International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
SHARQ FALSAFIY ASARLARIDA BARKAMOL INSON TARBIYASI
To'raqulova Yulduz Eson qizi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 62 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Annotation: In this article, many pandnoms, folk books, created works, which served as a program and guide for human life in the history of Eastern morality, to educate and bring to maturity a spiritually mature person, and the main idea of these works are expressed. revealed.
Key words: Abu Rayhan Beruni, Ibn Sina, Ahmad Farghani, Khorezmi, Ahmad Yassavi, Khoja Bahavuddin Naqshband, Imam Bukhari, Imam al-Tirmizi, Amir Temur, Mirza Ulugbek, Alisher Navai, Babur Mirza.
Annotasiya: Mazkur maqolada ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishga Sharq axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo'llanma vazifasini o'tagan ko'plab pandnomalar, xalq kitoblari, yaratilgan asarlar haqida fikr mulohazalar bildirilgan, hamda ushbu asarlarning bosh g'oyasi ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Xorazmiy, Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo.
Ko'hna tariximizning qaysi sahifasini varaqlamaylik, ularning barchasida barkamol insonni tarbiyalash buyuk maqsad va uning bajarilishi davlat taqdiri bilan mutanosib ravishda uyg'unlashtirilgan bir ijtimoiy hodisa ekanligini ko'rishimiz mumkin. Shu sababli o'tmishdagi mutafakkir-allomalarimiz barkamol avlodni tarbiyalash va komil insonni shakllantirishda o'zlarining mas'ulliklarini his etganlar. Ular ilm-fanning qaysi sohasi bo'yicha shug'ullangan bo'lmasinlar, doimo shaxs kamoloti masalasini ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy siyosatning ustuvor yo'nalishi sifatida kun tartibiga qo'yganlar.
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
Shaxsni - barkamol avlodni tarbiyalash masalasi o'zbek xalqining ming yilliklar tarixida ulkan ijtimoiy vazifa darajasiga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Natijada, dunyo amaliyotida kamdan-kam uchraydigan fenomen - barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi konsepsiyani, aynan Sharqda, xususan, o'zbek xalqi qadimdan istiqomat qilgan hududlarda yuzaga kelganligiga hech shubha yo'q.
O'zbek xalqi azal-azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shib kelgan. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta'limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o'z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta'limotlar ham xalqimizning dahosidan bahra olib, boyib kengayib, rivoj topib kelgan.
Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga, ya'ni Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Xorazmiy, Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning teran ilmlari va ularning dono fikrlariga uyg'un holda shakllangan.
Jamiyatda shaxsga insoniylik va barkamollikka xos barcha hislatlar va fazilatlar tarbiya orqali singdiriladi va rivojlanadi. Zero, tarbiya borasida vorisligi bo'lmagan millatda g'urur tuyg'usi, milliy izzat-nafsi shakllanmaydi. Ibn Sino fikricha, «Tabiatda nimaiki mavjud bo'lsa, o'z tabiatiga ko'ra, kamolotga intiladi. Mana shu (kamolotga) intilish, o'z mohiyatiga ko'ra yaxshilikdir. Narsa kamolotga intilib, nuqsonlardan qochadi»,-predmetlarga xos bo'lgan nuqsonlar uning uchun yomonlikdir. «Har qanday predmetning ikki jihati bor,- deydi u, - bu faollik va passivlik j ihatlaridir» [1.77].
Mutafakkir "Risolai axloq" asarida: axloqda yaxshilik va yomonlik, lazzat va azob - uqubat, bosh rolni o'ynaydi, u insonning barcha yomon fazilatlarini yomonlik kategoriyasiga kiritadi .
"Barkamollik" - bu mehr-muruvvat, adolat, to'g'rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko'plab asl insoniy hislat va fazilatlarning majmuidir. "Barkamol inson g'oyasi" azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma'naviyatining uzviy bir qismi bo'lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
"Avesto"da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. "Avesto" (miloddan avvalgi VII-VI asrlar)dagi dalillar shuni ko'rsatadiki, jamiyat, oila sog'lom avlodning paydo bo'lishi, benuqson naslning tug'ilishi uchun zarur bo'lgan sog'lom turmush tarzi, zurriyotning pokizaligi, uning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy, ma'naviy-huquqiy va iqtisodiy tarbiyasiga katta e'tibor berilgan. Keyinchalik esa "barkamol inson g'oyasi" islom falsafasidan oziqlanib, yanada chuqurroq ma'no-mazmun kasb etgan.
Komil inson haqidagi yuksak g'oyalar Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida, ayniqsa, o'zining teran ifodasini topgan . Abu Nasr Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri", Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlarida jamiyatda yashagan kishilarning ma'naviy kamolotga erishishi adolatli jamiyat qurishning asosiy sharti deb hisoblangan.[2.11]
Kaykovusning "Qobusnoma" asarida sharqona falsafa, yuksak insoniy tafakkur, katta hayotiy mantiq, sharqona odob, islomiy diyonat, munosib vorisiylik, odil siyosat, ijtimoiy adolat, yuksak insoniy madaniyat kabi muhim tushunchalar o'z ifodasini topgan. Buyuk mutafakkirlarimiz o'zlarining ko'p qirrali ijodi bilan kelajak avlodning bilim va madaniyatiga erishishida inson kamolotiga alohida e'tibor berganlar.
