Научная статья на тему 'SHARQ XALQ MAQOMLARINING O‘RGANISHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI'

SHARQ XALQ MAQOMLARINING O‘RGANISHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
50
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / solfedjio / metroritmik xususiyatlar / maqomshunoslik / ritm

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh.Qurbonova

Ushbu maqolada Sharq xalq maqomlarining o‘rganishning ahamiyati va dolzarbligi haqida so‘z boradi. Sharq xalq maqomlarining o‘rganishdagi muammo hamda uning yechimlari haqida mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ XALQ MAQOMLARINING O‘RGANISHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI»

SHARQ XALQ MAQOMLARINING O'RGANISHNING AHAMIYATI VA

DOLZARBLIGI

Sh.Qurbonova O'zDSMI FMF

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq xalq maqomlarining o'rganishning ahamiyati va dolzarbligi haqida so'z boradi. Sharq xalq maqomlarining o'rganishdagi muammo hamda uning yechimlari haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: maqom, solfedjio, metroritmik xususiyatlar, maqomshunoslik, ritm

THE SIGNIFICANCE AND VALUE OF THE STUDY OF EASTERN

PEOPLE'S STATES

Sh.Kurbanova

FRB UzSIAC

Abstract: This article talks about the importance and relevance of studying the statuses of the peoples of the East. Discussions were held on the problem of learning status of the peoples of the East and its solutions.

Keywords: status, solfeggio, metrorhythmic features, status studies, rhythm

Barcha sohalarda bo'lgani kabi professional musiqiy ta'lim sohasida ham solfedjio fanining o'qitilishi, ma'no-mazmuniga bo'lgan e'tibor chuqurlashib va jiddiylashib bormoqda. Ayniqsa, musiqiy ixtisoslashuvning ichki ehtiyojlariga qarab, har bir sohaning o'ziga xos tomonlariga alohida ahamiyat berilayotganligi soha vakillari uchun quvorarli holatdir. Konservatoriya, Yunus Rajabiy va boshqa oliy ta'lim muassasalaridagi an'anaviy ijrochilik va boshqa fakultetlarida o'tkazgan ko'p yillik o'rganishlar natijasida solfedjio kurslarida o'zbek mumtoz musiqasi va ayniqsa, maqom (cholg'u va ashula) namunalarini tadbiq etishga keng yo'l ochildi.

Maqomlardagi jiddiy metroritmik xususiyatlar, lad ko'rinishlari va shunga o'xshash unsurlar talabaning musiqiy qarashlarini boyitadi hamda yetuk san'atkor sifatida shakllanishiga ko'maklashadi. Bundan tashqari ayni shu holat hozirgi zamonaviy ta'lim tizimidagi o'quv darslariga ham mosdir.

Ritm - Sharq monodiyasining fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Amaldagi o'quv jarayonida esa solfedjio darslarida ritm masalalariga kam ahamiyat berilayotganligi xususan, maqom tafakkurining ritm tamoyillari chetda qolib ketayotganligi achinarli holatdir. Ana shu jihatdan "Solfedjio darslarida ritm mashqlari" hamda "Maqom ritmlari solfedjio darslarida" o'quv kurslarini tashkil etish

yuzasidan uslubiy hamda o'quv qo'llanmalar yaratish, izlanishlar olib borish muhimdir.

Serjilo mahalliy folklor na'munalaridan farqli o'iaroq, kasbiy musiqa yodgorliklarida ustozona ijod va ijro an'analari jamlagan. Ularda go'zallikni kashf etuvchi reja va qoidalarni, aruz vaznlariga bog'langan ohangdor vositalarni, xalqaro ijodiy aloqalar umrboqiyligini ko'rish inumkin. Murakkab ilmiy asoslariga ega, hozirgi kunda o'zga bir muhitda yashab, rivojlanib kelayotgan an'anaviy musiqa san'atining salohiyati nihoyatda kengdir. Uning katta bir qismini dunyo bo'ylab o'zini namoyon etib kelayotgan ko'hna, go'zal va maftunkor sharq xalqlari maqomlari tashkil etadi. Maqom qadriyatlari allaqachon jahon maydoniga chiqib, alohida diqqat va e'tiborga musharraf bo'lib kelmoqda. Negaki, maqom janrining shakllanish jarayonida ham, keyingi taraqqiy etish yo'llarida ham, maqomshunoslik fani mazmun-mohiyatida ham muayyan o'xshashlik va tafovutlar kuzatiladi. Boz ustiga, o'rta asrlarda keng qo'llanilgan "O'n ikki maqom" tizimi el-yurtlar, saroy musiqa hayotida birlashtiruvchi omil sifatida xizmat qilgan. Qariyb yarim ming yillik ichida mazkur ilmiy-nazariy tuzilma bir necha bor qayta ko'rib chiqilgan holda, takomillashtirib borilgan ekan, unda joylardagi kasbiy musiqa amaliyotining tub mushtarak jihatlari aks ettirilganligi namoyon bo'ladi.

