Научная статья на тему 'Выражение национальных традиций в культуре Востока и Запада'

Выражение национальных традиций в культуре Востока и Запада Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
76
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
культура / ценность / предки / национальное достояние / наследство / опыт / индивид. / culture / value / ancestors / national treasure / heritage / experience / individual.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Махлиё Саибназарова

В статье рассматривается культура Востока и Запада, значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а также становление каждого человека как личность только под влиянием общественных отношений того времени. Выявлено также, что исторический опыт, культурное наследие создаются, собираются и передаются из поколения в поколение под влиянием национальных ценностей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Expression of national traditions in the culture of the East and West

The article discusses the culture of the East and the West, the importance of traditions, their value and contribution to the development of the country, as well as the formation of each person as an individual, only under the influence of social relations in that time. It is also revealed that historical experiences, cultural heritage created, collected and passed down from generation to generation under the influence of national values.

Текст научной работы на тему «Выражение национальных традиций в культуре Востока и Запада»

Жамият ва инновациялар -

Общество и инновации -

Science

through time and space

Society and innovations

Journal home page:

https: //inscience.uz/index.php/socinov/index

Expression of national traditions in the culture of the East and

West

Makhliyo SAIBNAZAROVA 1

National University of Uzbekistan

ARTICLE INFO ABSTRACT

Article history: The article discusses the culture of the East and the West, the

Received February 2021 importance of traditions, their value and contribution to the

Received in revised form development of the country, as well as the formation of each

20 February 2021 person as an individual, only under the influence of social

Accepted 15 March 2021

Available online

relations in that time. It is also revealed that historical

experiences, cultural heritage created, collected and passed

15 April 2021

down from generation to generation under the influence of

Keywords: national values.

culture, 2181-1415/© 2021 in Science LLC.

value, This is an open access article under the Attribution 4.0 International

ancestors, (CC BY 4.0) license (https: //creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

national treasure,

heritage,

experience,

individual.

Sharg va g‘arb badiyatida milliy urf odatlar ifodasi

ANNOTATSIYA

Kalit so Zlar: Magolada sharq va g‘arb madaniyati, urf-odatlarning

madaniyat, ahamiyati, ularning qadr gimmati va mamlakat taraqqiyotiga

qadr-qimmat, ‘ . . . ат... а.

ajdodlar, qo‘shgan hissasi, bundan tashqari xar bir kishining individ shaxs

milliy qadriyat, sifatida shakllanishi, faqat o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy

meros, munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan, shuningdek,

tajriba, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to‘plangan va

individ.

avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy

qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanishi ochib berilagan.

1Jecturer, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan.

т о

iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Выражение национальных традиций в культуре Востока

и Запада

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова: В статье рассматривается культура Востока и Запада,

культура, значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а

предки, также становление каждого человека как личность только

национальное достояние, под влиянием общественных отношений того времени.

наследство, Выявлено также, что исторический опыт, культурное

опыт, наследие создаются, собираются и передаются из поколения в

ИНДИВИД.

поколение под влиянием национальных ценностей.

Milliy urf - odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axlog

normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda

mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug iladi, har bir xalq butun

tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda

kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum normada yo'l-yo‘riqlarini yaratadi.

Bu norma va yo'l-yo‘riglar avloddan-avlodga o‘tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va

an‘analarga aylanib goladi.

Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriy o‘zbek

romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, hamda uni

zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaginlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste’dod

sohibi XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rin egallaydi.

Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g‘oya

doimo yaqgqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi ko‘z oldimizda

turgandek tasvir etiladi, bu asarlarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va_ shirali.

Bu asarlarning xalqqa manzur bo‘lgani bejiz emas. Abdulla Qodiriyning prozasi g‘oyatda

hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan xalqning boy va ajoyib tilini g‘oyatda

yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning romanlari go‘zal til bilan yozilgan. U tug‘ma epik

yozuvchi, keng ko‘lamdagi realistik san’atkordir. Abdulla Qodiriy ning 44 yillik umri,

20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta’gqibu tahdidlar ichida o‘tdi.

Rostgo‘’y adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho‘ro vogeligiga

xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko‘rsatishga jazm etdi.

Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum”da

bosilgan “Yig‘indi gaplar” hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun “aksilingilobiy

harakat gilganlik”da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo‘htonlar bilan sudlanadi.

