Научная статья на тему 'SHARQ ALLOMALARINING QARASHLARIDA MILLIY TARBIYANI BO’LAJAK O’QITUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISH TEXNOLIGIYALARI'

SHARQ ALLOMALARINING QARASHLARIDA MILLIY TARBIYANI BO’LAJAK O’QITUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISH TEXNOLIGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
44
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq / alloma / qarash / milliy / tarbiya / bo’lajak / o’qituvchi / ong / texnologiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kadirova X.A.

maqolada sharq allomalarining qarashlarida milliy tarbiyani bo’lajak o’qituvchilar ongiga singdirish texnoligiyalari haqida gap borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ ALLOMALARINING QARASHLARIDA MILLIY TARBIYANI BO’LAJAK O’QITUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISH TEXNOLIGIYALARI»

Kadirova X.A.

Umumiypedagogika kafedrasi v.b. dotsenti Chirchiq davlatpedagogika unverseteti

SHARQ ALLOMALARINING QARASHLARIDA MILLIY TARBIYANI BO'LAJAK O'QITUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISH TEXNOLIGIYALARI

Annotatsiya: maqolada sharq allomalarining qarashlarida milliy tarbiyani bo'lajak o 'qituvchilar ongiga singdirish texnoligiyalari haqida gap borgan.

Kalit so'zlar: Sharq, alloma, qarash, milliy, tarbiya, bo'lajak, o'qituvchi, ong, texnologiya.

Kadyrova K.A. associate professor Department of General Pedagogy Chirchik State Pedagogical University

TECHNOLOGIES OF IMMOBILIZING NATIONAL EDUCATION IN THE MINDS OF FUTURE TEACHERS IN THE VIEWS OF EASTERN

SCHOLARS

Abstract: the article talks about the technologies of inculcating national education into the minds of future teachers in the views of the scholars of the East.

Key words: East, scholar, vision, national, education, future, teacher, consciousness, technology.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek: «tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir" [1].

Sharqning ulug' allomalari va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o'zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o'z-o'zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an'analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma'naviy muhit mavjud bo'lmog'i kerak.

Ilm-fan, taraqqiyot avvalo nimaga bog'liq? O'rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta'lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san'at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste'dodli avlodlar to'lqinining paydo bo'lishi va voyaga yetishi — bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo'jaligining ancha jadal o'sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak

darajada rivojlanishi, yo'llar qurilishi, yangi karvon yo'llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta'minlanishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan.

Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo'lgani haqida qadimgi baqtriya, so'g'd, o'rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san'at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.

XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko'rfazigacha bo'lgan hududlardagi qo'shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit'asining katta qismini qamrab olgan. Milodgacha bo'lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O'rta va Yaqin Sharq, O'rta yer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog'lab kelgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati beqiyos bo'lgan.

Buyuk Ipak yo'li — Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O'rta va Yaqin Sharq, O'rta yer dengizi mintaqasi kabi hududlar o'rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit'alar va davlatlar o'rtasida axborot almashuvini ta'minlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog'oz va boshqa ko'plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo'jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi, shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi.

Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Sharq uyg'onish davri — Sharq Renessansi sifatida dune ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Agar Yevropa Uyg'onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san'at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo'lsa, Sharq Uyg'onish davrining o'ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo'ladi.

O'rta asrlarda Sharq ilm-fani rivojida Xorazm Ma'mun akademiyasi alohida o'rin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega bo'lgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, iste'dodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo'jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy kabi qomusiy olimlarning umumbashariy tafakkur rivojiga qo'shgan hissasi beqiyosdir.

YUNESKO shafeligida Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000-yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e'tiborning yorqin namunasidir.

O'sha davrdagi eng buyuk mutafakkir olimlardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Bugun butun dune foydalanadigan hisob-kitob amallari, zamonaviy

texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi. Butun dune Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo'lidagi hissasini yuksak qadrlaydi.

Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma'lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo'yicha ko'plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dune ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.

Keyingi alloma Ahmad Farg'oniyning "Astronomiya asoslari" nomli asari o'n ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi ko'plab mamlakatlarda qayta -qayta chop etilgani uning naqadar ulkan ahamiyatga egaligini ko'rsatadi. Allomaning Yer sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o'tib amalda isbotlagan mashhur sayoh Xristofor Kolumb "Er meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim", deya dastxat qoldirgan.

O'n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. YUNESKO qaroriga muvofiq 1998 yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining 1200-yilligi xalqaro miqe sda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e'tirofi bo'ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Quva va Farg'ona shaharlarida mutafakkir haykallari buned etildi, Farg'ona davlat universitetiga Ahmad Farg'oniy nomi berildi.

