halqa ko'chalar 1481 km, ishlab chiqarish hududlaridagi ko'chalar — 145 km va mahalliy ahamiyatdagi ko'chalar — 2896 kilometrni tashkil etishi. Shaharda avtomobil transporti vositalari soni 638 840 tani tashkil etib, hududlardan kuniga o'rtacha 150 mingdan ortiq avtotransport vositalari kirib-chiqishi. 550 ta svetofor va 40 mingta yo'l belgilari mavjudligi, ular yordamida transport va piyodalar harakati tartibga solinishi va 115 ta svetofor yagona raqamlashtirilgan markaz tomonidan boshqarilayotganligi. 2
Toshkent shahar jamoat transport tizimidagi muammolar
- Yer usti jamoat transporti harakat tarkibining 30 foizi yoki 350 tasi eskirganligi yo'lovchi tashish xizmatlariga bo'lgan talabning to'liq qondirilishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi;
- ko'cha va chorrahalarda jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berilmaganligi, harakat tarkibining yetishmovchiligi va uning texnik nosozliklar sabab turib qolishi natijasida yo'lovchilarning avtobuslarni kutib turish vaqti 25 — 30 daqiqani tashkil etishi;
- jamoat transporti turlari va yo'nalishlarini bog'lovchi transport-o'tish bog'lamalari yetarli darajada rivojlanmaganligi;
- avtobus oraliq bekatlari infratuzilmasi xavfsizlik, qulaylik va shaharsozlik normalariga javob bermasligi;
- avtomobil yo'l bo'yi to'xtash joylarining hozirgi kundagi betartib holati tirbandliklarni yuzaga keltirib, jamoat transportining o'rtacha harakatlanish tezligining pasayishiga olib kelishi;
- yo'l harakatini tashkil etish tizimining mukammal emasligi sababli yo'llar va chorrahalarda transport oqimi to'g'ri taqsimlanmagan hamda tirbandliklar darajasi yuqori, yo'l-transport hodisalari soni ortib borishi. [1]
Transport tizimida mavjud muammolarni hal etish yo'llari:
Shahar yo'lovchi transporti yo'nalishlarining yangilangan tizimini yaratish chora tadbirlari.
Jamoat transportida to'rt turdagi yangi yo'nalishlar (magistral, halqa, bog'lovchi va yetkazib beruvchi) tarmog'i bosqichma-bosqich joriy etilishi yani:
Magistral yo'nalishlar — shaharning chekka hududlarini markaz bilan bog'lovchi va yo'lovchilar manzillariga tez vaqt oralig'ida yetib olishlarini ta'minlovchi yo'nalishlar. Bunday yo'nalishlar yo'lovchilar oqimi katta bo'lgan yo'nalishlarda tashkil etilib, ularda yo'lovchilar
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-111-son qaroriga 1-ILOVA
amaldagi avtobus yo'nalishlariga nisbatan 10 — 15 daqiqa tezroq vaqtda manzillariga yetib olishlari mumkinligi. Magistral yo'nalishlar tashkil etilishi bilan Toshkent shahrining barcha tumanlari poytaxt markazi bilan 11 ta asosiy yo'nalish yordamida uzviy ravishda bog'lanadi. Magistral yo'nalishlar uchun harakat tarkibining yuqori tezlikda harakatlanishini ta'minlash uchun alohida yo'laklar tashkil etilishi lozimligi.
Halqa yo'nalishlar — harakati halqa yo'li bo'ylab tashkil etilgan yo'nalish bo'lib, yo'lovchilarga halqa yo'nalishi bo'yicha joylashgan hudud va bekatlargacha yetib olish imkoniyatini berishi. Halqa yo'nalishlar tashkil etilishi bilan Toshkent halqa yo'llarini va tumanlarini 14 ta avtobus yo'nalishi orqali uzviy bog'lash rejalashtirilgan. Halqa yo'nalishlar uchun harakat tarkibining yuqori tezlikda harakatlanishini ta'minlash uchun alohida yo'laklar tashkil etilishi mumkinligi.
Bog'lovchi yo'nalishlar — magistral yo'nalishlar va metro bekatlarini, tumanda joylashgan turarjoy mavzelari, ijtimoiy obyektlar, aeroport, temir yo'l va avtovokzallar, bozorlarni bir-biri bilan uzviy bog'laydigan yo'nalishlar. Bunday yo'nalishlar 92 ta yo'nalishdan iborat bo'lishi.
