SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
ZABARDAST ADIB
Nabijonova Rohilaxon Muhiddin qizi
FarDU magistratura bo'limi adabiyotshunoslik:o'zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Abdulla Qodiriy va uning ijodini o 'rganish hamma davrda ham o 'z ahamiyatini yo 'qotmay kelyapti.Adib jadidchilik va ma 'rifatchilik harakatining yirik vakili bo 'lib, Qodiriyning asarlari turli tadqiqotlar manbai bo 'lib kelmoqda.
Kalit so'zlar: Jadid, realistik hikoya, oziq -ovqat komiteti, qahramonlar psixikasi.
The study of Abdulla Qadiri and his work has always had its importance. The writer was a major representative of modernism and enlightenment movement. Qadiri's works have been the source of various studies.
Key words: Jadid, realistic story, food committee, psyche of heroes.
Abdulla Qodiriy nomini bilmagan, uning asarlarini o'qimagan inson bo'lmasa kerak yurtimizda. Chunki ijodkorning barcha asarlari keng omma e'tiboriga tushgan. Hattoki, o'sha paytlarda "O'tkan kunlar" romanini yod olib, yoddan aytuvchi kitobxon-muxlislar ham ko'plab topilgan. Adibning beqiyos me'rosi hozirgi kun kitobsevarlarining ham diqqat markazida bo'lib kelmoqda.1 Qodiriyning adabiyot maydoniga kirib kelishi XX asr boshlarida "Sadoi Turkiston" gazetasida "Yangi masjid va maktab" sarlavhali ixcham xabar maqolasidan boshlandi. Abdulla "Qodiriy", "Qodir", "Julqunboy" taxalluslari bilan ijod qildi. O'sha kezlarda ayni jadidchilik harakati avj olgan payt edi. Qodiriy ham ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suruvchi asarlar yaratishga jiddiy kirishdi. Ijodkorning she'rlarida ham ma'naviy,ham iqtisodiy qoloqlik botqog'iga tushib qolgan Turkistonning ahvoli haqida fikrlar bildirilgan. 1916-yili Abdullaning "Uloqda" hikoyasi e'lon qilindi. Ushbu asar milliy adabiyotimizdagi ilk realistik hikoya hisoblanadi.Undan so'ng "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak mahzumning xotira daftaridan" kabi ko'plab asarlari yaratildi. Nasrdan tashqari nazmda ham barakali ijod qilgan,qator teran mazmunga ega bo'lgan she'rlar yozgan. Misol uchun, "Ahvolimiz", "To'y", "Millatimga bir qaror", "Fikr aylag'il" kabi g'azal shaklidagi she'rlari, "Baxtsiz kuyov" pyesasi, "Juvonboz", "Uloqda"hikoyalarisiz Qodiriy ijodini tasavvur etib bo'lmaydi. Yana yozuvchi "Amir
1 Hojimurodova L.Elim deb,yurtim deb yashagan adib.//Vatanparvar-2007-23-noyabr
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
Umarxonning kanizi", "Namoz o'g'ri" singari romanlarni ham yozmoqchi bo'lgan,lekin yozishga ulgurmagan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qodiriy jadidchilik harakatining yirik vakili edi. Chunki u rus tilini juda yaxshi bilgan va u orqali dunyoning boshqa davlatlarida olib borilayotgan islohotlardan xabardor shaxs hisoblanardi. XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy ahvol juda achinarli holda bo'lgan, 1-jahon urushi ta'sirida Turkistonda ocharchilik holati vujudga kelgan. Hukumat tomonidan oziq-ovqatga kartochka tizimi joriy etilgan va o'lkaning ko'plab hududlarida oziq-ovqat komitetlari tuzilgan.21918-yil 19-apreldan boshlab Abdulla Qodiriy ushbu komitetning yurtimizdagi filialida sarkotib lavozimida ishlay boshlagan. Bu haqda yozuvchining o'zi shunday deydi:"1919 -yil 16-iyunda soat 8.larda kelib Xovos istansiyasida qolduk. Yo'llarda och-yalang'och bolalar,musulmon xotin-qizlari ko'rinadur. Ilmsiz va tarbiyatsiz,ahvoli olamdan xabarsiz musulmonlarning ahvollari ayanch holda ekanlig'in hech kim inkor qilmaydi. Ma'rifatparvar ijodkor yurtdoshlarining bunday og'ir vaziyatda qolishiga shunchaki qarab tura olmagan,o'z asarlari orqali butun Turkistonni ogohlikka va dushmanga qarshi birlashishga chorlagan. Bu fikrimizning isboti sifatida "O'tkan kunlar"romanida Yusufbek hoji tilidan aytilgan :"...agar dushmanga qarshi birlashilmasa,podsho istibdodi Turkistonimizni egallar..." mazmunidagi so'zlar ham isbot etadi.
