UDK 656.072.5
JAMOAT TRANSPORTINING YO'LOVCHILARGA XIZMAT KO'RSATISH
SIFATINI OSHIRISH USULLARI
Odilov Nurmuhammad Eshpo'lat o'g'li JizPI, assistant, [email protected], +99897.328-92-92
Annotatsiya. Ushbu maqolada shahar jamoat transportida yo'lovchilarni tashish samaradorligini oshirish va xizmat sifatini oshirish usullari tahlil qilingan. Jamoat transportida xizmat ko'rsatish darajasini oshirishda yo'nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibning sonini belgilash va ularning harakatlanish intervallarini to'g'ri tanlash yaxshi samara berishi asoslangan. Bundan tashqari shahar aholisining va yo'lovchilarning jamoat transporti to'g'risidagi fikri o'rganilgan va xizmat sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Аннотация. В данной статье анализируются пути повышения эффективности пассажирских перевозок и качества обслуживания в городском общественном транспорте. Он основан на том, что определение количества подвижного состава на маршрутах и выбор правильных интервалов их движения хорошо повлияют на повышение уровня обслуживания в общественном транспорте. Кроме того, было изучено мнение жителей города и пассажиров об общественном транспорте и даны рекомендации по улучшению качества обслуживания.
Abstract. This article analyzes ways to improve the efficiency of passenger transportation and service quality in city public transport. It is based on the fact that determining the number of rolling stock in the routes and choosing the right intervals of their movement will have a good effect in increasing the level of service in public transport. In addition, the opinion of city residents and passengers on public transport was studied and recommendations were made to improve the quality of service.
Kalit so'zlar: transport, yo'lovchi, xavfsizlik, jamoat transporti, xizmat sifati, harakat tezligi, yo'lovchilar oqimi, harakat intervali.
Ключевые слова: транспорт, пассажир, безопасность, общественный транспорт, качество обслуживания, скорость движения, пассажиропоток, интервал движения.
Key words: transport, passenger, safety, public transport, service quality, movement speed, passenger flow, movement interval.
Hozirgi kunda respublikamizda yuk va yo'lovchilarni tashishda avtomobil transportining ahamiyati juda katta. Mamlakat aholisining soni yildan-yilga ortib borishi bilan aholining avtomobil transportiga bo'lgan ehtiyoji ham oshib bormoqda. Bu esa tabiiy ravishda shahar ko'chalarida harakat xavfsizligini ta'minlashda hamda aholiga transport xizmatini ko'rsatishda bir qancha muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa hozirgi kundagi asosiy muammolardan biri shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini rivojlantirish va aholiga ko'rsatilayotgan transport xizmati sifatini oshirishdan iboratdir.
Bizga ma'lumki, shahar ko'chalari harakat tasmalarida harakat miqdori va uning tarkibining tez-tez o'zgaruvchanligi kuzatiladi [11]. Harakat miqdorining ortib borishi bilan
avtomobillar to'xtab turish joylariga bo'lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi. Hozirgi kunda bu anchagina katta muammoga aylanganligini ko'rishimiz mumkin. Buning oqibatida transport vositalarining to'xtash joylari yo'lning qatnov qismida vujudga kelayotganligi kuzatilmoqda. Bu holat transport vositalarining harakatlanishiga salbiy ta'sir qilayotganligi ma'lum, ayniqsa jamoat transportlarining harakatlanishini qiyinlashtirib, yo'lning o'tkazish qobiliyatining pasayishiga, tirbandlikning vujudga kelishiga, transport vositalarining tezligining pasayishiga olib kelmoqda [7].
Shahar ko'chalarida harakat miqdorining ortishi ayniqsa kunning tig'iz paytlarida jamoat transport vositalarining ushlanib qolishlariga, ayniqsa, avtobuslarning ushlanib qolish vaqtining ortishiga, buning natijasida harakat tezligining pasayishiga, o'z navbatida qatnovlar muntazamligining buzilishlari yuzaga kelishiga, yo'lovchilarning kutib qolishlariga sabab bo'lmoqda [8].
