Научная статья на тему 'XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT'

XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

315
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT

Odiljon Umidjon o'g'li Farhodjonov

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabasi

odilionfarhodionov2004@gmail.com

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri bo'lgan Kat shahrida 973-yil 4-sentabrda tug'ilgan. Uning nasl-nasabida "berun" so'zi "tashqi shahar", "Beruniy" esa "tashqi shaharda yashovchi kishi" ma'nosini bildiradi. Uning bolalik va yoshlik davri Katda o'tdi. Kat shahri O'rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy shaharlaridan biri bo'lgan.

X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo'lingan bo'lib, janubiy Xorazm -markazi Kat, shimoliy Xorazm - markazi Urganch shahri edi. Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi.

Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o'rganadi. O'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990-yillardan boshlab Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi.

Xorazmning katta shaharlari Kat va Urganchda ko'plab mashhur olimlar fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar fan sohasida ensiklopedist bo'lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari orasidagi taxt uchun kurash Ma'mun g'alabasi bilan tugadi. 995-yilda Urganch amiri Ma'mun Xorazmning ikkala qismini yagona bir davlatga birlashtirdi. Kat hukmdori Abdullohning yengilishi Kat shahrida ilmiy ish bilan shug'ullangan olimlar hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

995-yil hodisasidan so'ng Beruniy o'z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo'ladi. Bu davrda u yirik olim bo'lib tanilgan edi. Ro'y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur yetkazgan edi. O'z ilmiy ishlariga qulay sharoit va osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qirg'og'ida joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo'lda, Eronning hozirgi Tehron shahri yaqinida joylashgan Ray shahrida to'xtaydi va bu yerda O'rta Osiyolik mashhur astronom matematik Xo'jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi rasadxonada Xo'jandiy bilan birgalikda kuzatish va o'lchash ishlarini olib boradi. Beruniy bu rasadxonada Xo'jandiy tomonidan yasalgan "Faxriy sekstanti" nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va "Faxriy sekstanti bayoni haqida" nomli asar yozadi (995—997-yillar).

O'rta asrlarda O'rta Osiyo davlatlarida fan va madaniyat yuksak darajaga ko'tarildi. Yirik shaharlarda ilm-fan markazlari, dorilfununlar, madrasalar tashkil etildi. Ularda o'nlab mashhur olimlar fanning o'sha davrda ma'lum bo'lgan hamma sohalari ustida ijod qildilar, mashhur asarlar yaratdilar. Madrasalarda ko'plab talabalar ta'lim olar, ularga o'sha zamonning ko'zga ko'ringan yirik olimlari dars berardilar.

O'sha davrda O'rta Osiyodagi davlatlar fan va madaniyatning rivojlanishi jihatidan jahonda eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ilmi ham juda rivojlandi. Shaharlar va aholi yashaydigan yirik kentlarda kasalxonalar, davo ma,skanlari, dorixonalar barpo etildi. Ularda tajribali hakimlar (o'qimishli tabiblar) va dorishunoslar xizmat qilardilar. Ba'zi yirik kasalxonalar qoshida maxsus oliy tibbiy bilim maskanlari ochilgan bo'lib, ularda ko'plab talabalar o'qitilardi. Bu yerda talabalar ustozlari rahbarligida o'z bilim va tajribalarini orttiradilar. Tib ilmi sohasida chuqur bilim va tajribaga ega bo'lgan hakimlar talabalar uchun turli kasalliklarga tashxis qo'yish va ularni davolashga oid darsliklar, qo'llanmalar yaratdilar. Ular ko'pgina ilmiy asarlar ustida ham ijod qildilar. O'sha davrda yaratilgan "Tib qonunlari" kitobi bunga yaqqol misoldir.

