Научная статья на тему 'SHAXS MA'NAVIY EHTIYOJLARINI O'RGANISHDA MASLOU KONSEPSIYASINING AHAMIYATI'

SHAXS MA'NAVIY EHTIYOJLARINI O'RGANISHDA MASLOU KONSEPSIYASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ehtiyoj / ehtiyoj turlari / moddiy ehtiyoj / ma'naviy ehtiyoj va boshqalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akmaljon Ibodillayevich Kudratov

Maqolada zamonaviy shaxs ehtiyojlari shakllanishi, uning takomillashtirish o'z ifodasini topgan. Shuningdek, ma‟naviy ehtiyojlarning tarkib topishining ilmiy asoslari, shakllantirish omillari, shart-sharoitlari o'rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS MA'NAVIY EHTIYOJLARINI O'RGANISHDA MASLOU KONSEPSIYASINING AHAMIYATI»

SHAXS MA'NAVIY EHTIYOJLARINI O'RGANISHDA MASLOU KONSEPSIYASINING AHAMIYATI

Akmaljon Ibodillayevich Kudratov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi direktori, Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy shaxs ehtiyojlari shakllanishi, uning takomillashtirish o'z ifodasini topgan. Shuningdek, ma'naviy ehtiyojlarning tarkib topishining ilmiy asoslari, shakllantirish omillari, shart-sharoitlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Ehtiyoj, ehtiyoj turlari, moddiy ehtiyoj, ma'naviy ehtiyoj va boshqalar.

АННОТAЦИЯ

В статье описано формирование потребностей современного человека и их совершенствование. Также изучены научные основы, факторы формирования и условия духовных потребностей.

Ключевые слова: Потребность, виды потребности, материальная потребность, духовная потребность, преобразование и др.

ABSTRACT

The article describes the formation of the needs of a modern person and its improvement. Also, the scientific bases, formation factors, and conditions of spiritual needs have been studied.

Keywords: Need, types of need, material need, spiritual need, etc.

Bizga ma'lumki, inson muvozanatning tobora balandroq darajalariga erishishga doimiy intilib yashaydi. Shu bilan birga, inson o'zi hayot paytida amalga oshmasligi haqida o'ziga hisob berishiga qaramay, shunday rejalar tuzadi va shunday ideallarni qo'llanma qilib olishni yaxshi ko'radi. Bundan inson o'zi yaratgan taranglikni kamaytirish, qisqartirishga umid qilmasa ham bo'ladi deb faraz qilinsa bo'ladi. Bundan tashqari, aksariyat hollarda inson intiladigan qadriyatlar uning uchun shunchalar qadrliki, u ular uchun o'zini qurbon qilishga tayyor bo'ladi. Bu yerda erkinlik, Vatan, haqiqat va e'tiqod nazarda tutilmoqda.

Insonda "qilar ishi bo'lmasa", amalga oshiradigan hech qanaqa rejasi bo'lmasa, hech kim undan hech nima kutmasa, u o'zini baxtsiz his qiladi, hatto unda nevroz

27-mart, 2024

178

kasalligi rivojlanishi mumkin. Aksariyat hollarda, deb takidlaydi V.N.Myasishev -hayotda ma'no qolmaganlik haqidagi nevrotik, asabiy shikoyatlarning sababi ham "qilar ishning" yo'qligidandir [1, 76].

Aksariyat xollarda inson o'z shaxsini qandaydir bir "ob'yektiv" qadriyatga, bo'ysundirishining barcha holatlarida rag'batlantirishni ehtiyojlarni kamaytirish qisqartirish sxemasiga tushirishning imkoni yo'q. Baribir, unga qaratilgan hatti-harakatlardagi yo'nalish unga yo'naltiraveradi.

Shaxs o'zning bilish ehtiyojlarga nisbatan ham xuddi shularni aytib o'tsa bo'ladi. Masalan, ba'zi olimlar bilishning "aproktitsizm" iborasini qo'llashadi, chunki o'z-o'zidan noma'lum narsa, tushunchani tadqiq etishi har doim ham inson uchun amaliy ahamiyatga ega bo'lavermaydi.

