Научная статья на тему 'SHARQ IJTIMOIY TAFAKKURIDA GENDER TENGLIK TO‘G‘RISIDAGI G‘OYALARNING SOTSIOLOGIK-RETROSPEKTIV TAHLILI'

SHARQ IJTIMOIY TAFAKKURIDA GENDER TENGLIK TO‘G‘RISIDAGI G‘OYALARNING SOTSIOLOGIK-RETROSPEKTIV TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gender / gender munosabatlar / gender Madaniyat / gender munosabatlar / Sharq mutafakkirlari / hayot maktabi / qiz bolalar tarbiyasi / kadbonu / kadhudo / johiliyat davri / Avesto / Qadimgi Xitoy / Arabiston yarim oroli / islomgacha bo’lgan davr / o’choqboshi / uy bekasi / Qur’oni karim / Ibn Sino / Beruniy / Amir Temur / Temuriylar davri

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom Qizi

Ilmiy maqolada asosan, Sharq olimlari ta’sirining ijtimoiy tafakkur shakllanishidagi o’rniga urg’u bergan holda “gender tenglik” atamasining yuzaga kelishidan oldin uning mazmun mohiyati mavjud bo’lgani haqida g’oyaviy ma’lumotlar keltirilgan. Amalga oshirilgan sotsiologik-retrospektiv tahlillar orqali ilgari surilgan fikrlar asoslab berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ IJTIMOIY TAFAKKURIDA GENDER TENGLIK TO‘G‘RISIDAGI G‘OYALARNING SOTSIOLOGIK-RETROSPEKTIV TAHLILI»

ARTICLE INFO

SHARQ IJTIMOIY TAFAKKURIDA GENDER TENGLIK TOGRISIDAGI GOYALARNING SOTSIOLOGIK-RETROSPEKTIV TAHLILI

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi

Sotsiologiya bo'yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.14044960

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 06- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

Gender, gender munosabatlar, gender Madaniyat, gender munosabatlar, Sharq

mutafakkirlari, hayot maktabi, qiz bolalar tarbiyasi, kadbonu, kadhudo, johiliyat davri, Avesto, Qadimgi Xitoy, Arabiston yarim oroli, islomgacha bo'lgan davr, o'choqboshi, uy bekasi, Qur'oni karim, Ibn Sino, Beruniy, Amir Temur, Temuriylar davri.

Ilmiy maqolada asosan, Sharq olimlari ta'sirining ijtimoiy tafakkur shakllanishidagi o'rniga urg'u bergan holda "gender tenglik" atamasining yuzaga kelishidan oldin uning mazmun mohiyati mavjud bo'lgani haqida g'oyaviy ma'lumotlar keltirilgan. Amalga oshirilgan sotsiologik-retrospektiv tahlillar orqali ilgari surilgan fikrlar asoslab berilgan.

Bugun ilm-fanda "gender" atamasi, u bilan bog'liq "gender munosabatlar", "gender tenglik", "gender madaniyat", "gender taraqqiyot", "gender sotsiologiya", "gender psixologiya" kabi iboralar ko'p ishlatilmoqda. Keyingi yigirma yilni "gender izlanishlari davri" deb atash mumkin. Ammo bu jarayonlar umumlashtirish, analiz va sintezni ham taqozo etmoqda.

Gender munosabatlarini sun'iy tarzda chuqurlashtirish, gender tadqiqotlarini boyitsa ham, taraqqiyotga xizmat qilmaydi, balki, aksincha, jinslar stratifikasiyasini kuchaytiradi. Shuning uchun gender tadqiqotlari mudom jinslararo aloqalarni mustahkamlash maqsadidan kelib chiqishi lozim. O'z navbatida, jamiyatimizning yangi rivojlanish sharoitida gender tenglik masalalarining tobora muhim ahamiyat kasb etishi istiqboldagi vazifalarni sotsiologik tadqiq etish vazifasini dolzarb qilib qo'ymoqda.

Ijtimoiy-siyosiy shiorlar ta'sirida jamiyatda ayol bilan erkak teng huquqli, ular mehnat turini tanlash, fikrlash va oila qurishda erkindirlar, degan qarashlar shakllangan. Aslida ushbu qarashlar negizida ayolni ijtimoiy hayotning faol sub'ektiga aylantirishdek ezgu niyat yotadi.

