Научная статья на тему 'IBROYIM YUSUPOV LIRIKASIDA BADIIY TAKRORNING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI'

IBROYIM YUSUPOV LIRIKASIDA BADIIY TAKRORNING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

298
415
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy takror / anafora / epifora / poetika / poeziya / qator / simploka / uslub / художественный повтор / онафора / эпифора / поэтика / поэзия / шумак / симплока / стиль

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gúlparshın Polatbaevna Kudaybergenova

Mazkur maqolada badiiy matn, ya‟ni I.Yusupov lirikasidagi badiiy takror va ularning turlari, qo„llanilish xususiyatlari, estetik xususiyatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье анализируются художественный текст, то есть художественный повтор в лирике И. Юсупова, их виды, особенности употребления, эстетические особенности

Текст научной работы на тему «IBROYIM YUSUPOV LIRIKASIDA BADIIY TAKRORNING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-364-368

IBROYIM YUSUPOV LIRIKASIDA BADIIY TAKRORNING QO'LLANILISH XUSUSIYATLARI

Gulparshin Polatbaevna Kudaybergenova

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti [email protected]

Mazkur maqolada badiiy matn, ya'ni I.Yusupov lirikasidagi badiiy takror va ularning turlari, qo'llanilish xususiyatlari, estetik xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: badiiy takror, anafora, epifora, poetika, poeziya, qator, simploka,uslub.

В этой статье анализируются художественный текст, то есть художественный повтор в лирике И. Юсупова, их виды, особенности употребления, эстетические особенности.

Ключевые слова: художественный повтор, онафора, эпифора, поэтика, поэзия, шумак, симплока, стиль.

This article analyzes the literary text, that is, the artistic repetition in the lyrics of I. Yusupov, their types, features of use, aesthetic features.

Keywords: artistic repetition, onophora, epiphora, poetics, poetry, shumak, simploka, style.

Badiiy asar tili adabiy tilga nisbatan birqancha kengroqdir. Chunki badiiy asarda adabiy til me'yorlariga xos so'z va so'z shakllari bilan birga badiiy takrorning ham o'rni alohida. Badiiy takror - badiiy tasvir vositalaridan biri bo'lib, u matndagi so'zlarning, so'z birikmalarining obrazliligini kuchaytirishda, ularning ta'sirchanligini oshirishda mohirona qo'llaniladigan uslubiy figuralar qatoriga kiradi.

"Uslubiy figuralar-bu mustaqil qurilgan sintaktik birikmalar yoki gaplar bo'lib, ular til obrazliligi uchun xizmat qiladi". [1]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-364-368

Har qanday she'r ta'sirchanligini, badiiyligini yanada kuchaytirib obraz hosil qilishda badiiy takror ma'lum darajada xizmat qiladi.

XX asr qoraqalpoq adabiyotining mashhur vakili Ibrayim Yusupov ijodi tili turli uslubda va turfa rang usulda berilgan.

Shoir I.Yusupov fikr ta'sirchanligini o'quvchiga yanada bo'rttirib ko'rsatish uchun tasvirlanayotgan jarayonni yoki narsani bir necha marotaba she'r satrlari boshida, o'rtasida va oxirida takrorlab ko'rsatadi. Ya'ni, badiiy takror so'zlar ma'nosini tushuntirib, kuchaytiribgina qolmasdan, balki, ma'lum bir grammatik vazifani bajarishi bilan ham xarakterlanadi. Masalan:

Mazkur she'riy satrlarda shoir bolgan jer so'zini takrorlash orqali o'z ona Vataniga degan ichki tuyg'ulari, kechinmalarini kuchaytirib bera olgan, ya'ni shu takrorlangan so'z asosida diqqat yanada ortadi.

So'z va so'z birikmalarining qayta takrorida ikki xil xususiyat ko'zga tashlanadi: l.Teng o'lchovli takror

Bunda matn tarkibida ergashgan so'zlarning, so'z birikmalarining teng o'lchovli takrori. Biz buni anafora va epifora misollarida ko'rishimiz mumkin:

Birewler-iyesi toyimsiz kózdin. ("Aral elegiyalari". 85-b) Bu she'riy satrlarda shoir birewler- iyesi so'zini qator boshida takror qo'llagan bo'lsa:

Dúnya quwgan bayir, óter, El qidirgan sayil óter, Iz qaldirip shayir óter,

Sóz marjanin tere-tere. ("Xalq so'zlari". 141-b) - deya óter so'zini qatorning har bir satri oxirida qo'llab, she'r mazmunini yanada kuchaytirib ko'rsatgan.

2.Teng o'lchovli bo'lmagan takror

Bunda matn ichida so'z va so'z birikmalarining ayrim joylarda, ya'ni so'zning ma'noviy jihati yuklangan o'rinlarda takror kelishi:

Xorezmshaxlarga qala bolgan jer, Beruniy babamiz bala bolgan jer, Berdaq, Ájiniyazga ana bolgan jer,

Xosh kelipsiz, sol danalar eline. (I.Yusupov «Túrk ulusina». 41-b)

Birewler-iyesi miyrimsiz júzdin,

Oshagimizda ot sónbesin, Bále-qada kelmesin.