Ahmad Farg'oniy tomonidan IX asrda yaratilgan "Astronomiya asoslari" fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o'lchovi haqidagi dastlabki ma'lumotlar, sayoramizning sharsimon ko'rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo'lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo'yicha asosiy darslik sifatida o'qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qilgan.

Ahmad Farg'oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o'rta asrlardagi asosiy astronomik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil dare sida "Nilomer" degan, ko'p asrlar davomida suv sathini o'lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo'ldi.

Ibn Sino nomi dune fani va madaniyati tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Doimo yashil bo'lib turuvchi tropik o'simlik "Avisenniya" deb atalgan. Ko'plab mamlakatlarda ko'chalar, o'quv va tibbiyot muassasalariga uning nomi qo'yilgan, alloma sharafiga medal va mukofotlar ta'sis etilgan.

"Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri" degan unvonga sazovor bo'lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g'urur va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug' zot o'z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati, avvalo, tibbiyot

va falsafa, shuningdek, mantiq, kime, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag'ishlangan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko'plab olimlar avlodi uning asarlarini o'qib, hayratga tushganlar.

Biz doim g'urur va iftixor bilan e'tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur bo'lgan, "Tib qonunlari" deb atalgan o'zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi.

X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo'lgani bois, "Sharq Aristoteli" deb ataganlar. U ko'plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari "Mohiyat xususida so'z", "Fanlarning paydo bo'lishi haqida kitob", "Tafakkur mohiyati" va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko'plab Yevropa va Sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo'lib kelmoqda.

XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish ham o'z mazmun-mohiyati bilan IX-XII asrlardagi Uyg'onish davrining uzviy davomi bo'ldi. Bunday madaniy meroslarning monadlikka intilish, uning davriy uyg'unlashuvi xalqlar hayotida taraqqiyot hamda yuksalishiga poydevor bo'lgan nazariy ta'limotlar rivojlanish bosqichlarini kuzatamiz.

O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so'z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi ilm-ma'rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo'lib porlab kelayotgan Mirzo Ulug'bek xususida eslamasdan o'tolmaymiz.

Mirzo Ulug'bek yurtimizning bir qator shaharlarida madrasalar qurdirgan, Samarqandda o'ziga xos ilmiy muhit, hozirgi tilda aytganda, akademiya tashkil etgan. U yerda 200 dan ortiq olim faoliyat yuritgan. Falakiyot ilmining nazariy va amaliy masalalari to'la qamrab olingan Ulug'bekning "Zij"i o'rta asrlardayoq Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Yevropalik astronom olimlar uni lotin, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilgan, sharhlar bitgan.

"Ziji Ulug'bek", "Ziji jadidi Ko'ragoniy" nomlari bilan shuhrat qozongan bu asarda 1018 yulduzning o'rni va holati aniqlab berilgan. Yulduzlarning balandligi va ular orasidagi masofa, quyosh va oyning harakati, ularning tutilish vaqtlari bayon qilingan. Bu hisob-kitoblar zamonaviy texnologiyalar orqali aniqlangan kuzatuv natijalaridan deyarli farq qilmaydi. Masalan, uning hisobi bo'yicha bir yil 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyani tashkil etadi. Bugungi kunda bir yil 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniyaga teng.

Istiqlol yillarida Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyatini o'rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1994 yil mamlakatimizda Ulug'bek yili, deb e'lon qilindi. O'sha yili Mirzo Ulug'bek

tavalludining 600 yilligi xalqaro miqe sda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag'ishlangan xalqaro anjuman o'tkazildi.

Mirzo Ulug'bek siymosi xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Yurtimizda Ulug'bek nomi berilgan tuman, ma'naviyat maskanlari, mahallalar, ko'chalar ko'p. Ota-onalar eng ezgu niyatlar bilan farzandlariga Ulug'bekning muborak ismini qo'yishadi. Bularning barchasi xalqimizning buyuk allomaga cheksiz hurmatidan darak beradi.

Buyuk ajdodlarimiz yutuqlari - ma'naviy jasorat namunalari. O'zbekiston xalqi ko'pni ko'rgan, yelkasida tarix sinovlarini, ijtimoiy xulosasini yelkalagan, o'ziga ham o'zgalarga ham tinchlik, osoyishtalik, farovon hayotni tilab kelgan, shu niyatda butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo'shgan xalq. Bugun ham xalqimiz ota- bobolarimizdan meros bo'lib qolgan o'zining ana shu ezgulik bayrog'ini qo'lidan tushirgani yo'q.

