Davron she'rlarida vatanparvarlik va ozodlik ohanglarining ayrim xalqona lingvopoetik talqini"(2021), Tojiboyeva D. "Xurshid Davron she'riyatida poetik timsol"(2009) kabi maqolalarida xulosalangan hisoblanadi.

"Takror o'zbek tilining badiiy uslubida eng faol qo'llaniladigan stilistik usullardan biridir. Ammo uning boshqa funksional uslublarda foydalanilishini ham inkor etib bo'lmaydi. Chunki har bir uslubda ma'noni ta'kidlab, alohida ajratib, ba'zan bo'rttirib ko'rsatishga, ma'lum o'rinlarda diqqatni jalb qilishga ehtiyoj bor. Bu ehtiyojni qondirish uchun ko'pchilik tomonidan oson qabul qilinadigan, fikr yuritilayotgan sohada yoki kundalik turmushda faol ishlatiladigan til birliklari takroriy qo'llaniladi" [1.55] - deydi S.Karimov. Ustoz aytganlaridek, takrorning vazifasi shundaygina tovush, so'z yoki gaplarning takrorlanishi bo'lib qolmay, ma'lum ma'noda unga emotsional-hissiy vazifa bajarish mas'uliyatini ham yuklaydi. Bu yo'lda boshqa sintaktik figuralardan takrorninhig qulayligi va soddaligi uning keng qo'llanilishiga sabab bo'lgan. Chunki u intonatsiyaga, tantanavorlikka va barchaga barobar tushunilinishi oson bo'lgani bilan ajralib turadi.

Muhokama va natijalar. Shoir Xurshid Davron ijodidagi takrorlarni o'rganar ekanmiz, ularning o'ziga xos turli xil uslubiy-g'oyaviy vazifalar bajarganining guvohi bo'lamiz. Masalan, bir o'rinda takror hech qanday uslubiy vazifa bajarmasdan, shunchaki tadrijiylikni ifodalasa, boshqa bir o'rinda esa takror ta'sirchanlikni oshirish vazifasini bajaradi, boshqa bir o'rinda esa ta'kidlash, ma'noga urg'u berishni ifodalaydi. Ba'zan shoir she'rlarida takror kinoyaviy vazifani o'tasa, ba'zan esa mubolag'a,bo'rttirish, kuchaytirish kabi vazifalarni bajaradi. Masalan, Shoirning "Hoji Abdulaziz haqida qo'shiq" she'rida ham yuqoridagi holatning guvohi bo'lamiz:

Qo 'rqdingmi? Qo'rqdingmi?

1 HanacoB Eagnnn MaTH Ba OTCOHHH Tax^Hfl. -TomKeHT: YKHTyBHH,1995.48-6.

m^^m 40

Endi tingla, qo'rqib quloq tut -Uvillaydi yana bir bo'ri... Uvillaydi bo'rilar...

Go'yo she'rdagi qo'rqdingmi? so'zlari takror holda kelganda ham bir xil vazifani bajargandek bo'ladi, ammo she'rning hissiy ritmiga boqilsa, bir onda seziladiki, birinchi va ikkinchi aytilgan so'zlarda o'zaro tadrijiylik bo'lib, birinchisida Qo'rqdingmi? - deya so'ralsa, keyingi aytishda unga yana bir bora ma'no, oddiy emas kuchaytirilgan, tahlika va kinoyaga monand urg'u beriladi. Bu she'r tahlilidan so'ng o'z-o'zidan takroming yana bir vazifasi-kinoya va zarda ochib beriladi.

Shoir she'rlarida qo'llangan takror bir o'rinda qanday uslubiy vazifa bajarmasdan, shunchaki tadrijiylikni ifodalasa, boshqa bir o'rinda ta'sirchanlikni oshirish vazifasini bajaradi, bir o'rinda ta'kidlash, ma'noga urg'u berishni ifodalaydi. Ba'zan kinoya ma'nosini, ba'zan mubolag'a, bo'rttirish, kuchaytirish kabi vazifalarni bajaradi. Bu ma'noviy o'ziga xosliklarni shoir she'rlari tahlili misolida ko'rib chiqamiz. "Barg" she'ridagi takrorga diqqatimizni qarataylik: Bu men-ku, qadrdon jo'ralar, Bu men-ku, qadrdon dalalar, Ovoz yo'q...ko'ksimda titrar jon.