Markaziy va G'arbiy Osiyo, Shimoliy Alfika mamlakatlari musiqa madaniyatida hozirda mavjud bo'lgan maqam, maqom, mug'om navlarining yorqin milliy o'ziga xosligi va o'ziga hos hududiy ijrochilik xususiyatlari mavjudligi, shuningdek badiiy hamda ilmiy tafakkuri yuksakligi bilan boshqa ijodkorlik yo'llaridan ajralib turadi.

Binobarin, Sharq xalqlari maqomoti uzoq o'tmish davrlar tamadduniga uzviy bog'liq bo'lgani holda, hozirgi dunyo xalqlari madaniyati va san'ati ravnaqi manzarasida yuksak qadr-qimmatini saqlab qolgani, yangi zamon va jamiyatda rivojlanayotgani hamda e'zozlanayotgani, undan ijodiy foydalanilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Bu borada o'zbek an'anaviy ijrochiligi bo'yicha tarbiyalanuvchi xonanda va sozandalarning avvalo kasbiy ehtiyoj va qiziqishlari inobatga olingani maqsadga muvofiqdir, albatta. Tabiiyki, belgilangan mavzu va masalalarni o'zlashtirish uchun bakalavriat bosqichida egallangan bilim, tushuncha va ko'nikmalar xizmat qiladi. Ya'ni, talabalar o'zbek maqomi tarixi va nazariyasidan boxabar bo'lishidan tashqari cholg'u va ashula misollarini tahlil etish tajribasiga hamda tinglov ko'nikmalariga ega bo'lishlari muhim.

O'zbekiston va chet el maqomshunosligida erishilgan yutuqlar, kasbiy ta'lim xususiyatlari, shuningdek yechimini kutayotgan ilmiy-ijodiy jumboqlar, galdagi vazifalar o'rin olgan. Binobarin, talabalar Buxoro, Farg'ona-Toshkent va Xorazm maqom yoilarining tarixi, tuzilish qonuniyatlari, ijod va ijro an'analari bo'yicha bilim va muayyan tajriba orttirgan bo'lishi zarur. Chunki maqom janrining shakliy va uslubiy kengliklari, parda va usullari, yovvoyi uslubi, nota yozuvlaridan foydalanish

tamoyillari yangi namunalar misolda o'rganiladi. Eng so'nggi pallada respublikamizda ham, xorijiy Sharq mamlakatlarida ham maqom-muqom-mug'om tadqiqoti, targ'iboti va ma'rifati yuzasidan shartli muqoyasalar o'tkazishda bular, shubhasiz, tayanch nuqtalar vazifasini o'taydi. Hozirda talabalarning puxta bilimga ega bo'lishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi, qulayliklar ko'paydi. Ammo bundan qat'iy nazar tahsil ko'rish asnosida muayyan qiyinchiliklarni yengib o'tishga to'g'ri keladi. Shu jumladan, mashg'ulotlarga muntazam ravishda tayyorgarlik ko'rib, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishdan tashqari ixtisoslashgan adabiyotlar bilan tanishib borish maqsadga muvofiqdir. Muhokama uchun belgilangan savol va masalalar yuzasidan mustaqil fikr bildirib, dalillangan mulohazalar og'zaki va yozma tarzda yuritilishi shart. Sara asarlarni tahlil etish, qiyosiy va ilmiy-tanqidiy qarashlarni rivojlanitirish shular jumlasidan. Yana e'tibordan qoldirmaslik zarurki, ayrim namunali misollarni hisobga olmagan holda tanishadigan musiqa asarlarining nota yozuv matnlari tanlangan ijroga to'laligicha mos tushmasligi, yoki mukammal ishlanmagani, yohud umuman nota yozuvi mavjud emasligiga duch kelish ehtimoldan holi emas. Sharq xalqlari maqomoti masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlar, monografiyalar, ilmiy simpoziyum va konferensiya materiallari, u yoki bu muammoga bag'ishlangan ilmiy-nazariy maqolalar, nota to'plamlari, qolaversa ma'lumotnoma, ensiklopediya, antologiya, ilmiy-ma'rifiy va boshqa adabiyotlarning umumiy soni juda katta. Xorijiy mamlakatlarda bosmadan chiqqan maxsus adabiyotlar chet tilida yozilgan. Shu bois o'qitish davomida o'zbek tilidan tashqari arab, ingliz, nemis, ozarbayjon, rus, tojik, turk, uyg'ur, fors va boshqa tillardagi faqatgina sanoqli adabiyotlami ajratib, ulardan maqsadli foydalanish ko'zda tutiladi. Bular ko'proq musiqiy sharqshunoslikka oid yangi tadqiqot va maqolalar, so'nggi ilmiy-ijodiy anjuman materiallari, akademik nota nashrlaridir.

