Научная статья на тему 'BOLALARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDA BADIIY ADABIYOT NAMUNALARINING O‘RNI'

BOLALARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDA BADIIY ADABIYOT NAMUNALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komil inson / badiiy adabiot / ma’naviy barkamollik / she’r / hikoya / doston / qissa / masal / aqliy / axloqiy / estetik / tarbiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yoʻldasheva Sohiba Azamat Qizi

Mazkur maqolada bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda badiiy adabiyot namunalarining o‘rni haqida fikr yuritiladi.komil inson, badiiy adabiot, ma’naviy barkamollik, she’r, hikoya, doston, qissa, masal, aqliy, axloqiy, estetik, tarbiya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDA BADIIY ADABIYOT NAMUNALARINING O‘RNI»

BOLALARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDA BADIIY ADABIYOT NAMUNALARINING O'RNI

Yo'ldasheva Sohiba Azamat qizi

Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi 38 - son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.11229765

Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda badiiy adabiyot namunalarining o'rni haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: komil inson, badiiy adabiot, ma'naviy barkamollik, she 'r, hikoya, doston, qissa, masal, aqliy, axloqiy, estetik, tarbiya.

Аннотация. В данной статье рассматривается роль литературных примеров в воспитании детей совершенными людьми.

Ключевые слова: совершенный человек, художественная литература, духовное совершенство, поэма, повесть, эпос, новелла, притча, душевное, нравственное, эстетическое, воспитание.

Abstract. This article examines the role of literary examples in raising children to be perfect people.

Keywords: perfect person, fiction, spiritual perfection, poem, story, epic, short story, parable, spiritual, moral, aesthetic, education.

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning innovatsion tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida "maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish"[1] kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablariga muvofiq nutqini o'stirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish bo'yicha ta'lim berish dasturlarini ishlab chiqish hamda bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish texnologiyalari kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish, komil inson sifatida kamol toptirish dolzarbligini ko'rsatmoqda.

Komil inson tushunchasi ma'naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q.[3]

Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga ko'tarila oladi. Komil inson - insonlarning eng mukammali, eng oqili va donosi. Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo' tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma'naviy poklanish jarayonida erishadilar.

Komillikning belgisi haq yo'lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o'z so'zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to'g'ri yo'lga solsa, haq

yo'lida fido bo'lsa, u shuncha komil bo'ladi.

Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo'llanma vazifasini o'tagan ko'p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo'lgan. Shulardan ba'zilarini sanab o'tamiz. Chunonchi, Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", "Bo'ston", Amir Temurning "Temur tuzuklari", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Alisher Navoiyning "Mahbubul-qulub", Xusayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" va boshqalarni ko'rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning ko'pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to'g'rilik, rostgo'ylik, insonparvarlik, ma'rifatli bo'lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. [2]

Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o'tilgan. Bular qatoriga ulug' mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o'z kasbidan topib kun o'tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o'zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo'pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo'lish - yaxshi, muloyim tilli bo'lish, rahmdil bo'lish, saxiy bo'lish, mard bo'lish, halimlik, xushxulq bo'lish, rizo-rozilik bilan kun o'tkazish, sabrli bo'lish, sadoqatli, vafoli bo'lish, riyozat chekishdan qo'rqmaslik va boshqalar.

Shu tariqa o'tmishda, komil insonning o'ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo'lib, bu sifatlarga ega bo'lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g'oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo'lgan. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muxabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon, har lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo'ya xatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga ko'maklashdi, ularda iymon va vijdon binosining paydo bo'lishini ta'minlaydi.

Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki qanoti bo'ladi. Butun ma'naviy va ma'rifiy tarbiya ishini shu qoidaga asoslanib qurmog'imiz, zamon, mustaqil taraqqiyotimiz, globallashuv davri talabidir. Bu jihatdan maktabgacha ta'lim davridayoq bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish, ularni kitoblar dunyosining sehrli olamiga oshno etish juda katta ahamiyatga molik masalalardandir.

Maktabgacha ta'limda bolalarni tarbiyalashda o'zbek va jahon bolalar adabiyoti vakillari ijodining juda katta o'rni bor. Bir asrdan ortiqroq tarixga ega bo'lgan o'zbek bolalar adabiyoti maydonga kelgan paytlaridan boshlab yosh avlodning ma'naviy kamolotini ta'minlash manfaatlariga xizmat qilib kelmoqda. Dastlabki qadamlarini XX asr boshlarida yangu usul maktablari uchun tuzilgan alifbe va o'qish kitoblariga kiritilgan kichik she'r, masal va hikoyatlardan boshlagan, Saidrasul Aziziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziylar poydevorini qo'ygan o'zbek bolalar adabiyoti o'tgan davr mobaynida umumadabiyot bag'ridagi o'ziga xos katta adabiyotga aylandi., uning she'riy, nasriy, drammatik turlardagi, shuningdek, alohida janrlar bo'yicha badiiy barkamol namunalari yaratildi.