Biroq, inson million yillar davom etgan tarixiy-madaniy va bioantropologik taraqqiyot mahsuli bo'lganligi uchun ham aynan ushbu omillar ayol va erkakda o'ziga xosliklarni, ular o'rtasidagi farqlarni keltirib chiqarganini unutib bo'lmaydi.

Mazkur xususiyatlardan kelib chiqib, gender tenglik nazariyasini tadqiq etish va uning jamiyatimiz yangi rivojlanish bosqichidagi ahamiyatini yoritish dolzarb vazifalardan biri

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

bo'lib qolmoqda. Buning uchun esa, avvalo gender tenglikning tarixiy evolyusiyasi, jinslararo munosabatlar to'g'risidagi Sharq mutafakkirlarining qarashlari, sharqona qadriyatlar va ularning bugungi ijtimoy muhitdagi o'rnini tadqiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Qadimgi davrdagi gender munosabatlar "Avesto"da keltirilgan bo'lib, jamiyat va oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarning sotsial qiyofasi to'g'risidagi ma'lumotlar haligacha o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Unda "O'g'il bolalarga nisbatan ham qiz bolalar ilmu Donish o'rganishga kirishsinlar. Zero, ular ota-ona yoshida bo'lgan vaqtlarida ota xonadonini tartibga solib, ziynat berib tursa, turmush qurib borgach, bolalar tarbiyasi bilan, kelajak nasl ta'limi bilan mashg'ul bo'lmoqlari lozim bo'ladi"[1], deb alohida ta'kidlangan. Demak, qadimdan avlod tarbiyasi ayol, ona zimmasiga yuklanar ekan, bu mas'uliyatli vazifa nafaqat oila davomiyligi, balki davlat istiqbolini ham belgilovchi omillardan ekanligi anglangan.

O'g'il bolalar qatorida qiz bolalar tarbiyasiga alohida e'tibor berilib "ayolni tahqir etmoq yomon amal, nodonlik belgisi" sanalgan. Tarixda ayollarga nisbatan zulm ko'rinishlari turlicha bo'lgan. Arabiston yarim orolida qiz bolalarni tiriklayin ko'mish kabi johiliyat davrining shafqatsiz odatlari hukm surgan. Hindistonda eridan mahrum bo'lgan ayolni tiriklayin gulxanda yoqilishga mahkum qilgan sati udumi mavjud bo'lgan. Qadimgi Xitoyda esa qiz bolaning tug'ilishiga falokat sifatida qaralgan.

Zardushtiylikda gender munosabatlar, xususan, xotin-qizlarning erkinligi, ularga munosabat masalalarini o'rgangan olimlar "qizlar uy-ro'zg'or ishlaridan tashqari o'g'il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qilichbozlik, suvda suzish, kamondan o'q uzish kabi jismoniy-harbiy malaka beruvchi va keyinchalik jamoa ichida tegishli maqomni taqdim etuvchi "hayot maktabini" egallashi majburiy bo'lgan"[2] ligini ta'kidlaydi. Shundan so'ng qizlar va o'g'il bolalar oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o'tkazilgan. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan qizlar "kadbonu"[3] - uy bekasi, yigitlar esa "kadxudo" -oila boshlig'i maqomini qo'lga kiritganlar. Ularning ushbu maqomlar doirasida bajariladigan vazifalari qat'iy tartiblangan. Demak, o'rganilgan davrda mintaqamizda gender munosabatlar, erkak va ayollarning maqomi, ularning tengligi, ijtimoiy munosabatlardagi erkinligi masalalari o'ziga xos tarzda namoyon bo'lgan va xotin-qizlarning davlat va jamiyatdagi ijtimoiy o'rni erkaklarniki bilan teng bo'lmasada, xotin-qizlar faolligiga erkaklar munosabati salbiy bo'lmagan.

Turkiy xotin-qizlar siyosiy va ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan. Qabila hayotida muhim o'rin egallagan ayollar ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi va institutlashtiruvchi madaniy-xo'jalik tiplarini yaratdilar. Ammo, ushbu xususiyatlarning muqim shaklga kirishi ayollarning oilada "o'choqboshi", "uy bekasi" bo'lishi bilan bog'liq holda kechdi"[4]. Islomgacha bo'lgan davrda turkiy jamiyatda gender munosabatlari, erkak va ayollarning oila, ijtimoiy munosabatlardagi o'rni masalalari anchagina erkin va cheklovlar qat'iy bo'lmaganligini ko'rsatadi.