Ko'rib turganimizdek, bu parchada shoir misra boshidagi takror - anaforani qo'llagan. Anaforadan maqsad esa lirik qahramon o'zini ta'kidlash, qadrdon insonlariga eslatishi uchun "Bu men-ku" deya takrorlaydi, atrofdagilariga o'zini eslatadi.

Shoirning "Rauf Parfi she'riga nazira" she'rida modal so'zni takror qo'llaganiga guvoh bo'lamiz:

O'ylasang olislarda qolgan kimnidir, Shu qorni o'ylasang, qalbing entiksa... Ayniqsa, o'zing sevgan qizni o'ylasang, Ayniqsa, o'ylasang onangni...

Takror ifodalaydigan ma'nolar orasida biz zidlikni ko'rmagan edi. Bu she'rda ayniqsa takror qo'llanib, zidlik ma'nosini ifodalagan. Lirik qahramon goh sevgan qizini o'ylagisi, goh onasini o'ylagisi keladi. Sevgan qizni o'ylaganda qandaydir xushkayfiyat hukmronliki qilsa, onasini o'ylaganda esa mahzunlik kayfiyati o'rab oladi. Chunki onaga bo'lgan sog'inchimiz, mehrimiz o'zgacha, hammadan onamizni ko'proq yaxshi ko'ramiz. Onamizdan uzoqda bo'lganimizda doim onamizning biz uchun tashvishlanib, uy ishlari bilan band bo'lib hayotning sinovlariga kichik joni bilan bardosh berib kelayotga qiyofasi gavdalanaveradi. Shunday ekan, ayniqsa lirik qahramonning bir paytdagi ikki xil kayfiyatini ifodalashga xizmat qilgan deya olamiz. Shoirning "Oybek" she'rini tahlil qilsak: Oybek - bu maysaga cho'kkan bujur tosh,

I icclT^^^^H http://wpjournal.dsmi-qf.uz

Hayratdan yorilib-yorilib ketgan. Oybek - bu daraxtzor ustida quyosh, Nuri to chumoli ko'ziga yetgan. Oybek - bu ulkan bir chorbog' ostida Yovvoyi uzumzor oralab, titroq Quyosh tangalari o'ynab sirtida, Birdan yorug'likka chiqqan sho'x irmoq. Oybek - bu og'riqni qari tol kabi Yurakning tubida asragan so'zlar, Barcha hasratini, jim turib labi, Eng yaqin do'stiga so'zlagan ko'zlar"

Bu she'rda takror qo'llangan Oybek ta'kid ma'nosi ifodalashga xizmat qilgan. She'rni o'qiganimizda Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning hayot yo'li gavdalanadi. Yozuvchining turmush o'rtog'i Zarifa Saidnosirova tomonidan yozilgan "Oybegim mening" asarida Oybekning biz bilmagan shaxsiy hayoti yoritilgan. Bu she'rni o'qiganimda bevosita o'sha asarda tasvirlangan voqealar hammasi bir-bir ko'z oldimdan o'tdi. Misralarda takrorlangan Oybekning har biri ma'lum voqeani yodga soladi.

Shoirning "Qo'lyozmalar instituti" she'rini tahlil qilsak, unda ham takrorning ta'kid vazifasida kelganining guvohi bo'lamiz: Faqat kechalari, Faqat tunlari

Qadim qo'lyozmalar shitirlay boshlar. Ular bir-biriga alam unlarin, Sog'inch unlarini shivirlay boshlar.

Bu yerda faqat so'zi anafora vazifasini o'tamoqda. She'rda shoir faqat deya aynan bir paytga ishora bermoqda, ya'ni bir bora kechalari deyish bilan qoniqmay yanada yuqori bosqichga tunga ta'kid bermoqda. Bu yerda takror aynan nutqning bir nuqtaga qaratilganini yanada ta'kidlab ifolash uchun xizmat qilgan.

