Научная статья на тему 'SHAHARLARDA YO‘L HARAKATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI'

SHAHARLARDA YO‘L HARAKATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo’l harakat / transport oqimi / xavfsiz harakat / jamoat transporti. / road / movement / traffic flow / safe movement / public transport.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soliyev R.X., Mannonov J.A., Valiyeva G.F

Yirik shaharlarda transportni rivojlantirish strategiyasi jamoat avtomobil transportining shaxsiy avtomobil transportiga nisbatan imtiyozini ta’minlashga va shaharda avtomobil transportidan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu maqolada yirik shaharlarda, jumladan, Andijon shahrida yo‘l harakatini tashkil etishdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS FOR EFFECTIVE TRAFFIC ORGANIZATION IN CITIES

The strategy for the development of transport in large cities is aimed at ensuring the preference of public car transport over private car transport and reducing the use of car transport in the city. Based on this, this article examines the problems of traffic management in large cities, including Andijan, and suggestions for their solution.

Текст научной работы на тему «SHAHARLARDA YO‘L HARAKATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI»

Soliyev R.X.

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi professori

texnika fanlari doktori Mannonov J.A.

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo \yicha falsafa doktori

Valiyeva G.F.

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi dotsenti texnika fanlari bo 'yicha falsafa doktori

SHAHARLARDA YO'L HARAKATINI SAMARALI TASHKIL ETISH

YO'NALISHLARI

Anotatsiya. Yirik shaharlarda transportni rivojlantirish strategiyasi jamoat avtomobil transportining shaxsiy avtomobil transportiga nisbatan imtiyozini ta 'minlashga va shaharda avtomobil transportidan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu maqolada yirik shaharlarda, jumladan, Andijon shahrida yo 'l harakatini tashkil etishdagi muammolar va ularning yechimi bo 'yicha takliflar ko 'rib chiqilgan.

Tayanch so 'zlar: yo 'l harakat; transport oqimi; xavfsiz harakat, jamoat transporti.

Soliyev R.Kh., doctor of technical sciences

professor

Department of Vehicle Engineering Mannonov J.A., doctor of philosophy in pedagogical sciences

associate professor Department of Vehicle Engineering, Valiyeva G.F., doctor of philosophy in technical sciences

associate professor Department of Vehicle Engineering

DIRECTIONS FOR EFFECTIVE TRAFFIC ORGANIZATION IN

CITIES

Annotation. The strategy for the development of transport in large cities is aimed at ensuring the preference of public car transport over private car transport and reducing the use of car transport in the city. Based on this, this article examines the problems of traffic management in large cities, including Andijan, and suggestions for their solution.

Key words: road, movement; traffic flow; safe movement, public transport.

Yo'l harakatini tashkil etish - transport vositalari oqimini maksimal darajada yo'lning geometrik o'lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo'laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o'tkazish qobiliyatini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo'l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to'g'ri yo'naltirishga, kerak hollarda ulami tezliklar bo'yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo'l bo'lagi uchun ratsional tezliklami belgilashga, haydovchilarga o'z vaqtida harakat marshruti va yo'l sharoiti to'g'risida axborot berishga qaratilgan. Yo'l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to'g'ri yo'naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo'yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo'l bo'lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o'z vaqtida harakat marshruti va yo'l sharoiti to'g'risida axborot berishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng iqtisodiy o'zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshlandi. Chunonchi, avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo'lga qo'yildi, yo'l qurilishi sohasi jadallashtirildi, shuningdek, chet davlatlar bilan savdo aloqalari yuqori darajaga ko'tarildi. Bu esa, tabiiy ravishda respublika avtomobil yo'llarida harakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi. Hozirgi va istiqboldagi asosiy masalalardan biri - avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlashdan iborat bo'lib, unda yo'l-transport hodisalari, ularda halok bo'luvchilar va tan jarohati oluvchilar sonini, ko'riladigan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilishi zarur.

Namangan viloyat maydoni bo'yicha Farg'ona viloyatidan 1,5 marta Buxoro viloyatidan 9,4 marta, Navoiy viloyatidan 25,8 marta kichik bo'lib, respublika hududida maydon jihatidan eng kichik viloyat hisoblanadi. Yana shuni aytish kerakki, viloyat hududi Farg'ona vodiysidan o'tgan va kesishgan magistral yo'llar ustida joylashgandir. Viloyat hududidan Qirg'iziston va boshqa tomonlarga boradigan yo'llar o'tgan. Namangan viloyati respublika hududida kichik maydonni egallashiga qaramay, respublikaning 9% ortiq aholisi yashaydi. Yana shuni aytish o'rinliki, Andijon viloyati aholisining zichligi bo'yicha nafaqat respublikada, balki MDH bo'yicha eng zich viloyat bo'lib, 1 km.kv. ga 1.01.2018 yilgi ma'lumotga ko'ra 698 kishi to'g'ri keladi.

