Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING MAʼNAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI'

O‘QUVCHILARNING MAʼNAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
206
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviy poklik / ma’naviy fazilatlar / yuksak ma’naviyat / iymon / vatanparvarlik. / Spiritual purity / spiritual qualities / high spirituality / faith / patriotism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Almurotova, Gulbahor

Ushbu maqolada o’quvchilarning ma’naviy fazilatlarini shakllantirish omillari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF FORMING MORAL QUALITIES OF STUDENTS

This article talks about the factors in the formation of the moral qualities of students.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING MAʼNAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023

O'QUVCHILARNING MA'NAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Almurotova Gulbahor,

Jizzax davlat pedagogika universiteti 2 kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'quvchilarning ma 'naviy fazilatlarini shakllantirish omillari haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ma 'naviy poklik, ma 'naviy fazilatlar, yuksak ma 'naviyat, iymon, vatanparvarlik.

ABSTRACT

This article talks about the factors in the formation of the moral qualities of students.

Key words: Spiritual purity, spiritual qualities, high spirituality, faith, patriotism.

KIRISH

Har bir xalq o'zining madaniy-ma'naviy merosi, an'analari, tarixiy xotirasi bilan mavjuddir. Tarixiy xotirasini yo'qotgan xalq qalbini, o'zligini yo'qotadi, oddiy aholi to'dasiga aylanadi va natijada xalq sifatida tarix sahnasidan tushadi. Xalq o'z tarixiy xotirasi tufayli madaniy merosini, qadriyatlarini, o'zligini asraydi, o'z tarixining ijodkor va merosxo'ri ekanligini his qiladi.

O'quvchi-yoshlar ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish ta'lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turibdi. Bu maqsadga erishish yo'lida ta'lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda. Kuzatuvlarimiz ba'zi ta'lim muassasalarida milliy istiqlol g'oyasi bo'yicha ma'ruzalar, seminarlar, kollokviumlarga ko'proq e'tibor berilib, darslardan so'ng o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga yetarli ahamiyat berilmayotganini ko'rsatdi. Holbuki, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda va ular ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishda ulkan ahamiyatga ega. Mustaqillik tufayli musulmonchilikning ulug' madaniy qadriyatlari qayta tiklandi. Bu bebaho xazinani qalbdan chuqurroq idrok qila borganimiz sayin, hayotimiz ma'naviy jihatdan pokizaroq bo'la boradi. Shu o'rinda ota-bobolarimiz e'tiqod qilib kelgan islom dinining inson va uning oilasi, hayotidagi, odob-axloq va xayr-saxovat ishidagi ahamiyatini hamda vijdon erkinligi bilan uyg'un tarzda qo'shilib ketayotganligini alohida uqtirib o'tish darkor.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muqaddas Islom dini ham butun borlig'i bilan insonlarni ilmga, hidoyatga yetaklovchi dindir. Zeroki, Qur'oni karimning birinchi nozil bo'lgan surasi ham "Iqra"' ya'ni, "o'qi" deb boshlanadi. Qur'onning 96-"Alaq" surasida esa: "O'qi, Parvardigoring behad karamli, uning o'zi qalamga o'rgatgan, insonga uning bilmaganlarini o'rgatgan", so'zlari bitilgan. Muborak hadislarda ham ilm, ma'rifatlilik ulug'lanadi. Masalan, "Ilm o'rganish har bir mo'min uchun farzdir", so'zlari muborak hadisi sharifda bitilgan. Ilm tufayli odamlar nodonlik, jaholat botqog'idan chiqib, imonlarini kamolotga yetkazadilar. Ilm tufayli kishilar haq va nohaqni, halol va haromni farqlaydilar va adolat qiladilar. Bas, shunday ekan, jamiyatning har bir a'zosi ma'rifatli, ma'naviyatli bo'lmog'i lozimdir[Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T., Ma'naviyat, 2008.-227 bet].

Ulug' bobomiz Abdulla Avloniy ham "...Ma'rifatli xalq shijoatli bo'lur. Shijoat qalbning matonatidan, ruhning salomatligidan iboratdir. Maorifdan, fandan va madaniyatdan mahrum qolgan xalq jaholat panjaralarining orasida eziladi. Zeroki, jaholat, eng qo'rqinch, faqir va muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdir", -degan edi[Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T., Ma'naviyat, 2008.-80 b].

