Научная статья на тему 'DOIRA MUSIQA CHOLG‘U ASBOBINI IJROCHILIKDA O‘RNI'

DOIRA MUSIQA CHOLG‘U ASBOBINI IJROCHILIKDA O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
675
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Urma zarbli cholg‘u / bambuk / qamish / surnay / qo‘shnay / xushtak / shiqildiroqlar / arfa / lira kifaralar / doira / rubob / gijjak / qobuz / karnay / nog‘ora / chindovul / qayroq / safoil / reznog‘ora / dul

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Rahmonov, Abdusalom Soliev

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘uchilik san’ati haqida fikr yuritilib, o‘zbek milliy musiqa ijrochiligida doira cholg‘usini tutgan o‘rni, shu bilan bir qatorda doira cholg‘usining kelib chiqish tarixi va doira cholg‘usi orqali o‘zbek musiqa madaniyatida iz qoldirgan Usta Olim Komilov to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DOIRA MUSIQA CHOLG‘U ASBOBINI IJROCHILIKDA O‘RNI»

DOIRA MUSIQA CHOLG'U ASBOBINI IJROCHILIKDA O'RNI

Ulug'bek Rahmonov Abdusalom Soliev Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'uchilik san'ati haqida fikr yuritilib, o'zbek milliy musiqa ijrochiligida doira cholg'usini tutgan o'rni, shu bilan bir qatorda doira cholg'usining kelib chiqish tarixi va doira cholg'usi orqali o'zbek musiqa madaniyatida iz qoldirgan Usta Olim Komilov to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Urma zarbli cholg'u, bambuk, qamish, surnay, qo'shnay, xushtak, shiqildiroqlar, arfa, lira kifaralar, doira, rubob, gijjak, qobuz, karnay, nog'ora, chindovul, qayroq, safoil, reznog'ora, dul.

DOIRA MUSICAL INSTRUMENT IN PERFORMANCE

Ulugbek Rahmonov Abdusalam Soliev Fergana State University

Abstract: This article discusses the art of playing Uzbek national musical instruments, the role of a circular instrument in the performance of Uzbek national music, as well as the history of the emergence of a circular instrument and its development through a circular instrument. Usta Olim Komilov, who left his mark on the musical culture of Uzbekistan.

Keywords: Percussion instrument, bamboo, reed, trumpet, doshnai, khushtak, rattles, gusli, lyre, citharas, circle, rubob, gidzhak, kobuz, trumpet, drum, chindovul, karaik, safoil rezdrum.

Insoniyat hayotining mazmuni uning ijodiyoti mahsuli bilan o'lchanadi. Qaysi xalqning o'tmishi uzoq, ma'naviyati boy, merosi cheksiz bo'lsa, albatta bu xalqning istiqboli Buyuk, kelajak avlodi esa barkamoldir. Ijod hayotni go'zallashtiruvchi, olam siru-asrorlarini ochuvchi, insoniyat tafakkurini anglatuvchi ne'matdir. O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati qurilayotgan bir paytda, milliy san'atimizning barcha turlarida bo'lgani kabi, sozandalik san'atining o'ziga xosliklarini saqlab qolish, rivojlantirish, yangicha tus berish borasida ustoz sozandalar bizlarga qoldirib ketgan nomoddiy meroslari asosiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analarini meros qilib kelmoqda. Xalq cholg'u ijrochiligida cholg'ularni o'rni beqiyosdir. Adabiy

I icclT^^^^H 223 http://oac.dsmi-qf.uz

manbalarda e'tirof etilishga ko'ra dastlabki musiqa cholg'ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi1.

Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Keyinchalik shovqinli cholg'ular paydo bo'lgan. Ijrochilar qarsak chalib ritmni ta'kidladilar, shovqinli cholg'ular ta'sirini kuchaytirdilar. Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yokin bambuk poyasidan surnay, hushtak, yana biroz o'tgach nay (bo'ylama, ko'ngdalang, ko'p yo'lli), naysimon hushtaklar, shiqildiroqlar, chiltorlar (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqtlar o'tib u cholg'ular yanada takomillashib naylar yuzaga keldi. So'ngroq torli mizrobli va torli kamonchali musiqa cholg'ulari paydo bo'ldi. Qadimgi Sharq madaniyati rivojlanishida o'zbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida o'ziga xos xususiyatlarini tovush tusini saqlab qoldi. O'ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, doira, rubob, gijjak, qobuzlar an'anaviy shakllarda bizgacha etib keldi. O'sha paytda bu bir necha damli, ya'ni karnay, surnay va urma zarbli cholg'ular, ya'ni nog'ora, chin-dovul asboblarning birgalik chalinishidan hosil bo'lgan.

