Научная статья на тему 'ANAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI'

ANAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

592
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
takror / badiiy takror / tovush takrori / sо„z takrori / uslubiy vosita. / repetition / artistic repetition / sound repetition / word repetition / stylistic device

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdishukur Musayevich Shofqorov

Maqolada anafora takrorining uslubiy xususiyatlari, о„ziga xos semantik va stilistik xususiyatlari yoritilgan. Hamid Olimjonning anafora takroridan foydalanish mahorati haqida mulohazalar yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the methodological features of anaphora repetition, its specific semantic and stylistic features. Hamid Olimjon's ability to use anaphora repetition is discussed

Текст научной работы на тему «ANAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI»

ANAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Abdishukur Musayevich Shofqorov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti abdushukur74 @mail. ru

ANNOTATSIYA

Maqolada anafora takrorining uslubiy xususiyatlari, o'ziga xos semantik va stilistik xususiyatlari yoritilgan. Hamid Olimjonning anafora takroridan foydalanish mahorati haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: takror, badiiy takror, tovush takrori, so'z takrori, uslubiy vosita.

ABSTRACT

The article describes the methodological features of anaphora repetition, its specific semantic and stylistic features. Hamid Olimjon's ability to use anaphora repetition is discussed.

Keywords: repetition, artistic repetition, sound repetition, word repetition, stylistic device.

KIRISH

Badiiy asarda qo'llangan til birliklari emotsional-ekspressivligi, ma'lum uslubiy vazifa bajarishi bilan farqlanib turadi. Bu badiiy asar matnidagi badiiy tasviriy vositalarning o'ziga xos semantik-stilistik xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Takror badiiy asarda, jumladan, she'riyatda ko'p qo'llanadigan uslubiy vositalardan biridir. Badiiy usul, badiiy san'at sirasidagi takrorlar nutq (matn)da turli o'rinlarda keladi. Badiiy takror vazifasida asosiy vosita tovush, so'z, so'z birikmasi, ma'lum ibora, gap, hatto butun bir misra (misralar) bo'lishi mumkin. She'riyatdagi biror-bir maqsadli takror: she'rda musiqiylik va ohangdoshlikni ta'minlaydi; ma'noni bo'rttiradi va kuchaytiradi; yangi ma'no kasb etadi; kitobxon diqqatini jalb etadi va o'qimishliligini oshiradi. She'riyatda bunday takrorlarning xilma-xil turlari mavjud bo'lib, shulardan biri anafora.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Anafora deb nomlanuvchi ushbu usul misra, matn boshidagi so'zning parallel holda takroridan iborat bо'lib, nutq figurasi deb ham yuritiladi [2; 47]. Anafora ba'zi manbalarda boshlang'ich so'z takrori deb ham yuritiladi. Boshlang'ich so'z takrori so'zlovchining hayajoni va

March, 2023

335

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

diqqati qaratilgan tushunchani ko'rsatadi va ifodalilikni oshiradi, parallelizmni mustahkamlaydi [6; 283].

Anaforalar turli ilmiy manbalarda bir-birini inkor etmaydigan muayyan fikrlar bilan ta'riflanadi: A.Hojiyev anaforani quyidagicha ta'riflagan: "Anafora (yun. anaphora - yuqoriga chiqarish). Parallel tuzilgan nutq parchalari (mas., misralar) boshida aynan bir unsurning takrorlanishidan iborat uslubiy qo'llanish. Zid. Epifora" [12; 14]. "Anafora - she'riy misralarning boshida yoki nasriy asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so„z va iboralarning takrorlanib kelishi"

Shunday qilib, anafora misralar boshidagi yoki nasriy asarlarda jumlalar oldidagi tovush, so'z va so'z birikmasi takroridir. U.To'ychiyev anafora (boshlang'ich so'z takrori)ning fonetik, leksik, sintaktik, strofik turlarini farqlaydi [8; 93]. Ushbu tahlillar qatorini yana quyidagi talqin bilan to'ldirish mumkin: "Anafora (gr. anaphora-yuqoriga chiqarish so'zidan) - stilistik figuralardan biri bo'lib, misralarning boshida yoki prozaik badiiy asarlardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so'z yoki iboralarning takrorlanib kelishi" [1; 25].