Etkazib beruvchi yo'nalishlar — yordamchi yo'nalish sifatida, aholini boshqa avtobus yo'nalishlariga, metro bekatlariga, transport-o'tish bog'lamalariga va ijtimoiy obyektlarga qisqa vaqtda yetkazib boradi. Bunday yo'nalishlar 42 ta yo'nalishdan iborat bo'lishi. Yangi yo'nalishlar tarmog'ining joriy etilishi jamoat transporti turlarini o'zaro bog'lash orqali tashuvlar samaradorligini oshirish, yo'lovchilarning manzillariga qulay va tez yetib borishi natijasida shaxsiy transport vositasiga nisbatan jamoat transportidan foydalanish darajasi oshirilishi nazarda tutilgan.3
Toshkent shahrida transport oqimini boshqarish va chorrahalarni loyihalash:
Toshkent shahrida transport oqimini boshqarish va chorrahalarni loyihalash ishlarini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilarni belgilaydi.
-yirik shaharlarda transport oqimini boshqarish bo'yicha xorijiy tajribani o'rganib borish; -shahar ko'chalaridagi transport oqimlari monitoring-tahlilini olib borish; -jamoat transport tizimini matematik modellashtirish yo'li bilan transport xizmatlariga bo'lgan talabni o'rganib borish;
-shahar ko'chalarida transport tirbandliklarini kamaytirish maqsadida mavjud svetofor obyektlarining bir-biri bilan bog'liq holda ishlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
-chorrahalar geometrik parametrlarini o'zgartirish yo'li bilan ularning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirib borish;
-jamoat transporti harakat tarkibining shahar ko'chalarida to'siqlarsiz harakatlanishini ta'minlash uchun alohida yo'laklar tashkil etish;
uch tasmagacha bo'lgan avtomobil yo'llarida shahar yo'lovchilar transporti uchun avtobus oraliq bekatlarini loyihalashda avtobuslarning bunday bekatga kirish va to'xtash qismini (karman) majburiy etib belgilash.
Konsepsiyani amalga oshirish va undan kutilayotgan natijalar
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-111-son
-Konsepsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2025-yilda: -yo'nalishdagi avtobuslarning o'rtacha tasarruf tezligini 17 foizga oshirish; -avtobus qatnovlari muntazamligini 95 foizga yetkazish; -yo'nalish harakat intervalini 35 foizgacha qisqartirish; -shahar hududini jamoat transporti bilan to'liq qamrab olish;
-aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 43 foizga yetkazish (kunlik -yo'lovchi tashish hajmi o'rtacha 2,7 mln. yo'lovchiga yetkazish);
-jamoat transporti qulay va ekologik toza harakat tarkibi bilan yangilash yo'li bilan atrof-muhitga salbiy ta'sirini 35 foizga kamaytirish;
-shahar markazida harakatlanayotgan yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqartirilishi;
-chorrahalarda transport vositalarining o'tkazuvchanligi 15 foizga oshirilishi. [1] Yuqorida keltirilgan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.02.2022 yildagi PQ-111-son )ga asoslanib, Mamlakatimizda so'nggi yillarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarilayotgan chora tadbirlardan hulosa chiqarish mumkinki jamoat transportidan samarali foydalanish, transport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolar ayniqsa shahardagi tirbandlikning oldini olishga qaratilgan.
Asosiy qism. Bugungi kunda jamoat transportlati shaharlarda hususan Toshkent shahrimizda 2 xil (transport vositalari bilan birgalikda aralash holda va alohida ajratilgan bo'laklarda) harakatlanish usullarida shahar ko'chalarida ekspuatatsiya qilinishi taminlangan yani transport vositalarining ekspluatatsion hususiyati va yo'llarning transport vositalarini o'tkazuvchanlik qobilyatidan kelib chiqqan holda harakatlanish usuli belgilangan, bu usullardan foydalanishdan maqsad:
- shahar ko'chalaridagi tirbandlikning oldini olish .
- havfsiz va kafolatli yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish .
- mashrut bo'yicha yo'lovchilarni belgilangan vaqt inntervalini saqlagan holda tashish .
- transportda atrof muhit va iqtisodiy barqarorlikni taminlash.