O'rta Osiyo olimlarining yaratgan tibbiy asarlari jahon tibbiyot ilmi xazinasiga yirik durdonalar bo'lib qo'shildi. O'rta asrlarda O'rta Osiyo davlatlarida ilm-fan va madaniyatning yuksalishi birinchi galda shu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda ro'y bergan ijobiy

omillar bo'lsa, ikkinchidan o'sha vaqtdagi davlat

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

boshliqlarining fan va madaniyat ahllarini qo'llab-quvvatlashlari natijasi edi. O'sha vaqtda hakimlik qilgan davlat arboblari o'zlari o'qimishli kishilar bo'lganlar. Shuning uchun ular ilmning qadriga yetar va ilm ahllarini qo'llab quvvatlashganlar. Ularga o'z saroylaridan joy berib, ilmiy ishlari uchun zarur sharoit yaratib berardilar. Tarixda o'sha zamondagi Xorazm, Buxoro hamda Samarqand hokimlarining shunday ilm-fan homiylari bo'lganliklari ma'lum. Shuning uchun bu hokimliklar hududida ilm-fan va tibbiyot ravnaq topgan edi.

X-XII asrlarida Xorazmshohlar, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida tibbiyot yuksak darajada rivojlangan. IX-X asrga kelib jahonga mashhur bo'lgan qadimgi Xorazmshoh mavqei qaytadan ko'tarila boshladi. Arablar istilosi davrida parchalanib ketgan Xorazm davlati shoh Ma'mun ibn Muhammad shimoliy va janubiy Xorazm shohliklarini birlashtirib Xorazm davlatini barpo etgandan so'ng, Xorazm siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir butun davlat bo'lib taraqqiy eta boshladi. Buning natijasida Xorazm yana sharqning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylandi. Uning poytaxti Gurganj (Urganch) o'z madaniy hayoti va turli fanlarning rivoji jihatidan butun Sharqqa mashhur bo'ldi. Shaharda turli hunarmandchilik, ishlab chiqarish, savdo-sotiq ishlari rivoj topdi. Xorazm zargarlari yasagan bezak buyumlari o'zining nozikligi va nafisligi bilan kishini hayratda qoldirardi. Ular dunyo bozorida juda yuksak baholanardi. Xorazm ustalari metall buyumlar yasashda ham juda mohir edilar. Ular yasagan qurol-aslahalar Damashq qilichlari kabi mashhur edi. Shunday qilib IX-X asrga kelib, Xorazm yana dunyoga tanildi. Xorazm davlatining poytaxti Urganch o'sha davrda katta karvon yo'llari tutashgan yerda joylashgan bo'lib, mamlakatlararo savdo-sotiq ishlarida muhim o'ynardi. Shaharga uzoq o'lkalardan ko'plab savdogarlar, sayyohlar kelib turardilar. Shuning uchun Urganchda bir qancha karvonsaroylar barpo etilgandi. Shaharda juda ko'p masjid-madrasalar, bozorlar, hammomlar, hashamatli saroylar qurilgan edi. Bu yerda ko'p olimlar, faylasuflar, me'morlar, sa'nat namoyandalari, shoirlar va tabiblar yashardilar. Xorazm shohlari ularga homiylik qilardilar, ular olimlarga o'z saroylaridan joy berib, ularning yashashlari va ijodiy faoliyatlari uchun zarur sharoit yaratib bergan edilar. Xorazm Ma'mun ibn Muhammadning o'g'li Ma'mun ibn Ma'mun shohlik qilgan davrda (IX asr boshi), ayniqsa, ravnaq topdi. Bu shohning o'zi ancha bilimdon va o'qimishli kishi edi. Shuning uchun u ilm-fanning qadriga yetar va fan ahllarini har tomonlama qo'llab-quvvatlardi. Uning saroyida o'nlab olimlar, faylasuflar, san'at