O'zbek xalqining rang-barang san'at turlari orasida musiqa san'ati o'zining oxangrabo, naqshinkor, otashin navolari bilan butun olamni o'ziga maftun etgan va maftun etib kelmokda. O'zbek musika san'ati chamanida qanchadan qancha sozanda-yu xonandalar o'zlarining betakror zargarona ijodlari bilan mana bir necha avlod o'rganib kelayotgan bebaho meros qoldirdilar. Bu meros avloddan avlodga o'tib, tobora sayqal topib san'atga oshufta yosh avlod uchun qo'llanma vazifasini bajarmokda. O'tmishda yashab ijod qilgan san'atkorlar yaratgan asarlari, ular asos solgan maktab hozirgi avlod tomonidan ishtiyoq bilan o'rganilmokda, ularning har bir o'g'iti, aytgan ustozona xikmat so'zlar o'sib kelayotgan yosh avlod uchun poydevor vazifasini o'tamokda desak, mubolag'a bo'lmaydi. O'zbek xalk musika san'atini doira cholg'usisiz, uning jozibali usullarisiz tasavvur kilib bo'lmaydi. Katta yig'inlar, to'y-tomoshalar, tantanalar, xonandalarning xonishi, raqqosalarning xiromi, sozandalarning nag'malariga,albatta, doira jo'r buladi. Agar uzoqdan doira sadolari eshitilsa, bilingki, shu erda qandaydir tantana, hursandchilik bo'lyapti2.

Doira urib chalinadigan cholg'u asbobi bo'lib, "dap", "childirma", "chirmanda" deb ham ataladi. U aniq bir baland tovushga ega bo'lmasa ham, xilma-xil ovoz-tembr va dinamik imkoniyarlariga ega. Doira "nogora", "qayroq", "safoil", "reznog'ora", "dul" kabi urib chalinadigan cholg'u asboblari turkumiga mansubdir. Bu asbob aniq bir baland ovoz chiqarmaydi. Musiqiy qator tembrli ohangdorligini, ritmik-dinamik fonning butun xilma-xilligi ikki qo'lning zarbi va hamma barmoqlarning ishtirokini ta'minlaydi. Doira sadolari o'ziga xos mazmunga ega, u yakka ijro etilganda, raqs jo'rligida yaxshi qabul qilinadi. Doira chalishni o'rganuvchi kishi sog'lom va

1A.Odilov. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. 2U.K.Rahmonov, D.Q.Suleymanova. Musiqa to'garaklarini tashkil etish.