Tinglov uchun kompakt kassetalar, zamonaviy CD lappaklardagi audio yozuvlari, DVD, VCD rusumdagi video albomlar, internet "veb-sayt"lariga joylashtirilgan ishonchli hujjatlardan foydalaniladi. Tavsiya etilgan adabiyotlarning umumiy ro'yxatidan tashqari har bir mavzu bo'yicha qo'shimcha manbalar berib boriladi. Talabalar va izlanuvchilar tomonidan ularni mustaqil ravishda mutolaa qilish, keragini tarjima qilib ilmiy izohlar bilan ta'minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Buning pirovard natijasida qiziqarli, foydali va dolzarb ahamiyat kasb etuvchi ilmiy-ijodiy ishlarni bajarishga yo'l ochiladi. O'rganilayotgan har bir mavzuga oid musiqiy namunalar dastlab nota yozuvlari misolida ko'rib chiqiladi. Holbuki bunday hujjat matni qo'l ostida bo'lmagan taqdirda annotatsiya, audio yoki video hujjatga yondoshgan birlamchi ma'lumot, o'qituvchi bergan izohlar bilan tanishib, so'ngra asar birgalashib tinglanadi. Yangrashi rejalashtirilgan turkumli namunalarga ham xuddi shunday yondashiladi. Ya'ni, tarkibiy qism va bo'limlar bilan tanishtirilib tahlil etish, tinglovdan keyin esa cholg'u va ashula yo'llarining yakkaxonlik va yakkanavozlik,

jo'rovozlik va jo'mavozlikda yangrashiga, musiqiy va ijroviy uslubiga oydinlik kiritib, ijro talqinlaming qadr-qimmatiga ham munosabat bildiriladi.

Haqiqatan, o'zbek va tojik maqomlari, uyg'ur muqomlari, turkman mukamlari, ozarbayjon va arman mug'omlari, turk makamlari, eron dastgohlari, arab maqamlari, shuningdek, jazoir navbalari, hind ragalari va boshqa turdosh ijod namunalari jahon musiqa durdonalari safida munosib e'tirof etilmoqda. O'tgan salkam yuz yillik muddat oralig'ida Sharq mumtoz musiqasi jonkuyar mutaxassislarining samarali izlanishlari, tashkilotchilik say'-harakatlari, mohir bastakor, hofiz va sozadanlaming jo'shqin ijodiy faoliyati, yaxshilanayotgan targ'ibot ishlari tufayli Sharq xalqlari maqomlari jahon musiqa jamoatchiligiga yanada yaxshiroq tanilib bormoqda.

So'nggi yarim asr mobaynida o'tkazilgan nufuzli ilmiy- ijodiy anjumanlardan "Maqomlar, mug'omlar va hozirgi zamon kompozitorlik ijodiyoti" mavzuiga bag'ishlangan respublikalararo ilmiy-nazariy konferenstiyasi (Toshkent, 1975), I-III Samarqand xalqaro musiqashunoslik simpoziyumlari (1978, 1983, 1987), "Sharq taronalari" Samarqand xalqaro musiqa festivallari (1997 yildan har 2 yilda), "Mug'om olami" Xalqaro festivallari (Boku, 2009 yildan har 2 yilda), Xalqaro maqom anjumani (Shahrisabz, 2018 yil), YUNESKO huzuridagi ICTM, "Maqam" guruhi ilmiy yig'inlari alohida e'tiborga sazovor. Mazkur tadbirlarda o'qilgan ma'ruzalar, mashhur san'at ustalarining sahna chiqishlari, yosh xonanda va sozandalarning tanlov-musobaqalari, musiqiy spektakllar namoyishi hamda ijodiy uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Nufuzli xalqaro tadbirlar o'tkazilishi munosabati bilan chop etilgan materiallar, nota to'plamlari, ilmiy jurnal, audio va video albomlar, internet "veb-sayt"lari va boshqa manbalardan talabalar, magistrantlar hamda izlanuvchilar tomonidan maqsadli foydalanishi ko'zda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Фитрат. Узбек классик мусикаси ва унинг тарихи. "Фан", Тошкент, 1993.

2. И.Ражабов. Макомлар масаласига дойр. "Уз адабий нашр", Тошкент, 1963.

3. И.Ражабов. Маком асослари. Тошкент, 1992.

4. И.Ражабов. Макомлар. "San'at", Тошкент, 2006.

5. Гапуров, М. К. (2017). Вклад Амира Темура в развитие социально-культурной жизни Востока. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).

6. Гапуров, М. К. (2017). Использование научного наследия ученых-мудрецов в музыкальном образовании. ББК 71.0 Я41, 43.

7. Гапуров, М. К. (2022). РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯНА ОСНОВЕ ОПЫТА ИСТОРИЧЕСКИХ ДЕЯТЕЛЕЙ

ИСКУССТВА. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА БАЛЕТА И ХОРЕОГРАФИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 243-246).

8. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

9. O'G, M. Y. F. N. (2022). MILLIY MUSIQA CHOLG 'ULARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 207-210.

10. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

11. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

12. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.