Shoirning "Padarkush" she'rida takror ma'no kuchaytirish vazifasini bajargan hisoblanadi:

O'sha dam zulmatdan keldi bir sado: Birisi shahiddir, birisi qotil, Uchinchisi esa, Uchinchisi, voh,

Hamon uxlab yotar, bu sensan, g'ofil!

"Uchinchisi" deya kelgan takrorning birinchisida eslash, yodga olish, olish o'ylash holatlari ifodalangan bo'lsa, keyingi aytilganda bu holat yuqoridagi ma'nolarni emas, balki shoshish, ta'sirlanish, jirkanish kabi emotsiyalarni yuzaga chiqargan

I ícclT^^^^H 42 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

hisoblanadi. Qisqacha qilib aytilganda, bu holatda yuqorida ta'kidlanganidek, ma'no kuchaytirish vazifasi yuzaga chiqqan.

Shoirning "Hoji Abdulaziz haqida qo'shiq" she'rida ham yuqoridagi holatning guvohi bo'lamiz:

Qo 'rqdingmi? Qo'rqdingmi?

Endi tingla, qo'rqib quloq tut -Uvillaydi yana bir bo'ri... Uvillaydi bo'rilar...

Go'yo she'rdagi qo'rqdingmi? so'zlari takror holda kelganda ham bir xil vazifani bajargandek bo'ladi, ammo she'rning hissiy ritmiga boqilsa, bir onda seziladiki, birinchi va ikkinchi aytilgan so'zlarda o'zaro tadrijiylik bo'lib, birinchisida qo'rqdingmi? - deya so'ralsa, keyingi aytishda unga yana bir bora ma'no, oddiy emas kuchaytirilgan, tahlika va kinoyaga monand urg'u beriladi. Bu she'r tahlilidan so'ng o'z-o'zidan takrorning yana bir vazifasi - kinoya va zarda ochib beriladi. "Hoziq" she'rida esa takrorning boshqa bir xususiyati ochiladi: Ogoh bo 'l!

Buxoro tomondan bu dam Amir zax zindondan chiqargan qotil Tig' tutib,

Ot surib kelmoqda ildam -

Sen esa bu qora xatardan g'ofil.

Ogoh bo 'l! -

Ogoh bo 'l!

- Hayqiraman men,

Axir yurak sezar, yaqinu yiroq

Yurtlardayam bugun haq degan shoir

Joniga qasd etib charxlanur yaroq.

Ogoh bo 'l!

Ogoh bo 'l!

Hayqiraman men,

Boqaman -Yurt g'ofil,

Olomon g'ofil -

Ot surib kelmoqda qora tun aro

Haqiqat joniga qasd etgan qotil".

She'rdagi ogoh bo'l takrori e'tibor qaratsak, unda dastlab begunoh shaxs taqdiridan tashvishlangan va uni ogohlantirishga intilayotgan qiyofa gavdalantiriladi. Keyingi ogohlamtirishlar esa dastlabkisidan tadrijiy rivojlangan bo'lib, umda qayg'u, alam, achinish birmuncha yuksaladi, so'nggi ogohlantirishda esa achinish bilan birga

I ícclT^^^^H 43 http://wpjournal.dsmi-qf.uz

shaxs taqdiriga bo'lgan befarqlik, noshudlik alam bilan aytiladi. Bundan kelib chiqadiki, har bandda takrorlanuvchi ogohlantirishlarni, ya'ni takrorlarning tadrijiylik kuchayganligi bilan ma'nosi farq etadi.

Takrorning yana bir turi bo'lmish - epifora ham ma'no yuzaga keltirish jihatidan anaforadek xususiyatga ega. Unga S.Karimov: "jumla oxirida tovushlarning, so'zlarning, so'z birikmalarining takrorlanishi epiforadir", [1.59] - deb ta'rif beradi. S.Sultonsaidova esa, "so'zlarning oxirida unli yoki undosh tovushlarning, gaplarning, misralar oxirida so'zlarning takrorlanishi" [3.67]ni nazarda tutadi.