Qisqa hayot yo'li davomida adib ulkan adabiy xazina qoldirdi. Yozuvchi o'z asarlari orqali kishilarning turli toifalarga ajratilish g'oyalariga qarshi chiqadi.Insonlarning tenglik tendensiyasi asosida yashashlariga tarafdor bo'ladi.Ushbu g'oyalar "O'tkan kunlar"romanidagi Otabek va Hasanali obrazlari orqali ham namoyon bo'ladi, ya'ni bek Hasanalini "qul" emas,balki "ma'naviy ota"sifatida ko'radi,shu sababli Hasanali roziligi bilan Kumushga uylanadi.
Adib obrazlar va personajlar yaratishda real voqealarni shunday asarga kiritib qo'ymaydi, aksincha, ularga badiiy bo'yoqdorlik berib, o'z qarashlari bilan boyitadi. Qodiriy kitobxon psixologiyasini juda yaxshi bilgan. Har bir marosim va urf-odatlarni shunday tasvirlaydiki,ularni ko'z oldiga keltirmaslikning iloji yo'q. Bu esa yozuvchining xalq turmush-tarzini chuqur o'rganganligidan dalolat beradi.
Abdulla Qodiriyning hikoyalari ham o'ziga xos usul va yo'nalishga ega edi.Masalan, "Uloqda" ilk realistik hikoya bo'lib, u bola tilidan hikoya qilinadi. Adib bu asari orqali yurtimiz aholisining mayda turmush-tarzi bilan o'ralashib asosiy maqsad bo'lgan ozodlik,erk tuyg'ulari bir chetga surilganligiga ishora qiladi.3
2 Do'stqorayev B.Sarkotib adibning oziq-ovqat komitetidagi faoliyati haqida.//Ishonch-2007-10-aprel
3 Karim B."Qalbi butun shaxs"//Milliy tiklanish-2005-13-may
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
"Juvonboz" hikoyasida esa Turkiston boylari va bolalari naqadar tubanlashib ketganligiga ishora bor. Turkistonning o'z chirik odatlari -nasha, ko'knori, bachchabozlik, jaholat va boshqalar yetmaganday mustamlakachi rus burjuaziyasi tomonidan "madaniyat" nomi bilan mustamlaka xalqiga qimorxona, alkogol, foxishaxonalar keltiriladi. Insonni ma'naviy tanazzulga olib boradigan bunday holatlar yozuvchi ijodida o'z ifodasini topdi. "Jinlar bazmi" hikoyasi ham o'zgacha talqinda yaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
"O'tkan kunlar"ni yozib tugatgandan keyin ijodkor jurnlistika faoliyati bilan bog'liq bo'lgan qator hajviy asarlar,bahs-munozara ruhidagi hajviy maqolalar yaratdi.Misol uchun, "Kalvak Maxzumning xotira daftaridan", "Toshpo'lat tajang nima deydi" kabi turkum hajviylari xalq ichida ommalashib ketdi.