Aholiga ko'rsatilayotgan transport xizmatining sifatini oshirish uchun avvalo jamoat transportlari harakatlanishi uchun imtiyozli sharoitlar yaratish kerak. Shahardagi yo'lovchilar harakat miqdori va oqimini aniqlab yo'lovchilar oqimiga moslab yo'nalishlarni tashkil qilish va harakatlanish intervallarini belgilash, yo'lovchilar oqimiga qarab avtobuslar va mikroavtobuslarni yo'nalishlarga joylashtirish, asosiy magistral ko'chalar va yo'lovchilar oqimi yuqori bo'lgan yo'nalishlarga sig'imi katta harakatlanuvchi tarkiblarni joylashtirish va ularning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizda bir qator huquqiy hujjatlar va qarorlar tasdiqlangan va ularning ijrosi ta'minlanmoqda.
Shahar ko'chalarida harakat miqdorining ortishi ayniqsa kunning tig'iz paytlarida jamoat transport vositalarining ushlanib qolish vaqtining ortishiga, buning natijasida harakat tezligining pasayishiga, o'z navbatida qatnovlar muntazamligining buzilishlari yuzaga kelishiga, yo'lovchilarning kutib qolishlariga sabab bo'lmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun avvalo jamoat transportlaridagi yo'lovchilar oqimini o'rganish, yo'lovchilar oqimiga mos ravishda yo'nalishlarda harakatlanish intervallarini belgilash va harakatni to'g'ri tashkil qilish lozim [7].
Aholining tashishga bo'lgan ehtiyojini qondirishda avtomobil transporti vositalaridan biri bo'lgan avtobuslar boshqa transport turlariga qaraganda bir qancha ustunligi va o'ziga xos xususiyatlari bilan alohida o'rin tutadi.
O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda 2 mln. dan ortiq yengil avtomobil, 400 ming dan ortiq yuk avtomobili va 90 ming dan ortiq avtobus mavjud bo'lib, ular yordamida har yili 3,5 mlrd. yo'lovchi tashilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 1500 dan ortiq shahar va shahar tipidagi aholi punktlarida avtobus qatnovlari yo'lga qo'yilgan [3].
Jizzax shahrida ham yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishda jamoat transport vositasi hisoblangan avtobuslar va mikroavtobuslarning ahamiyati juda muhim o'rin tutadi. Ushbu avtobuslar va mikroavtobuslar har xil yo'nalishlar bo'ylab yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatmoqda.
Hozirgi kunda Jizzax viloyati bo'yicha shahar, shahar atrofi, viloyat ichi shaharlararo yo'lovchi tashish bo'yicha jami 127 ta yo'nalishlar mavjud bo'lib bu yo'nalishlarda avtobuslar, mikroavtobuslar va yo'nalishli taksilar yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatib kelmoqda (1-jadval) [6].
1-jadval
Jizzax viloyati bo'yicha yo'lovchi tashish yo'nalishlari
2022-yil 31-avgust holatiga Jizzax viloyati bo'yicha shahar, shahar atrofi, viloyat ichi shaharlararo va viloyatlararo yo'lovchi tashish yo'nalishlari
T/№ Yo'nalish turi Yo'nalish soni Qatnov masofasi, km Transpor t vositasi soni, dona Transport vositasi rusumi
1 Shahar ichi avtobus yo'nalishlari 15 161Л 200 Isuzu
2 Shahar ichi yo'nalishli taksi yo'nalishlari 10 94,8 81 Damas
3 Shahar atrofi avtobus yo'nalishlari 2l 133,1 81 Isuzu
4 Shahar atrofi yo'nalishli taksi yo'nalishlari 41 651,4 348 Damas Gazel
5 Viloyat ichi va shaharlararo avtobus yo'nalishlari 32 2111,6 64 Isuzu
б Viloyat ichi va shaharlararo yo'nalishli taksi yo'nalishlari 2 113,5 12 Gazel JAC
Jami 127 4531,5 798