Johiliyat davrida, ya'ni "Islomgacha Arabiston yarim oroli aholisi o'rtasida ayolning hech qanday o'rni ham, qadr-qimmati ham yo'q edi. Bu holat farzandning tug'ilishidan boshlanardi. Oilada o'g'il bola dunyoga kelsa, sevinishar, xursandchiliklar qilishar, qiz tug'ilsa, oilada motamsarolik hukm surib, tezda farzandni yo'qotish payiga tushishar edi. Ayolning eri oldidagi qadri erining mol-mulkichalik emasdi. Johiliyat zamonida arab erkaklari ayol bilan bir xonada o'tirishmas, birga ovqatlanmasdilar. U davrda arablar uch narsada: otda, ayolda, uyda xosiyat yo'q, deb ishonishardi"[5].

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH if = 5.441 ,

Ayniqsa, ajrashgan ayolning turmushi juda nochor ahvolda bo'lgan. Lekin, Islom dinining vujudga kelishi bilan uning asosiy manbalari va ta'limotida ayol bilan erkakning tengligi, ularning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bir xilda egaligi e'tirof etiladi. Masalan, "ayolning erkak kabi sha'ni, obro'sining muhofaza qilinishi, mehnat qilishi, shaxsiy mulkka ega bo'lishi, voris bo'lishi, meros qoldirishi, yuqori mansabni egallashi, sud ishlarida guvoh sifatida ishtirok etishi, saylovlarda qatnashishi va shunga o'xshash huquqlarga ega ekanligi tan olinadi. Aytish joyizki, mazkur masalalarda o'ziga xos tafovutlar ham mavjud bo'lib, ularga ayolning jismoniy xususiyati, masalan, erkak kishi har qanday holatda ibodatlaridan ozod qilinmasa, ayol hayz va nifos holatlarida ibodatlardan ozod qilinishi kabilarni kiritish mumkin"[6].

Islom dini kirib kelgach diniy ilmlar dunyoviy ilmlar bilan uzviy bog'langan holda rivojlana bordi. Islom davrida, xususan, Islom uyg'onish davrida xotin-qizlar adabiyot, aniq fanlar, fiqh (Islom huquqshunosligi) va boshqa sohalar bilan birgalikda davlat boshqaruvidek muhim masalalarda ham etakchi o'rin tutdilar.

Garchi, ayrim ilmiy doiralarda Islom davrida musulmon xotin-qizlarning huquqsizligi, ularning davlat boshqaruvidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlardan butunlay chetlatilganligi haqidagi fikrlar etakchi o'rin tutsa-da, amalda vaziyat o'zgachaligini ko'rish mumkin. Xususan, Qur'oni karimda "xotin-qizlar uchun (belgilangan huquqlar) o'z me'yorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir"[7], deyiladi.

Zero, Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) ham ayol zotiga hurmat va ehtiromda bo'lib, "Sizlardan eng yaxshilaringiz o'z ahli ayolingiz bilan muomala qilgan kishidir. Men o'z ahli ayollarimga sizlarga bo'lganimdan ham ko'ra xushmuomaladaman"[8], deganlar. Qur'oni Karim hamda hadislarda xotin-qizlarning huquqlari bo'yicha juda ko'plab fikrlar mavjud. Xusasan "Alloh taolo ayollar bilan yaxshi muomalada bo'lishlaringizni tavsiya etadi, chunki ular onalaring, qizlaring, xolalaringdir"[9]. Bu muqaddas manba'larda ayol oilaning ma'naviy mustahkamligini ta'minlovchi va barkamol farzandni tarbiyalab, voyaga etkazuvchi zot sifatida ta'riflanadi. Shu bois ham, musulmon xotin-qizlar nikoh, meros va boshqa muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo'ldilar.

