Научная статья на тему 'SHAVKAT RAHMON IJODIDA PRETSEDENT BIRLIKLARNING ANTROPOSENTRIK TADQIQI'

SHAVKAT RAHMON IJODIDA PRETSEDENT BIRLIKLARNING ANTROPOSENTRIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
240
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pretsedent birlik / Lisoniy xotira / Antroposentrik tadqiq.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ismatova Mahliyo Ulug‘Bek Qizi

Ushbu maqolada muayyan til egalariga yaxshi tanish bo‘lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan , nutqiy faoliyatda qayta –qayta murojaar qilinadigan shaxs nomlari pretsedent birlik sifatida Shavkat Rahmon ijodida o‘zgacha mazmun baxsh etishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.Bu kabi birliklar ma’lum bir millatda mashhur bo‘lgan o‘sha til sohiblari uchun muayyan assotsatsiyani hosil qila oladigan ommalashgan antropologik birliklardir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAVKAT RAHMON IJODIDA PRETSEDENT BIRLIKLARNING ANTROPOSENTRIK TADQIQI»

SHAVKAT RAHMON IJODIDA PRETSEDENT BIRLIKLARNING

ANTROPOSENTRIK TADQIQI

Ismatova Mahliyo Ulug'bek qizi

BUXDu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7515377

Annotatsiya: Ushbu maqolada muayyan til egalariga yaxshi tanish bo'lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan , nutqiy faoliyatda qayta -qayta murojaar qilinadigan shaxs nomlari pretsedent birlik sifatida Shavkat Rahmon ijodida o'zgacha mazmun baxsh etishi to'g'risida fikr yuritiladi.Bu kabi birliklar ma'lum bir millatda mashhur bo'lgan o'sha til sohiblari uchun muayyan assotsatsiyani hosil qila oladigan ommalashgan antropologik birliklardir.

Kalit so'zlar : Pretsedent birlik , Lisoniy xotira , Antroposentrik tadqiq.

"Pretsedent "- Atamasi o'tgan asrning ikkinchi yarmida rus tilshunosi Y.N. Ka rulov tomonidan olib kirilgan.Ushbu birliklar adabiyotda keng qo'llaniladi. O'z navbatida o'quvchi u yoki bu voqea -hodisaga ishora qiluvchi nomni ko'rar ekan ,uning ko'z oldiga o'sha shaxs bilan bog'liq tarixiy va badiiy manbaalar kela boshlaydi.

Masalan :

Nuh ( a.s.) - uzoq umr , to'fon vaqti

Ya'qub (a.s)- g'am ,alam , firoq

Xo'tan - kiyigi bilan mashhur joy.

Har bir ijodkor o'zidan avvalgi va keyingi ijodkorlardan ajralib turadi.Har birining o'z aytar so'zi , tanlagan yo'li bo'ladi. Zero , insoniyat xayoli har qancha chuqur bo'lmaasin ,u also bir -birini takrorlamaydi.Shavkat Rahmon o'z ijodida zamondosh shoirlar singari, istiqlol g'oyalarini ,xalqning o'z kelajagi yo'lidagi jasoratli kurashini deyarli har bir she'rlarida singdiradi.Uning asrlarida tarixiy shaxslarga murojaat ham tez - tez ko'zga tashlanadi :

Zabt etgani kelmadim seni,

Eng ichida yo'qdir pichog'im.

Men Iskandar ,Chingizxon emas,

Osmon kabi ochiq quchog'im. ("Saylanma " ,44- bet)

Ushbu she'rda muallifning tarixiy shaxslarga murojaati ,albatta , ramziy ma'nolarga ishoradir. Barchamizga tarixdan ma'lum-ki , Iskandar va Chingizxon shoh sifatida bir qator davlatlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. O'z o'rnida bosib olingan hududlarni talon -taroch qilish ,hatto , vayronaga aylntirish holatlari ham ,shubhasiz , uchrab turgan.Ijodkor esa lirik qahramonning xarakterini

ochib berishda , uning nechog'li bag'ri keng va toza dil ekanini tasvirlashda tarixiy dalillarni izlab topgani ajoyib kompazitsion go'zallikka sabab bo'lgan. She'rning davomini o'qiydigan bo'lsak ,lirik qahramonning his -tuyg'ulari vayrongarchilik emas , balki ezgulikka oshno ekanini payqash qiyin emas: Ishonmasang , qara ko'zimga , ko'zlarimda yashaydir Hotam, men tegmadim hatto ilonga, u zaharli ilon bo'lsa ham.