O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida ushbu yo'nalishlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatayotgan 800 ga yaqin transport vositalarining hammasi tijorat asosida xizmat ko'rsatuvchi xususiy tashuvchilarga tegishliligi va ularning aksariyatining foydalanish muddati kam qolganligini ko'rishimiz mumkin. Chunki yo'lovchi tashuvchi transport vositalarining foydalanish muddatiga qat'iy talab belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yo'lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 2019-yil 22-maydagi 424-sonli qarorida foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo'lgan avtobuslarda yo'lovchilarni tashish ta'qiqlab qo'yilgan [2]. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan hozirgi vaqtda tashuvchilar oldida turgan asosiy muammolardan biri bu - harakatlanuvchi tarkibning foydalanish muddati tugashi va uning ma'naviy eskirishi. Bu esa o'z navbatida yo'nalishlarda harakatlanuvchi tarkibning yetishmasligiga olib keladi. Harakatlanuvchi tarkibning yetishmasligi, ayniqsa, kunning tig'iz paytlarida yo'lovchilar ko'p miqdorda bo'lganligi uchun bekatga kirib kelgan birinchi avtobusda ketishiga kafolat berilmasligiga olib keladi, bu esa ularning kutish vaqtini oshiradi. Bu holat esa yo'nalishsiz taksilar xizmatidan foydalanish zaruriyatini yuzaga keltiradi [10]. Bu muammolarning oldini olish uchun yo'nalishlarda harakatlanuvchi tarkiblarning sonini to'g'ri taqsimlash, yo'nalishlardagi harakat intervallarini to'g'ri tashkillashtirish, kunning tig'iz vaqtlarida harakatlanish intervallarini qisqartirish, yo'lovchilar oqimi katta bo'lgan yo'nalishlardagi kichik sig'imli avtobuslarni katta sig'imli
avtobuslarga almashtirish va boshqa ishlarni amalga oshirish zarur bo'ladi.
Jamoat transportining sifati ko'p jihatdan quyidagi parametrlar ta'sirida shakllanadi:
- yo'nalish tarmog'i zichligi;
- yo'lovchi transporti yo'nalishlari uzunligini barcha tarmoq uzunligiga nisbatini ko'rsatuvchimarshrut koeffisienti;
- har bir 1000 aholiga to'g'ri keluvchi transport vositalari soni;
- harakat tekisligi;
- yo'nalishda harakatlanishga ketadigan vaqt;
- transport vositasi yo'lovchi sig'imidan foydalanish;
- yetib borish davomida yo'nalishlarni almashtirish koeffitsienti. Xizmat sifatini belgilovchi muhim parametrlar quyida keltirigan (1-rasm).
1-rasm.Yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifatini belgilovchi omillar
Aholiga sifatli transport xizmati ko'rsatish juda muhim bo'lganligi uchun bu vazifaga tizimli yondashish kerak [10].
Transport xizmati sifatini oshirish uchun tizimli yondashuv ya'ni shahar atrofi yo'nalishlarining ma'lum bir tarmog'iga xizmat ko'rsatadigan avtobuslarni tashish jarayoniga ajratish ishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak:
- yo'lovchilar oqimi taqsimotining vaqtinchalik va doimiy xususiyatlarini o'rganish, shuningdek, tashish uchun haqiqiy talabni aniqlash;
- yo'nalishlar bo'yicha harakatlanuvchi tarkibning ratsional turlarini va ularning sonini
hisoblash aniq hisoblash;
- shahar atrofiga xizmat ko'rsatadigan avtobuslar parki tuzilmasini yaratish;
- tashish imkoniyati yetishmasa, avtobuslarni yo'nalishlar o'rtasida qayta taqsimlash;
- harakatni tashkil etishning oqilona shakllarini, haydovchilar brigadalari ishini tashkil etish va yo'lovchilar tomonidan sayohat uchun haq to'lash tizimlarini takomillashtirish va hakozolar.
Yo'lovchilarga samarali transport xizmati ko'rsatishni tashkil etish uchun yo'lovchilar oqimi to'g'risidagi ma'lumotlarni tizimli ravishda olib borish zarur. Axborot olishning asosiy maqsadlariga ko'ra yo'lovchilar harakatini o'rganish ikki sinfga bo'linadi. Birinchisi - aholining transportga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan so'rovlarni o'z ichiga oladi, ikkinchisi -mavjud transport xizmatlari tizimini takomillashtirish bilan bog'liq [3].
Transportga bo'lgan ehtiyojni o'rganish yo'lovchilarni tashishga bo'lgan talabning shakllanish qonuniyatlari haqida ma'lumot beradi, transport xizmati so'rovi mavjud tizimi bilan aholining transport xizmatlariga bo'lgan qondirish darajasi haqida ma'lumot beradi.