Epifora ham ta'sirchanlikni, ta'kidni, xulosani yuzaga chiqaruvchi stilistik figura sifatida shoir she'riyatida beqiyos o'rinni egallaydi. Misollarga qarasak: Shoirning "Qadim hikmat gullari" she'rida: "Faqat keyin, Oh, keyin

Dildan imon ketganda, Jaholat-la do'st bo'lib, Qo'ldan shayton tutganda"

Keyin so'zlari bu yerda epifora vazifasini bajarar ekan, bu yerda ham keyin so'zlari ma'no kuchaytirish vazifasini bajargan sanaladi. E'tibor qaratadigan bo'lsak, keyin so'zlari bu yerda bir xil xususiyatga ega ko'rinsa-da, ammo alohida ma'no kasb etmoqda. Ya'ni, emotsionallik jihatidan biri ikkinchisidan ustun turibdi. Shoirning "Bir go 'zal ayolga" she'riga diqqatimizni qaratsak: Bir go'zal ayolga "Sevaman" dedim -Toshlar uyg'ondi. Bir jabr ko'rganga "Do'stimsan" dedim -Tog'lar uyg 'ondi. Bir jujuq yetimning Ko'z yoshin artdim -Dunyo uyg'ondi.

Bu yerda uyg'ondi so'zlari epiforani yuzaga keltirgan. Har bir uyg'onish shaklan bir xilga o'xshaydi, ammo mazmunan ular turlicha qarashlarni ifodalamoqda. Masalan, birinchi banddagi uyg'onish toshlarning, keyingisidagi uyg'onish tog'larning, engi so'nggi banddagisi esa dunyoning uyg'onishini tasvirlamoqda. O'z o'zidan ma'lumki, bu yerda tadrijiy, ya'ni bosqichma-bosqich ko'tarilib borishni ifodalamoqda. Xulosa

Xurshid Davron she'riyatida takror sintaktik figurasining quyidagi o'ziga xos ma'nolarni tasvirlashi

Tasdiq ma'nosi Bu men-ku, qadrdon jo'ralar, Bu men-ku, qadrdon dalalar,

Ovoz yo'q...ko'ksimda titrar jon

Hissiy-emotsionallik ma'nosi O'ylasang olislarda qolgan kimnidir, Shu qorni o'ylasang, qalbing entiksa... Ayniqsa, o'zing sevgan qizni o'ylasang, Ayniqsa, o'ylasang onangni...

Ta'kid ma'nosi Oybek-bu maysaga cho'kkan bujur tosh, Hayratdan yorilib-yorilib ketgan. Oybek-bu daraxtzor ustida quyosh, Nuri to chumoli ko'ziga yetgan

Ma'no kuchaytirish ma'nosi Birisi shahiddir, birisi qotil, Uchinchisi esa, Uchinchisi, voh, Hamon uxlab yotar, bu sensan, g'ofil

Kinoya-zarda ma'nosi Qo 'rqdingmi? Qo 'rqdingmi? Qo'rq... Endi tingla, qo'rqib quloq tut-Uvillaydi yana bir bo'ri... Uvillaydi bo'rilar..

Tadrijiylik ma'nosi Ogoh bo 'l! Buxoro tomondan bu dam Amir zax zindondan chiqargan qotil Tig' tutib, Ot surib kelmoqda ildam-Sen esa bu qora xatardan g'ofil. Ogoh bo 'l!- Ogoh bo 'l! -Hayqiraman men, Axir yurak sezar, yaqin-u yiroq

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Каримов Суюн Амирович. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари.-Самарканд. 1994.

2. Каримов Суюн Амирович.Узбек тилинингбадиий услуби. -Самарканд: Зарафшон, 1992.

3. Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi. -Toshkent. 2009. -B

300.

4. Umirova S. O'zbek she'riyatida lingvistik vositalar va poetik individuallik (Monografiya). -Samarqand: Ipak yo'li, 2021. -B 236.

5. Xurshid Davron.Bahordan bir kun oldin. -Toshkent: Sharq, 1997

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.