Islomshunos olim Baxri Uchoqo'zi "musulmon davlatlarida ayol hukmdorlar" nomli monografiyasida ko'rsatishicha, ayollar nafaqat fan va adabiyot, san'atda, balki, siyosatda ham o'z nomlarini abadiylashtirdi. Muallifning yozishicha, "Payg'ambarning xotini Oyisha "Jamil" jangida erkak sarkardalar kabi lashkarlarni boshqardi... Shunga qaramasdan, ayrim G'arb tadqiqotchilari Sharq ayollarini Islomiy jamiyatdagi mavqeini noto'g'ri talqin qilib, ularni erkaklarning quli yoki devor ortidagi xizmatkor sifatida ko'rsatdilar". Vaholanki, musulmon ayollar o'zlarining huquqiy maqomini G'arb ayollariga nisbatan oldinroq anglab etganlar. Jamiyatdagi o'rni, savdo va mulkiy taqsimotda o'z ulushini bilganlar.

Ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, "ijtimoiy-tarixiy negizlarini, uning madaniy-ma'naviy xususiyatlarini hamda Islom ta'limotida ayollar masalasini hal etishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'rifiy-tashkiliy jihatdan o'ziga xosligi"ni huquqiy nuqtai nazardan o'rganish o'ziga xos masaladir.

"Qur'oni karimda ayol masalasiga oid 309 ta oyat mavjud bo'lib, ulardan 161 tasi Makkada va 148 tasi Madinada nozil bo'lgan". Islom ta'limoti ayolga uning jinsiga, biologik tuzilishiga qarab haq-huquq berdi va shu bilan birga vazifalarini ham tayin etdi.

"Islom ta'limoti ayolni hayotning barcha jabhalarida: ilm olishda, mehnat qilishda, jamiyat taraqqiyotida qatnashishda, mol-mulkka egalik qilishda ham erkak bilan teng huquqli qildi. Hayotning barcha jabhalarini qamrovchi Islom ayollar haq-huquqlariga katta e'tibor berdi".

Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelamiz: birinchidan, Islomda ayol mavqei va uning jamiyatdagi o'rni masalasini Islom dinining asl manbalari Qur'oni Karim va hadislar asosida ochib berish lozim; ikkinchidan, "Islom ta'limotida ayollar holatining mazmuni Islom huquqida mavjud bo'lgan nikoh, oila, ajralish, meros, mulkiy munosabatlar bilan qo'shib o'rganilishi"ni e'tiborga olish kerak; uchinchidan, "Islom ta'limotida ayollar masalasiga umumijtimoiy hodisa sifatida qarash, ayollarning mehnat va ijod qilishini, ijtimoiy hayotda, davlat ishlarida qatnashishini, oilaviy munosabatlarda teng huquqliligini ta'minlash" yo'llarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi; to'rtinchidan, ayollar masalasini urf-odatlar, milliy madaniyatlar, ijtimoiy institutlar, huquq va jamiyat bilan bog'lab o'rganish, ularning ijtimoiy-huquqiy ahvolini, iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini, siyosiy tizimlardagi mavqeini, madaniy rivojlanish va diniy hayotdagi o'rnini, oilaviy munosabatlarning shakllanishi va mustahkamlashdagi o'rnini milliy, tarixiy, diniy an'ana hamda qadriyatlar asosida o'rganish jamiyatda gender tenglik masalasiga ob'ektiv yondoshish imkonini beradi.

Sharqona ma'naviy merosimizdagi gender munosabatlarini Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ham kuzatish mumkin. Ular o'z asarlarida gender munosabatlar, erkak va ayollarning huquq va erkinliklari, ularning ijtimoiy hayotdagi mavqei borasidagi fikrlarini bildirib o'tganlar. Aynan ushbu davrda kuzatilgan iqtisodiy va madaniy yuksalish erkak va ayollarning ijtimoiy hayotidagi faolligiga qulay muhit yaratdi. Abu Rayhon Beruniy o'z qarashlarida oila tinchi bevosita oqila, aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo'lida ekanligiga alohida ahamiyat qaratgan. O'zining "Minerologiya"asarida oila qurayotgan kizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik-totuvlik, baxtiyorlik ko'prok ayollar zimmasiga tushishini ta'kidlaydi va shunday yozadi: "Ey qizim! Sen o'rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Bo'lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen er bo'l, u esa osmon bo'ladi. Demak, sen u bilan shunday yo'l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo'lsang, u osmon kabi olijanob bo'ladi. Osmon shifobaxsh yomg'iri bilan erni ko'kartirgani kabi u ham o'z mehru shafqati bilan seni xushnud etadi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so'zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o'tirma".