I [ccñ^^BI 224 http://oac.dsmi-qf.uz

baquvvat bo'lishi lozim. Buning uchun ijrochi doira chalishni o'rganish mashg'ulotlari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya, gimnastika, gantel va sportning boshqa turlari bilan shug'ullanishi lozim. Mashg'ulotlarning hamma turlarida barmoqlar va qo'l muskullarini mustahkamlovchi mashqlarga alohida e'tibor qaratmog'i lozim. Doirachi o'z barmoqlarini ayniqsa, parvarish qilishi zarur. Barmoqlar yorilmasligi va qadoq bo'lmasligi uchun doira chalishdan oldin va keyin ozgina tuz solingan iliq suvda qo'lni sovunlab yuvish maqsadga muvofiqdir.Doira o'zbek xalq musiqasi tajribasida o'ziga xos jo'r usulini yaratib ansamblning barcha turlarida qatnashadi. O'zbek musiqa san'atining raqs janrida doira mustaqil suratda chalinadi. Shuningdek doira ham zamonaviy professional, ham xavaskorlik orkestrlari va xalq cholg'u ansambllari tarkibidan mustahkam o'rin olgan. Doira yog'och gardishdan iborat bo'lib, bir tomoniga teri qoplangan, uning ichki tomoniga metal xalqachalar "shing'iroqlar" o'rnatilgan. Doira gardishi odatda tut, yong'ok, tok poyasi va zarang daraxtidan ishlanib, gardishning diametri taxminan 38 sm dan 41 sm gacha, qalinligi esa 5-6 sm bo'ladi. "Parda" membranasi esa ot, buzoq, echki terisining to'sh qismidan, ba'zi hollarda esa baliq terisidan ham tayyorlanadi. Membrana gardishga maxsus elim bilan yopishtiriladi3. Ichki tomondan esa 50-75 tagacha metal xalqachalar o'rnatiladi, ular asbob silkitilganda yoqimli shing'iroq tovush chiqaradi. Doira bir tembr usul bilan chegaralanuvchi boshqa urib chalinadigan cholg'u asboblaridan farqli o'laroq, ko'p miqdorda tembr vositalariga ega. Doira va uning tasviri haqidagi ma'lumotlar X asrdan boshlab ko'pgina adabiy va monografik manbalarda uchraydi. Dastlabki doira tasviriga ko'ra shakli jihatidan tog'li tojiklarning doirasiga gardishdagi teshikchalariga likopchasimon shiqildoqlar o'rnatilgan "daf'ga ancha yaqin turadi. Ritmika haqidagi ta'limot va uning bir qismi bo'lgan ritmik figuratsiyalar usullar haqidagi ta'limot O'rta Osiyoning atoqli olimlari musiqa bo'yicha yozgan ko'pgina traktatlarda katta o'rin tutadi. Masalan, A.Jomiyning "Musiqa haqidagi traktati" va XVIIasrdagi buxorolik musiqachi Davrvesh Alining asarlarida ma'lumotlar keltirilgan. Sharqdagi ko'pgina mamlakatlarda Xindiston, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Tojikistonda hozir urib chalinadigan doirasimon asboblar uchraydiki, ular raqsga, qo'shiqqa jo'r bo'lib chalinadi. Doira sadolari Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlarining urib chalinadigan asboblar guruhi ishtirokida ijro etiladi. Shuning uchun ham bizning doirachilarimiz ijrosi butun dunyo tomoshabinlarini hayratga soladi. Doira musiqasi ilgari nota yozuviga ega bulmagan, shu sababli og'zaki ravishda avloddan-avlodga o'tib kelgan. Doiraviy musiqani qayd qilish bilan o'tgan asrning XX asrning 1980 yillarida xarbiy kapelmeystr A.F.Eyxgorn, 1920-1930 yillarda musiqa san'atining ko'zga ko'ringan vakillaridan V.M.Belyaev, V.A.Uspenskiy, N.N.Mironovlar

3D.Islomov. Maxsus cholg'u.

shug'ullanganlar, ular o'z qaydlarida asosan ritmik tomonini aks ettirganlar4. Doira musiqasining to'liq ishlangan, tembrining boy, rangli tomonlarini ochib bergan shakl O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, davlat mukofoti laureati, professor A.I.Petrosyans shaklidir. A.I.Petrosyans ovoz effektlarining tembrli va dinamik belgilari tizimini ishlab chiqqan bo'lib, bunday effektlarga doira chalishni o'rganish jarayonida erishish mumkin. Hozirgi vaqtda doira chalishga o'rgatiladigan hamma ko'rinishlar professor A.I.Petrosyans shaklidan foydalaniladi. O'zbekistonda musiqa asboblarining ko'p xil bo'lishi, cholg'u ansambllarining ham har xil bo'lishiga olib keldi. XX asr boshlarida Xorazmda changchi va g'ijjakchi Qalanadar Dunmas, dutorchi. Mashrab Qambar, tanburchi Matyoqub Xarratov, Buxoro tanburchilaridan Otag'iyos, Abdug'ani va Hoji Abdurahmon Umarovlarningnomlari shuhrat qozongan. Farg'onada ko'plab ajoyib xalq san'atkorlari etishib chiqdi. Bular orasida o'zbek musiqa san'atida ijrochilik mahorati bilan o'chmas iz qoldirgan atoqli doirachisi Usta Olim Komilovdir.

