"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024
ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz
SHARQ RENESSANSINING O'ZIGA XOS IJTIMOIY OMILLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.i4543739
Muhamedov Asror Asadovich
Alfranus universiteti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti dekani, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
d
Annotatsiya: Maqolada Sharq Renessansining o'ziga xos omillari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sharq Uyg'onish davrida Yevropa Uyg'onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo 'shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg'onish davri ham ulug' allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Qoraxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhit "Qutadg'u bilig" asarining yozilishi muhim omil bo'lib xizmat qilganligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Kalit so'zlar: Renessans, omil, tarixiy sharoit, davlatchilik, ilm-fan, mustaqil markazlashgan davlat.
Ma'lumki, Renessans - "...bu "tiklanish" degan ma'noni anglatadigan fransuzcha so'zdir. Renessans Yevropada XIV-XVI asrlarda bo'lib o'tgan Uyg'onish davridir. Uyg'onish davridan oldingi o'rta asrlarda hayotdagi ko'p narsalar rad etilgan. Uyg'onish davrida esa ta'lim jonlangan, savdo, san'at, musiqa, adabiyot va fan rivojlangan. Uyg'onish davri Yevropaning butun turmush tarzini o'zgartirgan" Yuqoridagi ta'rif G'arbiy Yevropadagi Renessans jarayonini yoritadi. Lekin, bu tushuncha faqatgina Yevropa xalqlariga taalluqli emas. Tadqiqotlardan ma'lum bo'ladiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9-12-asrlar) ulkan madaniy ko'tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg'or insonparvarlik g'oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uyg'onishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda.
Birinchi Uyg'onish davri O'rta Osiyoda IX-XI asrlarda ro'y bergan juda katta ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, diniy, madaniy jarayon hisoblanadi. Uyg'onish davriga xizmat qilgan omillarni sanab o'tgan holda, dastlabki sabab sifatida mutaxassislar tomonidan dinning o'rni va ahamiyati katta ekanligini ko'rsatadilar. islom dini mamlakatimiz hududiga VIII asrdan boshlab kirib kelgan
bo'lsa, arab tili aholi orasidagi muloqot hamda madaniy taraqqiyot vositasiga aylandi. Abbosiylar hukmronligi davrida xalifalik ulkan hududlarni o'ziga birlashtirgan, lekin xalqlarning milliy-ozodlik harakatlari natijasiga parchalanib ketgandi. Arablar tomonidan olib borilgan ijtimoiy siyosat hamda xalq madaniy hayotiga olib kirilgan yangilik va o'zgarishlar natijasida arab tili Xitoydan Misrga qadar cho'zilgan ulkan hududlarda asosiy til sifatida hurmat qozongandi.
Ikkinchi omil shu ediki, xalifalik poytaxti hisoblangan Bag'dod shahrida "Bayt ul-hikma" barpo etilib, unda jahonning juda ko'plab olimlari, ulamolari, fozil-u fuzalolari ilm-fanning deyarli barcha sohalari bilan shug'ullanar edilar. Ushbu davrda antik davr olimlarining kitoblari arab tiliga tarjima qilindi, xalifalik hududidagi barcha asarlar arab tili va yozuvida yozila boshlandi. Ushbu omil mamlakat xalqlarida madaniyat, ilm-fanning yuksalishi, ma'naviy-ma'rifiy yangilanish hodisasining yuz berishiga sabab bo'ldi. O'sha davr tarixchilaridan biri bo'lgan Abu Mansur as-Saolibiy xalifalik shaharlaridan biriga "...shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg'or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o'z davrining fozillari yig'ilgan joy"-deb ta'rif bergan edi1. Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ma'lum bo'ladiki, o'sha davr shaharlari faqatgina savdo-sotiq va ishlab chiqarish markazlarigina sifatida emas, balki ilm-fan markazi sifatida ham nom qozongandi. "Bu davrda Markaziy Osiyodan Xorazmiy va Farg'oniy, Ismoil al-Buxoriy va Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg'inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Koshg'ariy kabi ulkan olimlar yetishib chiqdi. Ular o'z ijodlari, asarlari bilan o'z xalqlarini dunyoga mashhur qildilar"2.
Birinchi Renessans omillaridan yana biri - bu mustaqil markazlashgan davlatlarning shakllanishi edi. Ana shunday davlatlardan biri - Qoraxoniylar davlati bo'lib, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari o'sha davr uchun o'ziga xos ijtimoiy konstitutsiya sifatida xizmat qilgan edi. Xitoyning sharqiy hududlaridan tortib to Movarounnahrga qadar cho'zilgan o'ta katta hududdagi Qoraxoniylar davlati (995-1055-yy.) ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy, madaniy masalalarini tartibga soluvchi, davlat rahbarlari, amaldorlari, shahzodalariga dasturulamal sifatida asqatgan bu asar ushbu davr uchun zaruriy ehtiyoj edi. Mazkur asar qariyb ming yillar avvalgi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalar to'g'risida ma'lumot beradi va asosiysi, o'sha davr taomili, qadriyatlari, urf-odatlari haqida xulosa chiqarishimizga yordam beradi. Asardan ma'lum bo'ladiki, Qoraxoniylar sulolasining ham boshqa sulolalar kabi markazlashgan kuchli davlat barpo etish orzu-istagi mavjud edi. Ushbu