Sudda u mardona turib o’z sha’nini himoya qiladi. “Obid ketmon” gissasi ham sho‘ro

mafkurachilariga ma’qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; “ideologik buzugqliklar va

xatolar’ga to‘la, “siyosiy tutruqsiz” asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy

romanlari esa asosiy ma’nosi — millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg‘usi, mustaqilligi, shaxs

erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi tufayli ham hukmron

mafkuraga zid asarlar bo‘lib chiqdi. Millat ruhini yorgin aks ettirgan, kitobxonlarining

sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho‘ro davri siyosati uchun zararli kitoblar

sifatida keskin qoralandi. 30 yillar o‘rtalariga kelib, qatag‘on kampaniyasi avjiga chiqdi.

Nihoyat, A. Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so‘roq-

tergov, giynogq, xo‘rlikdan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

Qodiriy hibsga olingach, asarlari “zararli” sanalib o‘tda yogqildi, kutubxonalardan yo‘qotildi,

ularni o‘qish taqiglandi.

181

т о

iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Yozuvchining o‘zidan go‘shishi (ruscha aytganda, BbIMbIce1) adabiy asarda katta rol

o‘ynaydi. Lekin men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam hagida hech narsa

yozmayman. Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror vogea sabab

bo‘ladi... Men materiallarni o‘rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish hagida bosh

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

gotirib yuraman. Shuning natijasida men o‘zimcha asarimning juda ham taxminiy

sxemasini tuzib olib, keyin ishga tushaman. Shunday sxema bo‘lmasa, hech qgachon

yozuvga Oo‘tira olmayman deydi u.

Barchamizga ma’lumki, ijodkor o‘zining “O‘tkan kunlar” asari bilan o‘zbek

romanchiligiga salmoqli hissa qo‘shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to‘laqonli

aks ettirish va uni saqlab golishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha

olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib “O‘tkan kunlar” romanida mana shu milliy ruh

nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar gahramonlarining taqdirlarida ham 0‘z

ifodasini topdi[1]. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot,

avallo milliy ruhni aks ettirmog‘i lozimligini bot-bot o‘z nutuqlarida takrorlab Keladilar.

Hozirgi davr adabiblaridan ham o‘zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir

gahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon gilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab

golgan millat esa abadiy yashashini alohida ta’kidlaydilar.

Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida xalq butunlay qoloq va

achinarli ahvolga kelib qolgan edi. Вип! teran anlagan buyuk ma’rifatparvar adiblarimiz

oz harakatlari va yozgan asarlari bilan mudrab yotgan xalqni uyg‘otishga da’vat etar

ekanlar, ularni mavjud mustabid tuzum amaldorlari tomonidan vatan xoini, xalq dushmani

degan tamg‘a bilan Sibrga va mehnat tuzatish lagerlariga yuborilganligini Xamza,

Behbudiy, Fitrat kabi buyuk adiblarimizning asarlarini o‘qib, ularning hayot yo‘llarini

o‘rganish davomida chuqur anglab yetayapmiz. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari ham

aynan ilmga va ma’rifatga chorlovchi asar bo‘lganligi uchun shunday ta’ziqlar ostida qoldi.

Ya’ni, asar dastlab chop etilganda uni kamsitish va buzib talqin etish hollariga yo'l qo‘yildi.

M. Sheverdin asar haqida qarashlarini: “Roman avvalo aholining quyi sinf tabaqasi

to‘g‘risida tasavvur bermaydi. Romanni o‘qir ekanmiz, o‘sha vaqtlarda mehnatkashlarning

ganday kun kechirganlari, ularning ahvoli, mafaatlari haqida biror xulosa chiqara-

olmaymiz. Aksincha Qo‘gon xonligining barcha fuqarolari savdogar bo‘lgan va badavlat

yashagan, deb o‘ylash mumkin” - desa, tangidchi Sotti Husayn “O‘tkan kunlar” hagida

yozgan magolalarida A. Qodiriyni novatorligini payqamay, uni arab yozuvchisi Jo‘rji

Zay donning taqlidchisi deb asossiz ravishda ayblaydi. Professor Sobir Mirvaliyev esa adib

ijodini puxta o‘rganib, xaqiqatdan ham Qodiriy Jo‘rji Zaydonni o‘zining ustozi deb bilganini

alohida ta’kidlab o‘tadi ammo u: “A. Qodiriy iste’dodi, mahorati va tasvirlash uslubi

jihatidan ustozidan anch yugorida edi. Agar J. Zaydon tarixni tavsif etish yo‘lidan borsa,

A. Qodiriy uni tasvirlash, Ko‘rsatish yo‘lidan bordi. U J. Zaydon kabi tarixchi-xronikachi

emas, yozuvchi-san’atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi.