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-364-368

Atimizga tuyaq ber, Tanimizge quwat ber, Miyrimli Quyash, qollaygor, Qaharli Quyash, qollaygor!

Biyigin korset tawlardin,

Ensesin korset jawlardin,

Abiray bersen-ulistan,

Ajel bersen-qilishtan,

Ottan, suwdan asira,

Tinishliq-oshaq basina.

Miyrimli Quyash, qollaygor,

Nurli Quyash, qollaygor! ( "Tumaris" poemasi.)

Shuningdek, I.Yusupov poeziyasida leksik takrorlarning bir necha turlarini ko'rishimiz mumkin. Masalan:

Bazda ozim danadayman,

Bazda isim shaladayman. ("Sen deganda".166-b)

Bazda jelpip asten-asten, Bazda sawir bolip esken, Bazda uyitqip orshelesken,

Bul jollardin samallari. ("Chimboy yo'llarida". 89-b)

Shoir ijodida esa birdek so'zlarning she'riy satrlar oxirida takror kelish jarayoni juda ko'p uchraydi. Bu jarayon epifora deb nomlanib, shoir ijodida bir nechta ko'rinishda uchraydi.

a) bir so'z she'riy satrlarning hammasida takrorlanib kelgan: Bul Watan-mangilikke janimday sirlasim menin, Bul Watan-men gul bolsam, nur bergen quyashim menin, Bul Watanda jasawshi adam bawirlasim menin, Bul Watannin topiraqlari-hasil gawhar tasim menin, Bul Watan janim, juregim, hamde koz-qasim menin. ("Vatan muhabbati".

b) bir so'z she'r qatorlarining dastlabki uch satrida takror kelishi: Ar-namis, hujdani sherik, Mali menen jani sherik, Tamirinda qani sherik,

3-b)

Xanalas soz "tuwisqanliq". ( "Tuwisqanliq". 154-b)

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-364-368

v) bir so'z she'r qatorlarining ikkinchi va to'rtinchi satrlarida takrorlanishi:

Qoy balasi shóp otlap, Enapatqa semirer, Kewil degen sonday zat, Marapatqa semirer. ("Sanat". 161-b)

g) bir so'z she'r qatorlarining birinchi va uchinchi satrlarida takror kelishi:

Miriwbetli zawqi-sapali ómir,

Ay qasinan juldiz úzgizdin bizge.

Bazda shadli, bazda qapali ómir,

Muqiytinnan marjan tiygizdin bizge. ("Umr, senga oshiqman" 58-b)

j) birdek so'z she'r qatorlarining birinchi va uchinchi satrlarida takrorlanib va unga parallel turda yana birdek so'z ikkinchi va to'rtinchi satrlarda takror kelishi:

Tal astin tazalap tósek sal, jora,

Ol jer óz aldina hawali bolar,

Úsh kópshiktin birin ózin al, jora,

Ekkisi qonaqqa dawayi bolar. ("Sáwbetli aqsham" 21-b)

d) bir so'z she'r qatorlarining birinchi, ikkinchi va to'rtinchi satrlarida takrorlanishi:

Ómirde ne lázzet bar, dos-yaranm bolmasa, Jan degen menen janbas, óz jananin bolmasa, Jilgalar jiljip túser bálent tawdin basinan,

Olsiz máwjirep aqpas dáryalarin bolmasa. ("Do'st-yoroning bo'lmasa" 62-b)

e) birdek so'zlarning har ikki qatorda takrorlanishi: Awa, janim, ay jalgiz,

Seni algan qay jalgiz? Hárre ushar, pal qalar, Quslar keter, tal qalar.

Keltirilgan misollardan ham ma'lumki, shoir qo'llangan badiiy takrorlar biri-birini to'ldirib, ma'noviy munosabatga mos she'rning estetik va lingvopoetik ahamiyatini ochib berishda xizmat qilmoqda.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-364-368

Shuningdek, I.Yusupov poeziyasida anafora va epiforalar aralash kelishi ham uchraydi. Bunday jarayon til ilmida simploka jarayoni deb ataladi.

Ne aytsa da, ozi korgendey aytar, Bilmese de, ozi bilgendey aytar, Bazda qayil qalsan danaligina, Bazda kùlkin keler sadaligina. ("G'arrilar".159-b) Xulosa qilib aytganda, badiiy takrorlar I.Yusupov asarlarida juda ko„p qo'llanilgan jarayon ekanligini anglash mumkin. U faqatgina she'r ta'sirchanligini, emocionalligini oshirib qo'ymasdan, she'r irmog'ini va qolaversa o'xshashini shakllantirib bergan. Bu shoirning o'ziga xos alohida uslubiy mahoratini aniqlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. Abdinazimov Sh. Lingvopoetika. (Oqiw qollanba). Nokis. 2020-j.

2. Bekbergenov A.Qaraqalpaq tilinin stilistikasi. -Nokis. 1990-j.

3. Щербак А.М. Грамматика староузбекского

языка.-М-Л.:1962.С.143.

4. Ибрайым Юсупов Уатан мухаббети. Нокис - 2016.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.