Insonning ko'p sonli ehtiyojlarining barchasi "o'z-o'zini mustaqil tartibga solish" usullari sifatida tushuntirish yaqqol "qulog'idan tortib qilingan fikr" bo'lar edi [2. 55]

Gomeostazis, "asabiy, jismoniy taranglikni kamaytirish, yengillashtirish" va boshqa tushunchalar, konsepsiyalar psixikaning normal, risoladagiday va mukammal, ideal holati nofaol qoniqqanlik holati hisoblanadi; "faoliyat", "faollik" esa insonning tabiiy holati emas, balki voqelikka moslashishning majburiy shakli deb qaraladi.

Ushbu metafizik tushunish inson xulq-atvorining insonning normal holati uning aktiv faoliyatdagi holatida ekanligini tasdiqlaydigan fundamental faktlariga zid hisoblanadi. Inson o'zini yangi-yangi hatti-harakatga keltiruvchi omillarni, ehtiyojlarni, maqsadlarni va ideallarni izlaydi va topadi. Bu holat insonni jamiyat taraqqiyotiga mos xarakatga undaydi. U ma'noda, g'arb psixologiyasining gomeostaz tamoyili, ichki muhitni tashqi muhitdan "himoya" qilish tamoyili biologik faollikning ba'zi tomonlarini tasvirlaydi xolos. Shu bilan birga, yuqori tartibdagi psixik faoliyat nuqtai nazaridan, ushbu tushuncha, konsepsiya inson rag'batlanishining, motivatsiyasining ijodiy, yaratuvchanlik tabiatini, xususan, faoliyatga, inson funksional imkoniyatlarini tinimsiz, cheksiz ochishga bo'lgan ehtiyojlar bilan bog'liq insoniy harakatga keltiruvchi omillarni e'tborga olmaydi.[3, 488]

Bunda, insonda uzoq muddatda erishish uchun mo'ljallangan maqsadlarga ehtiyojlariga yo'naltirilgan xulq-atvor turi yaqqol namoyon bo'ladi. Bu yerda inson hatti-harakatlarining "maqsadni belgilash, aniqlash" tarzi haqida gapirish lozim. Bunda inson "o'z salohiyat, imkoniyat, qobiliyatlarini amalga oshirish", "o'z fikrini, o'z shaxsini ifoda etishga" intiladi. Bunda o'z-o'zida jamiyat taraqqiyotiga mos psixologiya vujudga kelib, shakllanib takomillashib manaviy extiyojlarni tranformatsiyalashib boraveradi.

27-mart, 2024

179

Inson ehtiyojlari, uning xulq-atvorni harakatga keltiruvchi kuchlaming tabiati va mazmuni muammosi shaxs psixologiyasining bir qator masalalarida markaziy o'rinni egallaydi. Shu kungacha inson xulq-atvorini belgilaydigan turli harakatga soluvchi kuchlar, niyatlarni tasniflashga ko'plab urinishlar bo'lgan. G'arb psixologiyasida psixik tahlil tizimlariga qarama-qarshi ravishda bir qator konsepsiyalar paydo bo'ldi. Ular orasida A.Maslouning g'arbda keng tarqalgan nazariyasi diqqatga sazovor. Uning asarlari amaliy tadqiqotlar va ko'p sonli xorijiy tadqiqotchilarning amaliy tavsiyalari uchun o'ziga xos hamma uchun zarur kitoblar bo'lib xizmat qiladi.