December 16

342

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqiyotida^

namoyandalari, shoirlar va hakimlar yashardilar. Xorazmdagi olimlar shoh saroyida tashkil etilgan "Olimlar jamiyati"ga uyushgan edilar. Bu jamiyat tarixda "Ma'mun Akademiyasi" nomi bilan mashhur bo'lgan. "Akademiya"ga buyuk o'zbek ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy rahbarlik qilardi. "Akademiya"ga o'sha zamonda ma'lum bo'lgan fanlarning hamma sohalari bo'yicha yirik mutaxassislar, shu jumladan, taniqli tib olimlari ham a'zo edilar. Ulardan bizga mashhur Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Mansur Qamariy, Abul Xayr al-Hammarlar ma'lum. "Ma'mun Akademiy"si Xorazmda turli fanlarning rivojlanishida juda muhim o'rin tutadi. Xorazmlik olimlar fanlarning hamma sohalarini yuksak darajada rivojlantirdilar, ularni boyitganlar va yangi-yangi kashfiyotlar qildilar. Ayniqsa, falakiyot ilmi (astronomiya), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), tarix, jug'rofiya sohalarida ijobiy natijalarga erishildi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ham tez rivojlandi. Bu sohada yirik olimlar yetishib chiqdilar. Bundan tashqari Xorazmda, xususan, uning poytaxti Urganchda, xorijiy mamlakatlardan kelgan ko'pgina hakimlar ham yashardilar. Mamlakatning poytaxti Urganchda va boshqa shaharlarda kasalxonalar va shifoxonalar barpo etilgan edi. Ularda tajribali hakimlar ishlardilar. Urganchdagi kasalxonada bir qancha vaqt mashhur olimlar Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar ishlaganlar. Abu Abldulloh Iloqiy ham shu kasalxonada xizmat qilgan. Ular kasallarni davolash bilan birga turli kasalliklar ustida kuzatish ishlari olib borardilar. Bu kuzatishlar natijasida to'plangan ma'lumotlar umumlashtirilib, kerakli xulosalar chiqarilgan va tashxis hamda davolash sohalarida yangi usullar joriy etilardi. Ular o'z bilim va tajribalari asosida tibbiyotning muhim sohalariga oid asarlar yozardilar. Masalan, Abu Ali ibn Sino o'zining mashhur «Tib qonunlari» kitobining dastlabki boblarini Urganchda yozgan, Abu Abdulloh Iloqiy, Umar Chag'miniylar ham tibga oid o'z kitoblarini Xorazmda yozganlar. Shunday qilib, o'rta asrlarda Xorazm davlatida boshqa fanlar qatorida tib ilmi ham yuksak darajada rivojlandi va muhim yutuqlarga erishdi.

Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo'lib, ko'p vaqtini turli kuzatishlar bilan o'tkazar edi. U yoshlik chog'larida astronomik asbob - devor kvadratini yasagan. U Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug'ullandi

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

qqiyotidag

va 995-996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziro (Ziro-qadimgi o'lchov birligi, 49 sm chamasida) bo'lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o'lchash ishlari olib bordi.

998-1004-yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi. Bu joyda o'zining birinchi eng katta asari "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli kitobini yozadi.

Beruniy bu asarida Sharq mamlakatlari xalqlarining taqvimlari, fan va madaniyatlari haqida ko'p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun sharqqa tarqaldi.

Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048-yillarda G'aznada kechirgan hayoti bir tomondan nihoyatda og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik -geografik asari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidi masofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025-yilda yozib tugatilgan. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029-yil G'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiq molil Hind min ma'quda maqbula fil aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030-yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen "Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q", deb baho bergan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. Beruniy ko'p yillarni Hindistonda o'tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o'rgandi. U

qadimiy hind tili - sanskrit tilini o'rgandi, bir qancha hind

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qildi. Yunon matematiklarining o'lmas asarlari hisoblangan Yevklidning "Negizlar" nomli va Ptolemeyning "Almagest" nomli asarini sanskrit tiliga tarjima qildi. Beruniy bu ajoyib mamlakatning ko'p shaharlarida bo'ldi, undagi xalqlarning turmushlariga va to'plagan ma'lumotlariga asosan 1031-yilda "Hindiston" nomli kitobini yozib tugatdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan.

Beruniy o'zining o'lmas asari "Qonuni Mas'udiy"ni yozish bilan astronomiyaning o'z zamonigacha bo'lgan holatini fan tarixida yozib qoldirdi. Beruniy bu asarini yozishda qadim zamonlardan boshlab to o'zi yashagan davrgacha bo'lgan matematika va astronomiya fanlarining tarraqiyoti bilan tanishib chiqdi. Bu asarda astronomiya va matematikaga doir bilimlarni bayon qildi. Bulardan tashqari Beruniyning "Quyosh harakatini tekshirish", "Astrolyabiya haqida risola", "Oy haqida risola", "Farg'oniyning astronomik tekshirishlari", "Hind astronomlari savollariga javoblar", "Xorazmiyning astronomik ishlari haqida", "Planisfera haqida risola" va boshqa asarlari bor. Beruniy asarlari orasida matematika faniga oidlari ham bor. Masalan, "Trigonometrik funksiyalarni soddalashtirish", "Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash" asarlari shular jumlasidandir.