1 Aögy^aeB H. A6y MaHcyp ac-Cao^HÖHH. - T.: y36eKHCTOH, 1992. - 50 6.
2 https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/markaziy-osiyoda-ix-xx-asr-boshida-madaniyat-rivoii-tarihidan/
maqsadga erishtirish uchun esa harakat dasturini o'zida ifodalovchi asar - "Qutadg'u bilig" yozilgandi. Tadqiqotchilardan biri Q.Karimov bu haqda shunday yozadi: "...davlatni idora qilish usuli, siyosati, qonun-qoidalari, shuningdek, xalqning rasm-u odatlarini, axloq prinsiplarini o'zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida "Qutadg'u bilig" yuzaga keldi"3.
Qoraxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy muhit "Qutadg'u bilig" asarining yozilishiga muhim omil bo'lib xizmat qilgan. "Mahmud Koshg'ariyga zamondosh bo'lgan Yusuf xos Hojib (XI asr) ijodi ham o'ziga xos badiiy sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. "Qutadg'u bilig" ("Baxt va saodat eltuvchi bilim") adib nomini dunyoga tanitgan asari hisoblanadi. Ushbu tarixiy manba turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bo'lib, unda davrning juda ko'p o'ta muhim muammolari, axloq, odob va ma'rifat masalalari yaxshigina mahorat bilan keltirib o'tilgan. Bu kitobni chinliklar "Adabul muluk", mochinlar - "Oyinul mamlakat", Sharq eli ulug'lari "Ziynatul umaro", eronliklar "Shohnomai turkiy", turonliklar -"Qutadg'u bilig", boshqalar "Pandnomai muluk" deb ataganlar"4. Bundan ko'rinadiki, ushbu qimmatli asar nafaqat Markaziy Osiyo uchun, balki butun Sharq xalqlari uchun ham birdek ahamiyatli va qadrli hisoblanadi. "Ushbu asar dunyoning juda ko'p tillariga tarjima qilindi, har qaysi xalq asarni turlicha nomladi. Bulardan: "Chiniylar "Adab ul muluk" deb atar, Mochinlar "Anis ul mamolik" deyar. Bu mashriq elining donishmandlari "Ziynat ul-umaro" deyishdi bari, Eronlik "Shohnoma" dedi belgilig, Turonlik nom qo'ydi: "Qutadg'u bilig""5.
"Qutadg'u bilig" asari ustida qilingan tadqiqotlar ushbu ma'naviy merosning tarixiy, madaniy, adabiy, lingvistik jihatdan qanchalik qimmatbaho ekanligini ko'rsatib turibdi. Xususan, uning qiymatini o'rganish borasidagi izlanishlardan ma'lum bo'lmoqdaki, bu asar quyidagi o'ziga xos omillariga ko'ra nihoyatda nodir asarlar ro'yxatiga kiradi:
- "Tilshunoslik: "Qutadg'u bilig" o'rta turk tilining muhim namunasini beradi. Tilshunos olimlar asarning til tuzilishi, lug'at tarkibi, til o'zgarishi va til evolyutsiyasini o'rgangan. Bu tadqiqotlar o'rta turk tilining rivojlanishi haqidagi tushunchamizga ma'lum miqdorda o'z hissasini qo'shdi.
3 Юсуф Хос Хржиб. "Кутадгу билиг" (Саодатга йулловчи билим). Транскрипция ва хозирги узбек тилига тавсиф. (Нашрга тайёрловчи Каримов.) - Т.: Фан, 1971. - 7 б.
4 Sulaymonova Sh. N. IX-XI asrlarda musulmon sharqida madaniy-ma'naviy taraqqiyot. // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (6), 2023. - В. 1064-1076.
5 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga boshlovchi bilim). - T.: O'zbekiston, 2019. - 240 b.
- Axloqiy va ijtimoiy tadqiqotlar: axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tartib va boshqaruv tamoyillari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Tadqiqotchilar "Qutadg'u bilig"dagi axloqiy ta'limot va ijtimoiy me'yorlarni o'rganib, Markaziy Osiyoda xalqlari mentalitetni tushunishga harakat qilganlar. Adabiy sharhlar: Asar O'rta Osiyo turkiy adabiyotining muhim qismi sanaladi. Adabiyotshunoslar asarning adabiy uslubi, she'r birliklari va adabiy motivlarini o'rganib chiqdilar. Bu mulohazalar asarning adabiy qimmatini ta'kidlaydi.
- Tarixiy mazmun: "Qutadg'u bilig" asari yozilgan davrdagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy sharoitni o'zida aks ettiradi. Tarixchilar asar davridagi voqealar va Qoraxoniylar saltanatining tuzilishini tushunish uchun asarni tadqiq qilganlar.