Mamlakatimiz ta'lim tizimida interfaol usullardan foydalanishga katta ahamiyat berilayotgan hozirgi kunda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni qo'llash yana-da muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg'or o'qituvchilarning tajribasi ko'rsatishicha, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardan dars jarayonida foydalanish o'quvchi-yoshlar faolligini keskin oshiradi. Bundan tashqari, mashg'ulot o'tkazishning rolli o'yin, xizmat o'yinlari singari shakllari asl mohiyatiga ko'ra madaniy tadbirdir. Chunki, ular ta'lim shakllari bilan san'at elementlarining qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Dars jarayonida badiiy asarlardan parchalar keltirish, she'rlarni ifodali o'qish, sahna asarlaridan parchalar ijro etish o'quvchilarning ham aqliy, ham hissiy-emotsional faolligini keskin oshirishga xizmat qiladi .Ma'naviy poklik - inson ma'-yatining go'zalligi, boyligi, teranligi, pokizaligini taqozo etuvchi, ezgu ma'naviy fazilatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha. Ma'naviy poklik inson dunyoga kelganidan to so'nggi nafasigacha ma'naviy jihatdan qanday yashab o'tishi kerakligi bilan bog'liq bo'lgan bilimlar, tajribalar, tasavvurlardan tarkib topadi. Xalqimiz ming yillar mobaynida yuksak ma'-yat va ezgu axloq shart-sharoitlari negizida tarbiyalanib kelgani bois, bizning bu boradagi tushuncha, tasavvur, bilim va tajribalarimiz pokiza turmush tarzini belgilab kelgan. Zero, ma'naviy poklik. eng avvalo, ezgulik va ma'naviy poklikdan ta'lim beradi. Kundalik turmush tarzidagi oddiy tozalikka rioya etish (hovli-joy, yashaydigan, ovqatlanadigan, o'tirib-turadigan xonalarimiz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

ozodaligi), har qanday yumushning mukammal ado qilinishigacha o'tadigan vaqt mobaynida bizga poklik-pokizalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik t.si asos bo'ladi. Shunday ekan, bizning tashqi ozodaligimiz o'z-o'zidan ichki (ma'n-y) ozodalikni, poklikni taqozo etadi. Binobarin, xalqimizning pok niyatli bo'lishi, niyatni ezgulikdan boshlab to yakunigacha, (mukammal ado qilgunicha) pokizalikka rioya qilib kelganligi zamirida ham toza, pok hayot nafasi mavjudligi, har qanday ishda adolat, haqiqat, halollik, ishonch-e'tiqod kabi t.larga tayanishi boshqalardan ham shuni talab qilishi bejiz emas. Ming afsuski, so'nggi yuz-yuz ellik yillar mobaynida yurtimiz mustamlaka holatiga tushib qolgani, hayot tarzimizda sotsializm, kommunizm, dahriylik kabi buzg'unchi g'oyalar o'rin olgani sababli, ma'-yatimizdagi ming yillik tarbiyaviy omillarga ham darz ketdi. Xus-n, pokizalik, halollik, ishonch-e'tiqod tuyg'ulari o'z o'rnini o'g'rilik, harom-harish ishlar, fahsh va razolat, o'zaro ishonchsizlik, ta'magirlik, poraxo'rlik kabi g'ayriinsoniy illatlarga bo'shatib bera boshladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'nggina xalqimiz, millatimiz o'zligini anglash, ajdodlarimiz amal qilib kelgan ma'naviy pok, ozoda va go'zal turmush sharoitlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi.