Buning ustiga jo‘rji zaydon romanlari qahramonlari o‘z tili muallif nutqida bir ovozda

harakterga keltirsa, Abdulla Qodiriy romanida realistik epik nasrga xos ko‘p ovozlik

ustivorlik qiladi”, - deydi[2].

1968-yilda Germaniyaning Berlin shahrida “O‘tkan kunlar’ romani “Toshkentlik

sevishganlar” nomi bilan nemis tilida nashr etilgan o‘zbekning shoh asarida obrazlari

orgali taqdir mavzusi juda chiroyli yoritilgan. Aynan bosh gaxramonlarning emas, balki

epizoddagi har bir obrazlar ularning hayot yo'llari va taqdirlari nihoyatta chiroyli va

182

т о

iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

ishonarli qilib tasvirlab berilgan. Bunga biz asarni o‘qish jarayonida amin bo‘lamiz. Yana

bu roman shunisi bilin ham ahamiyatliki, asarda milly tarovat ufurib turadi. Bu xususiyat

obrazlarning ichki va tashqi giyofasida ham, peyzaj va sujet tasvirida ham yaqqol ko‘rinadi.

Romanda ifodalangan milliy tarovat asar ta’sirligini kuchaytirishga xizmat qgiladi.

Shuningdek, kitobxonga xalqimizning urf - odatlari, rasm - rusumlari, mehmon kutish,

to‘y qilish kabi marosimlariga oid juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlar beradi Esimni

tanibmanki, har doim Kumushning guzal xislatlarini gizlarga o‘rnak qilib kelinadi. Agar

kimning uyida qiz farzand dunyoga kelsa unga albatta Kumushbibi erkalatib Kumushoy

deb ism qo‘yishadi. Bu ham bo‘lsa Kumushga bo‘lgan cheksiz muhabbatdan nishonadir.

Ammo meni bir narsa doimo giynaydi nega hech birimiz Zaynabga havas gilmaymiz?

Zaynabni Kumushning achchig qismatida birinchi galdagi aybdor shaxs sifatida bilamiz-u,

lekin hech o‘ylab ko‘rganmizmi aslida “achchiq gismat” kimning taqdiri? Zaynabning

emasmi!? Aslida u emasmi jabirdiyda!?

“O‘tkan kunlar” shunday sehrli asarki, uni har o‘giganimizda xulosalarimiz o‘zgarib

boradi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar o‘gisa bolalarcha tushunadi, uni sal ulg’ayib o'z

shaxsiy fikriga ega bo‘lganda o‘gisa ya’ni, kasb- hunar kollej, akademik litsey va оПу идиу

yurtlari talabalari yoshiga yetganda yana bir marotaba mutolaaga kirishishsa, asar va

uning qahramonlari haqidagi qarashlari butunlay bo‘Imasada, qisman o‘garadi. Mening

o‘zimda ham shunday holat yuz bergan. Maktabda o‘qib yurga kezlarimda ko‘pgina

tengqurlarim gqatori Kumushni sevib, Zaynabni mutlog qoralaganman. Kumushning yosh

umri uvol bo‘lishiga, uning taqdiri shu yusunda zavol topishida faqat va faqat Zaynabni

aybdor deb bilganman. O‘sha kezlarda mening bu fikrimni xech narsa, xech qachon

o‘zgartira olmasdi. Birog yaqinda o‘qib, Zaynabni ham tushunish kerak, Kumushning

o‘limida faqatgina u aybdor emas, bunda tantig gizning o‘zi va majnun oshiq Otabek ham

qaysidir ma’noda sababchidir degan xulosaga keldim va meni qiynayotgan savollarga

o‘zimcha javob topgandek bo‘ldim. Yo‘g, o‘zi aslida kimnidir qoralab, kimnidir yoglay

olmaymiz chunki bu - taqdir. Taqdirni esa biz emas, uni eng qudratli zot - Olloh belgilaydi.