Transportda xizmat ko'rsatish darajasini baholash metodlaridan foydalangan holda Jizzax shahar avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilarning manzillariga o'z vaqtida yetib borish masalalari, ularga transport xizmati ko'rsatish sifat darajasini belgilovchi omillarni o'rganish bo'yicha onlayn so'rovnoma tashkil qilindi.
Xizmat ko'rsatish turlari 2-rasm. Aholi uchun avtobusda sifat ko'rsatkichlari muhim bo'lgan omilllar
Yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifatini oshirish uchun avvalo unga ta'sir etuvchi omillarni chuqur o'rganish va o'rganilgan tahliliy natijalarga ko'ra xizmat ko'rsatish parametrlarinibelgilovchi ko'rsatkichlarni yaxshilash zarur bo'ladi [5] (2-rasm).
Aholiga jamoat transportida xizmat ko'rsatish sifatini baholashda dastlabki ma'lumotlarni olish uchun onlayn so'rovnoma tashkil qilindi. Ushbu so'rovnoma o'z ichiga 25 ta savollarni qamrab oldi va bu savollar orqali aholining shaxsiy va jamoat transportida harakatchanligi o'rganildi. So'rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 46 % avtobusda, 33% taksida va 15% shaxsiy avtomobilda harakatlanishi aniqlandi.
Shahar hududlarida yashovchi aholidan jamoat transportida xizmat ko'rsatish sifatini baholash so'ralganda avtobuslarda sifat ko'rsatkichini belgilovchi omillar: tezlik,narx, qulaylik, xavfsizlik, harakat jadvali, yo'nalishda almashinuvchanlik (пересадка), o'tirish uchun joylar mavjudligi kabi ko'rsatkichlarni "yaxshi", "qoniqarli", "yomon" darajalarda baholashda aksariyat qatnashuvchilar "yomon" darajani tanlagan [12] (3-rasm).
So'rovnoma asosida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, unda berilgan barcha savollar aholiga transport xizmatini ko'rsatish sifati va uni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Ammo aholiga transport xizmati ko'rsatish sifatiga ta'sir etuvchi omillarning tasodifiy o'zgarish tabiati yetarlicha tez o'zgaruvchan harakat hisoblanadi. Bundan tashqari, o'tkazilgan tadqiqotlarda shahar avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilarning manzillariga o'z vaqtida yetib borish masalalari, ularga transport xizmati ko'rsatish sifat darajasini belgilovchi omil sifatida yetarli emasligi aniqlandi [9]. Bundan shahar avtobus yo'nalishlarida transport
xizmat sifati parametrlarini takomillashtirish zarurati kelib chiqadi.
3-rasm. Avtobuslarda xizmat ko'rsatish sifatini baholash
Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
> shahar avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifatini baholash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma tahlili asosida xizmat ko'rsatish sifatiga ta'sir etuvchi optimal harakatlanish jadvali, yo'nalish pasporti va oraliq intervallarni tanlash;
> shahar avtobus yo'nalishlarida transport xizmati sifat ko'rsatkichlarini baholash mezonlarinitakomillashtirish;
> avtobuslarning harakatlanish rejimi bilan boshqariladigan chorrahalar orasidagi bog'liqliknianiqlash usulini ishlab chiqish;
> shahar avtobus yo'nalishlarida harakatlanuvchi tarkib sig'imidan foydalanish koeffitsiyenti me'yoriy qiymatini, unga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar orqali ta'minlash usulini ishlab chiqish.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra aholining transport harakatchanlilgini oshirish, ularga jamoat transportida xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashda quyidagi me'zonlar bo'yicha samarali natijalarolish mumkin:
S taksi orqali 1 kunda faqat 1ta manzilga tashrif buyuruvchi 40 % dan ortiq aholini jamoat transporti orqali qamrab olish hamda 1 kunda 3-4 ta va undan ko'p manzillarga jamoat transportida qatnovchi 10% aholini yo'nalishli taksi orqali tashish evaziga iqtisodiy samaradorlikni oshirish;
S jamoat transporti tizimini yaxshilash shahar avtobus yo'nalishlarida yo'lovchilarning manzillariga o'z vaqtida yetib borish masalalari, ularga transport xizmati ko'rsatish sifat darajasini belgilovchi omillarni yaxshilash;
S shaharning avtobus yo'nalishlari kesishgan hududlarida avtobuslarning rejalashtirilganharakat intervalini ta'minlash usulini ishlab chiqish;
S shahar avtobus yo'nalishlarida harakatlanuvchi tarkib sig'imidan foydalanish koeffitsienti me'yoriy qiymatini, unga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar orqali ta'minlash usulini ishlab chiqish;
S jamoat transportida axborot texnologiyalarini qo'llash orqali to'liq raqamlashtirish;
S jamoat transporti bekatlarini talab darajasida jihozlash.