Miloddan avval o'tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning o'lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o'lchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo'ladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo'ladi yoki meridian yoyining uzunligi 70121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo'lsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan so'ng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen

o'lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O'rta

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

qqiyotidag

asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo'lgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan. Mashhur astronom, matematik, faylasuf va shoir Umar Xayyom (1048-1131) o'zining astronomik kuzatishlarida, xurosonlik astronom va matematik Nasiriddin Tusiy (1201-1274) Beruniyning astronomiya va boshqa sohalardagi asarlaridan keng ravishda foydalanishgan. Beruniyning ilmiy g'oyalari bu olimlar tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim, tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan Ibn Sino olam tuzilishi haqida ilmiy munozaralar olib borganlar, bu munozaralarda olg'a surilgan g'oyalar astronomiya va fizika tarixida katta ahamiyatga egadir.

Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 11-dekabr 1048-yilda Razna shahrida (hozirgi Afg'oniston hududida) vafot etdi.

"Dorilar haqida" ("Kitob as-saydana") kitobida o'sha davrlarda ma'lum bo'lgan dorivor o'simliklarning lug'atini alilbo tartibida tuzadi. Dori tayyorlanadigan dorivor o'simliklar, ulardan ba'zilarining o'sadigan joylari haqida ma'lumotlar beriladi. Bu asar yakka-yu yagona qo'lyozma shaklida saqlangan bo'lib, uning ba'zi parchalari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Bu asar birinchi marta 1973-yilda rus va o'zbek tillarida Toshkentda nashr etildi.

Juda ko'p fanlar sohasida ajoyib, sermazmun asarlar yaratgan butun umrini fanga bag'ishlagan va o'tkir talantini tabbiyot sirlarini ochish uchun kurashga sarflagan, o'z zamonasining qarama-qarshiliklariga, fan ahllari uchun tinch bo'lmagan hayotga bardosh bergan Beruniy, haqiqatan ham progressiv olim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Beruniyning nomi butun jahonga mashhurdir. 1973-yil 4—7-sentabr kunlari "Beruniyning 1000 yilligi" ilmiy konferensiya ish olib bordi. Shunda sovet olimlari va chet ellik mehmonlar Beruniy ijodini o'rganish sohasida ma'ruzalar qildilar. Olim tavalludining 1000 yilligi uning ijodini o'rganishga yana bir turtki bo'ldi. Hozirgi kunda chet el olimlari HAM Beruniyning sermazmun asarlarini har tomonlama va chuqur ilmiy asosda o'rganmoqdalar.

YUNESKO Ijroiya kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida 2022-2023-yillarda keng nishonlanishi bo'yicha qaror qabul qilindi.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyotwa^

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, YUNESKO ishlari bo'yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovni ta'kidlashicha, mazkur yubiley sanasini YUNESKO rahnamoligida nishonlash tashabbusi O'zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan va Bosh qarorgohga taqdim etilgan. Nomzodlik hujjati Tojikiston, Eron va Turkiya davlatlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan.

REFERENCES

1. M.Axadova "O'rta Osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari" kitobi.

2. Sh.T.Iskandarova, B.Q.Yusupaliyev, N.F.Rasulova, B.B.Qurbanov. "Tibbiyot tarixi" kitobi.—Toshkent.: "Ijod Print" 2020

3. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/abu-rayhon-beruniy-973-1048/

4. https://oyina.uz/uz/generation/46

5. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Abu Rayhon Beruniy

6. https://uzreport.news/society/yunesko-abu-rayhon-beruniy-tavalludining-1050-yilligini-nishonlash-to-g-risidagi-qarorni-m

7. https://arboblar.uz/uz/people/abu-rajkhan-beruni

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.