Shahar ko'chalarida avtobuslarning soni ortishi bilan ularning xavfsiz harakatlanishini taminlashga talab oshadi chunki jamoat transporti harakatlanuvchi birinchi yo'l bo'lagidagi aralash transport oqimi tufayli mashrut intervalida uzilishlar sodir bo'ladi yani trbandlik vujudga keladi. Bunday hollarda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan bo'laklarda harakatlanish ehtiyoji tug'iladi.
Shaharlarda jamoat transporti ustunligi
Avtomobil, avtobus va velosipedda sayohat qiladigan bir xil sondagi odamlar guruhi egallagan ko'cha maydonini taqqoslash tajribasi (1-rasm)
Taqqoslash tajribasidan ko'rinadiki hajim va yo'lovchilarni qabul qilish sig'imi bo'yicha jamoat transporti ustun.
Tadqiqot qismi: Umuman olganda transport vositalarining aralash usulda ko'chalarda harakatlanishi tufayli tahlil qilinib quyidagi matematik yondashuvga erishildi.
Sayohat vaqti - bu mashrutda erishilgan tashish tezligiga bevosita bog'liq bo'lgan qiymat, shuning uchun u shunday bo'ladi .
Тт = — 60 [mm], Vj (1)
Bu yerda L-mashrut masofasi [km] va VT — sayohat tezligi \kmf soat\
Jamoat transportining yo'l transporti vositalari aralash harakat oqimida harakat qilganligi sababli, ular ushbu oqimning bir qismini bo'lib harakatlanadi va ularning harakati butun transport oqimining harakati bilan bir hil deb qaraladi. Shu sababli shuni ta'kidlash kerakki, transport oqimi tezligini, shu jumladan aralash transport oqimidagi Jamoat transport vositalarining tezligini qat'iy belgilangan qiymat sifatida kuzatish mumkin emas, lekin u kuzatilgan marshrutdagi harakat sharoitlarining bevosita funktsiyasidir. Avtotransport oqimining tezligi oqim va sig'imning o'zaro bog'liqligiga, Transport oqimi o'tadigan chorrahalar soniga, transport vositalarining chorrahada bajaradigan manyevrlik hususiyati, harakatni tartibga solish turiga va boshqalarga bog'liq.
Shuning uchun, vaqti-vaqti bilan uzilib qolgan transport oqimi sharoitida, o'rtacha harakat tezligini kamaytiradigan ya'ni amaldagi sayohat vaqtini oshiradigan ma'lum kechikishlar mavjud. Boshqa tadqiqotchilar, shuningdek, sayohat vaqtiga, boshqa omillar qatorida, transport oqimi, yo'lovchilarning chiqish va tushishi, yo'l signalizatsiyasi ta'sir qilishini aniqladilar. [3 , 4]. Jamoat transport vositalarida har bir turish vaqtida qo'shimcha kechikishlar mavjud. Avtobus bekatida yo'lovchilar almashinuvini kutishdan tashqari, ular to'xtash oldidan harakatlarini sekinlashtiradi ya'ni transport oqimiga qo'shilganda, transport oqimi tezligiga erishish uchun harakatlarini tezlashtirishlari kerak. Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, jamoat transport vositalarining harakat tezligini quyidagi o'zgaruvchilar funktsiyasi sifatida ifodalash mumkin:
Bu yerda t r - ish vaqti, t - to'xtash vaqti, t b - avtobus bekatida to'xtashning sekinlashuv vaqti, t a - transport oqimiga qo'shilishning tezlanish vaqti, d - kechikish. Binobarin, sayohat vaqti bir xil o'zgaruvchilar funktsiyasi sifatida ifodalanishi mumkin, ya'ni
Avtomobilning linyada ishlash vaqti to'g'ridan-to'g'ri kuzatilgan yo'l uzunligiga va yo'ldagi tezlikka bog'liq. Shuning uchun uni quyidagi munosabatda ifodalash mumkin:
tr=$* 60[min] (4)
bu erda V - transport oqimining tezligi [km/soat].
Transport oqimi nazariyasiga asoslangan sayohat vaqtini aniqlashda turli nazariy modellardan foydalaniladi. Ushbu yondashuvlarning afzalligi shuki, shu tarzda ko'cha tarmog'idagi umumiy transport holati haqida malumot beradi. [ 5].