Bu boy merosdan butun bashariyat ravnaqi yo'lida oqilona va samarali foydalanish — bu siz bilan bizning vazifamiz, siz bilan bizning burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat-e'tiborga munosib bo'lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o'tmishning bebaho ilmiy merosini qaytadan kashf etmoqdamiz. Tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, intellektual salohiyatni rivojlantirish, boyitish va ko'paytirish, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash - moddiy va ma'naviy taraqqiyoti asosi.

Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib topib borgani tarixdan ma'lum. Qur'oni Karim oyatlari, Payg'ambar alayhissalom hadislari, ulamo va hukamo-larimizning kitoblari tarbiyamizning manbayi bo'lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan.

Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog'liq va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam „Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar!" deganlar. Shu bilan birga, „Hech bir ota o'z farzandiga xulq-odobdan yaxshiroq meros qoldirolmaydi" deb, tarbiyada ota-onaning rolini belgilab o'tganlar.

Islomiy (sharqona) tarbiya barcha mo'min-u musulmonlarni nihoyatda xush xulqli, shirin so'zli, oliyjanob bo'lishga da'vat etadi.

Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe'l-atvori shakllanishiga quyidagi omillar ta'sir etadi: biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta'sir etadi.

O'rta Osiyo mutafakkirlaridan Farobiy, Abu Ali Ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berib kelganlar.

Farobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: «munosib inson» bo'lishi uchun odamda ikki imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa, bu

kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yashirishga olib boradigan yullar deydi. Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy pedagogik asosda yoritib berishga yordam beradi.

U ayniqsa oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa oila baxtli bo'ladi degan fikrni ilgari suradi.

Bola shaxsining rivojlanishiga, kamol topishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta'siretadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onalarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bolaga ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, buyi-basti va boshqalar) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularning barchasi jismoniy xususiyatlarga kiradi. Bulardan tashqari oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug'ma utadi. Bu esa fiziologik xususiyat hisoblanadi.

Inson kamolotiga ta'sir etadigan omillardan yana biri bu muhitdir. Muhit deganda kishiga stixiyali ta'sir etadigan tashqi voqealar komplekti tushuniladi. Bunga tabiiy muhit ijtimoiy muhit, oila muhiti kiradi. SHular bilan birga miromuhit - oila sharoiti ham katta ta'sir kuchiga ega. CHunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh urug'ini ko'radi. Bola kamolotida ijtimoiy muhit muhim bo'lib hisoblanadi. CHunki bu yerda ishlab chiqish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar alohida ta'sir qiladi. Bu xil munosabat natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. Inson kamolotida ijtimoiy muhitning ta'siri turli tarixiy davrda turlicha bo'ladi turli sotsial guruhlarga ham turlicha ta'sir etadi.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19-oktyabr.

2. Karl Eduard Zaxau.

3. Abduxalimov B.A. "Bayt al-xikma i nauchnaya deyatelnost sredneaziatskix uchentix v Bagdade" (IX-XI vv. Yestestvennrne nauki): Tar. fan. dokt. ... diss. avtoref. - T.: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. 2001. - 47 b.

4. Abu Rayhon al-Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. - T. I. / Arabchadan A.Rasulov tarjimasi. Mas'ul muharrir I.Abdullayev. - T.: "Fan", 1968. - 488 b.

5. Amir Temur jahon tarixida / Mas'ul muharrir: R.Qosimov. mualliflar jamoasi: S.Saidqosimov (rahbar), A.Ahmedov, B.Ahmedov va boshq. - T.: "Sharq", 2006.

6. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: "O'qituvchi", 1994. 430 b.

7. Buyuk allomalarimiz /Abduhalimov B. Islomov Z. va b.; H. S. Karomatov tahriri ostida. - T.: Toshkent islom universiteti, 2002. - 78 b.

8. Ibrohimov N. Ibn Batuta va uning O'rta Osiyoga sayohati. - T.: Sharq bayozi, 1993. - 104 b.

9. Muhamedov N. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-ma'naviy merosi. - T.: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2007. - 164 b.

10. Obidov R. O'rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. - T.: "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2009. - 68 b.

11. Saidov A., Jo'zjoniy A. Sharq sivilizatsiyasi: inson va huquq (o'tmish va hozirgi zamon). - T.: Adolat, 2005. - 272 b.

12. Samarqandlik allomalar / Sh. Ziyodov, Q.Mahmudov. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.