Ammo shunday bo'‘lsada, uni qay yo‘lga burilishida gaysidir ma’noda o‘zimiz sababchi

bo‘lamizda, keyin taqdirim shu ekan deb, ko‘nib qo‘ya qolamiz. Aslida taqdirimizdagi salbiy

o‘zgarishlarga sabab, o‘zimizning oxirini o‘ylamasdan gilgan xatti-harakatlarimizdir.

O‘z asarlarida mana shunday xalqining milliy urf - odatlarni aks ettirgan mashxur

ingliz yozuvchilaridan biri bu Jeyn Ostindir. Jeyn Ostin ingliz yozuvchisi, kundalik hayotda

oddiy odamlarga munosabati bilan birinchi marta romanga o‘zining aniq zamonaviy

xarakterini bergan. U hayoti davomida to‘rtta romanini nashr etgan: Tuyg‘u va sezgirlik

(1811), Gurur va Andisha (1813), Mansfild Park (1814) va Emma (1815). Ularda va

“Ishontirish” va “Northanger Abbey’da u 19-asrning boshlarida inglizlarning o‘rta sinf

hayotini yorgin aks ettirgan. Uning romanlari davrning odob-axloq romanini belgilab

berdi, ammo ular o‘limidan ikki asr o‘tib tangidiy va ommabop yutuqlar bo‘lib goladigan

abadiy klassikaga aylandilar.

Jeyn Ostinning asarlari o‘ziga xos adabiy uslubi parodiya, burlesk, kinoya, erkin

bilvosita nutgq va realizm darajasining kombinatsiyasiga asoslanadi. U asarlarida komediya

effekti va 18-asr sentimental va gotik romanlaridagi ayollar obrazini tangid qilish uchun

parodiya va burleskdan foydalanadi[4].

183

о

Ц Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Uning asarlari ham A. Qodiriy asarlaridagidek asosan ta’limga bag‘ishlangan. Ostin

19-asr boshlarida adabiyotda keng tarqalgan rasmiy axloqiy qoidalardan voz kechgan

bo‘lsa-da, uning asarlarining asosiy mavzusi odob-axlogq, jamiyat oldidagi burch va diniy

jiddiylik bilan ajralib turadi. Romanlarida feministik mavzularni gay darajada aks

ettirganligi olimlar tomonidan keng muhokama gilingan. Ostinning deyarli barcha asarlari

18-asr oxiri va 19-asr boshlari ayollari duch kelgan xavfli iqtisodiy vaziyatni o'rganadi.

Jeyn Ostinning uchta dastlabki romani xarakterli va jamiyatning kulgili tasvirida

adabiy satiraning kuchli elementi bilan ajralib turadigan alohida guruhni tashkil etadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ular “Sense and Sensibility” “Pride and Prejudice” va “Northanger Abbey”. “Sense and

Sensibility” qashshoq Dashvud opa-singillari hagida hikoya qiladi. Marianne - “sezgirlik”

ning qahramoni, ya‘ni ochiglik va g‘ayrat. U romantik oshiqga o‘xshab ko‘rinadigan, ammo

aslida vijdonsiz boylik ovchisi bo‘lgan jozibali Jon Uillobi bilan sevishib goladi. “Pride and

Prejudice” gishlog janoblarining qizi Elizabeth Bennet va boy va aristokratik yer egasi

Fitsvilliam Darsi o'rtasidagi to‘qnashuvni tasvirlaydi. Ostin ularni bir-biriga qiziqishini

ko‘rsatsa-da, u “birinchi taassurotlar” konventsiyasini o‘zgartiradi. Oxir oqibat, ular sevgi

va o‘z-o'zini anglashda birlashadilar. Aqlli va yuksak ruhiy Yelizaveta Jeyn Ostinning

barcha gahramonlari orasida eng sevimlisi edi va ingliz adabiyoti bilan eng ko‘p

shug‘ullanadiganlardan biri. “Northanger Abbey” odobli jamiyatning an’anaviy roman-

laridagi kinoyani gotik terror haqidagi ertaklarni tasvirlaydi.

