Научная статья на тему '“SHARQ TARONALARI” FESTIVALINING O’ZBEK MUSIQA MADANIYATIGA TA'SIRI'

“SHARQ TARONALARI” FESTIVALINING O’ZBEK MUSIQA MADANIYATIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
25
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq Taronalari festivali / o’zbek musiqa madaniyati / musiqiy meros / madaniy almashinuv / ijodiy rivojlanish / Samarqand / turizm / iqtisodiy foyda / xalqaro tajriba almashinuvi / madaniy aloqalar va hamkorlik.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hamdamova Sabina Utkurovna

O’zbekiston musiqa festivallari orqali boy madaniy merosini namoyish etib, milliy va xalqaro miqyosda musiqa san’atining rivojlanishiga hissa qo’shmoqda. “Sharq Taronalari” festivali o’zbek madaniyati yuksalishiga katta xizmat qilmoqda. Maqolada festivalning o’zbek musiqa madaniyatiga ta'siri, uning maqsadi va hozirgi kundagi rivoji haqida fikr yuritdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SHARQ TARONALARI” FESTIVALINING O’ZBEK MUSIQA MADANIYATIGA TA'SIRI»

SHARQ TARONALARI" FESTIVALINING O'ZBEK MUSIQA MADANIYATIGA TA'SIRI

Hamdamova Sabina Utkurovna

O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti Estrada xonandaligi kafedrasi o'qituvichisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 24- June 2024 yil Nashr qilindi: 28- June 2024 yil

O'zbekiston musiqa festivallari orqali boy madaniy merosini namoyish etib, milliy va xalqaro miqyosda musiqa san'atining rivojlanishiga hissa qo'shmoqda. "Sharq Taronalari" festivali o'zbek madaniyati yuksalishiga katta xizmat qilmoqda. Maqolada festivalning o'zbek musiqa madaniyatiga ta'siri, uning maqsadi va hozirgi kundagi rivoji haqida fikryuritdik.

KEY WORDS

Sharq Taronalari festivali, o'zbek musiqa madaniyati, musiqiy meros, madaniy almashinuv, ijodiy rivojlanish, Samarqand, turizm,

iqtisodiy foyda, xalqaro tajriba almashinuvi, madaniy aloqalar va hamkorlik.

O'zbekiston boy madaniyati va musiqiy merosi bilan mashhur. Mamlakatimizda har yili turli musiqa festivallari o'tkazilib, ular milliy musiqani targ'ib qilish, xalqaro san'atkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Quyida O'zbekistonda o'tkaziladigan muhim musiqa festivallari haqida ma'lumot beriladi.

O'zbekistonning xalqaro madaniy hayotida alohida o'rin egallagan "Sharq Taronalari" festivali sharqona musiqa va san'atning boy merosini namoyish etish va rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu festival, o'zbek musiqa madaniyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, milliy va xalqaro miqyosda ko'plab yutuqlarga erishdi. 1997-yildan buyon Samarqand shahridagi Registon maydonida har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinayotgan ushbu festival dunyoning turli mamlakatlaridan eng iste'dodli xonandalar, raqqosalar va sozandalarni jamlaydi. "Sharq taronalari" YUNESKO xalqaro madaniy tadbirlari ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, O'zbekiston va uning madaniyati va merosi haqida ko'proq ma'lumot olishni istaganlar uchun mashhur tadbirdir. Festival ilk marotaba o'tkazilganda jahonning 32 mamlakatidan kelgan vakillar ishtirok etgan. Ushbu xalqaro festivalda o'z xalqi va madaniyati vakillari ishtirok etadi. "Sharq taronalari" ochiq osmon ostidagi sahnada, eng so'nggi zamonaviy yorug'lik jihozlari va ovoz aparatlari bilan jihozlangan, o'rta asr yodgorliklari bilan o'ralgan holda o'tkaziladi. Festivalda spektakllardan tashqari, ishtirokchilar, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari uchun ko'rgazma va konferensiyalar ham mavjud. Faxriy mehmon sifatida 3 ta yirik xalqaro tashkilot: YUNESKO, MDH, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlari vakillari, xorijiy tashkilotlar va boshqa yuqori martabali mehmonlar fetivalga tashrif

buyuradilar. Festivalga tashrig buyurgan mahalliy va chet ellik mehmonlar an'anaviy o'zbek kiyim-kechaklari va cholg'u asboblari ko'rgazmalariga tashrif buyurib va festival yakunida barcha nomzodlar va g'oliblar chiqish qiladigan gala-konsertda ishtirok etadilar. „Sharq taronalari" butun bir hafta davom etadi, bu Registonni butunlay yangicha his qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Festivalning tarixi va maqsadlari.