Maslouning konsepsiyasining mohiyatini quyidagicha talqin qilsa bo'ladi:

Inson ehtiyojlarini A. Maslou iyerarxik tamoyil asosida - quyidan yuqori pog'onaga qarab besh pog'onaga taqsimlaydi:

1. Asosiy fiziologik ehtiyojlar;

2. Xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj ;

3. Muhabbat va ijtimoiy faollikka bo'lgan ehtiyoj ;

4. Hurmat va o'zini o'zi xurmat qilishga bo'lgan ehtiyoj ;

5. O'z salohiyati, iqtidori, imkoniyatlarini amalga oshirishga bo'lgan ehtiyoj.

Bir pog'onaning ehtiyojlari qondlirilgandagina inson boshqa, undan yuqoriroq pog'ona ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Masalan, ochlik asosiy "fiziologik ehtiyojlardan" biri hisoblanadi. Biroq, insonda doim yetarlicha oziq-ovqat bo'lganda, ochlik muhim ehtiyojlik mohiyatini yo'qotadi. Undan keyingi iyerarxik pog'ona ehtiyojlari paydo bo'ladi. Ular qondirilgach esa, undan yuqoriroq pog'onadagi ehtiyojlar navbati keladi.

Biroq, bir pog'ona ehtiyojlarini to'la qondirilgandagina keyingi pog'ona ehtiyojlarining paydo bo'lishi mumkin deb hisoblash lozim emas.

A.Maslou ta'kidlaganday, aksariyat normal odamlarda barcha ko'rsatilgan pog'onalarning ehtiyojlari qisman qondirilgan bo'ladi. Ehtiyojlarning ushbu ierarxik pog'onalarini qisqa ko'rib chiqamiz. Inson hayotini davom ettirishga imkon beruvchi ehtiyojlar asosiy fiziologik ehtiyojlar qatoriga kiradi. Ular havo, suv, ovqat, uyqu, yashash uchun uy-joy, mushaklar faolligi va jinsiy, xislarni qoniqishlarga bo'lgan ehtiyojlardir [4, 265].

Ehtiyojlarning bundan keyingi pog'onasi birinchi pog'ona ehtiyojlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu pog'ona ehtiyojlari fiziologik emas, balki ko'proq psixolgik jihatga ega. Zero, inson asosiy fiziologik ehtiyojlarni qondirishga bundan keyin kelajakda ham imkoniyatlari bo'lishi haqida amin bo'lishi lozim. Bu ishonch kafolatlangan ish joyining borligi, sug'urta, nafaqa bilan ta'minlanganlik va

27-mart, 2024

180

hokazolarda namoyon bo'ladi. Ehtiyojlarning ushbu pog'onasiga insonning o'ziga ko'proq tanish bo'lgan voqea, hodisa, tushuncha, narsalarni uncha tanish, ma'lum bo'lmaganlaridan afzal ko'rishi ham kiradi.

Agar "fiziologik ehtiyojlar" va "xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojlar" yetarlicha darajada qondirilsa, undan keyingi pog'ona ehtiyojlari hukmronlik qilishni boshlaydi. Ba'zi g'arb psixologlari ularni ijtimoiy-manaviy ehtiyojlar deb atashadi.

Inson boshqa shaxslar bilan birlashishga intiladi, turli guruhlarda munosib o'rin egallashni xohlaydi. U do'stlik, o'zaro muhabbatga ehtiyoj his qiladi.

Keyingi, to'rtinchi pog'ona ehtiyojlar hurmat va "o'zini hurmat qilishga bo'lgan ehtiyojlardir". O'z faoliyat sohalarida inson mahorat va kompetensiyaga erishishga intiladi; unga o'ziga ishonch va mustaqillik, boshqalarning tan olishi va mavqe zarur. Inson uchun o'zi mansub, tegishli guruhlar tomonidan baho berilishi xususan muhimdir.

O'zidan quyi pog'onalarda joylashgan ehtiyojlardan farqli o'laroq, ushbu ehtiyojlar ahyon-ahyonda to'la qondirilgan bo'ladi xolos.