Qodiriyning "Obid ketmon"qissasi ham o'z davrida juda katta muhokamalarga sabab bo'lgan. Chunki proletar yozuvchilar qissaga "sho'roviy talab va tizimga qarshi zimdan zarba"degan ayb qo'yadilar. Ammo Maqsud Shayxzoda" Obid ketmon "haqida shuni aytish lozimki, u o'zbek qishloqlarini realistik asosda qayta qurish masalasiga bag'ishlangan ilk jiddiy asardir. Muallif mehnatkash dehqon timsoli orqali o'zbek dehqonlari taqdirida ro'y berayotgan ilg'or o'zgarishlarni aks ettirishga harakat qiladi. Bundan so'ng ijodkor "Amir Umarxonning kanizi", "Namoz o'g'ri" kabi romanlar yozishga kirishgani haqida m'lumotlar bor. Afsuski,o'limi tufayli tugallanmay qolgan. Abdulla Qodiriyning vafoti turli tuhmat va ayblovlar natijasi edi4 Buni chuqur anglagan Izzat Sulton 80-yillar oxirida o'zbek romanchiligining asoschisi haqida "Abdulla Qodiriyning o'tkan kunlari" nomli drama yaratadi. Olim Qodiriy hayotida yuz bergan ikki faktni pyesaga asos qilmoqchi bo'ladi va shuning uchun asar 20-yillarning o'rtalari ya'ni adibning qamoqdan ozod qilinishi bilan boshlanib,qamoqqa olinib "xalq dushmani" deb e'lon qilinishi bilan yakunlanadi.
Sho'ro hukumatiga Abdulla Qodiriydek ma'rifatparvarlar faqat ziyon keltirardi, xolos.Shu sababli ijodkor va uning asarlari haqida turli tanqidlar kuchaydi,vaziyat keskinlasha boshladi. Ayniqsa,yozuvchining "Yig'indi gaplar" maqolasi yonib turgan olovga moy quyish bilan barobar edi. Sababi adib rus jamiyatini,uning olib borayotgan qonli siyosatini kalaka qildi. Natijada pichog'ini qayrab turgan jallodlarga Qodiriyni o'limga mahkum qilish uchun bahona topildi.
Yozuvchi asarlaridagi barcha qahramonlar psixikasi o'ziga xos xarakterga ega.Adib personajlarni shunchaki tavsiflab qo'ymasdan,ularning xulq-atvoriga xos bo'lgan sifatlar bilan birga yoritadi. Qahramonlarning o'zaro munosabatlardagi shaxslararo konfliktlarini ijtimoiy sharoit,voqelik va ularning tashqi qiyofasidagi o'zgarishlarga bog'lagan holda tasvirlaydi.
4 Otaxonova M."Abdulla Qodiriyning o'tkan kunlari" dramasi haqida//O'zbek tili va adabiyoti-2004.-N2.-19-22b
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Do'stqorayev B. Sarkotib adibning oziq-ovqat komitetidagi faoliyati haqida.//Ishonch-2007- 10-aprel
2. Karim B."Qalbi butun shaxs'V/Milliy tiklanish-2005-13-may
3. Otaxonova M."Abdulla Qodiriyning o'tkan kunlari" dramasi haqida//O'zbek tili va adabiyoti-2004.-N2.-19-22b
4. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.
5. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION.
Конференции, 1(2).
6. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).
7. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции
8. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the AssociationInstitute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.
9. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature.
Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.
10. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.
11. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.
12. Jo'rayev, H., & Anvarova, D. (2022). Investitsiya, investitsion muhit, jozibadorlik, investorlar huquqi, Investitsiya kodeksi, investitsion ombdusman, moliyalashtirish manbalari, to 'g 'ridan-to 'g 'ri investitsiyalar, mahalliy investitsiya. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 329-332.
13. Sayidolimov, J. B. O. G. L. (2023). AGIOGRAFIK OBRAZLARNING MAZMUN-MOHIYATIDAGI EVRILISHLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 1318-1322.
14. Jo'rayev, H. A., & qizi Maxamadjonova, S. R. (2022). SHEKSPIR TRAGEDIYALARIDA AFORIZMLAR. INTERNATIONAL CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(7), 452-454.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
15. Dehqonova, M., & Qosimov, I. (2022). OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA OBRAZLAR TASVIRI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 317-322.
16. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.