Научная статья на тему 'SHARQ VA G‘ARB BADIYATIDA AYOL IFODASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI (ABDULLA QODIRIY VA JEYN OSTIN ASARLARI MISOLIDA)'

SHARQ VA G‘ARB BADIYATIDA AYOL IFODASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI (ABDULLA QODIRIY VA JEYN OSTIN ASARLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayol obrazi / Sharq va G‘arb san’ati / Sharq va G‘arb ayoli / tasviriy san’at / madaniy farqlilik.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Rasulova Inobat Ilkhomovna

Maqolada sharq va g‘arb madaniyatida ayol obrazi, urf-odatlarning ahamiyati, ularning qadr qimmati va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, bunda ayol kishining individ shaxs sifatida shakllanishi, faqat o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to‘plangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ VA G‘ARB BADIYATIDA AYOL IFODASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI (ABDULLA QODIRIY VA JEYN OSTIN ASARLARI MISOLIDA)»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

SHARQ VA GARB BADIYATIDA AYOL IFODASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI (ABDULLA QODIRIY VA JEYN OSTIN ASARLARI MISOLIDA )

Rasulova Inobat Ilkhomovna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ingliz va roman-german tillari kaferdasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11112748

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-May 2024 yil Ma'qullandi: 02- May 2024 yil Nashr qilindi: 04- May 2024 yil

KEY WORDS

ayol obrazi, Sharq va G'arb san'ati, Sharq va G'arb ayoli, tasviriy san'at, madaniyfarqlilik.

Maqolada sharq va g'arb madaniyatida ayol obrazi, urf-odatlarning ahamiyati, ularning qadr qimmati va mamlakat taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, bunda ayol kishining individ shaxs sifatida shakllanishi, faqat o'zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta'siri ostida bo'lib qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to'plangan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta'siri ostida ham shakllanishi ochib berilgan.

Milliy urf - odat va an'analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o'ziga xos ravishda mujassamlangan bo'ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug'iladi, har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o'rtasidagi munosabatlarning ma'lum normada yo'l-yo'riqlarini yaratadi. Bu norma va yo'l-yo'riqlar avloddan-avlodga o'tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an'analarga aylanib qoladi. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, hamda uni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste'dod sohibi XX asr o'zbek adabiyoti tarixida faxrli o'rin egallaydi. Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g'oya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi ko'z oldimizda turgandek tasvir etiladi, bu asarlarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali. Bu asarlarning xalqqa manzur bo'lgani bejiz emas. Abdulla Qodiriyning prozasi g'oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan xalqning boy va ajoyib tilini g'oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning romanlari go'zal til bilan yozilgan. U tug'ma epik yozuvchi, keng ko'lamdagi realistik san'atkordir. Abdulla Qodiriy ning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta'qibu tahdidlar ichida o'tdi. Rostgo'y adib sho'ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho'ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko'rsatishga jazm etdi.

Yozuvchining o'zidan qo'shishi (ruscha aytganda, вымысел) adabiy asarda katta rol o'ynaydi. Lekin men turmushda ko'rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman.

Har bir asarimning yozilishiga turmushda

uchragan biror voqea sabab bo'ladi... Men materiallarni o'rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish haqida bosh qotirib yuraman. Shuning natijasida men o'zimcha asarimning juda ham taxminiy sxemasini tuzib olib, keyin ishga tushaman. Shunday sxema bo'lmasa, hech qachon yozuvga o'tira olmayman deydi u. Barchamizga ma'lumki, ijodkor o'zining "O'tkan kunlar" asari bilan o'zbek romanchiligiga salmoqli hissa qo'shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to'laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib "O'tkan kunlar" romanida mana shu milliy ruh nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar qahramonlarining taqdirlarida ham o'z ifodasini topdi[1]. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot, avallo milliy ruhni aks ettirmog'i lozimligini bot-bot o'z nutuqlarida takrorlab keladilar. Hozirgi davr adabiblaridan ham o'zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir qahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon qilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab qolgan millat esa abadiy yashashini alohida ta'kidlaydilar.

Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida xalq butunlay qoloq va achinarli ahvolga kelib qolgan edi. Buni teran anlagan buyuk ma'rifatparvar adiblarimiz o'z harakatlari va yozgan asarlari bilan mudrab yotgan xalqni uyg'otishga da'vat etar ekanlar, ularni mavjud mustabid tuzum amaldorlari tomonidan vatan xoini, xalq dushmani degan tamg'a bilan Sibrga va mehnat tuzatish lagerlariga yuborilganligini Xamza, Behbudiy, Fitrat kabi buyuk adiblarimizning asarlarini o'qib, ularning hayot yo'llarini o'rganish davomida chuqur anglab yetayapmiz. Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari ham aynan ilmga va ma'rifatga chorlovchi asar bo'lganligi uchun shunday ta'ziqlar ostida qoldi. Ya'ni, asar dastlab chop etilganda uni kamsitish va buzib talqin etish hollariga yo'l qo'yildi. M. Sheverdin asar haqida qarashlarini: "Roman avvalo aholining quyi sinf tabaqasi to'g'risida tasavvur bermaydi. Romanni o'qir ekanmiz, o'sha vaqtlarda mehnatkashlarning qanday kun kechirganlari, ularning ahvoli, mafaatlari haqida biror xulosa chiqaraolmaymiz. Aksincha Qo'qon xonligining barcha fuqarolari savdogar bo'lgan va badavlat yashagan, deb o'ylash mumkin" - desa, tanqidchi Sotti Husayn "O'tkan kunlar" haqida yozgan maqolalarida A. Qodiriyni novatorligini payqamay, uni arab yozuvchisi Jo'rji Zaydonning taqlidchisi deb asossiz ravishda ayblaydi. Professor Sobir Mirvaliyev esa adib ijodini puxta o'rganib, xaqiqatdan ham Qodiriy Jo'rji Zaydonni o'zining ustozi deb bilganini alohida ta'kidlab o'tadi ammo u: "A. Qodiriy iste'dodi, mahorati va tasvirlash uslubi jihatidan ustozidan anch yuqorida edi. Agar J. Zaydon tarixni tavsif etish yo'lidan borsa, A. Qodiriy uni tasvirlash, ko'rsatish yo'lidan bordi. U J. Zaydon kabi tarixchi-xronikachi emas, yozuvchi-san'atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi. Buning ustiga jo'rji zaydon romanlari qahramonlari o'z tili muallif nutqida bir ovozda harakterga keltirsa, Abdulla Qodiriy romanida realistik epik nasrga xos ko'p ovozlik ustivorlik qiladi", - deydi[2]. 1968-yilda Germaniyaning Berlin shahrida "O'tkan kunlar'' romani "Toshkentlik sevishganlar" nomi bilan nemis tilida nashr etilgan o'zbekning shoh asarida obrazlari orqali taqdir mavzusi juda chiroyli yoritilgan. Aynan bosh qaxramonlarning emas, balki epizoddagi har bir obrazlar ularning hayot yo'llari va taqdirlari nihoyatta chiroyli va ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Bunga biz asarni o'qish jarayonida amin bo'lamiz. Yana bu roman shunisi bilin ham ahamiyatliki, asarda milly tarovat ufurib turadi. Bu xususiyat obrazlarning ichki va tashqi qiyofasida ham, peyzaj va sujet tasvirida ham yaqqol ko'rinadi. Romanda ifodalangan milliy tarovat asar ta'sirligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kitobxonga xalqimizning urf - odatlari, rasm - rusumlari, mehmon kutish, to'y qilish kabi

marosimlariga oid juda ko'p qiziqarli ma'lumotlar beradi Esimni tanibmanki, har doim Kumushning guzal xislatlarini qizlarga o'rnak qilib kelinadi. Agar kimning uyida qiz farzand dunyoga kelsa unga albatta Kumushbibi erkalatib Kumushoy deb ism qo'yishadi. Bu ham bo'lsa Kumushga bo'lgan cheksiz muhabbatdan nishonadir. Ammo meni bir narsa doimo qiynaydi nega hech birimiz Zaynabga havas qilmaymiz? Zaynabni Kumushning achchiq qismatida birinchi galdagi aybdor shaxs sifatida bilamiz-u, lekin hech o'ylab ko'rganmizmi aslida "achchiq qismat" kimning taqdiri? Zaynabning emasmi!? Aslida u emasmi jabirdiyda!? "O'tkan kunlar" shunday sehrli asarki, uni har o'qiganimizda xulosalarimiz o'zgarib boradi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar o'qisa bolalarcha tushunadi, uni sal ulg'ayib o'z shaxsiy fikriga ega bo'lganda o'qisa ya'ni, kasb- hunar kollej, akademik litsey va oliy uquv yurtlari talabalari yoshiga yetganda yana bir marotaba mutolaaga kirishishsa, asar va uning qahramonlari haqidagi qarashlari butunlay bo'lmasada, qisman o'garadi. Mening o'zimda ham shunday holat yuz bergan. Maktabda o'qib yurga kezlarimda ko'pgina tengqurlarim qatori Kumushni sevib, Zaynabni mutloq qoralaganman. Kumushning yosh umri uvol bo'lishiga, uning taqdiri shu yusunda zavol topishida faqat va faqat Zaynabni aybdor deb bilganman. O'sha kezlarda mening bu fikrimni xech narsa, xech qachon o'zgartira olmasdi. Biroq yaqinda o'qib, Zaynabni ham tushunish kerak, Kumushning o'limida faqatgina u aybdor emas, bunda tantiq qizning o'zi va majnun oshiq Otabek ham qaysidir ma'noda sababchidir degan xulosaga keldim va meni qiynayotgan savollarga o'zimcha javob topgandek bo'ldim. Yo'q, o'zi aslida kimnidir qoralab, kimnidir yoqlay olmaymiz chunki bu - taqdir. Taqdirni esa biz emas, uni eng qudratli zot - Olloh belgilaydi. Ammo shunday bo'lsada, uni qay yo'lga burilishida qaysidir ma'noda o'zimiz sababchi bo'lamizda, keyin taqdirim shu ekan deb, ko'nib qo'ya qolamiz. Aslida taqdirimizdagi salbiy o'zgarishlarga sabab, o'zimizning oxirini o'ylamasdan qilgan xatti-harakatlarimizdir.