O'rganilayotgan ierarxiyaning so'nggi, eng yuqori pog'onasida o'z imkoniyatlari amalga oshirish, tinimsiz takomillashish, va keng ma'noda ijodga bo'lgan ehtiyojlar mavjud. Maslouning fikriga ko'ra, ushbu ehtiyojlar faqat kam sonli odamlarda hukmronlik qilishini, chunki aksariyat insonlar boshqa, asosiy ehtiyojlarni qondirish yo'lida mashaqqatli kurash bilan band bo'lishini ta'kidlaydi

Biroq, o'z imkoniyat, salohiyat, iqtidorlarini amalga oshirishga intilish qariyb barcha odamlarga xos. Masalan, odatda o'zi yaxshi ko'rgan ish bilan shug'allanadigan odamlar o'zlari erishgan mahorat bilan g' ururlanadilar.

Maslouning o'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, agar bir vaqtlar, insonning bolaligida individning xavfsizlik, muhabbat va hurmatga bo'lgan ehtiyojlari to'la qondirilgan bo'lsa, bunday inson o'zida ushbu sohalarda uchraydigan yetishmovchiliklar, yo'qotishlarga sabot-matonat bilan bardosh berish bilan va noqulay sharoitlarga qaramasdan o'z salohiyatlari, iqtidori va imkoniyatlarini amalga oshirishda qobiliyatini rivojlantiradi.

Chindan ham, atrofini o'rab turgan insonlarning iliq, ma'qullash munosabatlari bolaga o'ziga ijobiy munosabat bilan qarashni keltirib chiqaradi va o'zida o'ziga ishonch, tashabuskorlik sifati paydo bo'lishiga sabab bo'ladi, va odamlarning ma'qullamasligi, tanqid qilishi, jazolashidan qo'rquv kabi hatti-harakatlarni cheklaydigan omillarni bartaraf qiladi. Biroq, individ tashabbusi nimaga qaratilgan bo'lishi, uning o'z iqtidor, salohiyatlari, imkoniyatlarini amalga oshirishning mazmuni nimadan iborat bo'ladi - bularning barchasi insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida ijtimoiy-sinfiy o'rni, mavqei bilan belgilanadi. Maslouning

27-mart, 2024

181

fikriga ko'ra, o'z iqtidor, salohiyatlari, imkoniyatlarini amalga oshirgan insonlarda aksar hollarda o'zining qobiliyatlaridan foydalanganda, ularni qo'llaganda quvonch tuyg' usini his qilishlari ularning xulq-atvor stimuliga motivi bo'ladi.

Insonlarning ushbu toifasi uchun rag'balanish (motivatsiya) psixologiyasida boshqa odamlar toifalariga qaraganda jiddiy farqiyat mavjud. Ularning xulq atvorini harakatga keltiruvchi rag'bat yetishmaydigan, o'zlarida bo'lmagan narsa, "tushuncha", fikrlarni olishga emas, balki o'sish, "yetuklika erishish" va "rivojlanishga intilish"da namoyon bo'ladi. Maslou o'sishga bo'lgan rag'bati (motivatsiya) va insonga yetishmaydigan, o'zida mavjud bo'lmagan, yo'q narsani olishga bo'lgan rag'bat motivatsiya haqida fikr yuritadi. Yetishmagan, mavjud bo'lmagan narsalarga predmetlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish nosog'lom qondirishning oldini olsa, o'sishga bo'lgan ehtiyoj salomatlikka olib keladi, mahsuldor faoliyat va ijodkorlikdan quvonch va zavq oladi [5, 512].

Sog'lom inson shaxsiga xos rag'bat tabiatini bunday tushunish asosida inson tabiati haqida bixevioristlar va freydistlar konsepsiyalarida uchraydigan tasavvurlardan farq qiluvchi tegishli tasavvur bo'lishini taqozo etadi.

Individ va jamiyat orasidagi murosasiz antogonizm holatidan, insonning tug'ma xudbinligi, egoizm va jamiyatga qarshi qo'yilganligi holatidan kelib chiqadigan freydistlardan qarshi o'laroq, Maslou insonning jamiyatga xosligi, mansubligi uning tabiatining o'zida mavjudligini, insonlarda inson zotiga ichki xos "instinktga oid", instinktga xos tabiatga ega bo'lmish "muloqotga", "birgalikda mansublikka", "muhabbatga", "hurmatga" bo'lgan o'ta muhim va zaruriy ehtiyoj mavjud bo'lishini isbot qilib bergan.