Yo'lovchilarni tashish samaradorligini oshirish va xizmat sifatini oshirish transport korxonalarining asosiy muammolaridan biridir. Buning uchun yo'lovchilar oqimini muntazam kuzatib, ularning sonini hisobga olish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Yo'lovchilar oqimini o'rganishda avtomatlashtirilgan hisoblash tizimidan foydalanish yo'nalishlardagi harakatlanuvchi tarkibning sonini belgilashda va ularning harakatlanish intervallarini to'g'ri tanlashda yaxshi samara beradi. Yo'nalishda harakatlanuvchi tarkib qancha ko'p bo'lsa va uning harakatlanish oralig'i qanchalik qisqa bo'lsa, yo'lovchilarga transport xizmati ko'rsatish sifati shuncha yaxshi bo'ladi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga transport xizmati ko'rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo'lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2724-sonli qarori 2017 yil 10 yanvar.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yo'lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 2019-yil 22-maydagi 424-sonli qarori.
3. Qulmuhamedov J.R. va boshqalar, Avtotransport vositalarida yo'lovchilar tashishni tashkil etish. T: «ILM ZIYO», 2016.
4. Karimov E. Avtomobillarda yo'lovchilar tashish. T.: «Sharq» NMAK, 2002.
5. Xodjayev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari. T.: «O'zbekiston», 2002-yil.
6. O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasining Jizzax viloyati bo'yicha shahar, shahar atrofi, viloyat ichi shaharlararo va viloyatlararo yo'lovchi tashish yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlari (2022-yil 31-avgust holatiga).
7. O'G, O. N. E. L. (2022). Jamoat transportlarida yo'lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullari tahlili. Механика и технология, 4(9), 130-137.
8. Odilov N. Shahar jamoat transportining harakatlanuvchi tarkib parkini to'g'ri tanlashning ahamiyati. "Mashinasozlik ilmiy-texnika jurnali". Andijon: 2022-yil, №3 son
9. Адилов, О. К., & Одилов, Н. Э. (2022). Расчет рамных конструкций автомобильных прицепов. Вестник науки, 4(3 (48)), 210-216.
10. Исломов, Ш. Э., & Одилов, Н. Э. У. (2022). Автомобил транспорти мажмуаси иштирокида атрофмух,ит сифатининг техноген узгариши. Academic research in educational sciences, 3(5), 479-486.
11. Odilov, N., & Muxtorov, A. (2022). Avtomobillar harakatini xavfsiz tashkil etishda GPS tizimlaridan foydalanish samaradorligi. Academic research in educational sciences, 3(2), 298-303.
12. Abdunazarov J, Nishonov A, Atamuratova G. Jamoat transportida xizmat ko'rsatish sifatini baholash (Jizzax shahri misolida). Mashinasozlik ilmiy-texnika jurnali. Maxsus son 2022-yil.
13. Odilov, N. (2020). The analysis of the development of gas cylinder supply system. Academic research in educational sciences, (3).
14. Odilova, S. S. Q., & Odilov, N. E. O. (2021). Muqobil yonilg'ilardan motor yonilg'isi sifatida foydalanish istiqbollari. Academic research in educational sciences, 2(1).
15. Одилов, Н. Э. (2021). Особенности эксплуатации двс газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(12), 238-244.
16. Nurmukhammad, O. (2021). Safety methods at gas filling stations for cars. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 27-36.
17. www.lex.uz
18. https://euromot.ru
19. https://cyberleninka.ru
20. www.automan.ru