- Madaniy qaydlar: Asar O'rta Osiyo turk madaniyatining muhim aksidir. Madaniyatshunos olimlar "Qutadg'u bilig"dagi an'anaviy ta'limotlar, marosimlar va madaniy qadriyatlarni o'rganib, Markaziy Osiyoning boy madaniy merosini tushunishga harakat qildilar. Binobarin, "Qutadg'u bilig"ga oid tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu asar turkiy adabiyot va tilshunoslikning muhim namunasi bo'lishdan tashqariga chiqadi. Asar Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va mentalitetini tushunishga qaratilgan sa'y-harakatlarga katta hissa qo'shadi. Qolaversa, bu tadqiqotlar Turk va Markaziy Osiyo tarixini tushunishimizga yordam beradi va bu qimmatli merosni kelajak avlodlarga yetkazish imkonini beradi"6.
Tarixdan ma'lumki, Qoraxoniylar mamlakati O'rta Osiyoning Sharqiy hududlarida bir qancha turkiy urug'larning birlashuvi va qo'shilishi natijasida yuzaga keladi. Davlat asoschisi Abdulkarim Sotiq Bug'roxon edi. Uning urug'i turkiy qavmlarga mansub bo'lgan. Bug'roxon hamda avlodlari "Arslonxon" yoki "Qoraxon" ba'zan esa "Tabg'achxon" deb ulug'lanishgan, ushbu so'zning lug'aviy ma'nosi "ulug'", "buyuk" degan ma'nolarni bildirib turgan. Mamlakat yuksalgan davrlarda uning hududiga bir qancha mintaqalar ham qo'shiladi. Bolasog'un shahri davlat poytaxti sifatida belgilanadi.
O'sha davrning yana bir qudratli davlatlaridan biri - Somoniylar sulolasi edi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatda fitna va nizolar avj olgan, ijtimoiy qarama-qarshiliklar kuchaygan, yurt tang holatga tushib qolgan edi. Shunday bir manzilda Qoraxoniy hukmdorlar Somoniylar sulolasiga qarshi qilich ko'taradi va qisqa muddatda ozgina kuch bilan g'alabaga erishadi. Natijada, butun Movarounnahr Qoraxoniylar qo'liga o'tib ketadi.
XII asrga kelib shaharlar soni ko'paydi va ularning hududi ham kengayib, infratuzilmasi o'zgara boshladi. Aholi ko'payishi sababli shaharlar yanada gavjumlashdi va taraqqiy eta boshladi. Movarounnahrdagi Buxoro, Samarqand,
6 Sobirov G'.X. "Qutadg'u bilig" asarining turk tilida o'rganilishi // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3. №9. 2023. - P.151-155.
Termiz, O'zgan, Toshkent singari shaharlarda ko'plab turdagi hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanadigan bo'ldi va ular mamlakatning ichki-tashqi bozorlarida xaridorgir tovarlarga aylandi. Shuningdek, shaharlar tijoriy va savdo-sotiq markazlariga ham aylandi. Saroylar, masjid-u, madrasalar, minoralar (Minorayi Kalon, XII asr, Buxoro), monumentlar, imoratlar, hammomlar va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etildi. Shaharning ichki qismida hamda uning atrofida savdo-sotiq rastalari, hunarmandlar mahallalari, karvonsaroylar, bozorlar kabi iqtisodiy maskanlar qad ko'targan. Xuddi shu davrga kelib, hunarmandchilik sohalaridan kulolchilik, shishasozlik, misgarlik va chilangarlik gullab-yashnadi. Shu davrga tegishli sirli va koshinkor, shuningdek, qabartma naqshli sopol idish-tovoqlar, rangdor shisha buyumlar, naqshinkor mis idishlar o'zining sifati, nafisligi bois xalqaro maydonlardan ham shuhrat qozongan va asosiy xaridorlari turli mamlakatlarning hukmdorlari va davlat amaldorlari bo'lganligiga tarixiy manbalarda dalillar yetarlidir.
Yuqoridagi omillardan dalolat beradiki, ushbu davrda O'rta Osiyoda hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. Bu esa pulga bo'lgan ehtiyojni paydo qiladi. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda, Qoraxoniy hukmdorlar hamda ularga viloyat hokimlari hisoblangan eloqxonlar tomonidan mis chaqalar, kumush va oltin tangalar zarb ettirilgan. Jumladan, Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Buxoro, Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan maxsus zarbxonalar qurilgan edi. Qizig'i, bu davrda Movarounnahr va Xurosonda Qoraxoniylar tomonidan ishlab chiqarilgan mis tanga va dinorlar bilan birgalikda Saljuqiylar, Xorazmshohlar, G'aznaviylarning ham tangalaridan foydalanilgan. Bir so'z bilan aytganda, to'xtalib o'tilayotgan XI-XII asrlar hamda XIII asr boshida Movarounnahr va Xurosonning butun hududida tovar-pul munosabatlari shiddat bilan rivojlangan.
XULOSA