Ma'naviy fazilatlar - insonning ma'naviy qiyofasi, ijtimoiy hayot, ong va munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan, jamiyat taraqqiyoti va turmushi ta'sirida shakllangan ma'naviy xususiyat va xislatlarining umuminsoniy hamda milliy fel-atvor ko'rinishlarini ifodalovchi tushuncha. Shaxsning ma'naviy fazilatlar uning imon-etiqodi asosida halol-poklik, mehr-shafqat, adolat va haqiqatgo'ylik, vatanparvarlik, kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo'lish, kamtarlik va shakllantirshda namoyon bo'ladi. Shu manoda, ma'naviy fazilatlar erkak va ayol, ota-ona va farzandlarga mos o'ziga xoslik jihatlariga yoki kasbiy xus-yatlarga ega bo'lishi ham mumkin. Sharq xalqlarida ma'naviy fazilatlarni tarbiyalashning muhim mezoni "O'zingga nima tilasang, o'zgalarga shuni tilagin" degan hikmatda mujassamlashgan. Ulug' ajdodlarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy hikmatlarida yuksak ma'naviy fazilatlar tavsiflab berilgan. Abu Nasr Forobiy jamiyat hayotida rahbarlarning eng muhim o'n ikki fazilatini aholining har bir tabaqasiga xos ma'naviy fazilatlarni tahlil etilgan etgan bo'lsa, Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg'ariy fuqaroning odobini, Kaykovus esa farzandlarda ma'naviy fazilatlarni shakllantirish yo'llarini batafsil bayon etgan. Muqaddas kitoblarimizda ham ma'naviy fazilatlarning komil insonni voyaga yetkazish hamda ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni ta'kidlanadi. Ma'naviy qadriyatlar ijtimoiy -tarixiy, madaniy taraqqiyot natijasida shakllanadi, takomillashib boyib boradi. Shu tariqa milliy madaniyat rivojlanadi. Bu jarayonda ma'naviyat ahli: allomalar, adib va ziyolilarning milliy ong, milliy ruh, milliy o'ziga xoslikni ta'minlash va rivojlantirishda tutgan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

o'rni beqiyosdir. Ulug' ajdodlarimiz Imom Buxoriy, At-Termiziy, G'ijduvoniy, Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi zotlarning bizga qoldirgan bebaho ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon mad-ti xazinasidan munosib o'rin olib, insoniyatni ezgulik sari yetaklab, har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qilib kelmoqda. Binobarin, yuksak ma'naviy fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan bu ulug' zotlarning o'zi ham biz uchun abadul-abad ma'naviy yetuklik timsoli bo'lib qoladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak zamonaviy jamiyatning beqarorligi va o'zgarishi sharoitida axloqiy-axloqiy tarbiya masalalari barcha sohalarda birinchi o'ringa chiqadi. Zamonaviy yoshlarning axloqiy ko'rsatmalarini - qadriyat yo'nalishlarini aniqlash uchun axloqiy va axloqiy tarbiya shakllari va usullarini tahlil qilish zarur. Binobarin, talabalarda ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda ta'limning kuchiga e'tibor berish, kuchaytirilishi kerak. Talabalik davrida mehnatning qadrini, kasbning qadrini, kasbiy mas'uliyatni, oilaviy qadriyatlarni shakllantirish zarur.Yuqorida aytilganlarning barchasidan xulosa qilish mumkinki, qadriyatlar tizimi insonning hayotiga bevosita ta'sir qiladi..Qadriyat yo'nalishlari tizimi shaxsning yo'nalishini belgilaydi, odamlar va umuman jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning asosini tashkil qiladi. Ammo faqat gumanistik qadriyatlar to'laqonli, sog'lom jamiyat rivojlanishiga yordam beradi. Va jamiyatning asosi bo'lgan talabalarga axloqiy qadriyatlarni singdirish kerak. Zamonaviy jamiyatning beqarorligi va o'zgarishi sharoitida axloqiy-axloqiy tarbiya masalalari barcha sohalarda birinchi o'ringa chiqadi. Zamonaviy yoshlarning axloqiy ko'rsatmalarini -qadriyat yo'nalishlarini aniqlash uchun axloqiy va axloqiy tarbiya shakllari va usullarini tahlil qilish zarur. Yoshlar yeng faol, maqsadli, bilimli guruhdir. Talaba yoshlarning qadriyat yo'nalishlari kelajakda jamiyat rivojlanish vektorini belgilaydi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008.

2. Mo'minov N.A. Ma'naviyat mustaqillik poydevori. Toshkent. Fan va texnologiya.

XULOSA

2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.