Osten o‘zining oltita yirik romanida o‘z davridagi Angliyada o‘rta sinf hayotining

odob-axlog komediyasini yaratib, “maishiy” imkoniyatlarini ochib berdi. Uning yosh

ayolning turmushga bo‘lgan muhabbat yo'li orqali o‘zini o‘zi Kkashf etish uchun gilgan

sayohati haqidagi takroriy afsonasi hayotning osongina tanib bo'ladigan tomonlariga

garatilgan.

Uning xarakterlari va shaxsiyati hamda uning gahramonlari va ularning jamiyati

o‘rtasidagi ziddiyatlarga bog‘liq bo‘lgan bu kontsentratsiya uning romanlarini XVIII asr

an’analariga qaraganda zamonaviy dunyoga ko‘proq bog‘laydi. Aynan mana _ shu

zamonaviylik, uning nasriy uslubidagi zukkolik, realizm va zamonsizligi bilan birga,

uning zukko, xushchaqchaq hamdardligi va shu gadar mohirlik bilan hikoyalarda, juda

chiroyli qurilgan romanlarni mamnuniyat bilan davom etishini tushuntirishga yordam

beradi. Har xil turdagi o‘quvchilar uchun. Zamonaviy tanqidchilar romanlarning

buyrugbozlik tuzilishi va tashkil etilishi, yozuvchiga voqealar va sozlamalar shunchaki

odatiy va shu qadar maxfiy bo‘lgan vogealarda mavjudlik tragikomediyasini ochib

berishga imkon beradigan texnikaning g‘alabalaridan hayratda qolmoqdalar.

Jeyn Ostinning yozgan asarlari ajoyib va betakror bo‘lgani bilan uning shaxsiy hayoti

havas giladigan darajada emas agar biz unga chuqurroqg nazar solsak. Hozirgi kunda

Jeynning asarlariga ganchalik darajada qiziqish kuchli bo‘lsa uning hayotiga bo‘lgan

qiziqish ham shunchalik darajada kuchli. Uning yashab faoliyat olib borgan zamoniga

nazar soladigan bo‘lsak uning yozuvchilik faoliyatidagi birinchi to‘rtta asari anonim tarzda

chop etilganligini ko‘ramiz, ushbu ma’lumotlar hali ham saqlanadi uning singlisi

Kassandraning yozgan xatlari hali ham mavjud va keyinroq uning jiyani J.E. Ostin Ley

tomonidan 1869-yilda yozilgan Jeyn Ostin Xotirasiga bag‘ishlangan xotira nomli

yodnomasida yozib o'tilgan[3].

U o‘zining Ishonch nomli asarida ushbu jamiyat o‘zgarishlari to‘g’risida juda ajoyib

tarzda tasvirlab o‘tgan. Jeyn 1817-yilning 18-iyulida yoshida vafot etadi. U hechqachon

184

о

Ш] 5чепсе Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

ным Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

sevgi to‘g‘risida bitiklar yoki sevgining kutilmagan nohaqliklari haqida yozib o‘tmagan.

Uning hayoti hagidagi ma’lumotlar hechqachon Jeynning ichki dunyosi, betakror va tezkor

aqli to‘g'risida ma’lumot beraolmasdi, lekin uning ushbu hususiyati Jeynning barcha

asarlarida aks etgandir.

Jeyn Ostin ijtimoiy hodisalarni yoqtirar edi, bunday hodisalarda uning ishtroki

to‘g’risida yozgan xatlaridan bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Xulosa gilib aytganda badiiy asarda milliy urf - odatlarning berilishi to‘g‘risida har

xil tushuncha va konsepsiyalar mavjud. Ushbu nazariya va konsepsiyalar yordamida biz

tanlagan asarlarimizda ingliz va o‘zbek yozuvchilarining milliy urf odatlarni qanchalar

ochib berishkanini oz bo‘lsada ko‘rib chiqdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Karimov B. 20 asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriy-

shunoslik misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002.

2. Qo‘shjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati. T.: Fan, 1966.

3. Butler, Merilin. Jeyn Ostin va g‘oyalar urushi. 1975 va 1987. Oksford: Oxford

University Press.

4. Devlin, D. D. Jeyn Ostin va Ta’lim. London: Makmillan 1975.

185

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.