NATIJALAR

Anafora qat'iy tizimli takrorlardan biridir. Chunki anaforada qanday birlik takrorlanishidan qat'i nazar, she'riyatda misralar boshida, nasrda gaplar boshida takror keladi.

Biz ushbu maqolada anafora takrorining Hamid Olimjon she'riyatida qo'llanishi, o'ziga xos semantik va stilistik xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.

Hamid Olimjon she'riyatida anafora eng ko'p qo'llangan takror. Shoir she'riyatida anaforani hosil qiluvchi birliklar - tovush, so'z va so'z birikmasi bo'lib, bunday takrorlar ma'lum bir bandda, umuman, she'rda yuzaga kelgan. Band doirasidagi anaforalarda bandning turli misralari boshida takrorlar mavjud bo'lsa, she'rning turli qismlarida qaytarilgan birliklar she'r miqyosidagi anaforani hosil qilgan. G.Rixsiyeva "Anafora misrada qayd etilgan fikrning eng keskin, ta'kidlangan nuqtasini ifoda etar ekan, u albatta, mantiqiy urg'u bilan bog'liq bo'ladi. Mantiqiy urg'u gapning yangiligi (yoki yangilik o'rami)da aks etadi" [5; 22], - deydi.

Hamid Olimjonning juda ko'plab she'rlarida anafora takrori mavjud. Shoir "Muhbir", "Lotin" kelar", "Sharofat", "Kel", "O'lka safarbar", "Mudofaa kunlarida", "Mahorat", "Xayrlashuv", "Holbuki, tun...", "Hulkarning she'ri", "Qozog'iston", "Do'mbiraning maqtovi", "O'zbekiston", "Pochtalyon" kabi

[3; 97].

she'rlarida anaforaning go'zal namunalarini yaratgan.

March, 2023

ISSN: 2181-1З85 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: 1,З j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l

MUHOKAMA

Hamid Olimjon "O'zbekiston" qasidasida anaforani o'zgacha shaklda qo'llaydi. She'rda "O'zbekiston" so'zi faqat bir marta qo'llangan bo'lsada, shoir boshqa so'zlarni anafora shaklida qo'llash orqali ona-Vatan tabiati, daryolari, qorli tog'lari, gul vodiylari, xalqimizning urf-odati yanada ta'sirli ifodalangan. She'rda anafora so'nggi bandlarda berilgan. Bu she'rda ohangdoshlikning kuchayib borishini ta' minlagan.

She'rda "bunda" (besh marta), "shuning uchun" (yetti marta), "shunday o'lka" (ikki marta), "omon bo'lsa" (ikki marta) kabi so'z va so'z birikmalari anafora shaklida takrorlanib kelgan. Bu esa ta'sirchanlikni oshirgan, ta'kidni kuchaytirgan.

Bunda bulbul kitob o'qiydi, Bunda qurtlar ipak to 'qiydi, Bunda ari keltiradi bol, Bunda qushlar topadi iqbol, Bunda qorning taglarida qish, Bahor uchun so 'ylaydi olqish. [11; 46]

She'rdagi ohangdosh takror so'zlar ma'noni kuchaytirgan. Shoirning mehnatkash xalqdan mamnunlik hissini sezish mumkin. Qahramonning shunday o'lkadan minnatdor ekanligi seziladi. Bu o'lkaga omonlik tilaydi va qayta-qayta ta'kidlaydi. Balki ko'z-ko'z qiladi.

Shuning uchun tinchdir ul ko 'ngil, Shuning uchun osoyishdir ul. Shuning uchun somonda yotmas, Shuning uchun sovuqda qotmas. Yovlariga osmon tutundir, Shuning uchun bag'ri butundir. Shuning uchun yopinmagay xas, Shuning uchun kiyinar atlas. [11; 48]

Qasidada anaforani tashkil etuvchi birliklar asosan olmosh so'z turkumidagi so'zlardan iborat. Shuningdek, ot, sifat, fe'l so'z turkumlari ham anaforani yuzaga keltirgan.