"Sharq Taronalari" festivali 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti IAKarimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi sharq xalqlari musiqasini targ'ib qilish, milliy madaniyatlarni o'zaro boyitish va dunyo xalqlari o'rtasida do'stlik rishtalarini mustahkamlashdir. Festival davomida turli davlatlardan kelgan san'atkorlar o'z milliy musiqalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Festivalda professional va havaskor ijodiy jamoalar hamda yakkaxon xonanda va sozandalar ishtirok etishi mumkin. Ijro etiladigan asarlar quyidagi yo'nalishlardan birini o'z ichiga olishi lozim bo'ladi:

1. Xalq musiqa ijodiyoti (qo'shiq yoki kuy);

2. An'anaviy mumtoz musiqa;

3. Zamonaviy milliy ashula va cholg'u musiqasi.

Ijro dasturining umumiy davomiylgi 15 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha yo'nalishlardagi ijrolar jonli tarzda bo'lishi shart.

Festivalning o'zbek musiqa madaniyatiga ta'siri.

1. Milliy musiqaning rivoji: "Sharq Taronalari" festivali o'zbek milliy musiqa san'atining rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Festivalda ishtirok etgan o'zbek musiqachilari milliy va zamonaviy kuylarni ijro etish orqali o'z mahoratlarini oshiradilar va xalqaro sahnalarda tanilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. "Sharq Taronalari" festivali madaniy innovatsiyalarning rivojiga yangi yo'nalishlar va uslublarni kashf etishga imkon yaratadi. Turli xalqlarning musiqiy madaniyati bilan tanishish orqali o'zbek musiqachilari yangi ijodiy g'oyalar oladilar. Festival o'zbek milliy musiqasini xalqaro miqyosda targ'ib qilishga katta hissa qo'shadi. O'zbek san'atkorlari festivalda ishtirok etish orqali o'z milliy musiqa va raqslarini dunyoga namoyish etadilar.

2. Xalqaro tajriba almashinuvi: Festival doirasida o'tkaziladigan konsertlar va mahorat darslari o'zbek musiqachilariga xalqaro san'atkorlar bilan tajriba almashish, yangi usullar va ijro texnikalarini o'rganish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida milliy musiqaning boyishiga va yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishiga zamin yaratadi.

3. Madaniy aloqalar va hamkorlik: Festival doirasida turli mamlakatlar vakillari o'rtasida o'rnatiladigan madaniy aloqalar va hamkorliklar o'zbek musiqasini dunyo miqyosida targ'ib qilish va tanitishda muhim rol o'ynaydi. Bu hamkorliklar orqali o'zbek musiqachilari xorijiy davlatlarda gastrol safarlari tashkil etish, xalqaro musiqiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

4. Turizm va iqtisodiy rivojlanish: "Sharq Taronalari" festivali Samarqand shahrining xalqaro miqyosda tanilishiga va turizm sohasining rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Festivalga tashrif buyurgan sayyohlar nafaqat o'zbek musiqasidan bahramand bo'lishadi, balki mamlakatning madaniy va tarixiy merosi bilan ham tanishadilar. Bu esa o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekistonning musiqa festivallari milliy madaniyatni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni

mustahkamlash va madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish maqsadida muhim rol o'ynaydi. Ushbu tadbirlar nafaqat musiqiy ijodkorlar uchun, balki barcha madaniyat ixlosmandlari uchun ham katta qiziqish uyg'otadi. O'zbekiston musiqa festivallari orqali boy madaniy merosini namoyish etib, milliy va xalqaro miqyosda musiqa san'atining rivojlanishiga hissa qo'shmoqda. "Sharq Taronalari" festivali O'zbekistonning musiqiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, milliy musiqa san'atining rivoji va xalqaro miqyosda tanilishiga katta hissa qo'shmoqda. Festivalning milliy va xalqaro miqyosdagi yutuqlari o'zbek musiqa madaniyatining boyishi va yangi ijodiy yo'nalishlarning paydo bo'lishiga xizmat qilmoqda. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonning madaniy va iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Hozirda festivalning nufuzi tobora ortib, ishtirokchilari doirasi ham tobora kengayib bormoqda. ko'plab mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, mashhur san'at namoyandalari unda qatnashishni o'zlari uchun sharaf deb biladi. 1997 yilda o'tkazilgan birinchi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo'lsa, keyingi o'tkazilgan festivallarda 75 ta davlatdan 340 nafar vakil qatnashgani ham shundan darak berib turibdi. Hozirgi kunda san'atkorlar ham, musiqa san'ati ishqibozlari ham "Sharq taronalari"ni sog'ingan. Shu kungacha 80 dan ortiq mamlakat san'at vakillari nufuzli festivalda ishtirok etish istagini bildirgan. "Sharq taronalari" jahon xalqlari milliy musiqa san'atida erishilgan yutuqlarni asrash va rivojlantirishda beqiyos o'ringa ega, qolaversa, san'at orqali xalqlar o'rtasida do'stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, insonlarni ezgu g'oyalar atrofida jipslashtirish, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, xalqaro ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim omil bo'lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoni.

2. Mirziyoev Sh.M. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini to'grisidagi farmoni.

3. Mirziyoev Sh.M. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. 2019 yil.

4. Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

5. Ibragimov O. "O'zbek musiqa ijodi". 1990 y

6. www.madaniyat.uz sayti

7. www.lex.uz sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.