Научная статья на тему 'O‘ZBЕK MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI VA DUNYO'

O‘ZBЕK MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI VA DUNYO Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
45
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUMTOZ MUSIQA / MAQOMLAR / SAN’ATKORLAR / XALQARO FESTIVAL / GASTROL

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shomurodova M.A.

Dunyodagi har qanday davlat o‘zining milliy musiqasini boshqalarga tanitishni istaydi. Albatta ularning har biri o‘ziga xos bo‘lib, o‘sha davlatning milliyligini aks ettirib turadi. O‘zbek mumtoz musiqa san’ati dunyodagi barcha xalqlarning musiqa san’atidanda boy va mukammal yaratilgan bo‘lib, asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Mumtoz musiqa san’atimiz o‘zbek xalqining yuksak ilm egasi ekanidan dalolat beradi. Bir necha yillar davomida san’atini dunyoga tanitish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dunyoga taniqli san’atkorlar ham mumtoz musiqa san’atimizga qiziqish bildirib kelmoqdalar. Ushbu maqolada yuqoridagi fikrlar batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ART OF UZBEK CLASSICAL MUSIC AND THE WORLD

Every country in the world wants to make its national music recognizable to others. Of course, each of them is unique and reflects the nationality of this state. Uzbek classical music art is rich, beautifully created and passed down from generation to generation for centuries. Our art of classical music testifies to the high scholarship of the Uzbek people. For many years, a lot of work has been done to popularize this art in the world. At the same time, world-famous artists are also showing interest in our art of classical music. This article describes the above points in detail.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕK MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI VA DUNYO»

Shomurodova M.A.

Yu.Rajabiy nomidagi MMSI "Maqom xonandaligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

O'ZBEK MUMTOZ MUSIQA SAN'ATI VA DUNYO

Annotatsiya. Dunyodagi har qanday davlat o'zining milliy musiqasini boshqalarga tanitishni istaydi. Albatta ularning har biri o'ziga xos bo 'lib, o'sha davlatning milliyligini aks ettirib turadi. O'zbek mumtoz musiqa san'ati dunyodagi barcha xalqlarning musiqa san'atidanda boy va mukammal yaratilgan bo'lib, asrlar osha avloddan avlodga o 'tib kelmoqda. Mumtoz musiqa san'atimiz o'zbek xalqining yuksak ilm egasi ekanidan dalolat beradi. Bir necha yillar davomida san'atini dunyoga tanitish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dunyoga taniqli san'atkorlar ham mumtoz musiqa san'atimizga qiziqish bildirib kelmoqdalar. Ushbu maqolada yuqoridagi fikrlar batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, maqomlar, san'atkorlar, xalqaro festival, gastrol.

Shomurodova M.A. senior teacher Department of "Maqom singing".

MMSI in the name of Yu. Rajabi

THE ART OF UZBEK CLASSICAL MUSIC AND THE WORLD

Summary. Every country in the world wants to make its national music recognizable to others. Of course, each of them is unique and reflects the nationality of this state. Uzbek classical music art is rich, beautifully created and passed down from generation to generation for centuries. Our art of classical music testifies to the high scholarship of the Uzbek people. For many years, a lot of work has been done to popularize this art in the world. At the same time, world-famous artists are also showing interest in our art of classical music. This article describes the above points in detail.

Keywords: classical music, makoms, artists, international festival, tour.

O'zbek mumtoz musiqa san'ati qadimiy bo'lish bilan birga o'zining ko'rkamligi, salobati, mukammalligi bilan butun dunyo e'tirofidagi buyuk xazinamiz sanaladi. Uning jozibasi va betakror ohanglari hamisha xorijliklarni o'ziga jalb etib kelgan. Nafaqat xorijlik tinglovchilar, balki xorijlik san'at ahli ham o'zbek milliy musiqalariga katta qiziqish bildirib kelmoqdalar. Xorijlik san'atkorlarning o'zbek musiqalariga bo'lgan qiziqishlari, mehru muhabbatlarini

biz ularning yurtimizda o'tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari" xalqaro festivallari, Xalqaro maqom san'at anjumani kabi yirik tadbirlarimizdagi ishtiroklaridan bilishimiz mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning bir qancha saytlarida, jurnal va gazetalarda o'qishimiz, ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, o'zbek milliy musiqa san'ati dunyo sahnalarida namoyish etila boshlanganidan so'ng xorijlik san'atkorlar ham uni o'rganishga xarakat qila boshladilar. Ular orasida mashxur xorijlik xonandalar ham, sozandalar ham, olimlar ham bor.