G'arbda ham, o'z asarlarida mana shunday xalqining milliy urf - odatlarni aks ettirgan mashxur ingliz yozuvchilaridan biri bu Jeyn Ostindir. Jeyn Ostin ingliz yozuvchisi, kundalik hayotda oddiy odamlarga munosabati bilan birinchi marta romanga o'zining aniq zamonaviy xarakterini bergan. U hayoti davomida to'rtta romanini nashr etgan: Tuyg'u va sezgirlik (1811), G'urur va Andisha (1813), Mansfild Park (1814) va Emma (1815). Ularda va "Ishontirish" va "Northanger Abbey"da u 19-asrning boshlarida inglizlarning o'rta sinf hayotini yorqin aks ettirgan. Uning romanlari davrning odob-axloq romanini belgilab berdi, ammo ular o'limidan ikki asr o'tib tanqidiy va ommabop yutuqlar bo'lib qoladigan abadiy klassikaga aylandilar. Jeyn Ostinning asarlari o'ziga xos adabiy uslubi parodiya, burlesk, kinoya, erkin bilvosita nutq va realizm darajasining kombinatsiyasiga asoslanadi. U asarlarida komediya effekti va 18-asr sentimental va gotik romanlaridagi ayollar obrazini tanqid qilish uchun parodiya va burleskdan foydalanadi[5]. Uning asarlari ham A. Qodiriy asarlaridagidek asosan ta'limga bag'ishlangan. Ostin 19-asr boshlarida adabiyotda keng tarqalgan rasmiy axloqiy qoidalardan voz kechgan bo'lsa-da, uning asarlarining asosiy mavzusi odob-axloq, jamiyat oldidagi burch va diniy jiddiylik bilan ajralib turadi. Romanlarida feministik mavzularni qay darajada aks ettirganligi olimlar tomonidan keng muhokama qilingan. Ostinning deyarli barcha asarlari 18-asr oxiri va 19-asr boshlari ayollari duch kelgan xavfli iqtisodiy vaziyatni o'rganadi. Jeyn Ostinning uchta dastlabki romani xarakterli va jamiyatning kulgili tasvirida adabiy satiraning kuchli elementi bilan ajralib turadigan alohida guruhni tashkil etadi. Ular "Sense and Sensibility" "Pride and Prejudice" va "Northanger Abbey". "Sense