Transport oqimi nazariyasida tezlik va zichlik yoki transport oqimi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadigan turli modellar ishlab chiqilgan. Oqim eng oson o'lchanadigan qiymat bo'lganligi sababli, ushbu maqolada transport oqimi tezligi oqim orqali ko'rsatilgan.
Kutish vaqti: Jamoat transporti marshrut bo'ylab harakatlanish vaqtida yo'lovchilar almashinuvi uchun bekatlarda to'xtaydi va quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Avtobus bekatida to'xtash uchun sekinlashuv, Avtomobil eshigining ochilishi, Yo'lovchilarni almashtirish (kirish va chiqish), Avtomobil eshigini yopish, Avtobusga yo'lovchilar chiqqandan keyin transport vositasining tezlanishi. Belgilangan harakatlarning har biri ma'lum vaqtni talab qiladi; shuning uchun aytilgan harakatlarga muvofiq turish vaqti sifatida yozilishi mumkin
Bu erda t od , t cd - eshikning ochilishi va yopilish vaqti [s] (eslatma: ular avtomobilning texnik xususiyatlariga qarab qabul qilinadigan konstantalarni ifodalaydi) va t ab - yo'lovchilarni tushirish va minish uchun zarur bo'lgan vaqt [s] ). [6]
so
0 1 2 3 7 8 0 10
2-rasm. Marshrut jadvaliga asoslangan kutish vaqtinining taqsimlanishi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ-111-son qarorida jamoat transporti fajliyatidagi bir qator muammolar va ularni keltirib chiqish sabablarini ko'rsatib o'tilgan. Mazkur muammolarni tahlil qilgan holatda shuni aytishimiz mumkunki , Jamoat transportining harakat intervali buzilishini oldini olish chora tadbirlari yani Avtobuslar uchun alohida bo'laklar ajratilishi maqsadga muofiq hisoblanadi.
3- rasm. Navoiy shoh ko'chasi
Navoiy shoh ko'chasi Toshkent markazidagi shoh ko'chalardan biridir. Muammo shundaki, unda hovlilarga va avtoturargohlar uchun kirish joylariga qancha ko'p joy ajratsak, shunchalik kamroq alohida yo'lak sifatida qoladi. Va qachondir u oddiy yo'lakka aylanib qoladi.[6]
Xulosa: Ajratilgan yo'lak samarali bo'lishi uchun minimal kesishmalar bo'lishi kerak, shuning uchun hovlilarga kirishlar sonini kamaytirish, transport vositalarining to'xtash joylarini olib tashlash, 1.11 chiziqlaridan iloji boricha avtobuslar uchun alohida ajratilgan bo'laklarda kamroq qo'llash va yengil avtomobillar harakatini nazorat qilish yani avtobuslar uchun ajratilgan alohida bo'lakda xarakatlanish qoidasini buzish holatlarini bartaraf qilish lozim».[2]
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-111-son https://lex.uz/uz/docs/-5847479
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Alisher Navoiy ko%CA%BBchasi (Toshkent), 7-Fevral 2023, 17:41
3. MM Rahman, SC Wirasinghe, and L. Kattan, "Bus Travel Time Distribution Analysis for Multi-Horizon and Real-Time Applications," Transportation Research Part C: Emerging Technologies, Vol. 86, pp. 453-466, 2018. View: Publisher's Site | Google Scholar
4. S. Tao, J. Corcoran, F. Rowe, and M. Hickman, To Travel or Not to Travel: It's a Question of 'Weather'. Modeling the effects of local weather conditions on buses," Transportation Research Section C: Emerging Technologies, vol. 86, pp. 147-167, 2018. View: Publisher's website | Google Scholar
5. BA Kumar, L. Vanajakshi, and SC Subramanian, "Bus Travel Time Prediction Using a Time-Space Discretization Approach," Transportation Research Part C: Emerging Technologies, Vol. 79, pp. 308-332, 2017. View: Publisher's Site | Google Scholar
6. МЕЖДУНАРОДНОЙ НАУЧНО - ТЕХНИЧЕСКОЙ КОНФЕРЕНЦИИ «ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ БЕЗОПАСНОСТИ ЧЕЛОВЕКА НА ДОРОГЕ» SHAHARLARDA TRANSPORT VOSITALARI OQIMINING AVTOBUSLAR
НАВАХАТЮА ТА^Ш: Nazarov А. А., Matyaqubov О. Е. (TDTU ) Toshkent -19.05.2023