Keyingi yillarda shaharda olib borilayotgan yirik qurilishlar uning transport va infrastrukturasini qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Shunday ekan, yangi ko'rinishdagi poytaxtimizning ko'chalaridagi yo'l harakatini tashkil etishni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Yo'l harakatini tashkil etish-yo'l-transport harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik tadbirlar va avtomobil yo'llarida boshqarish bo'yicha taqsimlovchi harakatlar kompleksidir. Yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rinishi avtomobil transport vositasi va piyodalarning yo'l harakatini optimal tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha loyihalashtirishga qaratilgan.

Yirik shaharlarda transportni rivojlantirish strategiyasi jamoat avtomobil transportining shaxsiy avtomobil transportiga nisbatan imtiyozini ta'minlashga va shaharda avtomobil transportidan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan.

Namangan shahri ko'chalari shahar arxitekturasidan kelib chiqib, asosan radial ko'rinishda joylashgan. Bungi kunda shahar ko'chalarida yo'l harakatini tashkil etish ilmiy-tadqiqot natijalari asosida zamonaviy tashkiliy-texnik vositalar yordamida tashkil etilgan. Andijon shahridagi hozirgi transport va infratransport o'zgarishlarini e'tiborga olib, yo'l harakatini tashkil etishdagi quyidagi takliflar to'g'risida aytib o'tishimiz mumkin:

- shahar hududini ayrim hududlarga ajratib chiqish;

- aholi zich yashash hududlari (bu hudud ichida avtomobil harakati uchun ma'lum cheklovlarning o'rnatilishi lozim)ga ajratib chiqish mumkin. Masalan, Parijda "Avtomobilsiz markaz" dasturi joriy qilingan;

- shaxsiy avtomobillarda shahar markaziga kirish uchun to'lov tizimini joriy etish. Kirish masofasining shahar markazida turish joy masofasiga bog'liq ravishda shaharga kirish uchun belgilangan miqdorda to'lovlarni amalga oshirish yoki avtomobillarni to'xtab turish joyida qoldirish (parkovka qilish) kabi tadbirlar xorij tajribasida amalga oshirilgan. Lekin mazkur tadbirlar bir qancha muammolarni ham yuzaga keltirib chiqaradi. Masalan, shaharga kirish hududlarida keng avtomobil to'xtab turish joylarini tashkil etish, shahar jamoat transportiga o'tib o'tirish uchun marshrutlarni qayta ko'rib chiqish, barchasi uchun to'lov tizimini ishlab chiqish va h.k.;

- shahar jamoat yo'lovchi transportini rivojlantirish. Shahar jamoat yo'lovchi transporti harakatini xavfsiz tashkil etish usullarini joriy etish. Masalan, shahar jamoat yo'lovchi transporti harakati uchun alohida harakatlanish yo'lakchasini tashkil etish. Bunday tajribani London, Berlin, Los-Anjelos, Sofiya va Moskva shahar ko'chalarida amalga oshirilganini aytib o'tish joiz;

- shahar ko'chalarini takomillashtirish. Yuqori transport zichligiga ega bo'lgan shahar ko'chalarida tezlik yuqori bo'lgan magistrallarni tashkil etish. Lekin bunday shahar ko'chalarini tashkil qilish juda katta ilmiy-loyihaviy ishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi;

- yo'l-transport harakati ishtirokchilarini yo'l-transport holatlari to'g'risida axborotlar bilan ta'minlash. Bunday axborot ma'lumotlari avtomobil yo'lining holati, undagi transport vositalarining zichlik holati (tirbandlik), shahar jamoat transporti marshrutlari to'g'risidagi ma'lumotlar va h.k.larni o'z ichiga olishi mumkin. Keltirib o'tilgan axborot ma'lumotlarini uzatish va undan foydalanish bo'yicha qator innovatsiyalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan.

Harakat xavfsizligini ta'minlash keng qamrovli tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etar ekan, yuqorida shaharlarda yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha qayd etilgan takliflar Namangan shahridagi muammolarning yechimiga ham hissa qo'shadi, deb umid qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyul 3127-sonli "Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida" gi qarori.

2. Ushakov. V. "Bezopasnost dorojnogo dvijeniya attestatsiya otvetstvennix" M:2018 god

3. Q.H.Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. -Т., «Fan va texnologiya», 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.