and Sensibility" qashshoq Dashvud opa-singillari haqida hikoya qiladi. Marianne - "sezgirlik" ning qahramoni, ya'ni ochiqlik va g'ayrat. U romantik oshiqga o'xshab ko'rinadigan, ammo aslida vijdonsiz boylik ovchisi bo'lgan jozibali Jon Uillobi bilan sevishib qoladi. "Pride and Prejudice" qishloq janoblarining qizi Elizabeth Bennet va boy va aristokratik yer egasi Fitsvilliam Darsi o'rtasidagi to'qnashuvni tasvirlaydi. Ostin ularni bir-biriga qiziqishini ko'rsatsa-da, u "birinchi taassurotlar" konventsiyasini o'zgartiradi. Oxir oqibat, ular sevgi va o'z-o'zini anglashda birlashadilar. Aqlli va yuksak ruhiy Yelizaveta Jeyn Ostinning barcha qahramonlari orasida eng sevimlisi edi va ingliz adabiyoti bilan eng ko'p shug'ullanadiganlardan biri. "Northanger Abbey" odobli jamiyatning an'anaviy romanlaridagi kinoyani gotik terror haqidagi ertaklarni tasvirlaydi. Osten o'zining oltita yirik romanida o'z davridagi Angliyada o'rta sinf hayotining odob-axloq komediyasini yaratib, "maishiy" imkoniyatlarini ochib berdi. Uning yosh ayolning turmushga bo'lgan muhabbat yo'li orqali o'zini o'zi kashf etish uchun qilgan sayohati haqidagi takroriy afsonasi hayotning osongina tanib bo'ladigan tomonlariga qaratilgan. Uning xarakterlari va shaxsiyati hamda uning qahramonlari va ularning jamiyati o'rtasidagi ziddiyatlarga bog'liq bo'lgan bu kontsentratsiya uning romanlarini XVIII asr an'analariga qaraganda zamonaviy dunyoga ko'proq bog'laydi. Aynan mana shu zamonaviylik, uning nasriy uslubidagi zukkolik, realizm va zamonsizligi bilan birga, uning zukko, xushchaqchaq hamdardligi va shu qadar mohirlik bilan hikoyalarda, juda chiroyli qurilgan romanlarni mamnuniyat bilan davom etishini tushuntirishga yordam beradi. Har xil turdagi o'quvchilar uchun. Zamonaviy tanqidchilar romanlarning buyruqbozlik tuzilishi va tashkil etilishi, yozuvchiga voqealar va sozlamalar shunchaki odatiy va shu qadar maxfiy bo'lgan voqealarda mavjudlik tragikomediyasini ochib berishga imkon beradigan texnikaning g'alabalaridan hayratda qolmoqdalar. Jeyn Ostinning yozgan asarlari ajoyib va betakror bo'lgani bilan uning shaxsiy hayoti havas qiladigan darajada emas agar biz unga chuqurroq nazar solsak. Hozirgi kunda Jeynning asarlariga qanchalik darajada qiziqish kuchli bo'lsa uning hayotiga bo'lgan qiziqish ham shunchalik darajada kuchli. Uning yashab faoliyat olib borgan zamoniga nazar soladigan bo'lsak uning yozuvchilik faoliyatidagi birinchi to'rtta asari anonim tarzda chop etilganligini ko'ramiz, ushbu ma'lumotlar hali ham saqlanadi uning singlisi Kassandraning yozgan xatlari hali ham mavjud va keyinroq uning jiyani J.E. Ostin Ley tomonidan 1869-yilda yozilgan Jeyn Ostin Xotirasiga bag'ishlangan xotira nomli yodnomasida yozib o'tilgan[3]. U o'zining Ishonch nomli asarida ushbu jamiyat o'zgarishlari to'g'risida juda ajoyib tarzda tasvirlab o'tgan. Jeyn 1817-yilning 18-iyulida yoshida vafot etadi. U hechqachon-sevgi to'g'risida bitiklar yoki sevgining kutilmagan nohaqliklari haqida yozib o'tmagan. Uning hayoti haqidagi ma'lumotlar hechqachon Jeynning ichki dunyosi, betakror va tezkor aqli to'g'risida ma'lumot beraolmasdi, lekin uning ushbu hususiyati Jeynning barcha asarlarida aks etgandir. Jeyn Ostin ijtimoiy hodisalarni yoqtirar edi, bunday hodisalarda uning ishtroki to'g'risida yozgan xatlaridan bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Xulosa qilib aytganda badiiy asarda milliy urf - odatlarning berilishi to'g'risida har xil tushuncha va konsepsiyalar mavjud. Ushbu nazariya va konsepsiyalar yordamida biz tanlagan asarlarimizda ingliz va o'zbek yozuvchilarining milliy urf odatlarni qanchalar ochib berishkanini oz bo'lsada ko'rib chiqdik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov B. 20 asr o'zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

2. Qo'shjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash san'ati. T.: Fan, 1966.

3. ^aMHHT Ba ннновацнн^ар. 1975 va 1987. Oksford: Oxford University Press.

4. Devlin, D. D. Jeyn Ostin va Ta'lim. London: Makmillan 1975

5. Y.Eshmatova. Istiqlol davri o'zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini. PhD, Dissertatsiya. B- 4.

6. U.Jo'raqulov. Qodiriy va roman tafakkuri. - Toshkent "Nurafshon business" 2020. B -93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.