O'zbek bolalar adabiyotining XX asr 30-yillaridan 70-yilllarigacha bo'lgan davrdagi taraqqiyotini belgilagan G'ayratiy, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Sulton Jo'ra, Mirkarim Osim, Shukur Sa'dulla, Hakim Nazir, Ilyos Muslim, Po'lat Mo'min, Qudrat Hikmat, Xudoyberdi To'xtaboyev kabi yetakchi namoyandalari qatoriga 60-70-yillardan H.Po'latov, T.Yo'ldosh, N.Fozilov, E,raimov, F.Musajonov, S.Anorboyev, L.Mahmudov, M.A'zam, S.Barnoyev, T.Adashboyev, A.Obidjon singari ijodkorlarning yangi avlodi qo'shildi.

80-yillarda esa o'zbek bolalalar adabiyoti yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarildi., ma'rifiylik-tarbiyaviylik xususiyatlarini unutmagan holda kun tartibida badiiy barkamollik masalasi yetakchi mavqe kasb eta boshladi. Bu davrga kelib bolalar adabiyoti namoyandalari safi sifat jihatidan ham o'sdi. Endi ular jahon bolalar adabiyotining eng yaxshi an'analarini o'zlashtirib, ularga bo'ylasha boshladilar. O'zbek bolalar adabiyoti yetakchi namoyandalarining badiiy bnarkamol asarlari bir qator jahon xalqlari tilllariga tarjima qilinib chop etilishi esa uning xalqaro adabiy jamoatchilik tomonidan e'tirof etila boshlanishi dalolatidir.

Ma'lumki, "bolalar adabiyoti" deganda bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar xususida yosh kitobxon tushunchasi darajasida ma'lumot beradigan sho'x, o'ynoqi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan asarlarni tushiunish qon-qonimizga singib ketgan. Shu sababli ham shoir-u nosirlarimiz hazilkash, sho'x, o'yinqaroq, topqir bolakaylar haqida hazil-huzulga boy yumoristik she'r-u hikoyalar, doston-u qissalar bitadilar; nabotot va hayvonot dunyosini bolalarning hayratomuz nigohi bilan qayta-qayta kashf qiladilar; parranda, darrandalarni misol qilib, ibratomuz ertg-u masallar yozadilar; Vatan-kindik qoni to'kilgan muqaddas ona tuproqqa sadoqat, ustozlar va ota-ona hurmatini sharaflash ruhidagi sher-u dostonlar yaratadilar; bolalarni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo'lishga chorlovchi - maktab, kitob va boshqa turli o'quv qurollarini madh etuvchi asarlar bitadilar va hokazo. [5.]

Bolalar adabiyotining har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o'rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o'qigan har bir yosh kitobxonning dunyoqarashi, fikri, tasavvuri boyib, o'sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo'ladi.

Asrlar osha huddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o'tib, dillarni yashnatib yurgan "Qizil Shapkacha" (Sh. Perro), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Dyumchaxon" (X. Andersen), "Oltin baliq" (A. S. Pushkin), "Tom Soyerning boshidan kechirganlari", "Shahzoda va gado" (M. Tven), "Kapitan Grant bolalari", "Ostin-ustun" (J. Vern), "Don Kixot" (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarini jo'sh urdirib yuboradi.

XX asrda bunyod etilgan "Maugli" (R.Kirling), "Kichkina Shahzoda" (A. de Sent-

Ekzyuperi), "Katta va kichik Karlson" (A.Lindgren), "Toshkent - non shahri" (A.Neverov), "Vinni Pux" (A.Miln), "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" (S.Marshak), "Uch baqaloq" (Y.Olesha), "Quvnoq bolalar" (B.Kerboboyev), "Doktor Aybolit" (K.Chukovskiy), "Chirollinoning sarguzashtlari" (J.Rodari), "Styopa amaki" (S.Mixalkov), "Kim bo'lsam ekan?" (V.Mayakovskiy), "Bilmasvoy quyosh shahrida" (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o'zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.

Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi. Bu asarlarning ko'pchiligida ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish ("Uch baqaloq"), noshukr bo'lmaslik, ota-ona pandnasihatiga quloq solish ("Ahmoq sichqoncha haqida ertak"), inson va insonga mehr ("Maugli"), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish ("Doktor Aybolit"), o'ziga pishiq-puxta bo'lish, ichki sirlarni o'zgalarga oshkor qilmaslik ("Qizil Shapkacha"), namunali o'qish, kasb-hunar egasi bo'lish ("Kim bo'lsam ekan?"), sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish ("Quvnoq bolalar") dek oliyjanob g'oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o'stiradi

Kattalar adabiyoti kabi bolalar adabiyoti ham o'z oldiga bolalarning yoshi, saviyasiga qarab muhim ta'lim va tarbiyaviy masalalarni qo'yadi. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga to'g'ri kelishidan tashqari kichkintoylarga tushunarli va qiziqarli bo'lishi zarur.[4]

Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, bolalar adabiyoti pedagogika bilan mustahkam bog'langandir. Bu ikki fanning ham maqsad va vazifasi bir: yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berib, ularni davrimizning munosib farzandlari qilib yetishtirishdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" qarori. https://lex.uz/docs/-4327235

2. Buyuk siymolar, allomalar (O'rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar).-T.: Xalq merosi, 1995. - 104 b.

3. Erkayev A. Ma'naviyat - millat nishoni. - T.: Ma'naviyat, 1999. - 240 b.

4. Ibrohimova Z. Kichkintoylar adabiyotining xususiyatlari. -T.: O'qituvchi, 1994.-120 b.

5. Jumaboyev M. O'zbek bolalar adabiyoti.- Toshkent: "O'zbekiston", 2002, 21b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.