Albatta, insonda biologik ehtiyojlar mavjud, biroq, muayyan ijtimoiy muhitda tarbiya natijasidagina ushbu ehtiyojlarning ichki tabiiy kelib chiqish sabablari inson xulq-atvorining mazmunli stimuliga, motiviga aylanishi mumkin xolos. Ularning namoyon bo'lish shakllari ham, va mazmuni ham insonning muayyan ijtimoiy-tarixiy yashash sharoitlari bilan belgilanligini ta'kidlab o'tish lozim.

Individ stimullarining motivlarining Maslou ta'limotiga xos antropologizatsiya qilinishi (insonga xos xususiyatlarga bog' lanishi) olimning qarashlari olimning o'zi tanqid qiladigan psixik tahlil mutaxassislar qarashlariga mazmunan va mohiyatan yaqinlashib ketishiga olib keladi. Inson xulq-atvorini harakatga keltiruvchi omillarga Maslou psixik tahlil otasi Z.Freyd "u" impulslariga bergan xarakteristkalarni qo'llaydi. Ushbu xarakteristikalar ongsiz tabiatga ega bo'lib, inson irodasidan tashqari uning hatti-harakatlarini belgilaydi. Maslou insonning o'z salohiyat, qobiliyat, imkoniyatlarini amalga oshirish qobiliyatini individning muayyan ijtimoiy sharoitida hayot natijasi emas, balki insonlarning tabiiy xususiyati deb qaraydi.

27-mart, 2024

182

Shu sababdan Maslouning nazariyasi inson ehtiyojlarini maqsadga muvofiq shakllantirish zaruriyatini inkor qiladi, unda individning rag'batlanish, motivatsion sohasining tinimsiz o'sishining aks ettirilishini va voqeligini (faktini) ontogenezda ham, jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida ham mavjudligini tan olmaydi yani ko'rmaydi.

A.Maslou konsepsiyasining asosiy metodolgik qusurlari ularning ijtimoiy-manaviy rivojlanishning va ushbu rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchlarining mohiyatini noto'g'ri tushunishidan, shaxs va jamiyatning o'zaro munosabatlarini, jamiyat hayotida insonning asl rolini, ijtimoiy ravnaq yo'lida, jamiyatni qayta anglashda odamlarning oldida turgan vazifalarni mutlaq noto'g'ri talqin qilishdan iborat [6, 640].

Shuningdek, A.Maslou nazariyasi shaxsning ijtimoiy tabiatini talqin qilishda antropologizmning xatoligining, uni jamiyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi sharoitlaridan tashqarida, ajratib olib talqin qilish (xarakteristika berish), ularning shaxsning shakllanishida, jumladan, uning o'z salohiyati, qobiliyati va imkoniyatlarini amalga oshirishida muhim rolini e'tiborga olmaslikning yana bir misolidir.

REFERENCES

1. В.Н Мясищев. Личность в неврозы Л. Радуга 1980. C. 76

2. ^Обуховский. Психология в лечении человека. -М., 1971.с 55

3. E.G'.G'oziev. Umumiy psixologiya.-T. 2010.-488 b.

4. А.Маслоу. Психология бытия. М. 1997 .- c.265

5. Е.П.Ильин. Мотивatsiя и мотивы. - СПб.:Питер, 2000.- с.512

6. Д.Кун. Основы психологии. СПб. 2007, - с.640

7. Усманова, Ш. Ж., Хамракулова, Д. Ф., & Рахматова, Ф. М. (2019). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 88-90).

8. Isyanova, A., & Usmanova, S. (2015, May). Structural Components of Creative Potential of University Pedagogical Personnel. In SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION. Proceedings of the International Scientific Conference (Vol. 1, pp. 176-185).

183

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.