Shuningdek, ulug'alloma Abu Ali ibn Sinoning oilaviy munosabatlar masalalariga oid qarashlari ham diqqatga sazovor. Uning "Tadbiri manozil"asarida ayollarning quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishlari lozimligi ta'kidlanadi: bilimli bo'lsin; e'tiqodli bo'lsin; uyatchan, sharm-hayoli bo'lsin; tabiatan Jasur bo'lsin; erini qattiq sevsin; tug'ish va bola tarbiyasi haqida o'ylasin; ezma bo'lmasin; o'z eriga bo'ysunsin; to'g'ri, kamtar va farosatli bo'lsin; hech qachon o'z sha'niga dog'tushirmasin; eri bilan ehtiyot bo'lib, uning hurmatini joyiga qo'yib, xushmuomala bo'lishi shart; o'z vazifasini va burchini yaxshi bilsin; xotin oila xo'jaligidagi narsalardan to'g'ri, tejab foydalanishni bilsin; o'z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo'qotsin.

Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida xotin-qizlarning jamiyat hayoti sotsiomadaniy qiyofasidagi o'zgarishlarni yuksaltirish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Sohibqiron saltanatidagi xotin-qizlarga bo'lgan hurmat, e'tibor va ishonch diqqatga sazovor. Amir Temur: "xotin-qizlarga imkon qadar iliq muomalada bo'lishga harakat qildim", deb yozgan. Saroymulkxonim Amir Temur nikohiga o'tgach mamlakatning eng nufuzli xotin-qizlaridan biriga aylandi, saltanatda "Bibixonim" degan yuksak mavqega ega bo'ldi. Bibixonim yuksak idrok egasi, o'qimishli, ma'rifatli bo'lish bilan birga, benazir did-farosat sohibi ham bo'lgan.

U iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotdan yaxshi xabardor bo'lib, saltanat ishlarida dono maslahati bilan ishtirok etgan.

Bunday yuksak sifatlar, o'z navbatida, o'zbek millati tarixida jasorat va matonati, aql-zakovati, mehnati va bunyodkorlik salohiyati, buyuk farzandlar tarbiyasida o'z mehri bilan abadiy nom qoldirgan temuriy malikalar - Gavharshodbegim, Xonzodabegim, Gulbadanbegim, Zebunisobegim kabi o'z davrining etuk xotin-qizlariga ham daxldor. Xotin-qizlarning ijtimoiy maqomi jamiyat tartibotidan kelib chiqib, ijobiy qabul qilingan va bu an'ana Temuriylar davrida ham saqlanib qolgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Геродот. История. В 9-х кн. - Москва.: Наука 1999. - С. 84.

2. Shimmel A. Jonon mening jonimda. - Toshkent.: Sharq, 1999. -B.173.

3. Nishonova O.D. O'zbek ayollari etnik madaniyatining o'ziga xos ko'rinishlari. // Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning o'rni. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Toshkent. 2018 yil

4. 22 may. -B.163.

5. Грюнебаум Г.Э. Классический ислам. Очерк истории (660-1258). Москва.: 1986. С.13.

6. Achilova M.E. Sharqda gender tenglik masalasiga munosabat: tarix va islohotlar. Yangilanayotgan O'zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli va gender tengligi mavzusidagi I-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami, 2021 yil 2-3 mart. -Toshkent: "Tadqiqot", 2021.-B. 385.

7. Abulqosimov H, Xolmuratova G., Jumaniyozova M. O'zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash masalalari. - Toshkent.: Fan, 2004. -B. 67.

8. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga oid qonun kafolatlari. - Toshkent, O'zbekiston, 2000. -B. 256.

9. Ijtimoiy himoyaga oid Qur'oni karim oyatlari va hadislardan namunalar. // Mas'ul muharrir Z.Uchok. - Toshkent: Toshkent Islom universiteti, 2007. -B.49

10. Qaxxarova, M., & Absattorov, B. M. (2020). Evolution of views on ethics, ethical criteria andethical standards. The Light of Islam, 2020, 110-115.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.