"Komil inson" tushunchasi "ma'naviy barkamol inson" tushunchasi bilan hamohangdir. Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetishish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Sog'lom avlod, ma'naviy barkamol inson, komil inson tushunchalari darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson darajasiga erishishning aniq cheki va chegarasi yuq. Bizning qo'hna tariximizda yuzaga kelgan, halq, mamlakat tarixida katta ma'naviy-ahloqiy tarbiya rolini o'tagan tasavvuf falsafasi komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish to'g'risidagi ta'limot va amaliyot sanaladi. Komil inson biz uchun idealdir. U barcha
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg'ularga limmo-lim pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu hislat va fazilatlarning ifodachisi.
Komil inson to'g'risida tasavvuf falsafasida ko'plab asarlar bitilgan. Ana shunday asarlardan biri XIII asrda yashagan Aziziddin Nasafiyning "Insoni komil" nomli risolasi bo'lib, unda komil insonga shunday ta'rif yozilgan: "Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo'lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to'rt narsa kamolotga yetgan bo'lsin: yaxshi so'z, yaxshi fe'l, yaxshi axloq va maorif ". Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg'on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.[3.]
Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga ko'tarila oladi. Komil inson - insonlarning eng mukammali, eng oqili va donosi. Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo'tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma'naviy poklanish jarayonida erishadilar. Komillikning belgisi haq yo'lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o'z so'zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to'g'ri yo'lga solsa, haq yo'lida fido bo'lsa, u shuncha komil bo'ladi.
Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishga Sharq axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo'llanma vazifasini o'tagan ko'plab pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Shular qatoriga Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", "Bo'ston", Amir Temurning "Temur tuzuklari", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Alisher Navoiyning "Mahbubul-qulub", Xusayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu asarlarning ko'pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to'g'rilik, rostgo'ylik, insonparvarlik, ma'rifatli bo'lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o'tilgan. Bular qatoriga ulug' mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o'z kasbidan
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
risq topib kun o'tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o'zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo'pollik qilmaslik, chuchuk tilli, ya'ni yaxshi, muloyim tilli bo'lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushxulq bo'lish, rizo-rozilik bilan kun o'tkazish, sabrli, sadoqatli, vafoli bo'lish, riyozat chekishdan qo'rqmaslik va boshqalar.
Shu tariqa o'tmishda "ma'naviy barkamol inson", "komil inson"ning o'ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo'lib, bu sifatlarga ega bo'lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. "Ma'naviy barkamol inson", "komil inson" haqidagi g'oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo'lgan. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayrli ishlar ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib kelmoqda. Har doim har lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih, ishlar, nojo'ya xatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga, ularda iymon va vijdon binosining paydo bo'lishiga ko'maklashmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak komil insonning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy-ma'naviy saviya, professional iftixor, milliy va umuminsoniy g'urur va boshqalar. Har bir tarixiy davr, har bir jamiyat, o'z axloqiy ideali va unga muvofiq tarbiya nazariyasi va tizimini yaratadi. Jamiyat nafaqat ustuvor g'oyasiz, balki oqilona tarbiya tizimisiz barqaror bo'la olmaydi. Tarbiya jamiyatning axloqiy, ma'naviy qiyofasi, jamiyat a'zolarining xulqi, davlat fuqarolarining tartib-intizomi, turmush tarzining asosini tashkil qiladi. Jamiyatda shaxsga insoniylik va barkamollikka xos barcha xislatlar va fazilatlar tarbiya orqali singdiriladi va rivojlanadi.
Binobarin, millatning bugungi vakillari barkamol shaxsni shakllantirish uchun, ularning komil inson bo'lishiga erishish uchun ajdodlar tomonidan tarbiya borasida asrlar davomida yaratib kelingan tajribalarni o'zlashtirishi talab etiladi. Zero, tarbiya borasida vorisligi bo'lmagan millatda g'urur tuyg'usi, milliy izzat-nafsi shakllanmaydi. Bu hislardan mahrum kishi esa barkamol shaxs bo'la olmaydi. Shuning uchun asrlar davomida millat uchun tarbiyalangan barkamol shaxs tushunchasining mazmun-mohiyati va genezisi, komil insonga xos bo'lgan axloqiy
International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 14 (36) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
sifat va fazilatlar tizimini shakllantirishning yo'llari bilan yaqindan tanishgan yoshlarimiz millatning bugungi kuni va kelajagi uchun shaxslik sifatlari qaysilar ekanligini mafkuraviy ko'rsatmalarsiz ham to'g'ri belgilay biladi, muayyan insoniy fazilatlarni shakllantirishning yo'llarini tarixiy tajribadan kelib chiqib, xatosiz tanlay oladi. O'zlikni anglash, Vatanga va xalqqa muhabbat, tinchlikni asrash, yurt obodligi hamda farovonligiga hissa qo'shish, ilmli, kasb-hunarli bo'lish, barcha axloqiy me'yorlarga amal qilish ham komillik belgilari sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Рахимов C. Абу Али Ибн Сино таълим ва тарбия хдкида. -Тошкент: "Укитувчи", 1967.
2. Жакбаров М. Комил инсон гоясининг тарихий-фалсафий негизлари -Т.: «Тафаккур», 2011.
3. http: //kh- davron.uz