O'zbek san'atkorlari dunyo bo'ylab milliy san'atimizni, mumtoz musiqalarimizni dunyo ahliga namoyish etib kelmoqdalar va bu borada ularning erishayotgan yutuqlarini alohida e'tirof etish joiz. Birgina 1935 yilning 17-19 iyul sanalarida Angliyaning London shahrida o'tkazilgan xalq raqslarining xalqaro festivalida ishtirok etib, unutilmas yutuqlarni qo'lga kiritib yurtimizga qaytgan ustoz san'atkorlarimiz To'xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov, Usto Olim Komilov va Tamaraxonimlarning faoliyatini xayajon bilan eslamaslikning iloji yo'q. [2. 36 b.] 3 kun mobaynida bu san'atkorlarimiz o'zbek xalqining milliy kiyimlari bilan birgalikda go'zal san'atini ham o'ta mohirlik va betakror go'zallik bilan taqdim etdilar. Sahnaga qirolicha Mariyaning shaxsan o'zi chiqib o'zbek san'atkorlarini qutlab oltin medal bilan taqdirlagan va Usto Olim Komilovning mahoratini alohida e'tirof etgan. Ma'lum bo'lishicha qirolicha Usto Olim Komilovning barmoqlariga hayrat bilan nazar solar ekan uning qo'llarini ushlab ohista yonog'iga bosgan ekan. [4. 1 b.] Qirolicha Mariya Usto Olimning mo''jizakor panjalardan gipsga nusxa olib, London muzeyiga qo'yishga farmon bergan. O'zbek san'atkorlariga qoyil qolgan qirolicha o'z qo'li bilan festivalning oltin medalini taqib qo'yadi. Usto Olim Komilovning bu panja nusxasi hozirgacha London muzeyida saqlanmoqda.

Bu voqeadan keyin ham o'zbek san'atkorlari dunyo sahnalaridan bir necha marotaba o'z san'atlarini namoyish qildilar, millionlab yuraklarni zabt etdilar. Ayniqsa bugungi kunda yosh xonandayu, sozandalarimizning xorijda taqdim etayotgan ijod namunalari tufayli qo'lga kiritayotgan yutuqlari qalbimizni fahr va iftihorga to'ldiradi.

O'z navbatida xorijlik san'atkorlar ham o'zbek musiqasini o'rganish istagini bildirib kelmoqdalar, bunga ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etilayotgan kontentlar yorqin misol bo'la oladi. YouTube ijtimoiy tarmog'ini kuzata turib britaniyalik xonanda, shoira va aktrisa Djos Stoun bilan Yu.Rajabiy nomidagi MMSI "Maqom xonandaligi" kafedrasi dotsenti, xonanda Shavkat Matyoqubovning birgalikdagi ijrosiga [5. 1 b.] ko'zim tushdi. Video 2018 yilda tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqqa joylangan bo'lib, unda Abduxoshim Ismoilov tomonidan Alisher Navoiyning "Tuyuq"iga bastalangan asar duet tarzida ijro etilgan. Djos Stoun YouTube ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy saytidagi bu ijroning videotasviri ostiga shunday so'zlarni ham qo'shib yozgan: "Biz go'zal O'zbekistonga tashrif buyurdik va bu yerda Shavkat Matyoqubov va uning guruhi bilan tanishdik. Biz kuylagan qo'shiq 15- asrda yashab ijod etgan, turkiy xalqlar shoiri Alisher Navoiy so'zlari bilan aytiladi va "Tuyuq" deb nomlanadi. Ijro

etganimiz bu asar juda noyob bo'lib, o'tmish ruhini bizga taqdim etadi va bu juda ajoyib edi. Bu yerda to'liq videoni tomosha qiling, Sizga yoqadi degan umiddaman..." (Whilst in Uzbekistan, we met up with the lovely Shavkat Matyakubov and his band who sing with many types of traditional musical instruments from Uzbekistan, which produce a variety of melody and sounds. The song we sang is called "Tujuk" which is from a 15th-century poet called Alisher Navoi. It was wonderful to get into the spirit of singing a song from the past that has a unique story to tell. Here is the Full video, please share if you like...). Djos Stounning o'zbek milliy musiqasiga bildirgan qiziqishi va birgina mana shu ijrosi dunyoning minglab tomoshabinini o'zbek milliy musiqa san'ati bilan tanishishiga sabab bo'ldi. 411 ming kuzatuvchisiga ega bo'lgan san'atkorning shaxsiy blogida Abduxoshim Ismoilov tomonidan Alisher Navoiyning "Tuyuq"iga bastalangan asar ijrosi tasvirlangan video 23 ming kuzatuvchi tomonidan tomosha qilingan. Umuman olganda britaniyalik xonandaning o'zbek milliy musiqasiga bo'lgan qiziqishi va uni o'rganishga, ijro etishga bo'lgan ishtiyoqi har bir o'zbekning qalbini to'lqinlantirishi shubhasiz.

Mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov: "Biz milliy musiqamizga ko'proq e'tibor qilishimiz lozim, chunki biz bu noyob durdonalarimizni dunyo miqyosiga olib chiqishimiz kerak. Yevropa madaniyatini rivojlantiruvchi davlatlar talaygina, lekin bizni san'atimizni faqatgina o'zimiz rivojlantira olamiz." deb, jon kuydirganlar. Bunga sabab, aslida yangi yosh avlod musiqa ijrochilarini kashf etish, jonlantirish, asrlar osha bizgacha kelayotgan maqom san'atini targ'ib etishdir. Bundan tashqari bu san'atni dunyo miqiyos iga olib chiqib, milliy musiqamiz ohanglarini tanitish kabi maqsad qo'yilgan. Qolaversa, 2017 yil 17 noyabrdagi Prezidentimiz Mirziyoyev Shakat Miromonovichning "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarori maqom san'atimizni e'zozlash, uning istiqboli haqida g'amxo'rlik qilishga qaratilgan muhim qadam bo'ldi. Qarorga muvofiq, o'zbek milliy maqom markazining tashkil etilganligi, bu qadimiy san'atimizni yanada yuksaltirish chora-tadbirlari tasdiqlangani maqom san'atini yuksaklikka ko'tarish, uning xalqaro miqyosda nufuzini, xalqimizning maqomga bo'lgan ixlosi, mehrini oshirishga xizmat qiladi.

Yurtimizda milliy musiqa ijrochilarilaridan tuzilgan ansambllar mavjud bo'lib, ularning barchasi o'zbek mumtoz san'atini kelajak avlodga asl holida yetkazishga va uni dunyoga tanitishda jonbozlik ko'rsatmoqdalar. Ammo ular orasida eng nufuzli va otaxon ansambl borki u Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblidir. Ansamblda milliy san'atimiz namunalaridan uch voha maqomlari, xalq ijodiyoti namunalari, bastakorlar asarlarini qayta tiklab, O'zMTRK oltin hazinasiga video hamda audio yozuvlar sifatida muhrlashga muvaffaq bo'lishdi. Bundan tashqari 1978, 1987 yillarda Samarqand shahrida bo'lib o'tgan simpoziumlarida ansambl muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 1979 yili Tojikiston maqom festivali, 1980 yili Ozarbayjonda bo'lib o'tgan "Mugam" festivallarida O'zbek milliy san'atidan horijlik maqom shinavandalarini

bahramand etishdi. [3. 151 b] Deyarli, barcha "Sharq taronalari" festival ko'rik-tanlovida ko'pgina xonandalarga jo'rnavozlik qilishgan. Jumladan: "Sharq bulbuli", O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Nasiba Sattorova, O'zbekiston xalq hofizlari Soyib Niyozov va Abdunabi Ibrohimov. Bundan tashqari har safar Maqom ansambli festivalning ochilishida o'z san'atini jonli ijroda namoyish etadi. Mustaqillik va Navro'z shodiyonalari va ko'plab davlat tadbirlarida barcha xonandalar musiqalarini boyitib jo'rnavozlik qilishi barchaga ma'lum. Umuman olganda Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansamblining mumtoz asarlarimiz, maqomlarimizni dunyoga tanitish borasidagi xizmatlari beqiyos.

Mamlakatimizda san'at rivojlanib bormoqda bunga shak shubha yo'q! bizga Yevropadan kirib kelgan san'at turlari estrada, akademik vokal, orkestr va xor ijrochiligi kabi san'at turlari o'ta rivojlanib, hatto Yevropa bu borada bizga havas qilsa arziydi. Bizni dunyo mamlakatlari iqtidorli yoshlari ko'p, Yevropa klassikasini mohirona ijrochilari sifatida yaxshi tanishadi. Bizning milliy san'atimiz borligini va bu san'at dunyoning barcha klassikasini bir qo'shganda ham saviyasi yuksak san'atimiz borligini afsuski ko'pchilik bilmaydi. Bu ular uchun faqatgina qog'ozlarda mavjud yoki bizni yurtimizda ilgari yashab ijod etib, hozirgi kunda AQSH, Isroil va boshqa davlatlarga ko'chib ketgan Buxoro yoxudiylari bilan ketgan deb o'ylaydi. [1. 109 b] Darhaqiqat, professor Otanazar Matyoqubov yozganlaridek, o'zbek maqom san'atiga bugungi kunda butun dunyo havas ila qaramoqda. Maqomlarimizdek zabardast asarlari ko'p bo'lgan yurt dunyoda topilmaydi. Bunga juda ko'plab ilmiy va amaliy izlanishlar guvohlik bermoqda. Bu asarlarimizning ijrochilarini yanada yoshartirmoq va aynan yoshlar ijrosida yanada ko'proq xorijliklarga tanitish zamoni keldi. Buning uchun esa davlatimiz tomonidan juda katta sharoitlar yaratib berilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanayotgan yoshlarimizga omadlar tilab qolamiz!

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O.Matyoqubov "Maqomot" Toshkent 2004 yil

2. Tamara Xanum. Moya jizn. Vospominaniya o sebe i vidayushixsya deyatelyax iskusstv Uzbekistana. Pod redaksiyey L. Avdeyevoy, Tashkent, izdatelstvo Natsionalnoy biblioteki Uzbekistana imeni A. Navoi, 2009 god.

3. O'zbekiston davlat konservatoriyasi. Yilnoma 2013. O'zgaruvchan siyosiy-madaniy muhitda musiqa va musiqachilarning o'rni. Toshkent - 2014.

4. https://www.caa-network.org/archives/18318

5. https://youtu.be/90clqoHarz0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.