Ushbu banddagi Hotam esa, afsonaviy qahramon "Hotami Toy " ga ishoradir.Demakki , qahramon o'zida sahovat va shafqat borligini ta'kidlamoqda.

Yoki ijodkorning " Yulduzlar qulagan tunlari " she'rida quyidagi misralar mavjud :

Qonimga , qadimgi qonimga baqirdim ,ketaylik moziyga , ketaylik turkular aytishib , yashaylik Yusuf xos Hojibday.

Xo'sh , Ijodkor nega aynan "Tarixiy qoniga " "Baqirish " ni xohlab qoldi. Sinchiklab o'qilsa , bunda ijodkor kelajak avlodga , aslida kimlarning avlodi ekanligini, tomirada oqayotgan qon naqadar sharafli , qutlug' qon ekanini eslatishni maqsad qilganini anglash qiyin emas.Yusuf Xos Hojibning qay tarzda hayot kechirgani esa , uning tarjimayi holidan ma'lum.Ya'ni uning Qoraxoniylardan bo'lgan Tabg'ach Ulug' Bug'raxon saroyida xizmat qilgani , saroy ishlariga adolat bilan yondashgani , "Eshik og'asi" unvoniga ega bo'lgani hamda Qoraxoniylar davri ilm -faniga bsezilarli hissa qo'shganini ta'kidlamoqda.Bundan tashqari uning hikmatlari insonni poklikka ,nafsni yengishga qaratilgani sabab muallif xuddi u singari yashashni maqsad qilgandek ,go'yo.

Agar uning "Battolning orzusi " she'rini o'qib chiqsak , haqiqatan ham uning o'z vatani va ajdodlariga cheksiz ehtiromi borligini anglashimiz osonroq bo'ladi : Cho'lpon -po'lpon deysiz , Ishimiz katta,

tarixga sig'masdan turar o'jarlar jaholat bosgan to'rt asrni hatlab, Boburni oluvdik endi mo'ljalga. Ammo sal kechikdik... Chala qoldi ish,

Vaqt ham mudrab qolar - hali ko'ramiz , Navoiy mulla bor , tag'in Yassaviy, Narida Qoshg'ariy, Bor-ku To'maris...

Ko'rinib turibdi-ki ,Shavkat Rahmon o'z ajdodlariga cheksiz ehtirom bilan qaragan ,hatto ularni yo'q qilishga hech qaysi battol va shum niyat, nainki shaxs , balki asrlarningda qodir emasliginii ta'kidlamoqda. Ijodkorning "She'riyatdagi haykaltaroshlar " lirik asari ham fikrimizga yaqqol dalildir : Haykal tiklayapti har kim o'ziga,

har kim haykaliga bermoqda sayqal: birov Temur shahdin berar ko'ziga, Suqrot kelbatida ba'zi bir haykal Mana bu haykalcha Dantega o'xshar, Bunisi Pushkinday , mag'rur , to'pori... ("Saylanma" , 92- bet)

Antropoetika - kishilarning qiyofasi va fe'l -atvorini o'rganar ekan , tabiiyki antroposentrik tahlil ham shu tadqiq obyekti bilan ish olib boradi.Shu o'rinda yuqoridagi she'г g'oyat o'rinlidir. Chunki , Amir Temur naqadar qudratli Davlat barpo etgani, buning uchun esa albatta , uning o'zida ham bu ishga molik shiddat b'lganini payqash qiyin emas.Qolaversa , she'ráa Suqrot va Dante kabi tarixiy shaxslardan tortib , rus yozuvchisi Pushkinning -qiziqqon fe'ligacha tasvirlangan va Shavkat Rahmon bu bilan A.S. Pushkinning fojeali taqdiriga ishora qilgan.

Xulosa qilish mumkinki ,SHavkat Rahmon ijodida tarixiy shaxslar bilan bog'liq o'rinlar talaygina. Bu esa o'quvchilarni she'гiyatning go'zal rn'munalarini o'qish bilan bir qatorda tarixiy bilimlarini mustahkamlash hamda o'z ajdodlariga ehtirom ruhida tarbiyalashga imkon yaratadi.Ushbu she'гlaгda shunchaki his -tuyg'u va kechinmalar emas , balki tarixiy bilim va istiqlol ruhiga yo'g'rilgan g'oyalar yotadi. Bularni tushunish va anglash o'quvchining kelajak -orzulariga bo'lgan umid va ishonchni tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Shavkat Rahmon . Abadiyat oralab.Toshkent 2012 2.Shavkat Rahmon. Yurak qirralari.Toshkent 1981 3.Shavkat Rahmon .Hulvo. Toshkent 1987 4. Shavkat Rahmon.Saylanma. Toshkent. 1987

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.