Hamid Olimjon "Qozog'iston" she'rida anaforaning yana bir o'ziga xos shaklini yuzaga keltirgan. Unda Qozog'istonning tabiati, tabiiy boyliklari, xalqi-yu daholari kuylanadi. Shoir she'rda anafora takrori sifatida "Qozog'iston" va "bu" so'zini qo'llaydi.

Qozog'iston - buyuqori tog'lar,

Qozog'iston - shifo buloqlar,

March, 2023

Qozog'iston - bu so 'ngsizyaylov,

Qozog'iston - bulutlar aro

Uchib yurgan qortollarga ov. [11; 123]

O'n to'rt band (57 misradan) iborat ushbu she'rda "Qozog'iston" so'zi 19 marta qo'llanib barchasida anafora ьо'нь kelgan ьо'^, "bu" so'zi 33 marta qo'llanib, shundan 14 marta anafora takrori shaklida, 19 marta misraning turli o'rinlarida takror qo'llangan. She'rda Qozog'iston va bu so'zlari turlicha anaforalarni yuzaga keltirgan. Bunda goh "Qozog'iston" anaforasini, goh "bu" anaforasini qo'llaydi. Ba'zan ularni yonma-yon qo'llab, ma'noni kuchaytiradi.

Tahlillar ko'rsatadiki, anafora ijodkor aytmoqchi bo'lgan fikrni kitobxonga takror-takror uqtiradi, misralarning estetik kuchini oshiradi, ularga ohangdorlik, musiqiylik bag'ishlaydi. Bu badiiy usulni o'rgangan tadqiqotchilar "Mikrotekst tarkibida kelgan takrorning matn komponentlarining anaforik chap tomon (levostoronniy) va kataforik o'ng tomon (pravostoronniy) aloqaga kirishishi"ni ta'kidlashgan [7; 3].

Umuman olganda, anafora usuli nutqqa joziba kiritadi, shoir orzu-istaklarining hayotiyligini ta'minlaydi. Shuning uchun anafora she'rning tashqi ko'rinishigina bo'lib qolmay, balki she'riy nutqning mazmuniga, tagma'nolariga ta'sirchanlik baxsh etuvchi vosita hamdir.

REFERENCES

1. Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati / Tuzuvchilar: H.Homidiy, SH.Abdullayeva, S.Ibrohimova. - T.: O'qituvchi, 1967. - B. 300.

2. Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.: Nauka, 1969.

3. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. -T.: Fan, 2007. -

4. Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: SamDU, 1994. - B. 140.

5. Rixsiyeva G. She'riyatdagi gaplarning aktual bo'linishida anaforalar o'rni: Filol. fanlari nomzodi ... diss. avtoref. - T., 1999. - B. 22.

6. Томашевский Б.В. Стилистика и стихосложение. - Л., 1959. - С. 283.

7. Тухсанов М. Микротекст и система средств выражения его когерентности в узбекской художественной речи: Автореф. дисс. ... канд.

филол. наук. - Т., 1987.

XULOSA

B. 123.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

8 To'ychiyev U. O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. - T.: Yangi asr avlodi, 2011.

9. Уринбаев З. Лингвистическая природа редупликаций в современном узбекском языке: Автореф. дисс... канд. филол. наук. - Т., 1982. - С. 18; Буранова М. Структурно-семантические особенности редупликативных слов в английском и узбекском языках: Автореф. дисс... канд. филол. наук. - Т., 1982. -С. 18.

10. Shofqorov A.M. O'zbek tilida badiiy takror. - T., Fan va texnologiya, 2019. - B. 120.

11. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to'plami: O'n jildli. - T.: Fan, 1979. - 1-jild. - B. 404.

12. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. O'zME, 2002. - B. 168.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.