Usta Olim Komilov 1875 yili Marg'ilon shaxrida tug'ilgan. U sozanda sifatida doira, nog'ora, chang cholg'ularini chalib nom chiqargan. Milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, o'zbek sahnaviy raqs san'atining asoschilaridan, 1932 yili Mehnat Qaxramoni, 1937 yili O'zbekiston xalq artistidir. Dastlab doira chalishni Marg'ilonda Masaid otadan o'rgangan. Ilk Marg'ilon yallachilari, sozandalarga jo'rnavozlik qilib, to'y, sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qildi. 1929 yildan O'zbek davlat musiqali teatrida, 1939 yildan O'zbek davlat opera va balet teatrida doirachi, 1926-1943 yillari raqs studiyasida dars bergan. Usta Olim Komilov o'zbek raqs san'ati rivojigi katta hissa qo'shgan. U to'plagan va o'zi yaratgan o'zbek raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qo'llanma bo'lib qoldi. Usta Olim Komilov Tamaraxonim va M.Turg'unboeva kabi raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qadimiy o'zbek raqslarini sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan. Jumladan "Zang", "Daromadi gul o'yin", "Gul o'yir", "Sadr", "Pilla" kabilarni misol qilib keltirish o'rinlikdir5. M.Turg'unboeva bilan "Paxta", o'z tomonidan "Tantana" raqslarini yaratgan. "Farhod va Shirin" Xurshid pesasi asosida V.Uspenskiy va G.Mushel musiqasiga, K.Yashin, M.Muhamedov pesasi va R.Glier musiqasi asosida "Gulsara" spektakllariga raqs sahnalashtirgan. N.Roslavets musiqasi bilan "Paxta", F.Tal musiqasi bilan "Shohida" baletlarini sahnalashtirishda qatnashgan. Usta Olim Komilov ijrosidagi xalq doira usullarining V.Uspenskiy va E.Romanovskaya tomonida yozib olingan asarlarini ko'pi Ilyos Akbarov tomonidan 1952 yili "Doira usullari" kitobi chop etilgan. Usta Olim Komilovning ijro uslubi zarblar jilvadorligi hamda tembr vositalarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. T.Inog'omov,

4U.Rahmonov, A.Ergashev. Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa.

5K.Olimboyeva, M.Ahmedova. O'zbek xalq sozandalari.

K.Azimov, A.To'ychiev kabilar doirachilarga ustozlik qilgan. Shuni o'rni kelganda aytib o'tish joizki, 1930 yil Moskvada o'tkazilgan milliy teatrlar olimpiadasida, 1937 yili o'zbek san'at dekadasi qatnashgan. Usta Olim Komilov doiraning boy ifoda imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham namoyish qilgan. 1935 yil Angilya poytaxti London shaxrida,muhtasham tomoshagohda "Jahon xalqlarining san'at festivali" o'tkazilgan. O'zbekistonlik san'atkorlardan Tamaraxonim va Usta Olim Komilovlarga navbat berilganda, Usta Olim Komilov chalgan doiraga Tamaraxonim "Pilla" raqsiga tushib tomoshabinlarni lol qoldirgan. Qarsaklar sadosi ostida yana sahnaga taklif qilinadilar. Keyingi chiqishlarida "Paxta" raqsini ijro etganlar. Tomoshabinlar oyoqlarida qalqib turishib, ikkala san'atkorni olqishlaganlar,butun tomoshagohni larzaga keltirgani hozirgi kunda tarix manbalaridan barchamizga ma'lumdir. Ijrodan so'ng oldi qatorda o'tirgan Buyuk Britaniya qirolichasi Mariya Lojalon sahnaga chiqadi. Usta Olimning doirasini qo'liga olib ko'radi. Doira sozidan yurakni to'lqinlantiruvchi sado chiqargan panjalarni mo''jiza deb ataydi. Ushbu mo''jizakor panjalardangipsga nusha olib, London muzeyiga qo'yishga farmon bergan. O'zbek san'atkorlariga qoyil qolgan qirolicha o'z qo'li bilan Usta Olim Komilov va Tamaraxonimga festivalning"Oltin medali"ni taqib qo'ygan. Usta Olim Komilovning bu panja nushasi hozirgacha London muzeyida saqlanmoqda6.

Mamlakatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi tufaylik barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida musiqa ijrochilik san'atga bo'lgan e'tibor kuchayib bormoqda. Hozirgi ayni paytda sozandalik san'ati oddiy musiqiy jarayon bo'lib qolmasdan, milliy ijrochilik g'oyasi asosida shakllanmoqda va milliy-madaniy yuksalishini ta'minlashda muhim omil sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Binobarin, sozandalar san'ati yordamida ma'naviy barkamol insonni shakllantirish g'oyasi endilikda shaklan va mazmunan boyimoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yu.Rajabiy, I.Akbarov.O'zbek xalq musiqasi.I-II-IIItomlar. Toshkent. O'zdavnashr.1955 yil.

2. K.Olimboeva, M.Ahmedova.O'zbek xalq sozandalari.Toshkent. 1959 yil.

3. U.K.Rahmonov, D.Q.Suleymanova. Musiqa to'garklarini tashkil etish. Farg'ona. 2023 yil.

4. U.Rahmonov. A.Ergashev. Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa. Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi. 2021 yil.

6K.Olimboyeva, M.Ahmedova. O'zbek xalq sozandalari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.